#ERI #texnologiya #Raqamlashtirish
⚡️ Jismoniy shaхsning ERIsini qay tarzda tezroq olish mumkin
e-imzo.uz sayti «koʻchib oʻtdi» va endi yangi manzilda joylashgan – e-imzo.soliq.uz. Shu bilan birga, ishlab chiqaruvchilar portal funksionalini takomillashtirishdi. Xususan, oʻzbekistonliklar endi ERIni olish yoki uning amal qilish muddatini masofadan turib – bir necha bosish orqali uzaytirishi mumkin.
1. Jismoniy shaхsning yangi ERIsini olish kerak boʻlsa
Jismoniy shaхsning shaхsiy ERIsi yoki yuridik shaхsning rahbari nomiga ERIni masofadan - avvalgidek pasport yoki ID-karta bilan selfi qilish va keyingi kutish jarayonisiz olish mumkin. Buning uchun yangi teхnologiya – Face ID joriy qilingan.
Endi ariza topshirishda sizga ERIni olayotgan qurilma kamerasi orqali olingan aniq yuz rasmingizni (pasportsiz) yuborish kifoya. Va raqamli imzoni ariza uchun toʻlovni amalga oshirgandan soʻng darhol olasiz. Buning uchun fleshka, kompyuteringizdagi S diskidagi DKEYS papkasi yoki USB-token kerak boʻladi. Shuningdek – mobil telefon, unga tasdiqlash kodlari yuboriladi.
➡️ Toʻlov – BHMning 7% – ERI uchun toʻlovni qabul qiluvchi mobil ilova orqali amalga oshiriladi.
2. Agar ERIning amal qilish muddatini «uzaytirish» kerak boʻlsa
«Uzaytirish» soʻzini qoʻshtirnoq ichiga olamiz, chunki amalda muddatni uzaytirishda siz eski oʻrniga yangi ERI kalitini olasiz. Kalit 2 yilga beriladi, shundan keyin uni yangilash kerak boʻladi.
🟣 Agar ERI'ngizning amal qilish muddati hali tugamagan boʻlsa, lekin yakunlanishiga yaqin qolgan boʻlsa, uni yangilash yanada osonroq boʻladi:
1) hali amal qilayotgan ERI yordamida e-imzo.soliq.uz saytidagi shaхsiy kabinetga kiring. Bu holda sizga selfi qilish kerak boʻlmaydi, tizim sizni ERIngiz orqali tanib oladi;
2) «Kalit yaratish» (fleshkadagi ERI uchun) yoki «USB-kalit» (USB-tokendagi ERI uchun) funksiyalaridan birini tanlang;
3) ERIni berish uchun yigʻimni oʻzingizga qulay boʻlgan usulda toʻlang.
4) Keyingi 2 yil uchun ERIni oling.
🔎 «Yangi texnologiyalar» IAM mutaхassislari oʻtish davrida portalning ba’zi funksiyalari uzilishlar bilan ishlashi mumkinligini ogohlantiradi.
✅ Jizzax viloyat soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!
🟦 Telegram |👍 Facebook |❤️ Instagram
e-imzo.uz sayti «koʻchib oʻtdi» va endi yangi manzilda joylashgan – e-imzo.soliq.uz. Shu bilan birga, ishlab chiqaruvchilar portal funksionalini takomillashtirishdi. Xususan, oʻzbekistonliklar endi ERIni olish yoki uning amal qilish muddatini masofadan turib – bir necha bosish orqali uzaytirishi mumkin.
1. Jismoniy shaхsning yangi ERIsini olish kerak boʻlsa
Jismoniy shaхsning shaхsiy ERIsi yoki yuridik shaхsning rahbari nomiga ERIni masofadan - avvalgidek pasport yoki ID-karta bilan selfi qilish va keyingi kutish jarayonisiz olish mumkin. Buning uchun yangi teхnologiya – Face ID joriy qilingan.
Endi ariza topshirishda sizga ERIni olayotgan qurilma kamerasi orqali olingan aniq yuz rasmingizni (pasportsiz) yuborish kifoya. Va raqamli imzoni ariza uchun toʻlovni amalga oshirgandan soʻng darhol olasiz. Buning uchun fleshka, kompyuteringizdagi S diskidagi DKEYS papkasi yoki USB-token kerak boʻladi. Shuningdek – mobil telefon, unga tasdiqlash kodlari yuboriladi.
2. Agar ERIning amal qilish muddatini «uzaytirish» kerak boʻlsa
«Uzaytirish» soʻzini qoʻshtirnoq ichiga olamiz, chunki amalda muddatni uzaytirishda siz eski oʻrniga yangi ERI kalitini olasiz. Kalit 2 yilga beriladi, shundan keyin uni yangilash kerak boʻladi.
1) hali amal qilayotgan ERI yordamida e-imzo.soliq.uz saytidagi shaхsiy kabinetga kiring. Bu holda sizga selfi qilish kerak boʻlmaydi, tizim sizni ERIngiz orqali tanib oladi;
2) «Kalit yaratish» (fleshkadagi ERI uchun) yoki «USB-kalit» (USB-tokendagi ERI uchun) funksiyalaridan birini tanlang;
3) ERIni berish uchun yigʻimni oʻzingizga qulay boʻlgan usulda toʻlang.
4) Keyingi 2 yil uchun ERIni oling.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM