Jizzax Prezident maktabi / RASMIY
1.45K subscribers
6.11K photos
523 videos
52 files
1.86K links
Download Telegram
#Jizzax_shahridagi_Prezident_maktabi
#bizning_shunday_oʻquvchilarimiz_bor
#bayramona_tuhfa

Jizzax shahridagi Prezident maktabining 2023-yil bitiruvchilaridan bayramona tuhfa 5 nafar bitiruvchilarimiz:

Olimjon Oʻktamov (The university of Cincinnati)
Uygʻun Poʻlatov (The university of Purdue)
Samandar Xolmoʻminov (Arizona state university)
Madina Baxodirova (Colorado state university)
Behruzjon Meliboyev (The university of Minnesota Twin cities)

"El-yurt umidi" stipendiyasini qo'lga kiritishdi!

❗️Eslatib oʻtamiz hozirgi kunda jami gʻoliblarimiz soni 9 nafarga yetib, bundan 4 nafar bitiruvchilarimiz ayni damda xorijiy universitetlarda oʻqishni davom ettirmoqda!

👉 Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook | Youtube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Jizzax_shahridagi_Prezident_maktabi

Jizzax shahridagi Prezident maktabi oʻquvchilari yangi chorakni koʻtarinki kayfiyatda boshlab yuborishdi!

👉 Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook | Youtube
#Jizzax_shahridagi_Prezident_maktabi
#yoshlar_turizm_haftaligi #muzey

🔸 Yoshlar turizm haftaligi doirasida joriy yilning 3-yanvar kuni Jizzax shahridagi Prezident maktabi o'quvchilari "Sharof Rashidov" hamda "Hamid Olimjon va Zulfiya" muzeylariga tashrif buyurishdi.

🔸 Muzey mutaxassislari tomonidan o'quvchi yoshlarga ma'lumotlar berilib, eksponatlar bilan yaqindan tanishtirildi.

👉 Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook | Youtube
#Jizzax_shahridagi_Prezident_maktabi
#bizning_shunday_oʻquvchilarimiz_bor

🏢 Jizzax shahridagi Prezident maktabi 11-sinf o‘quvchilarining xalqaro SAT imtihonidagi natijalari:

1540 - Behzod Musurmonqulov
1530 - Ulugʻbek Sherqulov
1520 - Farruxbek Davronov
1520 - Azizbek Boltaboev
1480 - Sherzod Mardiyev
1480 - Azizjon Ilxomov
1470 - Shohjahon Ilhomov
1460 - Sherzod Mardiyev
1450 - Abbosjon Xolbotayev
1450 - Ahrorbek Berdiyorov
1450 - Jahongir Orzikulov
1430 - Rahimjon Chuliyev
1420 - Otabek Abdukarimov
1410 - Xushnud Ibodullayev
1400 - Javohir Erkaboyev
1380 - Hasan Ne'matov
1350 - Durdona Nuriddinova
1320 - Behruzjon Ergashev
1310 - Nilufar Sattorova
1240 - Ma'suma Abdusamatova

O‘quvchilarimizning kelgusidagi o‘qish va ishlarida omad tilaymiz!

👉 Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook | Youtube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Jizzax_shahridagi_prezident_maktabi

“G’OLIBLAR MUNOSIB TAQDIRLANDI”

Jizzax shahridagi Prezident maktabida “Speech time” yuqori kayfiyatda o’tkazildi.

Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlar o‘quvchilaridan iborat teatr jamoalari ishtirokida o‘tkazilgan teatr festivalida Jizzax shahridagi Prezident maktabi jamoasi ishtirokchilari munosib taqdirlandi.

👉 Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook
Jizzax viloyati yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasining xodimlari bugun Jizzax shahridagi Prezident maktabiga tashrif buyurib, o‘quvchilarga yo‘l harakati xavfsizligi bo‘yicha muhim ma’ruzalar o‘tkazdi.

Tadbirni maktab direktori ochib berdi va 9-10-sinf o’quvchilarini IELTSdan 8 ball olganliklari bilan tabrikladi.

Keyinchalik yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasining xodimlari yo‘l qoidalarini, piyodalar va haydovchilar uchun xavfsiz harakatlanish qoidalarini tushuntirib, yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlashda o‘quvchilarning rolini ta’kidlashdi. Ma’ruzalar o‘quvchilarimizning yo‘l harakati xavfsizligi bo‘yicha bilimlarini oshirishga, ularni ehtiyotkorlikka va ongli harakatlanishga undashga qaratilgan bo‘ldi. Yordam va qo‘llab-quvvatlash uchun Jizzax viloyati yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasiga minnatdorchilik bildiramiz.

#Jizzax #MaktabHayoti #IELTS #BoshqarmaTashrifi

👉 Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook
#eco_schools_Uzbekistan #climateAction
#Jizzax_PM

⚡️Jizzax shahridagi prezident maktabi eko-qo'mitasi va eko-volontyorlari 15-oktabr "Xalqaro Oziq-ovqat kuni" munosabati bilan Nukus prezident maktabida tashkillashtirilgan festivalda onlayn qatnashishdi.

Tadbir davomida 6ta eko-maktablarga "Yashil bayroq" topshirish marosimi bo'lib o'tdi. Bu tadbirda 96 ta eko-maktab qatnashdi.

👉 Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook
🌍 Jizzax shahridagi Prezident maktabida "YOUNG CLIMATE CHAMPIONS" loyihasi tashkil etildi!

🌱Iqlim o'zgarishi bilan kurashish, ekologik muammolarni hal etish va barqaror rivojlanishni ta'minlash maqsadida yoshlarimizni faol ishtirok etishga undashni maqsad qilgan ushbu loyiha, maktabimizda yangi imkoniyatlar ochmoqda.

Loyihaning asosiy vazifalari:

Yosh avlodni iqlim o'zgarishi masalalari bilan tanishtirish
Ekologik tadbirlar va aksiyalar o'tkazish
Ta'lim jarayonida barqaror rivojlanish g'oyalarini singdirish

Birgalikda o'zgarishlarga erishaylik!

#YoungClimateChampions #Ekologiya #BarqarorRivojlanish #Jizzax

👉 Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🌍 Jizzax shahridagi Prezident maktabida "YOUNG CLIMATE CHAMPIONS" loyihasi tashkil etildi!

Birgalikda o'zgarishlarga erishaylik!

#YoungClimateChampions #Ekologiya #BarqarorRivojlanish #Jizzax

👉 Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook
#Jizzax_shahridagi_Prezident_maktabi
#bizning_shunday_oʻquvchilarimiz_bor

Jizzax shahridagi Prezident maktabining bitiruvchilari:

-  Shaxlo Murodova (University of Glasgow)
-  Mushtariy Muxiddinova (University of Glasgow)
-  Jasurbek Temurbekov (University of Bristol)
-  Shohjahon Ilhomov—( Pennsylvania State University )
-  Ahrorbek Berdiyorov — (Pennsylvania State University)
-  Javohir Erkaboyev — (Pennsylvania State University)
-  Behzod Musurmonqulov — (University of Birmingham)
-  Ulug'bek Sherqulov  — (Arizona State University)
"El-yurt umidi" jamg‘armasi stipendiyasini qo‘lga kiritishdi!

❗️Eslatib oʻtamiz: hozirgi kunda jami gʻoliblarimiz soni 17 nafarga yetib, bundan 9 nafar bitiruvchimiz ayni damda xorijiy universitetlarda oʻqishni davom ettirmoqda!

👉 Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook
⚡️Jizzax shahridagi Prezident maktabida "Kutubxonaning me'yoriy hujjatlarini tartibga solish va yuritish" mavzusida Jizzax viloyadidagi Ixtisoslashtirilgan maktab kutubxonachilari uchun seminar bo'lib o'tdi.

🔹Seminar davomida kutubxonalarda hujjatlarni samarali boshqarish, ularni tartibga solish va me'yoriy hujjatlar bilan ishlashning ahamiyati muhokama qilindi.

Tadbirda ishtirokchilar kutubxona faoliyatining samaradorligini oshirish, hujjatlarni to'g'ri yuritish va yangilanishlar haqida ma'lumotlarga ega bo'lishdi. Ushbu seminar kutubxona xodimlariga o'z ish jarayonlarini yanada takomillashtirishga yordam beradi.

#Jizzax #PrezidentMaktabi #Kutubxona #Seminar

Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook
⚡️Bugun Jizzax shahridagi Prezident maktabida kimyo fani o'qituvchisi Narendra Khaire tomonidan Akademik ko'nikmalardan biri bo'lgan "Qayd etish ko'nikmasining ahamiyati" mavzusida taqdimot o'tkazildi.

Taqdimotda yozma va og‘zaki eslatmalarni samarali olish, ma’lumotlarni tizimli ravishda qayd etishning ahamiyati haqida so‘z yuritildi. O‘quvchilarga bu ko‘nikmani rivojlantirish orqali bilim olish jarayonida muvaffaqiyatga erishish yo‘llari ko‘rsatildi.

#Jizzax #PrezidentMaktabi

👉 Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook
#ishchi_guruh
#Jizzax

AGENTLIK RAHBARIYATI TIZIMDAGI MAKTABLAR FAOLIYATINI JOYIGA BORIB O‘RGANMOQDA

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktorining maslahatchisi Eʼzozxon Karimova boshchiligidagi ishchi guruh Agentlikning Jizzax viloyatida joylashgan Prezident, ijod hamda ixtisoslashtirilgan maktablarida boʻldi.

Mazkur maktablarda oʻquv jarayoni, maʼnaviy-maʼrifiy ishlarning yuritilishi, harbiy-vatanparvarlik targʻiboti, qish mavsumiga tayyorlik holati singari bir qator yoʻnalishlar oʻrganildi.

Ishchi guruh oʻrganilgan maktablar rahbariyati, oʻquv jamoasining taʼlim maskanidagi shart-sharoitlarini yanada yaxshilash, pedagoglarning xalqaro tajriba va zamonaviy taʼlim usullariga oid bilim va koʻnikmalarini oshirishga qaratilgan takliflarini qoʻllab-quvvatlab, oʻz tavsiyalarini berdi.

Ishchi guruh faoliyati boshqa hududlar boʻyicha ham davom etmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
⚡️Bugun Jizzax shahridagi Prezident maktabida 8-dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 32 yilligi munosabati bilan kitoblar ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi.

🔹Tadbirda Konstitutsiyaning ahamiyati, uning asosiy tamoyillari va xalqimiz hayotidagi o‘rni haqida tushunchalar berildi. O‘quvchilar uchun huquqiy bilimlarni oshirish, Konstitutsiya haqida kengroq ma’lumot olish imkoniyati yaratildi. Kitoblar ko‘rgazmasi orqali yurtimizning huquqiy tizimi va qonunchiligi haqida qiziqarli materiallar taqdim etildi.

#Jizzax #PrezidentMaktabi #Konstitutsiya

👉 Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook
#ishchi_guruh
#Jizzax

ISHCHI GURUH:
STEM FANLARINI OʻQITISHDA METODIK YORDAM BERILMOQDA

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Ixtisoslashtirilgan maktablar tarmog‘ini kengaytirish va ularning faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida, Agentlik tizimidagi ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarda STEM fanlarini Kembrij xalqaro taʼlim dasturlari asosida ingliz tilida oʻqitish tizimi bosqichma-bosqich joriy etilmoqda.

Mazkur farmon ijrosini samarali tashkil etish doirasida, Agentlikning ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlar bilan ishlash boʻlimi boshligʻi Sohiba Kazakova boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan Jizzax viloyatida joylashgan tizimdagi maktablarda STEM fanlarini oʻqitishda metodik yordam koʻrsatildi.

Xususan, ishchi guruh Zomin tuman ixtisoslashtirilgan maktabida ham boʻlib, oʻquv jarayoni sifatini yaxshilash doirasida olib borilgan ishlarni tanqidiy-tahliliy oʻrgandi.

Taʼlim maskanida STEM fanlarini Kembrij xalqaro taʼlim dasturlari asosida ingliz tilida oʻqitish boʻyicha Jizzax shahridagi Prezident maktabi xorijiy oʻqituvchisi Daniel Potot hamkorligida olib borilayotgan darslarda qatnashib, metodik tavsiyalar berdi.

Shuni alohida taʼkidlash lozimki, Agentlikning tegishli koʻrsatmasiga muvofiq Jizzax shahridagi Prezident maktabining xorijiy va mahalliy oʻqituvchilari tomonidan hududlardagi ixtisoslashtirilgan maktablarga joyiga chiqqan holda doimiy ravishda metodik yordam koʻrsatib kelinmoqda.

Ishchi guruh faoliyati boshqa hududlar boʻyicha ham davom etmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Jizzax shahridagi Prezident maktabiga Ekologiya vazirligi tashrif buyurdi.

Tashrif davomida maktabda tashkil etilgan “Ekologiya qo’mitasi” a’zolari bilan ekologik muammolarni bartaraf etish va atrof-muhitni himoya qilish masalalari muhokama qilindi. Seminar davomida ekologik ta’limni kuchaytirish, tabiiy resurslarni tejash va barqaror rivojlanishni ta’minlash yo’nalishida amaliy tavsiyalar berildi.

Tadbir yakunida esa, mehmonlar bilan birgalikda ko’chatlar ekildi. Bu amaliy ish, o’quvchilarga tabiiy boyliklarni asrab-avaylashni o’rgatish, shuningdek, ularda ekologik ongni yanada rivojlantirishga qaratilgan muhim qadam bo’ldi.

#Ekologiya #TabiatniAsrabAvaylash #PrezidentMaktabi #Jizzax

👉 Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook
#metodik_yordam
#Jizzax

UMUMTA’LIM MAKTABLARIGA METODIK KOʻMAK BERILMOQDA

🤩 Agentlikning Jizzax viloyatida joylashgan taʼlim maskanlari rahbarlari va pedagoglari hududlardagi umumiy oʻrta ta’lim maktablarida boʻlib, oʻquv jarayonlarini samarador usullarda olib borish boʻyicha oʻz tajribalari bilan boʻlishmoqda.

Xususan, Jizzax shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktabi rahbar xodimlari va malakali pedagoglaridan iborat ishchi guruh hududdagi 4-, 8-, 14- , 31-umumta’lim maktablarida boʻlib, dars jarayonlarida qatnashdi.

Ishchi guruh tomonidan mazkur maktablar oʻquv jamoalari uchun seminar-treninglar tashkil etilib, yangi baholash tizimi, aniq va tabiiy fanlarni oʻqitishda samarador usullar yuzasidan nazariy-amaliy tushunchalar berildi.

Shuningdek, oʻqituvchilarga BSB va CHSB jarayonlarini baholash tartibi, qaydnomalarni toʻgʻri toʻldirish va oʻquvchilarning ishlarini toʻgʻri baholash va jurnalga qayd etish tartibi yuzasidan amaliy mashgʻulotlar oʻtkazib, zarur metodik tavsiyalar berildi. Ta’lim maskanlarining ish rejalari birgalikda koʻrib chiqildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📍Jizzax shahridagi Prezident maktabi o'quvchilari tarixiy tashrifda

Bugun, Harbiy vatanparvarlik oyligi va Qurolli kuchlarimiz tashkil topganligining 33 yilligi munosabati bilan, Jizzax shahridagi Prezident maktabining o'quvchilari Jizzax viloyat IIB tarix muzeyiga tashrif buyurdilar.

Muzeyda Jizzax viloyat IIB xodimi, katta leytenant N. Nazarboev o'quvchilarga muzeyning boy tarixi va ichki ishlar organlarida bugungi kunda yaratilgan zamonaviy shart-sharoitlar haqida qimmatli ma'lumotlar berdi. Muzeydagi eksponatlar o'quvchilarda katta taassurot qoldirib, ularning vatanparvarlik tuyg'ularini yanada mustahkamladi.

Bu kabi tashriflar yoshlarni milliy va harbiy qadriyatlarimizga hurmat bilan qarashga, davlat va jamiyat oldidagi mas'uliyatni chuqur anglashga yordam beradi. 🇺🇿

#Jizzax #Vatanparvarlik #PrezidentMaktabi #IIB #TarixMuzeyi #QurolliKuchlar #33Yillik

👉 Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook
🏆Prezident maktabi g‘alaba qozondi!

⚡️Jizzax shahrida Prezident maktabi va Olimpiya zahiralari o‘quvchilari o‘rtasida futbol bo‘yicha qiziqarli o‘rtoqlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. O‘yin davomida Prezident maktabi o‘quvchilari ajoyib o‘yin namoyish etib, 3:1 hisobida g‘alaba qozonishdi.

Bu uchrashuv nafaqat sport mahoratini oshirish, balki do‘stona munosabatlarni mustahkamlash uchun ham muhim bo‘ldi. Ishtirokchilarga kelgusi o‘yinlarda ham omad tilaymiz!

#Futbol #PrezidentMaktabi #Jizzax #Sport

👉 Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🚀 Jizzax Kiber Arenasida IT Community Roadshow taqdimoti bo‘lib o‘tdi!

⚡️ Jizzax IT hamjamiyati uchun muhim kun! IT Community Roadshow tadbiri Jizzax Kiber Arenasida bo‘lib o‘tdi va texnologiya sohasiga qiziquvchi yoshlar, mutaxassislar hamda startap asoschilari uchun katta imkoniyat yaratdi.

💡 Tadbir davomida:
IT industriyasidagi so‘nggi trendlar va innovatsiyalar taqdim etildi;
Startaplar uchun imkoniyatlar, grantlar va inkubatsiya dasturlari haqida ma’lumot berildi;
IT sohasidagi mutaxassislar tajribalari bilan o‘rtoqlashishdi;
Ishtirokchilar networking orqali yangi hamkorlar va do‘stlar orttirishdi.

📍 Texnologiya va innovatsiyalar sari yana bir qadam! IT Community Roadshow – bu nafaqat taqdimot, balki yangi g‘oyalar, bilim va imkoniyatlar platformasi bo‘lib xizmat qildi.

#ITCommunity #Roadshow #Jizzax #Texnologiyalar #Startap #Innovatsiya

👉 Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook