Jizzax viloyat soliq boshqarmasi
5.56K subscribers
11.4K photos
1.49K videos
75 files
5.86K links
rasmiy kanali
Malumot uchun:[email protected]
Tel:72 226-34-70,72 222 -07 -00
Download Telegram
#matbuot_anjumani
#barqarorlik_reytingi

Soliq mobil ilovasida ishga tushirilgan "Soliq biznes" bo‘limida tadbirkorlik subyektlari barqarorlik reytingdagi o‘rnini onlayn rejimda ko‘rib turishi mumkin.
____
#пресс_конференция
#рейтинг_устойчивости

В разделе «Soliq biznes», запущенном в мобильном приложении Soliq, можно в онлайн-режиме проверить рейтинг устойчивости субъектов предпринимательства.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#Barqarorlik_reytingi
#Yashirin_iqtisodiyot

Jizzax viloyat prokuraturasida umumiy ovqatlanish korxonalari rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazildi


Bugun Jizzax viloyati prokuraturasida tizimdagi mavjud muammolarni aniqlash, umumiy ovqatlanish tizimida savdo tushumlarining kirim qilinishi borasidagi masalalarga yechim topishga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Ushbu uchrashuv O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil devoni, viloyat prokuraturasi, soliq boshqarmasi, prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti bilan hamkorlikda tashkil etildi.

An’anaga ko‘ra, har yili 20-avgust kuni Prezident mamlakatning yetakchi tadbirkorlari bilan muloqot o‘tkazadi. Muloqotdan oldin esa joylarda mas’ul davlat organlari ishtirokida tadbirkorlar bilan uchrashuvlar o‘tkaziladi.

Batafsil

Jizzax viloyat soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

🟦Telegram |👍 Facebook |❤️ Instagram|🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#barqarorlik_reytingi

Imtiyoz va preferensiyalar tadbirkorning reytingidan kelib chiqib berilishi targ’ibot qilinmoqda


Jizzax viloyatining Arnasoy tumanida soliq inspeksiyasi mas'ullari tomonidan tadbirkorlarning faoliyat manziliga borgan holda yuzma-yuz muloqotlar o’tkazilmoqda.

Unda Barqarorlik reytingidan o‘rin olgan umumiy, rag‘batlantiruvchi va kamaytiruvchi mezonlar aniq misollar bilan ko‘rsatib berilmoqda.

Xususan, soliq xizmati xodimlari ulgurji va chakana savdo faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlar bilan uchrashdilar. " Arnasoy Kans B" MChJga tashrif buyurib, subyekt “CCC” toifada ekanligi hamda ball olish imkoniyati yuqori bo’lgan ko’rsatkichlar batafsil tushuntirildi va zarur tavsiyalar berildi.
——
Eslatib o‘tamiz, 2024-yil 1-apreldan boshlab tadbirkorlik subyektlariga subsidiya, imtiyoz va preferensiyalar ularning reyting darajasidan kelib chiqqan holda berilmoqda.

Jizzax viloyat soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

🟦Telegram |👍 Facebook |❤️ Instagram|🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#barqarorlik_reytingi

Maqsad – tadbirkorlarni yuqori toifaga olib chiqish

Tadbirkorlarni Barqarorlik reytingida yuqori toifaga chiqishiga ko’maklashish maqsadida Jizzax viloyati, Zarbdor tumani soliq inspeksiyasi mas'ul xodimlari tomonidan soliq to‘lovchilar bilan yuzma-yuz muloqotlar o’tkazilmoqda.

Unda Barqarorlik reytingida o‘rta, qoniqarli va quyi toifadan joy olgan subyektlarning ko‘rsatkichlarini yaxshilashga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Xususan, mas’ul xodimlar tuman markazidagi bozorlarda savdo qiluvchi tadbirkorlik subyektlari faoliyati bilan tanishib ularga zarur ko’rsatmalarni bermoqdalar. Soliqchilar "Dilrabo-Sardor" MChJga tashrif buyurib, jamiyat vakillariga reyting mohiyatini yetkazdilar. Shuningdek, korxona 39 ball bilan "CC" toifada ekanligi hamda qo‘shimcha ball olish imkoniyati yuqori bo’lgan ko’rsatkichlar batafsil tushuntirildi.

Jizzax viloyat soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

🟦Telegram |👍 Facebook |❤️ Instagram|🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#barqarorlik_reytingi

104 mingga yaqin tadbirkorlik subyekti yuqori va o‘rta barqarorlik reytingiga ega

🟩 9 417 nafar tadbirkorlik subyekti – yuqori reyting;
🟦 94 336 nafar tadbirkor subyekti - o'rta reytingga ega.

Reyting ko‘rsatkichini oshirish uchun:

36 mingta korxona ko‘chmas mulk ijara shartnomasini tuzdi;
34 mingta korxona soliq hisobotlarini o‘z vaqtida topshirdi;
66 mingta korxona soliqlarni o‘z vaqtida to‘ladi.
______
#рейтинг_устойчивости

Около 104 тысяч предпринимателей имеют высокий и средний рейтинг устойчивости

🟩 9 417 предпринимателей - с высоким рейтингом;
🟦 94 336 предпринимателей - со средним рейтингом.

Чтобы повысить свой рейтинг:

36 тысяч организаций заключили договоры аренды;
34 тысячи организаций своевременно представили налоговую отчетность;
66 тысяч организаций своевременно уплатили налоги.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#barqarorlik_reytingi

Barqarorlik reytingidagi barcha mezonlar haqidagi ma’lumotlar tadbirkorlarga yetkazilmoqda

Jizzaxda soliq organlari mas'ul xodimlari tomonidan Barqarorlik reytingi mazmun-mohiyatini tadbirkorlarga yetkazish maqsadida ularning faoliyat manziliga borgan holda uchrashuvlar davom ettirilmoqda.

"FAUL FARM" mas‘uliyati cheklangan jamiyatining asosiy faoliyati dori-darmon vositalarini sotishdan iborat.

Zarbdor tumanida faoliyat olib boruvchi mazkur tadbirkorlik subyekti barqarorlik reytingida “C” toifada bo’lib, 33 ballga ega. Ushbu subyekt yo’l qo’yayotgan kamchiliklarni bartaraf etish, ularga har tomonlama ko’mak berish maqsadida yaqinda tuman soliq inspeksiyasi mas’ullari ular faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek, reytingni yuqori toifaga olib chiqish uchun zarur tavsiyalar berildi.

Jizzax viloyat soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

🟦Telegram |👍 Facebook |❤️ Instagram|🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#barqarorlik_reytingi

Xodimlar soni va ish haqining oshishi tadbirkorning reytingini koʻtaradi

Barqarorlik reytingining mezonlaridan biri – bu mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdori (MHTEKM*)dan ortiq ish haqi toʻlanayotgan xodimlar sonining koʻpligidir. Bunday xodimlar qancha koʻp boʻlsa, reyting shuncha yuqori boʻladi.

Shuningdek, ish haqi MHTEKMdan yuqori boʻlgan xodimlar sonining oʻrtacha yillik soni hisobga olinadi.

Misol uchun, sentabr oyida tashkilotda bunday maoshga ega boʻlgan xodimlar soni 10 kishiga koʻpaydi. Ammo avvalgi oylarda xuddi shu ishchilar MHTEKMdan kamroq maosh olgan, demak oʻrtacha yillik koʻrsatkich 10 emas, balki kamroq boʻladi.

Agar tashkilotda MHTEKMdan yuqori ish haqi oladigan doimiy xodimlar soni har oy ortib borsa va oʻtgan yilga nisbatan foiz 50% yoki undan yuqori boʻlsa, unda ushbu mezon boʻyicha maksimal 15 ball olish mumkin.

*1 mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdori = 1 155 000 soʻm.

📱 Reytingning boshqa mezonlari haqida batafsil tushuntirish
__________
#рейтинг_устойчивости

Увеличение штата и рост зарплат сотрудников повышают рейтинг предпринимателя

Один из критериев рейтинга устойчивости - это количество сотрудников, которые получают заработную плату выше МРОТ*. Чем больше таких сотрудников, тем рейтинг выше.

Также рассчитывается среднегодовое значение количества сотрудников с зарплатой выше МРОТ.

Например, в сентябре в организации количество сотрудников с такой зарплатой увеличилось до 10 человек. Но в предыдущие месяцы те же работники получали меньше МРОТ, значит среднегодовое значение будет не 10, а меньше.

Если в организации каждый месяц растет число постоянных сотрудников, которым выплачивается зарплата выше МРОТ, и процентное соотношение в сравнении с предыдущим годом составляет 50% и выше, то по этому критерию можно максимально получить 15 баллов.

*1 МРОТ = 1 155 000 сумов.

📱Подробное разъяснение о других критериях рейтинга

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#barqarorlik_reytingi

Yuqori reytingdagi tadbirkorlar soni 14 baravarga ko‘paydi


Hozirda “Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingielektron onlayn platformasida jami 550 ming ta tadbirkorlik subyekti baholangan.

Umumiy yuqori reytingdagi tadbirkorlar soni 14 baravarga oshib, jami 10 ming dan oshdi.

Joriy yilning 4-noyabr holatiga:

🟢AAA - 1697 ta
🟢AA - 4101 ta
🟢A - 4946 ta

O‘rta reytingdagi tadbirkorlar soni 2,8 baravarga oshib, 90 ming taga yetdi.

🔵ВВВ - 16 964 ta
🔵ВВ - 30 080 ta
🔵В - 42 866 ta

🔴Quyi rengtingdagi tadbirkorlar soni 1,2 baravarga kamayib, jami 228 ming taga yetdi.

Hududlar kesimida yuqori reytingga ega tadbirkorlar:

📍Toshkent shahrida - 3,9 ming ta;
📍Toshkent viloyatida - 1,1 ming ta;
📍Samarqand viloyatida - 966 ta.

AAA reytingdagi tadbirkorlarning 837 tasiga 1, 3 trln so‘mlik QQS summasi 1 kunda tekshiruvlarsiz qaytarib berilgan.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#barqarorlik_reytingi

Dala chetini samarali ishlatgan fermerlarga reytingda qo‘shimcha ball beriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida meva-sabzavot mahsulotlarini yetishtirish, qayta ishlash va eksport qilishni ko‘paytirish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yig‘ilishida belgilangan asosiy vazifalar.

👆Batafsil infografikada

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#Barqarorlik_reytingi

📈Tadbirkorlar bilan muloqot: Barqarorlik va muammolarga yechim izlash

Jizzax viloyatida tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan navbatdagi ochiq muloqot Sharof Rashidov tumanida bo‘lib o‘tdi. Mazkur uchrashuvni viloyat soliq boshqarmasi boshlig‘i B. Tashpulatov o‘tkazdi. Muloqotda asosiy e’tibor tadbirkorlik sub’ektlarining Barqarorlik reytingi bo‘yicha ishlarni takomillashtirish va tadbirkorlar duch kelayotgan muammolarga yechim topishga qaratildi.

Uchrashuvning asosiy mavzulari:

Qarzdorlik muammolari:
Tadbirkorlar tomonidan soliq qarzdorliklarini to‘lashni kechiktirish masalalari ko‘tarildi. Soliq boshqarmasi tomonidan bu muammolarni yechish uchun zarur maslahatlar berildi hamda imtiyozlar yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.

Faoliyatni tiklashda yordam:
Tadbirkorlar o‘z faoliyatida duch kelayotgan muammolar yuzasidan savollar berishdi. Xususan, mol-mulk va yer soliqlari bo‘yicha tushunmovchiliklarni bartaraf etish, hamda faoliyatni tiklash uchun huquqiy maslahatlar taqdim etildi.

Barqarorlik reytingi:
Tadbirkorlik sub’ektlarining ish samaradorligini oshirish va ularning Barqarorlik reytingini yaxshilash maqsadida yangi tashabbuslar muhokama qilindi.

Muhim natijalar:
➡️Tadbirkorlik faoliyatini tiklash va qo‘llab-quvvatlash uchun zarur huquqiy tushunchalar berildi.
➡️Soliq qarzdorliklarini kechiktirish yoki qayta to‘lash mexanizmlari yuzasidan tushuntirishlar taqdim etildi.
➡️Soliq to‘lovchilar va davlat organlari o‘rtasidagi hamkorlikni yanada yaxshilash maqsadida amaliy tavsiyalar berildi.

Muloqotning ahamiyati:
Bunday uchrashuvlar tadbirkorlik sub’ektlarining ishini osonlashtirish, ularga huquqiy yordam berish va muammolarni tezkorlik bilan hal qilishda muhim ahamiyatga ega. Shu bilan birga, muloqot soliq to‘lovchilarning davlatga bo‘lgan ishonchini mustahkamlashga xizmat qiladi.

Jizzax viloyat soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

🟦Telegram |👍 Facebook |❤️ Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM