Jizzax viloyat soliq boshqarmasi
5.61K subscribers
11.4K photos
1.48K videos
74 files
5.85K links
rasmiy kanali
Malumot uchun:[email protected]
Tel:72 226-34-70,72 222 -07 -00
Download Telegram
#qonunchilikdagi_yangiliklar
#mol_mulk_soligi

Yuridik shaxslar mol-mulk solig'i stavkasi saqlanib qoldi

Yuridik shaxslar uchun mol-mulk solig'i stavkasi 1,5% miqdorida saqlab qolindi.

Soliq kodeksiga kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchalarga ko‘ra:

🔹ko‘p kvartirali uylarda joylashgan ko‘p kvartirali uy mulkdorlarining umumiy mol-mulki* yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqqa tortilmaydi.

🔹yuridik shaxslar mol-mulk solig'ini hisoblash maqsadida obyektlarga nisbatan soliq solinadigan baza 1 kv.m uchun quyidagi minimal qiymatdan past bo'lishi mumkin emas:
▫️Toshkent shahrida – 3 mln so‘m;
▫️Nukus va viloyat markazlarida – 2 mln so‘m;
▫️boshqa shaharlar va qishloq joylarda – 1,2 mln so‘m.
👉2022-2023-yillarda 1 kv.m uchun minimal qiymat miqdori

*Izoh: Ko‘p kvartirali uydagi umumiy joylar, tayanch va to‘siq konstruksiyalar, kvartiralar oralig‘idagi ihotalangan (o‘rama) pillapoyalar, zinapoyalar, liftlar, liftning shaxtalari hamda boshqa shaxtalar, dahlizlar, texnik qavatlar, yerto‘lalar, cherdaklar va tomlar, uy ichidagi muhandislik tarmoqlari va kommunikatsiyalari, joylarning tashqarisida yoki ichida joylashgan hamda bittadan ortiq joyga xizmat ko‘rsatadigan mexanik, elektr, sanitariya-texnika uskunalari va qurilmalari hamda boshqa uskuna va qurilmalar umumiy mol-mulkdir.
👉 "Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish to‘g‘risida"gi Qonun 6-modda
__________
#новое_в_законодательстве
#налог_на_имущество

Сохранена ставка налога на имущество юридических лиц

Ставка налога на имущество юридических лиц сохраняется в размере 1,5%.

Согласно изменениям и дополнениям, внесенным в Налоговый кодекс:

🔹общее имущество* собственников помещений
многоквартирных домов, расположенное в этих многоквартирных домах, не облагается налогом на имущество юридических лиц;

🔹в целях исчисления налога на имущество юрлиц налоговая база в отношении объектов не может быть ниже минимальной стоимости за 1 кв. м:
▫️в г.Ташкенте — 3 млн сумов;
▫️в г.Нукусе и областных центрах — 2 млн сумов;
▫️в других городах и сельской местности — 1,2 млн сумов.
👉Минимальная стоимость за 1 кв. м в 2022-2023 гг.

*Примечание. Общим имуществом являются общие помещения в многоквартирном доме, несущие и ограждающие конструкции, межквартирные лестничные клетки, лестницы, лифты, лифтовые и иные шахты, коридоры, технические этажи, подвалы, чердаки и крыши, внутридомовые инженерные сети и коммуникации, механическое, электрическое, санитарно-техническое и иное оборудование и устройства, находящиеся за пределами или внутри помещений и обслуживающие более одного помещения.
👉ст.6 Закона "Об управлении многоквартирными домами"

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
e-auksion.uz
Jizzax viloyatida 3989 ta
ko'chma savdo joylarini 3 yilga ijaraga oling!

🔸 Arnasoy tuman 371 ta (ko'rish)
🔸 Baxmal tuman 255 ta (ko'rish)
🔸 G'allarol tuman 190 ta (ko'rish)
🔸Sh.Rashidov tuman 234 ta (ko'rish)
🔸 Do'stlik tuman 257 ta (ko'rish)
🔸 Zomin tuman 205 ta (ko'rish)
🔸 Zarbdor tuman 242 ta (ko'rish)
🔸 Mirzacho'l tuman 322 ta (ko'rish)
🔸 Zafarobod tuman 330 ta (ko'rish)
🔸 Paxtakor tuman 251 ta (ko'rish)
🔸 Forish tuman 372 ta (ko'rish)
🔸 Yangiobod tuman 345 ta (ko'rish)
🔸 Jizzax shahar 613 ta (ko'rish)

Ushbu obyektlar Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-avgustdagi 485-son qaroriga ko'ra savdoga chiqarilmoqda.

Qo'shimca ma'lumotlar uchun:
📞Auksion vakili: (99)-2072608 (99)-207-3608 (( soat 09:00 dan 18:00 gacha))

👇Xabardor boʼlish uchun👇
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Nazorat nadbirlari: Jizzaxda qalbaki aksiz markali alkogol va tamaki mahsulotlarining sotuvga chiqarilishini oldi olindi

Hududiy soliq inspeksiya xodimlari va Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Jizzax viloyat boshqarmasi hududiy tuman bo‘limlari tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirlar o‘tkazildi.

Xususan, o‘tgazilgan tadbirlarda Sharof Rashidov, Zafarobod, G‘allaorol, Zarbdor va Paxtakor tumanlarida faoliyat yurituvchi “B.O.”, “Y.F.”, “SH.Y.” “K.V.” MChJ hamda “E.M.” xususiy korxonasi savdo do‘konlari sotuvchilari xaridorlarga “GOLD”, “Portveyn”, “Talaya”, “Juravli” va “Chistaya vodka” nomli qalbaki aksiz markali alkogol mahsulotlarini sotgan vaqtlarida ushlanib, ushbu savdo do‘konlarida sotuvga qo‘yilgan jami 3 581 dona har xil turdagi qalbaki aksiz markali alkogol va 125 quti tamaki mahsuloti ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Jizzax viloyat soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

🟦Telegram |👍 Facebook |❤️ Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Armiya - jasorat, matonat va bilim maskani

Jizzax viloyat soliq boshqarmasida “Armiya – jasorat, matonat va sergaklik davr talabi” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi.

Jizzax viloyat mudofaa ishlari boshqarmasi hamda markaziy harbiy okrugi va Jizzax shahar ma’naviyat bo’limi hamkorligida o'tgan tadbirda soʻz olganlar, ozod diyorimiz sarhadlarini ko‘z qorachig‘idek asrash, uning tinchligini himoya qilishda milliy armiyamizning roli beqiyosligini ta’kidladilar.

Vaholanki, ilgari – sobiq sho‘rolar tuzumi zamonida yigitlarimiz muddatli harbiy xizmatni O‘zbekistondan uzoqlarda, nosog‘lom ma’naviy muhit hukmron bo‘lgan harbiy qismlarda o‘tashga majbur edi. Oqibatda umrining ayni kuchga to‘lgan ikki yilini behuda, mazmunsiz o‘tkazardi.

Shu bois o‘sha davrda muddatli harbiy xizmatga bugungidek istak ham, intilish ham bo‘lmagan. Bugun ko‘p millatli xalqimiz tinchligi, sarhadlarimiz daxlsizligini asrash ishiga muqaddas burch va yuksak sharaf sifatida qaralayotgani bir paytlar O‘zbekistondan olis o‘lkalarda askarlik burchini o‘taganlarda havas uyg‘otmoqda.

Bugun muddatli harbiy xizmatga jismonan va ma’nan sog‘lom, yuksak intellektual salohiyatli yoshlar saralab olinmoqda.

Bularning barchasi, istiqlol yillarida professional milliy armiyamizni shakllantirish, harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolariga munosib turmush sharoiti yaratish borasida amalga oshirilayotgan izchil ishlar samarasida Qurolli Kuchlarimiz safida xizmat qilish har bir yigit uchun nafaqat burch, balki haqiqiy shon-sharaf ishiga, farzandini armiya saflarida ko‘rish esa ota-onalarning orzusiga aylanganidan dalolat beradi.

Jizzax viloyat soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

🟦Telegram |👍 Facebook |❤️ Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma ❗️2024-yil 8-yanvar

dekabr oyi uchun:


- natura holida toʻlangan daromadlar boʻyicha jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻini va SHJBPHga majburiy badallarni toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 390-modda 2-qism, 06.10.2005-yildagi 1515 raqamli nizomning 7-bandi)
_________
#календарь_налогоплательщика

🗓 Напоминаем❗️8 января 2024 года последний день

за декабрь:


- уплаты налога на доходы физических лиц и обязательных взносов на ИНПС с доходов, выплаченных в натуральной форме
(ч.2 ст.390 Налогового кодекса, п. 7 Положения, рег. № 1515 от 06.10.2005 г.)

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
To‘lov xabarnomalarini topshirish tartibi bilan tanishing

Ilgariroq soliq organlari har yili 1 martdan kechiktirmay soliq summasi va uni to‘lash muddatlari ko‘rsatilgan to‘lov xabarnomasini jismoniy shaxslarga imzo qo‘ydirib yoki to‘lov xabarnomasi olinganligi faktini va olingan sanani tasdiqlovchi boshqa usulda topshirishi belgilangan edi SK 439-m. 2-q.

Endilikda to‘lov xabarnomalari imzo ostida topshirilishi belgilandi:

– soliq to‘lovchining shaxsiy kabinetiga elektron shaklda (mavjud bo‘lgan taqdirda);
– soliq to‘lovchi nomiga rasmiylashtirilgan mobil telefon raqamiga SMS-xabar shaklida;
– soliq organlarining maxsus mobil ilovasida;
– olinganligini va sanani tasdiqlaydigan boshqa yo‘l bilan.


🌐 Jizzax viloyat soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

Telegram | Facebook | Instagram
Soliq stavkalarining aniq miqdorini taqdim etish muddati o‘zgartirildi

Ilgariroq tumanlar va shaharlar xalq deputatlari Kengashlari soliq organlariga keyingi yil uchun aniq soliq stavkalarini joriy yilning 31 dekabriga qadar taqdim etishgan (SK 429-m. 3-q).

Endilikda bu muddat joriy yilning 10 yanvariga qadar belgilangan. Bunda avvalgidek soliq organlari ularni yuridik shaxslarga 5 kun ichida ma’lum qiladi.

Eslatib o‘tamiz, 2024 yil uchun qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalari bo‘yicha soliq hisob–kitobini, shuningdek soliqqa tortilmaydigan yer uchastkalari to‘g‘risidagi ma’lumotnomalarni taqdim etish muddati 2024 yil 22 yanvardan kechiktirilmasligi lozim (20 va 21 yanvar dam olish kunlari ekanligini hisobga olgan holda) (SK 423-m. 1-q).

🌐 Jizzax viloyat soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

Telegram | Facebook | Instagram
#tabrik

Bayramingiz muborak bo‘lsin, adolat posbonlari!

Soliq qo‘mitasi jamoasi 8-yanvar — Prokuratura organlari xodimlari kuni munosabati bilan tizimda xizmat qilayotgan barcha xodimlarni tabriklaydi.

Mamlakatimizda adolatli huquqiy jamiyatni barpo etish, qonun ustuvorligini taʼminlash hamda Vatanimiz iqtisodiy qudratini yuksaltirish, xalq farovonligini oshirishdagi mashaqqatli va sharafli mehnatlaringizda omad va muvaffaqiyatlar tilaymiz.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter | Threads
Elektromobillarni zaryadlash stansiyalarini o'rnatish uchun joylarni sotib oling!

"E-auksion" platformasida 169 ta elektromobillarni zaryadlash stansiyalarini o'rnatish joylari savdoda turibdi.


➡️ Jizzax viloyatida 13 ta joy

🚙Аrnasoy tumanida 3 ta joy (ko'rish)
🚙 Zomin tumanida 1 ta joy (ko'rish)
🚙 Forish tumanida 2 ta joy (ko'rish)
🚙Paxtakor tumanida 3 ta joy (ko'rish)
🚙G'allaorol tumanida 1 ta joy (ko'rish)
🚙Jizzax shaxarida 1 ta joy (ko'rish)
🚙Yangiobod tumanida 2 ta joy (ko'rish)

Ko'chma savdo joylari uchun auksion savdolarida ishtirok eting!

Barchasini ko'rish

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
#qonunchilikdagi_yangiliklar
#QQS

QQS toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga kiritilgan oʻzgartishlar

2024-yilda QQS stavkasi 12% miqdorida saqlanib qoldi.

Endi nafaqat Oʻzbekiston hududida tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qiluvchi chet el yuridik shaxslari, balki tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilish joyi Oʻzbekiston deb eʼtirof etilgan chet davlatning qonunchiligiga muvofiq tadbirkor sifatida roʻyxatdan oʻtgan va tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi jismoniy shaxslar ham QQS toʻlovchisi hisoblanadi.

1-apreldan QQS boʻyicha ayrim imtiyozlar bekor qilinadi. Yaʻni quyidagilar QQSga tortiladi

savdo aylanmasi boʻyicha:
▫️ tibbiy xizmatlar;
▫️ veterinariya xizmatlari;
▫️ dori vositalari;
▫️ veterinariya dori vositalari, tibbiyot va veterinariya uchun moʻljallangan buyumlar.


Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirishda:
▫️dori vositalari;
▫️veterinariya dori vositalari;
▫️tibbiyot va veterinariya uchun moʻljallangan buyumlar;
▫️shuningdek qonunchilikda belgilanadigan roʻyxat boʻyicha olib kiriladigan xomashyo.

aholiga ko‘rsatiladigan xizmatlarni realizatsiya qilish bo‘yicha:
▫️suv taʼminoti;
▫️kanalizatsiya;
▫️sanitariya jihatdan tozalash;
▫️issiqlik taʼminoti.
Avval ushbu xizmatlarni koʻrsatish bo‘yicha aylanmaga QQSning nol darajali stavkasi qo‘llanilgan.

2028-yil 1-yanvarga qadar QQSdan ozod qilinadi – budjet tashkilotlari, davlat korxonalari, ustav fondida davlat ulushi 50 % va undan ortiq boʻlgan yuridik shaxslarning xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlaridan jalb qilingan va jalb qilinadigan davlat tashqi qarzi hisobidan amalga oshiriladigan loyihalar doirasida sotib oladigan tovar (xizmat)larni realizatsiya qilishga doir aylanmasi, shuningdek ularning importi (Oʻzbekiston tijorat banklari orqali qayta moliyalashtiriladigan yoki qayta kreditlanadigan mablagʻlar bundan mustasno). Ushbu me'yor 2023-yil 16-noyabrda amaliyotga joriy qilingan.
____________
#новое_в_законодательстве
#НДС

Внесенные в законодательство изменения по НДС

В 2024 году ставка НДС сохраняется в размере 12%.

Теперь плательщиками НДС признаются не только иностранные юрлица, но и физические лица, зарегистрированные в качестве предпринимателей в соответствии с законодательством иностранного государства и осуществляющие предпринимательскую деятельность, реализующие товары (услуги) на территории РУз, если местом реализации таких товаров (услуг) признается РУз.

С 1 апреля отменяются некоторые льготы по НДС, т.е. будет облагаться НДС

оборот по реализации:
▫️медицинских услуг;
▫️ветеринарных услуг;
▫️лекарственных средств,
▫️ветеринарных лекарственных средств, изделий медицинского и ветеринарного назначения.


ввоз на территорию РУз:
▫️лекарственных средств,
▫️ветеринарных лекарственных средств,
▫️изделий медицинского и ветеринарного назначения,
▫️а также сырья, ввозимого по перечню, определяемому законодательством.


оборот по реализации услуг, оказываемых населению по:
▫️водоснабжению,
▫️канализации,
▫️санитарной очистке,
▫️теплоснабжению.
Ранее оборот по оказанию этих услуг облагался НДС по нулевой ставке.

До 1 января 2028 года освобождается от НДС оборот по реализации, а также ввоз товаров (услуг), приобретаемых в рамках проектов, финансируемых за счет займов международных финансовых институтов и зарубежных правительственных финансовых организаций (кроме рефинансируемых или перекредитуемых через банки Узбекистана), привлекаемых бюджетными организациями и предприятиями с госдолей 50% и выше. Данная норма действует с 16 ноября 2023 года.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter | Threads