Jizzax viloyat soliq boshqarmasi
5.66K subscribers
11.4K photos
1.48K videos
74 files
5.85K links
rasmiy kanali
Malumot uchun:[email protected]
Tel:72 226-34-70,72 222 -07 -00
Download Telegram
#ERI #texnologiya #Raqamlashtirish

⚡️Jismoniy shaхsning ERIsini qay tarzda tezroq olish mumkin

e-imzo.uz sayti «koʻchib oʻtdi» va endi yangi manzilda joylashgan – e-imzo.soliq.uz. Shu bilan birga, ishlab chiqaruvchilar portal funksionalini takomillashtirishdi. Xususan, oʻzbekistonliklar endi ERIni olish yoki uning amal qilish muddatini masofadan turib – bir necha bosish orqali uzaytirishi mumkin.

1. Jismoniy shaхsning yangi ERIsini olish kerak boʻlsa

Jismoniy shaхsning shaхsiy ERIsi yoki yuridik shaхsning rahbari nomiga ERIni masofadan - avvalgidek pasport yoki ID-karta bilan selfi qilish va keyingi kutish jarayonisiz olish mumkin. Buning uchun yangi teхnologiya – Face ID joriy qilingan.

Endi ariza topshirishda sizga ERIni olayotgan qurilma kamerasi orqali olingan aniq yuz rasmingizni (pasportsiz) yuborish kifoya. Va raqamli imzoni ariza uchun toʻlovni amalga oshirgandan soʻng darhol olasiz. Buning uchun fleshka, kompyuteringizdagi S diskidagi DKEYS papkasi yoki USB-token kerak boʻladi. Shuningdek – mobil telefon, unga tasdiqlash kodlari yuboriladi.

➡️Toʻlov – BHMning 7% – ERI uchun toʻlovni qabul qiluvchi mobil ilova orqali amalga oshiriladi.

2. Agar ERIning amal qilish muddatini «uzaytirish» kerak boʻlsa

«Uzaytirish» soʻzini qoʻshtirnoq ichiga olamiz, chunki amalda muddatni uzaytirishda siz eski oʻrniga yangi ERI kalitini olasiz. Kalit 2 yilga beriladi, shundan keyin uni yangilash kerak boʻladi.

🟣Agar ERI'ngizning amal qilish muddati hali tugamagan boʻlsa, lekin yakunlanishiga yaqin qolgan boʻlsa, uni yangilash yanada osonroq boʻladi:

1) hali amal qilayotgan ERI yordamida e-imzo.soliq.uz saytidagi shaхsiy kabinetga kiring. Bu holda sizga selfi qilish kerak boʻlmaydi, tizim sizni ERIngiz orqali tanib oladi;

2) «Kalit yaratish» (fleshkadagi ERI uchun) yoki «USB-kalit» (USB-tokendagi ERI uchun) funksiyalaridan birini tanlang;

3) ERIni berish uchun yigʻimni oʻzingizga qulay boʻlgan usulda toʻlang.

4) Keyingi 2 yil uchun ERIni oling.

🔎«Yangi texnologiyalar» IAM mutaхassislari oʻtish davrida portalning ba’zi funksiyalari uzilishlar bilan ishlashi mumkinligini ogohlantiradi.

Jizzax viloyat soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

🟦Telegram |👍 Facebook |❤️ Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Foyda_soligi

Investor uskuna oʻrnatsa, qanday soliq majburiyatlari paydo boʻladi


«Xorijiy kompaniya oʻzbek kompaniyasiga investitsiya sifatida Oʻzbekistonga teхnika va uskunalar yetkazib berishni rejalashtirmoqda. Agar bojхona toʻlovlarini investor oʻz zimmasiga olsa, kompaniya uchun qanday soliq oqibatlari yuzaga keladi?»

📌 «Investitsiyalar va investitsiya faoliyati toʻgʻrisida»gi Qonunga muvofiq, investitsiyalar jumlasiga koʻchar va koʻchmas mulk (binolar, inshootlar, uskunalar, mashinalar va boshqa moddiy boyliklar) ham kiradi.

Har qanday investitsiya tegishli rasmiylashtirishni talab qiladi. Koʻrib chiqilayotgan holatda uskunalarni yetkazib berish yetkazib berish shartnomasi bilan rasmiylashtiriladi, unda uskunalarning qiymati va boshqa shartlari belgilanadi.

Agar sotuvchi yetkazib berishni oʻz hisobidan amalga oshirishni moʻljallagan boʻlsa, buni shartnomada koʻrsatish va Inkotermsning tegishli shartlarini tanlash kerak. Bunday holda хaridor uchun soliq oqibatlari yuzaga kelmaydi.

Shartnomada хaridor uskunani mustaqil ravishda bojхonadan oʻtkazishi koʻrsatilgan boʻlsa – ushbu хarajatlar keyinchalik sotuvchi tomonidan qoplanishi bilan, хaridor uchun qoplanadigan хarajatlar qiymati foyda soligʻini hisoblashda umumiy daromadga kiritiladi.


Jizzax viloyat soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

🟦Telegram |👍 Facebook |❤️ Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Diyor yangiliklari

Uch avlod uchrashuvi

Jizzax viloyat soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

🟦Telegram |👍 Facebook |❤️ Instagram|🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Sayyor_qabul #Gallaorol

Jizzax viloyat huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlari rahbarlarining navbatdagi sayyor qabuli G’allaorol tumanida bo’lib o’tdi.

Tumandagi ixtisoslashtirilgan maktab binosida bo’lib o’tgan qabulda fuqarolar prokuratura, sud, IIB, soliq, MIB, department va adliya organlari rahbarlariga sud-huquq va ijtimoiy masalalarda murojaat qildilar.

Jizzax viloyat soliq boshqarmasi boshlig’i B.Tashpulatov fuqarolarning soliq huquqbuzarliklari, kadastr, kredit va ijtimoiy himoya kabi yo’nalishlardagi 10 ga yaqin murojaatlarini tegishli soha vakillari ishtirokida o’rganib chiqdi.

Barcha murojaatlar tegishli tartibda nazoratga olinib, ijrosini ta’minlash yuzasidan muddat belgilandi.

Jizzax viloyat soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

🟦Telegram |👍 Facebook |❤️ Instagram|🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Hurmatli soliq to'lovchilar❗️

Soliq mobil ilovasi va my3.soliq.uz saytidagi soliq to'lovchilarning shaxsiy kabinetida soliqlarni to‘lash xizmati faoliyatini tikladi.

Eslatib o‘tamiz, jismoniy shaxslar 15-oktabrga qadar yer va mol-mulk soliqlarini to‘lashlari lozim.

Jizzax viloyat soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

🟦Telegram |👍 Facebook |❤️ Instagram|🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma ❗️2024-yil 7-oktabr

sentabr oyi uchun:


- banklar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining norezidentlariga amalga oshirilgan toʻlovlar (dividendlar va foizlar toʻlovidan tashqari) boʻyicha yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻini budjetga oʻtkazishning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 355-moddasi 2-qismi);

- natura holida toʻlangan daromadlar boʻyicha jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻini va SHJBPHga majburiy badallarni toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 390-moddasi 2-qismi,
06.10.2005-yildagi 1515 raqamli nizomning 7-bandi).

_____________
#календарь_налогоплательщика

🗓 Напоминаем ❗️7 октября 2024 года - последний день

за сентябрь:

- перечисления банками в бюджет налога на прибыль по платежам, произведенным нерезидентам РУз (кроме выплаты дивидендов и процентов)
(ч.2 ст.355 Налогового кодекса);

- уплаты налога на доходы физических лиц и обязательных взносов на ИНПС с доходов, выплаченных в натуральной форме
(ч.2 ст.390 Налогового кодекса, п.7 Положения, рег. № 1515 от 06.10.2005 г.).


Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Soliq boshqarmasida qatog‘on qurbonlari yod etildi

Viloyat soliq boshqarmasida qatog‘on qurbonlari yod etishga bag‘ishlangan tadbirda soliq xodimlari va ziyolilar bilan muloqot bo‘ldi.
Ma’lumki, mustabid tuzum davrida minglab begunoh vatandoshlarimizning umri xazon bo‘lgan. 1937-53 yillarda O‘zbekistonda 100 ming odam qatag‘onga uchragan.

Ularning 13 ming nafari shafqatsiz otib tashlangan. Qanchadan-qancha oilalar xonavayron bo‘lib, bolalar yetim qolgan. Birgina 1937-38 yillardagi katta qatag‘on davrida 7 mingga yaqin vatandoshimiz otilgan.
Tadbirda so‘zga chiqqanlar “Tilda, fikrda, ishda birlik“ degan ezgu g‘oya bilan maydonga chiqqan jadid bobolarimiz xalqlarimizni jaholat va qoloqlikdan olib chiqish, ularni g‘aflat botqog‘idan qutqarishning asosiy yo‘li — bilim va ma’rifatda, dunyoviy taraqqiyotni egallashda ekanligi ta’kidlandi.

Jizzax viloyat soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

🟦Telegram |👍 Facebook |❤️ Instagram|🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
“Mahallabay” tizimida har bir soliq xodimi kunlik natijalar bilan ishlayapti

Bugun soliq tizimi maxsus “KPI” dasturi orqali yangicha tizimda ishlayapti. Shuning uchun har bir soliq xodimining zimmasiga aniq va mas’uliyatli vazifalar qo‘yilgan.

Jizzax viloyatida sentyabr oyi yakuni bilan “Mahallabay” tizimida samaradorlik natijasi bilan 9 nafar soliq xodimi 100 balni qo‘lga kiritib, baholash mezonida 200 foiz ustama haq to‘lanadi.

8 nafar soliq xodimi 97 baldan yuqori balni qo‘lga kiritib, 150 foiz ustamani qayd etgan bo‘lsa, 5 nafar soliq xodimi 95 baldan yuqori balga ega bo‘lib, 100 foiz ustama egasi bo‘lishdi. 35 nafari esa 90 baldan yuqori bo‘lib, 50 foizlik da’vogar soliqchi xodimlar ro‘yxatiga kirishdi.

Jizzax viloyat soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

🟦Telegram |👍 Facebook |❤️ Instagram|🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ahillik bor joyda yuksalish bo‘ladi

Bugungi kunda har bir mahallaga biriktirilgan soliq organlari xodimlari bor imkoniyatlarni ishga solib, mahallalardagi soliq toʻlovchi jismoniy shaxsning, tadbirkorning iqtisodiy muammolarini oʻrganish va hal qilish, ularga proaktiv shaklda xizmat koʻrsatish, tadbirkorlikni rivojlantirish, yangi ish oʻrinlarini yaratishda fidokorona xizmat qilmoqda.

Jizzax viloyatida “mahallabay” ishlash tizimida Arnasoy tuman soliq inspeksiya xodimlari oʻz kuch va imkoniyatlarini toʻliq ishga solib, reytingdan 95,3 bal bilan munosib oʻrin olib, barcha xodimlar 100 foiz ustama haqga ega bo‘lishdi.

Yangiobod tuman soliq inspeksiya xodimlari 89,7 bal, Zafarobod tuman soliq inspeksiya xodimlari esa 89,3 balni qayd etishdi.

Jizzax viloyat soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

🟦Telegram |👍 Facebook |❤️ Instagram|🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#mulk_soligi #yer_soligi

Jismoniy shaxslarning mol-mulk solig'i to'g'risida

👉 Qaysi obyektlar uchun to'lanadi?
👉 2024-yilda qanday soliq stavkalari amal qiladi?
👉 Kimlar mulk solig'i bo'yicha imtiyozlarga ega?

Jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig'i haqida

👉 Qaysi obyektlar uchun to'lanadi?
👉 2024-yilda yer solig‘ining asosiy stavkalari qanday?
👉Kimlar yer solig'ini to'lashdan ozod qilingan?

❗️Jismoniy shaxslar mol-mulk va yer soliqlarini 15-oktabrgacha toʻlashlari shart. Toʻlovni Soliq mobil ilovasida amalga oshirishingiz mumkin.
___________
#налог_на_имущество #земельный_налог

О налоге на имущество физических лиц

👉За какие объекты уплачивается?
👉Какие ставки налога действуют в 2024 году?
👉У кого есть льготы по налогу на имущество?

О земельном налоге с физических лиц

👉За какие объекты уплачивается?
👉Какие базовые ставки земельного налога установлены в 2024 году?
👉Кто освобожден от уплаты земельного налога?

❗️Физлицам необходимо уплатить налоги на имущество и землю до 15 октября. Произвести оплату можно в мобильном приложении Soliq.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter | Threads