Jizzax viloyat soliq boshqarmasi
5.45K subscribers
11.6K photos
1.51K videos
76 files
5.94K links
rasmiy kanali
Malumot uchun:[email protected]
Tel:72 226-34-70,72 222 -07 -00
Download Telegram
#hamkorlik

Katta hajmli maʼlumotlarni tahlil qilish texnologiyalari joriy etiladi


2023-yil 27-noyabr kuni Jahon banki ishtirokidagi “Soliq maʼmuriyatchiligini isloh qilish” loyihasi doirasida Rossiya Federatsiyasidan kelgan ekspertlar guruhi soliq sohasida faoliyat yurituvchi mutaxassislar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Unda katta hajmdagi maʼlumotlarni tezkor tahlil qilish texnologiyalarini, xususan, IBM Cognos Analytics tizimini yo‘lga qo‘yish muhokama qilindi.

👉 Batafsil
___________
#сотрудничество

Будут внедрены технологии анализа больших данных

27 ноября 2023 года в рамках проекта "Реформа налогового администрирования" при участии Всемирного банка состоялась встреча группы экспертов из Российской Федерации со специалистами, осуществляющими деятельность в налоговой сфере.

В ней обсуждались вопросы внедрения технологий быстрого анализа больших данных, в частности, системы IBM Cognos Analytics.

👉 Подробнее

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter | Threads
#сотрудничество

#hamkorlik

XVJ bilan istiqbolli hamkorliklar davom etmoqda


Joriy yil 13-dekabr kuni Soliq qoʻmitasi Raisining birinchi oʻrinbosari Mubin Mirzayev va Xalqaro valyuta jamg‘armasi (XVJ)ning Oʻzbekiston boʻyicha missiyasi rahbari Yasser Abdix boshchiligidagi delegatsiya aʼzolari bilan uchrashuvi oʻtkazildi.

Unda oxirgi besh yilda soliq maʼmurchiligida amalga oshirilgan keng koʻlamli islohotlar va erishilgan natijalar boʻyicha maʼlumotlar berildi.

👉 Batafsil
__________
Перспективное сотрудничество с МВФ продолжается


13 декабря этого года состоялась встреча первого заместителя председателя Налогового комитета Мубина Мирзаева c членами делегации во главе с руководителем миссии Международного валютного фонда (МВФ) по Узбекистану Яссером Абдихом.

В ходе нее была представлена информация о масштабных реформах налогового администрирования за последние пять лет и достигнутых результатах.

👉 Подробнее

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
#hamkorlik

Soliq qo‘mitasi va Osiyo taraqqiyot banki o‘rtasidagi hamkorlikning yangi bosqichi

Soliq qo‘mitasida Osiyo taraqqiyot bankining Boshqaruv sektori idorasi va davlat sektorini boshqarish bo‘yicha direktori Xiranya Mukxopadyay boshchiligidagi delegatsiya a'zolari bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Unda Soliq qo‘mitasi raisi o‘rinbosari J.Abdiyev OTB vakillariga soliq ma'murchiligida amalga oshirilgan islohotlar bo‘yicha ma'lumot berdi.

Shuningdek, uchrashuvda “Soliq ma'muriyatchiligini diagnostik baholash vositasini qo‘llash” TADAT bo‘yicha o‘tkazilgan missiyalar va uning yakuni yuzasidan qo‘mitaga taqdim etilgan hisobotda qayd etilgan muammoli masalalar doirasida soliq ma'murchiligini isloh qilish va xodimlar malakasini oshirish muhokama qilindi.

Mehmonlar bugungi kunda O‘zbekistonda “yashil" iqtisodiyotga o‘tish islohotlari yo‘nalishidagi loyihalarni OTB tomonidan kreditlash rejalashtirilganligini va Soliq qo‘mitasida ham ayni yo‘nalishdagi loyihalarni qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.

Uchrashuv yakunida soliq ma'murchiligini bosqichma-bosqich takomillashtirib borish, soliq to‘lovchilarga qulay va shaffof biznes muhitini yaratish bo‘yicha hamkorlikni yangi bosqichda davom ettirishga kelishib olindi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#hamkorlik

Soliq qoʻmitasida XVJning soliq islohotlarini rejalashtirish bo‘yicha missiyasi bo‘lib o‘tmoqda


Mazkur missiya doirasida joriy yilning 15-aprel kuni XVJ daromadlar boshqarmasi katta iqtisodchisi Vinsent de pol Kukpayzan boshchiligidagi delegatsiya va Soliq qoʻmitasi Rahbariyati oʻrtasida “Soliq islohotlarini rejalashtirish” mavzusida uchrashuv oʻtkazildi.

👉 Batafsil
________
#сотрудничество

В Налоговом комитете проходит миссия МВФ по планированию налоговой реформы

В рамках этой миссии 15 апреля текущего года состоялась встреча делегации под руководством старшего экономиста Управления доходов МВФ Винсент де пол Кукпайзана и руководства Налогового комитета.

👉 Подробнее

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Soliqqarzi
#hamkorlik

Majburiy ijro byurosining Zarbdor tuman bo‘limi ijrochilari va Zarbdor tuman soliq inspeksiyasi xodimlari bilan hamkorlikda soliq qarzlarini undirish borasida ishlar olib borilmoqda.


Fuqarolik ishlari bo‘yicha Zarbdor tumanlararo sudining 2024 yil 16 yanvardagi A.Xurshidbek ismli fuqarodan subsidiar tartibda “BBB-XXI” ma’suliyati cheklangan jamiyatining 9.650.438 so‘mlik soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha qarzdorlikni undirish xaqidagi sud buyrug‘i mavjud. Unga asosan fuqaro yashab turgan Zarbdor tumani Navoiy mahallasida majburiy ijro harakatlari olib borildi.

Ijro harakatlari davomida soliq qarzdorligi to‘lanmaganligi sababli fuqaroga tegishli bo‘lgan “Gentra” rusumli avtomobil qarzdorlikni bartaraf etilgunga qadar? jarima maydonchasiga qo‘yildi.

Jizzax viloyat soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

🟦Telegram |👍 Facebook |❤️ Instagram|🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#hamkorlik

Gruziya Daromadlar xizmati Oʻzbekiston tajribasini oʻrganmoqda

Gruziya Daromadlar xizmati bosh direktori oʻrinbosari Levan Sitelashvili boshchiligidagi delegatsiya Soliq qoʻmitasiga tashrif buyurdi.

Tashrif doirasida mehmonlar Soliq qo‘mitasining Jahon banki ishtirokidagi “Soliq maʼmurchiligini isloh qilish” loyihasi bo‘yicha muvaffaqiyatli tajribalarini oʻrgandi.

Soliq qoʻmitasi Raisining birinchi oʻrinbosari M.Mirzayev boshchiligidagi qoʻmita vakillari delegatsiya aʼzolarini zamonaviy axborot-texnologiyalari va ilgʻor dasturiy taʼminotlar joriy qilinishi, xususan, Soliq maʼlumotlarini qayta ishlash markazi faoliyati bilan tanishtirdi.

Amalda qoʻllanilayotgan dasturiy mahsullarning imkoniyatlari boʻyicha taqdimotlar namoyish etildi.

Tashrif yakunida Gruziyaning sohadagi ijobiy tajribasi yuzasidan ham fikr almashildi. Shuningdek, ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish imkoniyatlari va istiqbollari muhokama qilindi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#hamkorlik

MDH davlatlarining soliq organlari mijozga yo‘naltirilganlik tamoyillarini joriy etish bo‘yicha tajriba almashmoqda

Ayni kunlarda Qozon shahrida “Rossiya – Islom olami: KazanForum” XV Xalqaro iqtisodiy forumi boʻlib oʻtmoqda. Unda 80 ga yaqin davlatlardan 10 mingdan ortiq ishtirokchi qatnashmoqda. 19-maygacha davom etadigan forum davomida 12 ta turli yoʻnalishlar boʻyicha 125 tematik sessiya oʻtkazilishi rejalashtirilgan.

Xususan, bugun, 16-may kuni ushbu xalqaro iqtisodiy forum doirasida davlat boshqaruvi va soliq maʼmurchiligida mijozlarga yo‘naltirilganlik tamoyillarning panel sessiyasi bo‘lib o‘tmoqda.

Unda Soliq qo‘mitasi boshqarma boshliqlari T.Ismailov va D.Xashimova, Soliq servis DUK rahbari Sh.Pardayevlar ishtirok etyapti.

Rossiya Federal soliq xizmati va MDH mamlakatlari soliq organlari vakillari soliq maʼmurchiligini raqamlashtirish, tashqi aloqa tizimini takomillashtirish va soliq to‘lovchilarning murojaat va takliflarini o‘rganish, shuningdek, xizmatlar ko‘rsatish sifatini yaxshilash sohalarida tajriba almashishlari rejalashtirilgan.

Shuningdek, muhokamada ishtirok etayotgan biznes vakillari tijorat sohasida mijozlarga yo‘naltirilgan zamonaviy yondashuvlarni joriy etish bo‘yicha suhbat olib boradi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#hamkorlik

Soliq maʼmuriyatchiligi: Raqamlashtirish davrda soliq qonunchiligiga rioya qilish darajasini oshirish – bugun va kelajak


Samarqand shahrida Soliq maʼmuriyatchiligi: “Raqamlashtirish davrda soliq qonunchiligiga rioya qilish darajasini oshirish – bugun va kelajak” mintaqaviy seminari boshlandi.

Mazkur o‘quv-seminar joriy yil 30-maygacha davom etadi.

Tashkilotchilar – Soliq qoʻmitasi, Xalqaro valyuta jamgʻarmasining (XVJ) Kavkaz, Markaziy Osiyo va Moʻgʻiliston mintaqalarida salohiyatni oshirish markazi (CCAMTAC) hamda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot Dasturining Oʻzbekistondagi vakolatxonasi.

Mazkur oʻquv-seminarida Ozarbayjon, Armaniston, Gruziya, Qozogʻiston, Qirgʻiz Respublikasi, Turkmaniston, Tojikiston va Moʻgʻiliston soliq idoralaridan, shuningdek, Deloitte, PricewaterhouseCoopers, Ernst & Young va KPMG katta toʻrtlik yirik auditorlik kompaniyalaridan kelgan 40 nafarga yaqin mutaxassislar ishtirok etmoqda.

Amaliy tadbirlar doirasida mintaqaviy iqtisodiy rivojlanish tajribasi va istiqbollarini o‘rganishga bag‘ishlangan sessiyalar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
_____
#сотрудничество

Налоговое администрирование: Повышение уровня соблюдения налогового законодательства в цифровую эпоху


В Самарканде стартовал международный учебный семинар “Налоговое администрирование: Повышение уровня соблюдения налогового законодательства в цифровую эпоху - сейчас и в будущем”.

Данный учебный семинар проводится 28 - 30 мая этого года.

Организаторы – Налоговый комитет, Региональный центр развития профессионального сотрудничества Кавказа, Центральной Азии и Монголии (The Caucasus, Central Asia and Mongolia Regional Capacity Development Center – CCAMTAC) и представительство ПРООН в Узбекистане.

В семинаре участвуют около 40 представителей налоговых ведомств Азербайджана, Армении, Грузии, Казахстана, Кыргызской Республики, Монголии, Таджикистана, Туркменистана, а также МВФ, ПРООН и крупнейших аудиторских компаний «Большой четверки» (Deloitte, PricewaterhouseCoopers, Ernst & Young и KPMG).

В рамках практических мероприятий запланированы сессии по изучению опыта, перспективам регионального экономического развития.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads