Jizzax viloyat soliq boshqarmasi
5.64K subscribers
11.4K photos
1.48K videos
74 files
5.85K links
rasmiy kanali
Malumot uchun:[email protected]
Tel:72 226-34-70,72 222 -07 -00
Download Telegram
#tax_free

Yana 4 ta aeroportda tax free ofislari ochildi


✈️2023-yil 1-yanvardan boshlab chet el fuqarolari O‘zbekistonda ayrim turdagi tovarlarni sotib olganda ular tomonidan to‘langan QQS summalarini qaytarish bo‘yicha “tax free” tizimi joriy etilgan.

📍Ayni paytgacha Toshkent, Buxoro, Urganch, Samarqand, Farg'ona xalqaro aeroportlarida xizmat ko‘rsatish punktlari faoliyat olib borayotgan edi.

Bugun yana 4 ta – Nukus, Qarshi, Termiz hamda Navoiy xalqaro aeroportlarida tax free ofislarining tantanali ochilish marosimlari bo‘lib o‘tdi. Tax free ofislari mavjud xalqaro aeroportlar soni 9 taga yetdi.

🔸
“Tax free” qaysi mahsulotlarga tatbiq etiladi?
🔸Qancha miqdorda xaridni amalga oshirish lozim?
🔸Chet el fuqarolari "tax free"dan qanday foydalanishi mumkin?
🔸To‘langan soliq summalari qachon qaytariladi?


Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#qonunchilikdagi_yangiliklar
#JShODS

Kapital bozorini rivojlantirishni rag'batlantirish choralari


Avvalroq Soliq kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilgani xabar qilingan edi.

Soliq kodeksining 378-moddasiga soliq solinmaydigan daromadlarning quyidagi turlari kiritldi:

🔹 aksiyalar ommaviy joylashtirilganda korxonalar xodimlarining oʻz oylik ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlaridan oshmaydigan ushbu korxonalar xodimlarining aksiyalarga egalik qilish rejasi doirasida aksiyalarni sotib olishga yoʻnaltirilgan mablagʻlari;

🔹 soliq toʻlovchilar ish haqining va boshqa daromadlarining mahalliy fond bozorida emissiya qilingan qimmatli qogʻozlarni sotib olish uchun shaxsiy investitsiya hisobvaragʻiga yoʻnaltiriladigan qismi, quyidagi shartlarda:
▫️soliq davri davomida jami MHETKMning 100 baravarigacha boʻlgan miqdorda;
▫️toʻlovlar oʻsib bormaydigan tartibda toʻlanganda va bir yoʻla toʻlanadigan toʻlovlarni shartnomaning amal qilish muddati boshlangan kundan eʼtiboran 12 oy ichida qaytarib olmaslik sharti bilan. Ushbu shartlar buzilgan yoxud shartnoma muddatidan oldin bekor qilingan va pul mablagʻlari toʻliq yoki qisman qaytarilgan taqdirda, qaytariladigan mablagʻlarga toʻlov manbaida soliq solinishi lozim.
___________
#новое_в_законодательстве
#НДФЛ

Меры стимулирования для развития рынка капитала

Ранее сообщалось, что в Налоговый кодекс внесены изменения и дополнения.

В статью 378 включены следующие виды доходов, которые не облагаются налогом:

🔹при публичном размещении акций средства работников предприятий, не превышающие их месячной заработной платы и приравненных к ней выплат, направленные на приобретение акций в рамках плана владения акциями работников этих предприятий;

🔹часть заработной платы и другие доходы налогоплательщиков, направляемые на индивидуальный инвестиционный счет для приобретения ценных бумаг, эмитированных на местном фондовом рынке, при следующих условиях:
▫️в совокупности в размере до 100 МРОТ в течение налогового периода;
▫️при уплате платежей в невозрастающем порядке и с условием невозврата единовременных платежей в течение 12 месяцев со дня начала срока действия договора. В случае нарушения этих условий или досрочного расторжения договора и полного или частичного возврата денежных средств возвращаемые средства подлежат налогообложению у источника выплаты.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
2024 yil 1 yanvardan boshlab soliq to‘lovchi QQS, aylanmadan olinadigan soliq, yuridik shaxslardan olinadigan mol-mulk va yer soliqlari bo‘yicha soliq hisobotlarini avtomatik ravishda shakllantirishni tanlashi mumkin bo‘ladi

Tegishli Nizom 18.10.2023 yildagi 548-son VMQ bilan tasdiqlangan.

Hisobotni avtomatik tarzda shakllantirish variantini tanlaganlar uchun bu shunday ishlaydi:

1. Soliq organlari dastur yordamida ichki va tashqi manbalardan ma’lumotlarni yig‘ishadi va umumlashtirishadi:

• QQS va aylanmadan olinadigan soliq bo‘yicha – hisobot oyidan keyingi oyning 11-sanasiga qadar;
• yuridik shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘i va yer solig‘i bo‘yicha – joriy soliq davrining 15 yanvariga qadar;
• qishloq xo‘jaligi uchun yer solig‘i bo‘yicha – joriy soliq davrining 10 apreliga qadar.

2. Soliq organlarining dasturi soliq to‘lovchilarning soliq hisobotlarini – ularni shakllantirish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni yig‘ish tugaganidan so‘ng 1 kun mobaynida avtomatik tarzda shakllantiradi.

3. Soliq organlari soliq to‘lovchilarning shaxsiy kabinetlariga avtomatik rejimda tuzilgan soliq hisobotlarini – soliq hisobotlarini shakllantirish tugagan paytdan e’tiboran 1 kun mobaynida yuboradi.

4. Soliq to‘lovchi yoki uning vakolatli vakili ushbu soliq hisobotlarini ko‘rib chiqadi va ularni tasdiqlaydi yoki o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritadi, so‘ngra – muayyan soliq turi bo‘yicha soliq hisobotini topshirish uchun Soliq kodeksida belgilangan muddatda soliq organlariga yuboradi.

🌐 Jizzax viloyat soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

Telegram | Facebook | Instagram
#qonunchilikdagi_yangiliklar
#aksiz_soligi

2024-yil uchun tamaki va alkogol mahsulotlari aksiz solig'i stavkalari

Mahalliy alkogol va tamaki mahsulotlariga qat’iy belgilangan aksiz solig‘i stavkalari inflyatsiya darajasi miqdorida 12 foizga indeksatsiya qilindi.

Alkogol, tamaki hamda vino mahsulotlarini import qilishda aksiz solig‘i stavkalari 5 foizga pasaytirildi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
#JShODS

2024-yil uchun qat'iy belgilangan miqdordagi jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i stavkalari


Mazkur stavkalar yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun 2024-yil 1-fevraldan kuchga kiradi.

2024-yil yanvar oyida qat'iy belgilangan miqdordagi daromad solig‘i 2023-yildagi stavkalar bo'yicha to'lanadi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
Yo‘l xaritasi ijrosida tadbirkorlar bilan hamkorlik

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan ochiq muloqotida belgilangan vazifalarni amalga oshirish bo‘yicha Yo‘l xaritasi tasdiqlandi (04.09.2023 yildagi PQ-292-son qaror). Unda soliq organlarining tadbirkorlar bilan hamkorligiga alohida e’tibor berilgan.

Ochiq muloqotdan so‘ng QQSning manfiy summasini qoplash (qaytarish)da koeffitsientni qo‘llashni taqiqlashga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar amalga oshiriladi.

QQS bo‘yicha maxsus ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi Guvohnomaning amal qilishini to‘xtatib turish tartibi bekor qilindi.

Foyda solig‘i bo‘yicha har oy bo‘nak to‘lovlarini to‘lashi lozim bo‘lgan tadbirkorlik sub’ektlari daromadining chegaraviy miqdori oshiriladi. Bugun mazkur chegara 5 mlrd so‘mni tashkil etib, 10 mlrd so‘mga oshiriladi.

Jizzax viloyatida har oy bo‘nak to‘lashi lozim bo‘lgan tadbirkorlar soni 727 nafardan 249 ming nafarga kamayadi. Buning natijasida 475 ta tadbirkorlik sub’ekt ixtiyorida 2024 yil I-chorakni o‘zida 1,3 mlrd so‘m miqdorida mablag‘ qoladi.

🌐 Jizzax viloyat soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

Telegram | Facebook | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#ozini_ozi_band_qilish

2024-yildan boshlab oʻzini oʻzi band qilgan shaxslarning daromadlari 100 mln soʻmdan oshganda yakka tartibdagi tadbirkorlar kabi soliq toʻlashga oʻtadi.

👉O‘zini o‘zi band qilgan shaxslarning daromadi qanday aniqlanadi?
👉Ular aylanmadan olinadigan soliqni necha foiz stavkada to‘laydi?
👉YTTlar kabi xodimlarni ishga yollashi mumkinmi?
👉YTTlarga berilgan soliq imtiyozlari ularga ham tatbiq qilinadimi?
👉2023-yilda daromadi 100 mln so‘mdan oshganlar 2024-yildan boshlab YTT kabi soliq to‘lashga o‘tadimi?
👉Daromadi 100 mln so‘mda oshganda oshgan qismi uchun soliq hisoblanadimi yoki to‘liq summa uchunmi?
👉Ijtimoiy soliq ixtiyoriy to‘lanadimi?


Shu va mavzuga oid boshqa savollarga Soliq qo‘mitasi bo‘lim boshlig‘i A.Abdurahmov batafsil javob berdi.

🎞 Youtube orqali ko‘rish

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma ❗️2024-yil 5-yanvar

dekabr oyi uchun:


- banklar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining norezidentlariga amalga oshirilgan toʻlovlar (dividendlar va foizlar toʻlovidan tashqari) boʻyicha yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻini budjetga oʻtkazishning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 355-modda 2-qism).
_________
#календарь_налогоплательщика

🗓 Напоминаем❗️5 января 2024 года последний день

за декабрь:


- перечисления банками в бюджет налога на прибыль по платежам, произведенным нерезидентам Республики Узбекистан (кроме выплаты дивидендов и процентов)
(ч.2 ст.355 Налогового кодекса).

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
Forwarded from Fiskal tahlillar
#raqamlashtirish #mobil_ilova

Soliq mobil ilovasi – 2023-yil natijalari

O‘tgan yili Soliq mobil ilovasida qariyb 3 mln nafar foydalanuvchi roʻyxatdan oʻtdi. Ularning jami soni 5,4 mlntadan oshdi.

Hozirda 3,3 mln nafar fuqaro ilovadan faol foydalanmoqda.

2023-yilda Soliq ilovasi 4 marta yangilandi va yangi funksiyalar paydo boʻldi:

▫️Tax Free tizimi orqali QQSni qaytarish;
▫️ota-onalar uchun soliq to'lash;
▫️yer va mol-mulk soliqlaridan qarzdorlik bor yoki yoʻqligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma olish;
▫️maʼlumotlarni saqlab qolgan holda telefon raqamini oʻzgartirish;
▫️amallar tarixini kuzatish;
▫️ quyosh panellarida ishlab chiqarilgan va yagona elektr energetika tizimiga uzatilgan elektr energiyasi uchun “Quyosh xonadon” xizmati orqali budjetdan subsidiya olish;
▫️roʻyxatdan oʻtgan ijara shartnomasini tahrirlash;
▫️egaligidagi ko‘chmas mulk kadastridan ko‘chirma olish;
▫️oylik ish haqi to‘g‘risida ma’lumotnoma olish;
▫️Ortiqcha to'lovni qaytarish;
▫️JShODS bo‘yicha soliq imtiyozini qaytarish;
▫️fiskal modul uchun to‘lov;
▫️MIB hamda yoʻ l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarimalarni to'lash.
Mobil ilovaning ingliz tilidagi interfeysi yaratildi.

Murojaatlar uchun @soliq_mobililova_murojaatlar_bot ishga tushirildi.
Ovoz
berish natijalariga ko‘ra Soliq mobil ilovasi “Yil brendi – 2022” g‘olibi bo‘ldi.

Soliq mobil ilovasi yuklanish bo‘yicha AppStoreda TOP-2 va Play Marketda TOP-5 ro‘yxatda.

Eng ommabop xizmatlar:
Xaridlar uchun keshbek
Ijara shartnomalarini ro‘yxatga olish
O‘zini o‘zi band qilish
Soliqlarni to'lash
Soliq hamkor
Ijtimoiy keshbek
Ish haqi ma'lumotlari
___________
#мобильное_приложение

Мобильное приложение Soliq: итоги 2023 года

За прошлый год в мобильном приложении Soliq зарегистрировалось почти 3 млн пользователей. Общее число превысило 5,4 млн.

Сейчас его активно используют более 3,3 млн человек.

В 2023 году приложение Soliq 4 раза обновилось и в нем появились новые возможности:
▫️вернуть НДС по системе Tax Free;
▫️уплатить налоги за родителей;
▫️получить справку об отсутствии задолженности по налогам на имущество и землю физлиц;
▫️сменить номер телефона с сохранением данных;
▫️мониторить историю действий;
▫️получить субсидию из бюджета через услугу Солнечный дом за электрическую энергию, произведенную на солнечных панелях и переданную в единую электроэнергетическую систему;
▫️редактировать зарегистрированный договор аренды;
▫️получить выписку из кадастра находящейся в собственности недвижимости;
▫️загрузить справку о ежемесячной заработной плате;
▫️перевести на банковские карты суммы субсидии «Солнечный дом» и социального кешбэка через платежную систему TaxPay;
▫️вернуть переплаченные налоги;
▫️вернуть НДФЛ по льготам;
▫️оплатить за фискальный модуль;
▫️уплатить штрафы БПИ и за нарушение ПДД.

Интерфейс мобильного приложения стал доступен и на английском языке.

Запущен Telegram-бот для обращений @soliq_mobililova_murojaatlar_bot

По итогам голосования мобильное приложение Soliq стало победителем премии "Бренд года - 2022".

По скачиванию мобильное приложение Soliq входит в ТОП-5 в AppStore и ТОП-2 в PlayMarket.

Самыми популярными услугами по-прежнему остаются:
Кешбэк за покупки
Постановка на учет договоров аренды
Регистрация в качестве самозанятого
Уплата налогов
Налоговый партнер
Социальный кешбэк

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
2024 yil 1 yanvardan boshlab: Aylanmadan olinadigan soliq bo‘yicha hisobot avtomatik tarzda shakllantiriladi

Hosil qilingan hisobot soliq to‘lovchining shaxsiy kabinetida aks ettiriladi (18.10.2023 y. 548-son VMQ). Soliq to‘lovchi Soliq kodeksida belgilangan muddatlarda hisobotni topshirish uchun hisobotni tekshirishi va uni soliq organlariga yuborishi kerak bo‘ladi.

Agar u xato yoki noaniqliklarni aniqlasa, ularni faqat hisobvaraq-faktura, marketpleys, onlayn-NKM cheklari va BYuDda tuzatishi mumkin bo‘ladi.

🌐 Jizzax viloyat soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

Telegram | Facebook | Instagram
O‘zini o‘zi band qilish qanday amalga oshiriladi?

«Aholi bandligi to‘g‘risida»gi Qonuni 35-37-moddalari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 8 iyundagi PQ-4742-son qarori, Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 23 dekabrdagi 806-son qarori o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar faoliyatini tartibga soladi.

O‘zini o‘zi band qilgan shaxs maxsus mobil ilova yoki soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti orqali yoxud davlat soliq xizmati organiga kelgan holda ro‘yxatdan o‘tishi mumkin.
O‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida mehnat faoliyatini amalga oshirish davri pensiya olish huquqiga ega bo‘lingan paytdan e’tiboran yoshga doir pensiyani hisoblab chiqarish uchun qabul qilinadigan ish stajiga qo‘shib hisoblanadi.

O‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatga olish davri, mehnat faoliyati bu davrda o‘zini o‘zi band qilish tartibida amalda bajarilganligi yoki bajarilmaganligidan qat’i nazar, pensiyani tayinlash uchun mehnat stajiga qo‘shib hisoblanadi.

Mahalliy mehnat organlari o‘zini o‘zi band qilgan shaxslarga imtiyozli mikrokreditlar ajratish uchun tijorat banklariga tavsiyalar beradi.

Savol: mening ish stajim 1997 yildan boshlangan. 2023 yilda mart oyida shtat qisqarishi natijasida ishdan bo‘shadim. Hozirda Pensiya jamg‘armasi tomonidan 2010-2023 yillar uchun foydalanilmagan mehnat ta’tiliga kompensatsiya to‘lab berishdi. Lekin 1997-2009 yillar uchun «to‘lashga asos yo‘q» vaj bilan to‘lashmayapti. Fuqarolik sudi esa kompensatsiya miqdorini hisoblatib, keyin ariza berishim mumkinligini aytmoqda. Qashqadaryo viloyati pensiya jamg‘armasi esa hisoblab berishdan bo‘yin tovlamoqda. Maslahatingiz kerak...

MK 234-moddasi 1-qismiga ko‘ra, mehnat shartnomasi bekor qilinganda xodimga barcha foydalanilmagan har yilgi asosiy va qo‘shimcha mehnat ta’tillari uchun pulli kompensatsiya to‘lanadi.
Demak, e’tibor bering, mehnat shartnomasi bekor qilinganda xodimga barcha foydalanilmagan, masalan, 10 yoki 15 yillik bo‘ladimi, har yilgi asosiy va qo‘shimcha mehnat ta’tillari uchun pulli kompensatsiya to‘lanishi shart.

MK 560-moddasiga ko‘ra, xodim o‘zining huquqi buzilganligi to‘g‘risida bilgan yoki bilishi kerak bo‘lgan kundan e’tiboran 6 oy ichida sudga murojaat qilish huquqiga ega.

🌐 Jizzax viloyat soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

Telegram | Facebook | Instagram
#mahallabay

Mahallalarda soliq organlari faoliyati natijalari

Soliq xizmati organlariga mahalla darajasiga tushib ishlash boʻyicha berilgan topshiriqlar ijrosini taʼminlash maqsadida 2023-yilda 9 443 ta mahallaga 4 427 nafar soliq xodimi biriktirildi.

Shuningdek, soliq organlarining 21 ta yoʻnalishdagi asosiy vazifalari belgilab berildi.

Soliq organlarining mahalladagi faoliyatini baholash uchun “Mahallalarda soliq organlari faoliyati” axborot tizimi ishlab chiqildi.

Ushbu tizim mahallalardagi bevosita har bir soliq toʻlovchi jismoniy shaxsning, tadbirkorning ijtimoiy va iqtisodiy muammolarini oʻrganish, ularga proaktiv shaklda xizmat koʻrsatish, tadbirkorlikni rivojlantirish, yangi ish oʻrinlarini yaratishda soliq organlari xodimlarining ishtiroki va imkoniyatlarini toʻliq ishga solishni taʼminlashga xizmat qiladi.

Mazkur yangi tizimning ishga tushishi natijasida 2023-yil yakuniga qadar yer va mol-mulk soliqlaridan prognozga nisbatan qo‘shimcha 2 trln so‘m, shundan 1,1 trln so‘mi 2023-yilning 4-choragida budjetga tushirildi. Jismoniy shaxslarning mol-mul va yer soliqlaridan tushumlar o‘tgan yilga nisbatan 1,5 baravarga oshdi.

Yashirin ish o‘rinlari legallashtirilganligi hisobiga daromad solig‘i to‘lovchilar 263,2 ming nafarga ko‘payib, 5,3 mln nafarga yetganligi hamda ish haqini oshirilishi JShODS bo‘yicha qo‘shimcha 1,9 trln so‘m tushirish imkoniyatini berdi.

O‘zini-o‘zi band qilgan fuqarolar 2,6 mln nafarni tashkil etib, yil boshiga nisbatan qariyb 1 mln nafarga oshdi.
______________
#махаллабай

Результаты деятельности налоговых органов в махаллях


В целях обеспечения исполнения органами налоговой службы поручений по работе на уровне махалли, в 2023 году за 9 443 махаллями закреплено 4 427 налоговых сотрудников.

Также определены основные задачи налоговых органов по 21 направлению.

Для оценки эффективности их работы разработана информационная система «Деятельность налоговых органов в махаллях».

Данная система служит изучению социальных и экономических проблем физических лиц и предпринимателей в махаллях, оказанию им проактивного обслуживания, развитию предпринимательства, обеспечению полного участия и максимального использования возможностей сотрудников налоговых органов в создании новых рабочих мест.

В результате запуска новой системы по отношению к прогнозу показателей к концу 2023 года дополнительно поступило 2 трлн сумов налогов на имущество и землю, из них 1,1 трлн сумов в IV квартале прошлого года. Поступления по налогам на имущество и землю физических лиц увеличились в 1,5 раза по сравнению с прошлым годом.

За счет легализации скрытых рабочих мест количество плательщиков налога на доходы выросло на 263,2 тысячи и достигло 5,3 млн человек, а повышение заработной платы дало возможность обеспечить дополнительно 1,9 трлн сумов НДФЛ.

Число самозанятых граждан составило 2,6 млн человек и увеличилось почти на 1 млн по сравнению с началом прошлого года.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads