Jizzax viloyat soliq boshqarmasi
5.66K subscribers
11.4K photos
1.48K videos
72 files
5.85K links
rasmiy kanali
Malumot uchun:[email protected]
Tel:72 226-34-70,72 222 -07 -00
Download Telegram
#4sektor #Gallaorol

Sektor rahbari yoshlar muammolarini o‘rganmoqda

G’allaorol tumanida yoshlar muammolarini o‘rganib hal etish borasida tizimli ishlar amalga oshirilib, ular bilan ish olib borish tumandagi barcha katta-kichik rahbarlarning kundalik vazifasiga aylangan.


G’allaorol tuman 4-sektor rahbari A.Islomov Baxt MFY hududida istiqomat qiluvchi bir guruh yoshlar bilan uchrashdi.

Uchrashuvda yoshlarning rejalari va muammolarini o‘rganildi. O‘rganishlar natijasida har bir yoshning muammosidan kelib chiqib, “Yo‘l xarita” tasdiqlanadigan bo’ldi. E’tiborlisi, uchrashuvlar jarayonida targ‘ibot ishlari orqali norasmiy band bo‘lgan yoshlarni o‘zini-o‘zi band qilish orqali rasmiy sektorga o‘tkazish choralari ham ko‘rilmoqda.

Shuningdek, har bir mahalladagi ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan va ishsiz yoshlarni “Yoshlar daftari” ga kiritish, ularni doimiy ish o‘rinlariga joylashtirish, kredit, yer ajratish va subsidiyalar berish orqali bandligini ta’minlash bo‘yicha manzilli ishlar olib borilmoqda.

Ayni paytda viloyat 4-sektor hududlarida “og‘ir” toifadagi yoshlarning masalalarini hal etishga qaratilgan ishlar davom etmoqda.

Jizzax viloyat soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

🟦Telegram |👍 Facebook |❤️ Instagram|🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Sayyor_qabul #Gallaorol

Jizzax viloyat huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlari rahbarlarining navbatdagi sayyor qabuli G’allaorol tumanida bo’lib o’tdi.

Tumandagi ixtisoslashtirilgan maktab binosida bo’lib o’tgan qabulda fuqarolar prokuratura, sud, IIB, soliq, MIB, department va adliya organlari rahbarlariga sud-huquq va ijtimoiy masalalarda murojaat qildilar.

Jizzax viloyat soliq boshqarmasi boshlig’i B.Tashpulatov fuqarolarning soliq huquqbuzarliklari, kadastr, kredit va ijtimoiy himoya kabi yo’nalishlardagi 10 ga yaqin murojaatlarini tegishli soha vakillari ishtirokida o’rganib chiqdi.

Barcha murojaatlar tegishli tartibda nazoratga olinib, ijrosini ta’minlash yuzasidan muddat belgilandi.

Jizzax viloyat soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

🟦Telegram |👍 Facebook |❤️ Instagram|🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM