Jizzax viloyat soliq boshqarmasi
5.26K subscribers
11.7K photos
1.52K videos
78 files
6.04K links
rasmiy kanali
Malumot uchun:[email protected]
Tel:72 226-34-70,72 222 -07 -00
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#seminar

⚡️Жорий йилнинг 21 январь куни Жиззах вилояти ҳокимлик залида давлат солиқ қўмитаси раиси ўринбосари Абдиев Жахонгир Ибрагимович, қўмитанинг етакчи мутахассислари ва вилоят ДСБ раҳбарияти иштирокида солиқ маъмурчилигидаги сўнгги янгиликлар ва ўзгаришларига бағишланган семинар учрашув бўлиб ўтди.
Мазкур семинар очиқ мулоқат тарзида бўлиб, барча туман ҳокимликларига тадбиркорлар ташриф буюриб, улар ҳам семинар тафсилотларини видео тизим орқали кўзатиб бордилар. Тадбиркорлар ўзларини қизиқтирган саволларига мутахассислар ёрдамида батафсил жавоб олдилар.
#SEMINAR
📌Kuni kеcha Jizzax viloyat davlat soliq boshqarmasida soliq xodimlari va iqtisodiy sudyalar ishtirokida bankrotlik to'g'risidagi ishlarni hal etishning xususiyatlariga bag'ishlangan sеminar bo'lib o'tdi.

⚡️Mazkur sеminarga shahar va tumanlaroro iqtisodiy sudi sudyalari va hududiy davlat soliq inspеktsiyasi xodimlari, ham o'z hududlarida onlayn sеlеktor tizimi orqali ulandilar.
Bankrotlik va santsiya masalalariga oid bo'lgan sеminarda sud boshqaruvchilari faoliyatini takomillashtirishga oid so'ngi yillarda amalga oshirilgan ishlar tahlil qilindi.

Tadbirda so'zga chiqqan viloyat DSB boshlig'i Bеkzod Tashpulatov, viloyat iqtisodiy sudi raisi Jamol Qahhorovlar so'zga chiqib, iqtisodiy jihatdan nochor xo'jalik yurituvchi sub'еktlarni inqirozdan chiqarish yoki ularning istiqbolsizlarini tugatib, o'rniga sog'lom mulk sеktorini tashkil etish aynan sudyalar yordamida amalga oshirish, iqtisodiy nochor korxonalarga nisbatan bankrotlik taomilini o'z vaqtida qo'llab, ularni sog'lomlashtirish yoki tugatish choralari ko'rilishi umumiqtisodiyot uchun muhim ahamiyatga ega hisoblanishi ta'kidlandi.
Телеграм | Фейсбук
#seminar #qqs

❗️Hurmatli soliq to‘lovchilar!

Mamlakatimizda ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish va eksportga yaratilgan qulay shart-sharoitlarni tadbirkorlik subyektlari orasida targ‘ib qilish maqsadida Jizzax viloyat soliq boshqarmasi tomonidan soliq to‘lovchilar uchun seminar o‘tkaziladi.

🗓 Seminar boshlanish vaqti: 2023-yil 7-noyabr soat 15:00.

📍Manzil: Jizzax viloyat soliq boshqarmasi (Jizzax shahri, Sharof Rashidov ko‘chasi, 116-uy).

Jizzax viloyat soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

🟦Telegram |👍 Facebook |❤️ Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#seminar  #QQS

🔷Eksportni qo‘llab-quvvatlash uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, tovarlarni bojxona hududida qayta ishlash rejimiga joylashtirish tartibotlarini soddalashtirish maqsadida ko‘plab amaliy ishlar qilinmoqda.

“Bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimi qo‘llanilishini soddalashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident farmoni bu boradagi ishlarni yangi bosqichga olib chiqdi.

Joriy yilning 7-noyabr kuni Jizzax viloyat soliq boshqarmasida mazkur farmonning mazmun-mohiyati hamda unda eksportyorlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan jihatlar haqida atroflicha tushuntirish berish maqsadida seminar tashkil etildi.

Jizzax viloyat soliq hamda bojxona boshqarmalari hamkorligida tashkil etilgan seminarda eksportyor korxonalar hamda soliq boshqarmasida hisobda turuvchi qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchi tadbirkorlik subyekti vakillari ishtirok etdi.

Jizzax viloyat soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

🟦Telegram |👍 Facebook |❤️ Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#seminar

Fiskal institutda soliq organlari xodimlari uchun “Soliq tekshiruvlarini oʻtkazish va tekshiruv materiallarini koʻrib chiqish” mavzusida
seminar o‘tkazildi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter | Threads
#raqamlashtirish #seminar_trening

Soliq qo‘mitasi xodimlari IBM Cognos Analytics platformasidan foydalanish kurslarini yakunladi

Jahon banki bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan “Soliq maʼmuriyatchiligini isloh qilish” loyihasi doirasida soliq tizimining 40 nafarga yaqin xodimi IBM Cognos Analytics platformasida maʼlumotlarni to‘plash, tahlil qilish, grafik va diagrammalar orqali vizualizatsiya qilish hamda tezkor hisobotlar shakllantirish bo‘yicha o‘quv kurslarini yakunladi.

Loyiha doirasida xalqaro ekspertlar guruhi soliq sohasida faoliyat yurituvchi xodimlarni IBM Cognos Analytics tizimidan samarali foydalanish va Business Intelligence (BI) tahlilchilari sifatida tayyorlashga yo‘naltirilgan o‘qitish ishlarini olib bordi.

Soliq tizimi xodimlarining olgan bilimlari kelgusida maʼlumotlarni yig‘ish va modellashtirish orqali murakkab jarayonlarni soddalashtirish, katta hajmdagi maʼlumotlarni tezkor tahlil qilish asosida iqtisodiyotda xufiyona aylanmalar darajasini qisqartirish, shuningdek, soliq to‘lovchilarga yangi, zamonaviy va qulay xizmatlarni ishlab chiqishga xizmat qiladi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#elon #seminar  #soliq_siyosati_2025

🔔Hurmatli soliq toʻlovchilar❗️

Soliq xizmati organlari tomonidan respublikamizning barcha hududlarida Soliq va budjet siyosatining 2025-yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlariga bag‘ishlangan seminarlar o‘tkaziladi.

Mazkur seminarlarda Soliq qo‘mitasi hamda hududiy soliq boshqarmalari rahbarlari va mas’ul xodimlari ishtirok etadi.

O'tkaziladigan seminarlarning aniq vaqti va manzilini hududiy soliq boshqarmalarining rasmiy kanallarida kuzatib boring:
     
📱Andijon viloyati 
📱 Buxoro viloyati
📱Jizzax viloyati
📱 Qashqadaryo viloyati
📱 Namangan viloyati
📱 Navoiy viloyati
📱 Samarqand viloyati 
📱 Sirdaryo viloyati
📱 Surxondaryo viloyati
📱Toshkent shahar
📱Toshkent viloyati
📱 Farg‘ona viloyati
📱 Xorazm viloyati
📱 YSTBHSI
📱Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Barcha tadbirkorlik subyektlari vakillari va soliq to‘lovchilarni seminarga taklif qilamiz.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#seminar #soliq_siyosati_2025

Soliq va budjet siyosatining 2025-yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlariga bag‘ishlangan seminarlar bo‘lib o‘tdi

🗓Joriy yilning 13–17-yanvar kunlari respublikamizning barcha hududlarida 2025-yilga mo‘ljallangan soliq va budjet siyosatining asosiy yo‘nalishlariga bag‘ishlangan seminarlar o‘tkazildi.

Seminarlar Soliq qo‘mitasi hamda hududiy soliq boshqarmalari rahbarlari va mas’ul xodimlari ishtirokida bo‘lib o‘tdi.

Unda soliq to‘lovchilar va tadbirkorlik subyektlari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishib, soliq ma’murchiligidagi o‘zgarishlar hamda qo‘shimcha imtiyozlar haqida ma’lumotlar bilan tanishdi.

Quyidagi viloyatlarda seminarlar o‘tkazildi:
📱 Xorazm viloyati
📱 Qashqadaryo viloyati
📱 Navoiy viloyati
📱 Samarqand viloyati 
📱 Surxondaryo viloyati
📱 Jizzax viloyati
📱 Buxoro viloyati
📱 Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Bu kabi seminarlar soliq to‘lovchilar va tadbirkorlik subyektlarining murojaatlarini tezkor hal etishda va ularga uslubiy ko‘mak ko‘rsatishda katta ahamiyatga ega.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#seminar

Tashkilot ijobiy imidjini shakllantirishda ochiqlik va axborot siyosatining o‘rni


Soliq qo‘mitasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Adminstratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi bo‘lim boshlig‘i Sadoqat Aslanova seminar-trening o‘tkazdi.

Dastlab videkonferensaloqa orqali hududiy soliq boshqarmalari Matbuot xizmati xodimlari ishtirokida “Davlat xizmatida media va axborot savodxonligi” mavzusida seminar-trening bo‘lib o‘tdi.

Trening davomida S.Aslanova sohaga oid dolzarb mavzularda maʼruza qildi.

Xususan, seminarda –

🔵ommaviy axborot vositalari va blogerlar bilan ishlash;
🔵tashkilot imijini yaratish;
🔵rasmiy munosabat bildirish;
🔵mediakontent yaratishda eʼtibor qaratish zarur bo‘lgan jihatlar;
🔵inqirozli vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilish;
🔵vizual kontent, uning matnga nisbatan samaradorligi;
🔵tashqi kommunikatsiya vositalaridan foydalanish haqida maʼlumotlar berildi.

Shundan so‘ng, Markaziy apparat xodimlari uchun offlayn shaklda "Davlat organlari ochiqligini taʼminlashda samaradorlik va natijadorlik" mavzusida o‘quv-seminari bo‘lib o‘tdi.

Seminar davomida S.Aslanova olib borilayotgan islohotlarning maqsad va vazifalari haqida tezkor, xolis hamda birinchi manbaa sifatida to‘liq axborot yetkazish, jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan faol muloqot o‘rnatish, eʼlon qilinayotgan tanqidiy materiallarga o‘z vaqtida va sifatli munosabat bildirish tashkilot faoliyati ochiqligini taʼminlashda muhim vazifa ekanligini taʼkidladi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM