Jizzax viloyat soliq boshqarmasi
1.04K subscribers
12.5K photos
1.6K videos
81 files
6.5K links
rasmiy kanali
Malumot uchun:[email protected]
Tel:72 226-34-70,72 222 -07 -00
Download Telegram
#o`zini_o`zi band_qilish ❇️Жиззах вилоятида ўзини ўзи банд қилганларни рўйхатга олиш бўйича режа-топшириқни бажариш кўрсаткичи 50 %дан ошди. Шу кунга қадар 7103 нафардан ошиқ фуқаро яшаш манзили бўйича ўзини ўзи банд қилди. Янгиобод, Пахтакор туманлари ва Жиззах шаҳар ДСИлари бу борада пешқадамлик қилишмоқда. 🆒 Жиззах вилоят ДСБ Ахборот хизмати.
#o`zini_o`zi_band_qilish Жиззах вилоятида ахборот-коммуникация йўналиши💻 бўйича хизмат кўрсатувчи ўзини ўзи банд қилган фуқаролар сони 1️⃣2️⃣1️⃣ нафарга етди. Уларнинг фаолияти сердаромадлигини 💲 ҳисобга олган ҳолда айнан шу йўналишда хизмат кўрсатаётган шахслар ўртасида тушунтириш-тарғибот ишлари кучайтирилмоқда. Жиззах вилоят ДСБ Ахборот хизмати.
#o`zini_o`zi_band_qilish_ ❇️Жиззах вилоятида репетиторлик,👩‍🎓 энагалик👩‍🍳 ва халқ табобати👩‍⚕️ (лицензия билан) каби ижтимоий йўналишларда ўзини ўзи банд қилган фуқаролар сони 1️⃣7️⃣9️⃣9️⃣ нафарга етди. Янгиобод туманида 256 нафар фуқаро ўзини ўзи банд қилган ҳолда рўйхатга олиниб, вилоят бўйича энг юқори кўрсаткични қайд этди. 📣Эслатиб ўтамиз, ўзини ўзи банд қилган фуқаролар 111 500 сўм миқдорда ижтимоий солиқ тўлаш эвазига иш стажига эга бўладилар. Натижада пенсия ёшига етганда пенсия тайинланиш имконига эга бўладилар👍 Жиззах вилояти ДСБ Ахборот хизмати.
#o`zini_o`zi_band_qilish_ Жиззах вилоятида ўзини ўзи банд қилганлар сони 12 537 (91.5%) нафарга етди. Жиззах вилояти ДСБ Ахборот хизмати.
#o`zini_o`zi_band_qilish_ Энди хориж фуқароларига ҳам рухсат

SOLIQ мобил иловасининг янгиланган версиясига яна бир хизмат қўшилди. Эндиликда хориж фуқаролари, яъни Ўзбекистон Республикаси фуқароси бўлмаган шахслар ҳам ўзини ўзи банд қилган сифатида рўйхатдан ўтиши мумкин. Рўйхатдан ўтишда тизим ЭРИ (электрон рақамли имзо) талаб этади. ЭРИни https://e-imzo.uz сайти орқали қисқа фурсатларда масофадан олиш мумкин. Бу

✔️Мамлакат фуқароси ҳисобланмасангиз ҳам ўзингиз учун қонуний ишлаш имкониятини беради.

Бунда, ишчиларни ёллаш ёки иш берувчига эга бўлиш мумкин эмас.

📲Буюртмаларни қабул қилиш ва кўрсатилган хизматлар (товарлар) учун тўловларни амалга ошириш, юридик шахсларга хизматлар кўрсатишда (товарларни сотишда) электрон ҳисоб-китоб фактураларни тақдим қилиш ва кредит олиш мақсадида ихтиёрий асосда даромадлар ва харажатлар ҳисобини юритиш имкониятлари берилади. Жиззах вилоят ДСБ Ахборот хизмати.
📌 Savol: Agar soliq majburiyatini bajarish muddatining so‘nggi kuni dam olish kuniga to‘g‘ri kelsa, qanday amal qilish kerak?
💬 Javob: Agar soliq majburiyatini bajarish muddatining oxirgi kuni dam olish (ishlanmaydigan) kuniga to‘g‘ri kelsa, so‘nggi ish kuni muddatning tugash kuni hisoblanadi. Masalan, 17-fevral dam olish kuni bo‘lsa, majburiyatni bajarish uchun oxirgi ish kuni — 19-fevral bo‘ladi.

📌 Savol: Yanvar oyi uchun daromad solig‘i hisobotini to‘lash muddati qanday?
💬 Javob: 2025 yil 17-fevralga qadar hisobotni taqdim etish va to‘lash lozim.

📌 Savol: 2024 yil uchun yil yakunlari bo‘yicha qanday soliq hisobotlarini taqdim etish kerak?
💬 Javob: 2024 yil uchun yil yakunlari bo‘yicha daromadlar va ijtimoiy soliq hisob-kitoblarini taqdim etish, shuningdek, aylanmadan olinadigan soliq hisobotini taqdim etish kerak.

📌 Savol: Norezidentlar uchun mol-mulk solig‘ini to‘lash muddati qachon?
💬 Javob: 17-fevralga qadar, agar O‘zbekiston Respublikasida faoliyat doimiy muassasalar orqali amalga oshirilmayotgan bo‘lsa.

📝 Eslatma: Har bir soliq to‘lovchisi uchun ushbu majburiyatlarni o‘z vaqtida va to‘liq bajarish juda muhim! 17-fevralga qadar barcha hisobotlar va to‘lovlar amalga oshirilishi kerak.

#SoliqTaqvimi #SoliqMajburiyatlari #AlkogolliMahsulotlar #Hisobotlar #O‘zbekiston

Telegram | Facebook | Instagram
🔹 O‘zbekistonda yuridik shaxslar soni 527 mingdan oshdi! 🔹

📊 2025-yil 1-fevral holatiga ko‘ra mamlakatimizda 527 141 ta yuridik shaxs faoliyat yuritmoqda. Yanvar oyida esa 7 794 ta yangi biznes rasmiy ro‘yxatdan o‘tdi.

💼 Eng ko‘p yuridik shaxslar faoliyat yuritayotgan sohalar:
🥇 Savdo – 134,1 mingta
🥈 Qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi – 124,8 mingta
🥉 Sanoat – 57,5 mingta
🏗 Qurilish – 28,7 mingta
🍽 Yashash va ovqatlanish xizmatlari – 26,2 mingta

⚠️ Muhim eslatma: 9 oy davomida bank operatsiyalarini bajarmagan va soliq hisobotlarini topshirmagan tijorat tashkilotlari avtomatik tarzda nofaol holatga o‘tadi!

🇺🇿 Biznesingiz rivoji uchun raqamli imkoniyatlardan unumli foydalaning!


#raqamlashtirish #yuridik_shaxs #biznes #O‘zbekiston #statistika

Jizzax viloyat soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

🟦Telegram |👍 Facebook |❤️ Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📈 O‘zini o‘zi band qilgan shaxslar soni sezilarli darajada oshdi!

2025-yil 1-fevral holatiga ko‘ra, o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar soni 4,6 million nafardan oshdi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 74,5% ga (1,9 million nafar) ortdi.

🔝 Eng yuqori o‘sish kuzatilgan sohalar: 🔸 Maishiy xizmatlar — 95,7% (965 mingta); 🔸 Ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish — 94,1% (208,5 mingta); 🔸 Axborot-kommunikatsiya — 82,5% (55,2 mingta).

#Raqamlashtirish #O‘ziniO‘ziBandQilish #IshsizlikkaBarham #YangiIshO‘rinlari #O‘zbekistonYangiIshO‘rinlari #IqtisodiyO‘sish #Bandlik #MaishiyXizmatlar #IshlabChiqarish #AxborotKommunikatsiya

📢 Eng muhim yangiliklarni kuzatib borish uchun kanalimizga obuna bo‘ling! 🚀

Telegram | Facebook | Instagram