Jizzax viloyat soliq boshqarmasi
995 subscribers
12.5K photos
1.6K videos
81 files
6.5K links
rasmiy kanali
Malumot uchun:[email protected]
Tel:72 226-34-70,72 222 -07 -00
Download Telegram
#korrupsiyaga_qarshi_kurash_ Комплайнс назорат - ташкилот ва унинг ходимлари томонидан амалдаги қонунчиликка, ички идоравий ҳужжатларга ва одоб-ахлоқ нормаларига тўлиқ риоя қилинмаслиги натижасида юзага келадиган салбий вазиятдан огоҳ этувчи бошқарув тизими ҳисобланади.

Ушбу тизим жорий этилиши соҳада коррупциявий хавф-хатарларни олдини олиш, таҳлил қилиш, манфаатлар тўқнашувини юзага келтирувчи ва бошқа хавфлардан тизимли ҳимоя механизмини яратилишига хизмат қилади. Бундан ташқари, меъёрий ҳужжатлардаги коррупцион ҳолатларни бартараф этиш ҳамда фаолият имиджини бир маромда сақлаб туришни таъминлайди.

Солиқ органларида мазкур тизимни жорий этиш 4 та босқичда амалга оширилиши белгиланган. Жиззах вилоят ДСБ Ахборот хизмати.
#korrupsiyaga_qarshi_kurash
Baxmal tumanida korrupsiyaga qarshi profilaktik tadbirlar o‘tkazildi

Jizzax viloyati soliq boshqarmasi Shaxsiy xavfsizlik bo‘limi tomonidan soliq organlarida korrupsion huquqbuzarliklarning oldini olish va jamoada korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish maqsadida hududlarda profilaktik tadbirlar tashkillashtirilmoqda.

Bu safar Baxmal tumani soliq inspeksiyasida ham korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha muhim tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda huquqni muhofaza qiluvchi organlar vakillari ham ishtirok etib, davlat xizmatchilarini soliq organlaridagi etika talablari, mansab vakolatini suiiste’mol qilishning oqibatlari va korrupsiyaga qarshi kurashning ahamiyati haqida o‘qitishdi.

Muloqot davomida, mansab vakolatini suiiste’mol qilish holati aniqlansa, qonunchilikda belgilangan tartibda jazo choralari ham ta’riflandi.

🌐 Jizzax viloyat soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

Telegram | Facebook | Instagram
👍1