Jizzax viloyat soliq boshqarmasi
987 subscribers
12.5K photos
1.6K videos
81 files
6.5K links
rasmiy kanali
Malumot uchun:[email protected]
Tel:72 226-34-70,72 222 -07 -00
Download Telegram
#imtiyoz

Kontrakt uchun to'lov soliqqa tortilmaydi


Ta'lim uchun to‘lov qilinganida soliq imtiyozidan quyidagi hollarda foydalanish mumkin:
▫️o'zingiz uchun;
▫️farzandlaringiz uchun;
▫️26 yoshgacha bo'lgan turmush o'rtog'ingiz uchun.

1. To'lovni to'g'ridan-to'g'ri ish joyingizdagi ish haqidan o'quv yurtiga o'tkazishingiz mumkin, bunda ushbu daromadga soliq hisoblanmaydi.

2. Mustaqil ravishda elektron, naqd yoki naqdsiz ko‘rinishda to'langanda yil yakuni bo'yicha soliq organlariga deklaratsiya topshirib, avval to'langan soliq summasini qaytarib olish mumkin.

👉Batafsil
____________
#льготы

Оплата за контракт не облагается налогом

Воспользоваться льготой можно, если оплачиваете обучение:
▫️за себя;
▫️за своих детей;
▫️за супруга (супругу) до 26 лет.

1. Оплату можно перечислять в учебное заведение сразу с заработной платы со своего места работы и тогда налог на эти доходы не начисляется.

2. Либо можно оплатить самостоятельно наличными, безналичными или электронно, а затем подать в налоговые органы декларацию по итогам года и вернуть сумму уже уплаченного налога.

👉Подробнее

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Huquqni muhofaza qiluvchi organlar va xalq qabulxonasi hamkorligida tashkil etilgan sayyor qabul

Jizzax viloyat soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

🟦Telegram |👍 Facebook |❤️ Instagram|🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Soliq to‘lang va tinch uxlang!

Soliq kodeksining 423 - va 440 - moddalariga muvofiq, jismoniy shaxslar mol-mulk va yer soliqlarini 15-aprel va 15-oktabrga qadar teng ulushlarda to‘lashi lozim.

Jizzax viloyatida 2024 yil 15 aprel holatiga 80 087 nafar jismoniy shaxs jami 57545,0 million so‘mlik mol mulk va yer soliqlari to‘landi.

28 610 nafar jismoniy shaxsga soliq imtiyozlari qo‘llanildi.

Eslatib oʻtamiz ❗️Soliq to'lash majburiyatining bajarilishi kechiktirilgan har bir kun uchun toʻlanmagan soliq summasining 0,047% miqdorida penya hisoblanadi.
👉Soliq kodeksi 110-moddasi

🌐 Jizzax viloyat soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

Telegram | Facebook | Instagram
Onlayn-NKT cheklaridagi ma’lumotlarga qo‘yiladigan talablarni bilasizmi?

Aholi bilan pulli hisob-kitoblarni amalga oshirishda onlayn nazorat-kassa mashinalari va virtual kassa tizimini qo‘llash tartibi to‘g‘risidagi Nizomning 7-bandi bilan belgilangan.

Agar chek hatto bitta majburiy talabga javob bermasa, onlayn-NKM va virtual kassadan foydalanish taqiqlanadi

🌐 Jizzax viloyat soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

Telegram | Facebook | Instagram .
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#e_ijara

Talabalar bilan uy-joy ijara shartnomasini soliq organlarida hisobga qo‘yish lozim

Agar talabalar uy-joylarni ijaraga olsalar, ijaraga beruvchi jismoniy shaxs tomonidan ijara shartnomasi soliq organlarida hisobga qo‘yilishi lozim.

Buni ijara.soliq.uz saytida yoki Soliq mobil ilovasida amalga oshirish mumkin.

Ijara shartnomalarini ro'yxatdan o'tkazishda talabalardan elektron raqamli imzo talab qilinmaydi. Batafsil ma'lumot video qo'llanmada.

Talabalarga uy-joyni ijaraga beruvchi mulk egalari bu daromadlardan soliq to'lamaydi.
👉Soliq kodeksining 378-moddasi 19 prim.1 bandi

Shartnomani ro'yxatdan o'tkazish har ikki tomonning huquqlarini himoya qiladi va ijara munosabatlarining shaffofligini ta'minlaydi.
______
#e_ijara

Договор аренды жилья студентами нужно регистрировать в налоговых органах

Если студенты снимают жилье, то их арендодатель должен зарегистрировать договор аренды в налоговых органах.

Сделать это можно как на сайте ijara.soliq.uz, так и в мобильном приложении Soliq.

У студентов не требуется электронная цифровая подпись при постановке на учет договоров аренды. Подробнее в видеоинструкции.

Владельцы жилья, которые сдают его в аренду студентам, не платят налог с этих доходов.
👉п.19 прим.1 ст.378 НК

Регистрация договора защищает права обеих сторон и обеспечивает прозрачность арендных отношений.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#hamkorlik

O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida dori vositalarining markirovka kodlarini o‘zaro tan olish tizimi joriy etilmoqda

Rossiya Federatsiyasi Hukumati Raisi Mixail Mishustin boshchiligidagi delegatsiya rasmiy tashrif davomida tibbiy maqsadlarda foydalaniladigan dori vositalarining markirovkalash kodlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni almashish boʻyicha oʻzaro axborot hamkorligi toʻgʻrisida bitim imzolandi.

Bitimning asosiy maqsadi - ikki davlatda dori vositalarining markirovkasini oʻzaro tan olish tizimini amaliyotga tatbiq etish uchun huquqiy asos yaratish va ikki davlat hududida markirovkalangan dori vositalarining muomalasi boʻyicha maʼlumotlar almashinuvi mexanizmini joriy etishdan iborat.

10-sentabr kuni Soliq qoʻmitasi raisi Sherzod Kudbiyev Rossiya Federal soliq xizmati rahbari Daniil Yegorov bilan uchrashdi.

Sh.Kudbiyev Soliq qoʻmitasining avtomatlashtirilgan axborot tizimlari bilan tanishtirdi va u yoki bu faoliyat boʻyicha vizual tahliliy hisobotlarni shakllantirish imkonini beruvchi maʼlumotlarni yigʻish va vizualizatsiya qilishning zamonaviy vositalarini (dashbordlar) joriy etish boʻyicha tajribasi bilan oʻrtoqlashdi.

Yakunda tomonlar hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalarini muhokama qildilar.

👉 Batafsil
___________
#сотрудничество

Между Узбекистаном и Россией внедряется система взаимного признания кодов маркировки лекарств


В ходе визита делегации под руководством Председателя Правительства Российской Федерации Михаила Мишустина в Узбекистан подписано Соглашение об информационном взаимодействии в целях передачи сведений о кодах маркировки лекарственных препаратов для медицинского применения.

Основная цель соглашения - создать юридическую основу для внедрения системы взаимного признания маркировки лекарственных средств двух стран и внедрить механизм обмена данными об обороте лекарственных средств, маркированных на территории обоих государств.

10 сентября председатель Налогового комитета Шерзод Кудбиев провел встречу с руководителем Федеральной налоговой службы России Даниилом Егоровым.

Ш.Кудбиев представил автоматизированные информационные системы Налогового комитета и поделился опытом внедрения современных инструментов для сбора и визуализации данных (дашбордов), которые позволяют сформировать наглядную аналитическую отчетность по той или иной деятельности.

В заключение стороны обсудили вопросы дальнейшего сотрудничества.

👉Подробнее

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#soliq_hisoboti

Soliq agentlari jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi va ijtimoiy soliq hisob-kitobini toʻgʻri toʻldirishlari kerak!


Hisobot shaklining hisob-kitobdagi koʻrsatkichlari ilovalardagi raqamlar yigʻindilaridan shakllantiriladi.

Shu sababdan, jami ish haqi va mehnatga haq toʻlash bilan bogʻliq boʻlmagan daromadlar summasi hisob-kitobda va ilovalardagi xodimlar kesimida koʻrsatilgan daromadlar yigʻindisiga teng boʻlishi lozim, aks holda xatolik kelib chiqadi (Ushbu qiymat ilova qilingan faylning 1-varaq 13-ustuni, 2-varaq 8-ustunlari va 4-varaq 9-ustuni yigʻindisiga teng emas!).

Shuningdek, imtiyozlarni inobatga olgan holda hisoblangan daromad soligʻi summasi ham hisob-kitob bilan ilovalardagi xodimlar kesimida hisoblangan summa yigʻindisiga teng boʻlishi lozim.

Amaliyotda hisob-kitob taqdim etilganida hisoblangan daromad soligʻi summasi va xodimlar kesimida hisoblangan daromad soligʻining yigʻindisida farqlar aniqlanmoqda.

Mazkur tushunmovchiliklarni oldini olish maqsadida quyidagi mantiqiy shart kiritilmoqda. Xususan,

🔹hisob-kitobning 4-ilovasi 13-ustuni yigʻindisi, 5-ilova 8-ustuni yigʻindisi va 7-ilova 9-ustuni yigʻindisi Hisob-kitobning 061-satri 7-ustuni, 070-satri 7-ustuni va 090-satri 7 va 8-ustunlari yigʻindisiga teng boʻlishi kerak.

Buning uchun,
4-ilovaning 13-ustuni,
5-ilovaning 8-ustuni,
7-ilovaning 9-ustuni
dagi oʻsib boruvchi jami hisoblangan daromad soligʻi summasini har bir xodim uchun qoʻllanilgan imtiyoz summasini hisobga olgan holda koʻrsatilishi kerak.

Bunda, 4-ilovaning 13-ustunida oʻsib boruvchi tarzida hisoblangan daromad soligʻi summasi shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaragʻiga majburiy hisoblangan badallar summasini oʻz ichiga olgan holda aks ettiriladi.

Soliq hisobining registrlarida jismoniy shaxslarning soliq davrida olgan daromadlari, ularga toʻlov manbaida qoʻllanilgan soliq imtiyozlari, hisoblab chiqarilgan va ushlab qolingan soliqlar hisobini toʻgʻri kiritish va yuritish Soliq agentlari zimmasiga yuklatilgan.

❗️Joriy yilning avgust oyi uchun JShODS va ijtimoiy soliq bo‘yicha hisobotni taqdim etishning oxirgi kuni – 16 sentabr.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
30 avgust kuni Prezident tomonidan tadbirkorlar bilan ochiq muloqot natijalari bo‘yicha PF-132-son Farmon imzolandi

➡️Ushbu hujjatda soliqga oid qanday chora-tadbirlarni nazarda tutilganligi bilan tanishing.

Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Soliq qo‘mitasiga 2025 yil 1 yanvardan boshlab elektron onlayn-auksion savdolarida qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan bo‘sh turgan yer uchastkalarini realizatsiya qilish bo‘yicha aylanmani QQSdan ozod qilish bo‘yicha qonun loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish topshirildi.


• Eksport operatsiyalari bo‘yicha QQS summalari o‘rnini qoplashda:
– O‘zbekistonning bojxona hududidan o‘tkazish punktida joylashgan bojxona organining tovarlar belgilangan mamlakatga jo‘natilganligini tasdiqlovchi belgisi qo‘yilgan, tovarga ilova qilinadigan hujjatlarni soliq organlariga taqdim etish talab etilmaydi;

– bojxona organlari tomonidan real vaqt rejimida elektron axborot almashinuvi vositasida soliq organlariga tovarlar bojxona chegarasini kesib o‘tganligi to‘g‘risida taqdim etilgan ma’lumotlar tovarlar eksport qilinganligini tasdiqlash uchun asos bo‘ladi.

Ushbu tartib PF-132-son Farmon kuchga kirgunga qadar eksport operatsiyalari bo‘yicha QQS summalari o‘rnini qoplash uchun topshirilgan arizalarga ham tatbiq etiladi.

• 2025 yil 1 yanvardan 2028 yil 1 yanvarga qadar umumiy ovqatlanish korxonalariga foyda solig‘i stavkasi 50 foizga kamaytiriladi.

• 2024 yil 1 oktyabrdan boshlab turoperatorlik va mehmonxona xizmatlarini, 2025 yil 1 yanvardan boshlab umumiy ovqatlanish xizmatlarini ko‘rsatuvchi tadbirkorlik sub’ektlariga to‘langan QQSning bir qismi respublika byudjetidan qaytariladi.

Rejim 2028 yil 1 yanvarga qadar amal qiladi. To‘lovlar har oyning 25-sanasigacha qaytariladi:


a) oylik tovar aylanmasining naqd pulsiz qismi 60 foizdan oshgan umumiy ovqatlanish korxonalariga – byudjetga to‘langan QQSning 40 foizi; 60 foizdan kam bo‘lsa - to‘langan soliq summasining 20 foizi miqdorida;

b) turoperatorlik va mehmonxona xizmatlarini ko‘rsatuvchi tadbirkorlik sub’ektlariga - har oyda to‘langan QQSning 20 foizi miqdorida.

• 2024 yil 1 noyabrdan boshlab barcha uchun ochiq holatda yuritiladigan Inson hayoti va sog‘lig‘iga yuqori xavf soluvchi omillar reestri joriy qilinadi.

2025 yil 1 yanvardan boshlab nazorat qiluvchi organlar tomonidan tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatini to‘xtatib turishga faqatgina Reestrga kiritilgan omillar asosida yo‘l qo‘yiladi, bundan tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatini sud tartibida hamda qonunda belgilanadigan asoslar bo‘yicha to‘xtatib turish holatlari mustasno.


2025 yil 1 yanvardan boshlab tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatida huquqbuzarlik sodir etish xavfini aniqlash bo‘yicha “Xavfni tahlil qilish” elektron tizimi joriy etiladi (yana bitta?).

Nazorat qiluvchi organlar tomonidan tekshiruv va profilaktika tadbirlarini tashabbus etish ushbu tizim natijalari asosida amalga oshiriladi .

Bosh prokuraturaga Adliya vazirligi va Soliq qo‘mitasi bilan birgalikda bir oy muddatda foyda (daromad) yoki soliq solinadigan boshqa ob’ektlarni qasddan yashirishni, kamaytirib ko‘rsatishni, shuningdek, davlat tomonidan belgilangan soliqlarni yoki yig‘imlarni to‘lashdan qasddan bo‘yin tovlashni sodir etganlik bo‘yicha jinoiy javobgarlikka tortish uchun asos bo‘ladigan zarar miqdorini 2 baravar oshirish bo‘yicha qonun loyihasini belgilangan tartibda kiritish topshirildi.

🌐 Jizzax viloyat soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

Telegram | Facebook | Instagram .
Yuridik shaxslarga STIR qanday beriladi

Yuridik shaxslarga STIR berish va qo‘llash bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatishning Ma’muriy reglamenti tasdiqlandi (05.08.2024 y. VMQ-480-sonli qaror).

Ilgari STIR berish masalalari O‘zbekiston Respublikasida soliq to‘lovchilarning identifikatsiya raqamlarini berish va qo‘llash tizimi to‘g‘risidagi Nizom bilan tartibga solingan edi. Yuridik shaxslar buning uchun soliq idorasiga murojaat qilib, maxsus shaklni to‘ldirishardi.

VMQ-130-sonli qaror qabul qilingan paytdan beri ko‘p narsa o‘zgardi. Jismoniy shaxslar uchun STIR bekor qilindi, endi ularning identifikatsiyasi barcha tizimlarda JShShIR orqali amalga oshirilmoqda.

Yuridik shaxslarga STIR berish yondashuvlari ham o‘zgardi - bu qoidalar yangi Ma’muriy reglamentda belgilangan.
STIR endi real vaqt rejimida (hamon bepul) yangi tashkil etilayotgan yuridik shaxslarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda, shuningdek, xorijiy yuridik shaxslarni tadbirkorlik sub’ekti sifatida yoki soliq majburiyatlari yuzaga kelganda, yoxud qonun hujjatlarida belgilangan boshqa hollarda berilmoqda:

• nodavlat notijorat tashkilotlariga –adliya organlarida davlat ro‘yxatidan o‘tkazish jarayonida;

• banklar, kredit byurolari va xorijiy banklarning vakolatxonalariga –Markaziy bank tomonidan davlat ro‘yxatidan o‘tkazish (akkreditatsiya qilish) jarayonida;

• xorijiy davlatlarning diplomatik vakolatxonalari, konsullik muassasalari va xalqaro tashkilotlarning vakolatxonalariga – Tashqi ishlar vazirligida akkreditatsiyadan o‘tish jarayonida;

• xorijiy tijorat tashkilotlarining vakolatxonalariga - Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligida akkreditatsiyadan o‘tish jarayonida;

• boshqa yuridik shaxslarga - davlat xizmatlari markazlarida davlat ro‘yxatidan o‘tkazish jarayonida;

• xorijiy yuridik shaxslarning doimiy muassasalari va alohida bo‘linmalariga, shuningdek O‘zbekiston Respublikasidagi tovar-xomashyo birjalarida operatsiyalarni amalga oshiradigan va (yoki) jamiyatlarning aksiyalarini uyushgan savdolarda sotib oladigan (sotadigan) xorijiy yuridik shaxslarga hamda amalga oshirish joyi O‘zbekiston deb e’tirof etiladigan elektron shaklda jismoniy shaxslarga xizmatlar ko‘rsatadigan xorijiy yuridik shaxslarga, shuningdek soliq qonunchiligida nazarda tutilgan boshqa hollarda - soliq organlarida hisobga qo‘yish paytida.


Yangi reglament STIR berishdagi amaliyotdagi barcha o‘zgarishlarni hisobga oldi. Unda amaldagi tartibni o‘zgartiradigan yangi normalar ko‘zda tutilmagan.

🌐 Jizzax viloyat soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

Telegram | Facebook | Instagram .
📌Tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun yer uchastkalarini sotib oling!

🔹Jizzax viloyatida tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun mulk huquqi va ijara huquqidagi 5000 dan ortiq yer uchastkalari ommaviy savdolarga chiqarilgan.

⛳️ Jizzax shahar 116 ta (batafsil)
⛳️ Arnasoy tumani 215 ta (batafsil)
⛳️ Baxmal tumani 550 ta (batafsil)
⛳️ G‘allaorol tumani 387 ta (batafsil)
⛳️ Sh.Rashidov tumani 60 ta (batafsil)
⛳️ Do‘stlik tumani 105 ta (batafsil)
⛳️ Zomin tumani 839 ta (batafsil)
⛳️ Zarbdor tumani 204 ta (batafsil)
⛳️ Mirzacho‘l tumani 255 ta (batafsil)
⛳️ Zafarobod tumani 219 ta (batafsil)
⛳️ Paxtakor tumani 309 ta (batafsil)
⛳️ Forish tumani 115 ta (batafsil)
⛳️ Yangiobod tumani 191 ta (batafsil)

➡️Batafsil ma'lumot olish uchun Davlat aktivlarini boshqarish agentligining Jizzax viloyati hududiy boshqarmasiga murojaat qilishingiz mumkin.

📞 (72) 226-39-31 (93) 304-11-75

Jizzax viloyat soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

🟦Telegram |👍 Facebook |❤️ Instagram|🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
#antikorrupsiya

Manfaatlar toʻqnashuvi va korrupsiyaga qarshi birga kurashamiz!


Soliq qo‘mitasi tomonidan soliq organlaridagi manfaatlar toʻqnashuvi va korrupsiya holatlari boʻyicha toʻgʻridan-toʻgʻri xabardor qilish mumkin boʻlgan bir necha aloqa kanallari faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.

Soliq xizmati organlarining aloqa kanallari:
▫️Telegram – @dsq_anticorrupciya_bot;
▫️Elektron pochta – [email protected]
▫️Soliq organlarining “Ishonch telefonlari";
▫️Shaxsiy xavfsizlik tuzilmalari telefon raqamlari;
▫️Soliq toʻlovchilarning shaxsiy kabineti;
▫️“Elektron soliq xizmatlari” portali;

❗️Murojaatchining shaxsi sir saqlanishi kafolatlanadi.

📌 Eslatma: Murojaatlar toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik, xuddi shuningdek tuhmat va haqoratdan iborat murojaat berganlik belgilangan tartibda javobgarlikka sabab boʻladi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#soliq_taqvimi

🗓 15-sentabr dam olish (ishlanmaydigan) kuniga to‘g‘ri kelganligi sababli, soliq qonunchiligiga ko‘ra ushbu sanada taqdim etilishi, to‘lanishi belgilangan hisobotlarni taqdim etish va soliqlarni toʻlashning oxirgi muddati 16-sentabrga ko‘chiriladi.

📌Agar soliq majburiyatini bajarish muddatining so‘nggi kuni dam olish (ishlanmaydigan) kuniga to‘g‘ri kelsa, shundan keyingi 1-ish kuni muddatning tugash kuni hisoblanadi.
👉
Soliq kodeksi 5-modda
👉
Soliq kodeksi 86-modda
______
#календарь_налогоплательщика

🗓 В связи с тем, что 15 сентября - выходной (нерабочий) день, крайний срок представления отчетности и уплаты налогов, установленный налоговым законодательством в эти дни, переносится на 16 сентября.

📌Если последний день срока исполнения налогового обязательства приходится на выходной (нерабочий) день, днем окончания срока считается следующий за ним 1 рабочий день.
👉
ст.5 НК
👉
ст.86 НК

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X|Threads
Forwarded from Fiskal tahlillar
#raqamlashtirish #murojaatlar

Soliq qo‘mitasiga 2024-yil yanvar-avgust oylarida 38 mingga yaqin murojaat kelib tushgan

Soliq qo‘mitasi markaziy apparatida 2024-yil yanvar-avgust oylarida elektron hujjat aylanish tizimi orqali ro‘yxatga olingan murojaatlar soni 37 971 tani tashkil etdi.

Shundan:
🔹elektron
– 32 712 ta (86,1%);
🔹ogʻzaki – 3 367 ta (8,9%);
🔹yozma – 1 892 ta
(5%).

📍Kelib tushgan murojaatlar bo‘yicha yetakchi hududlar:
🔸Toshkent shahri – 12 323 ta (32,5%);
🔸Toshkent viloyati – 3 192 ta (8,4%);
🔸Qashqadaryo viloyati – 3 181 mingta (8,4%).

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Forwarded from Fiskal tahlillar
#raqamlashtirish #murojaatlar

Call-markaz javob beradi

2024-yil avgust oyida
Soliq qo'mitasi Call-markazi 71 693 ta murojaat qabul qilgan.

Murojaatlar soliq to‘lovchilar kesimida:
🔹jismoniy shaxslar – 47 033 tа;
🔹yuridik shaxslar – 22 320 tа;
🔹yakka tartibdagi tadbirkorlar – 2 227 tа;
🔹fermer va dehqon xo‘jaliklari – 113 tа.

📈Eng ko‘p
murojaat:
📍hududlar kesimida
Toshkent shahridan – 28 607 ta;
👩🏻‍💼toifalar kesimida jismoniy shaxslardan – 47 033 ta kelib tushgan.

Тelegram
|Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
1
Jizzax viloyatidan 91 ta Davlat mulki obyektlari hamda aktivlarini "E-AUKSION" elektron savdo platformasi orqali sotib oling!

♦️Arnasoy tuman 7 ta 👉🏼 (ko'rish)
♦️Baxmal tuman 6 ta 👉🏼 (ko'rish)
♦️G'allarol tuman 5 ta 👉🏼 (ko'rish)
♦️Sh.Rashidov tuman 3 ta👉🏼 (ko'rish)
♦️Do'stlik tuman 8 ta 👉🏼(ko'rish)
♦️Zomin tuman 12 ta 👉🏼(ko'rish)
♦️Zarbdor tuman 8 ta 👉🏼 (ko'rish)
♦️Mirzacho'l tuman 10 ta 👉🏼 (ko'rish)
♦️Zafarobod tuman 2 ta 👉🏼(ko'rish)
♦️Paxtakor tuman 5 ta 👉🏼(ko'rish)
♦️Forish tuman 4 ta 👉🏼 (ko'rish)
♦️Yangiobod tuman 7 ta 👉🏼 (ko'rish)
♦️Jizzax shahar 14 ta 👉🏼 (ko'rish)

🔻Xabardor boʼlish uchun🔻
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

Auksion hududiy vakillari: 998-99-2072608,99-2073608 (( soat 09:00 dan 18:00 gacha))

Jizzax viloyat soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

🟦Telegram |👍 Facebook |❤️ Instagram|🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
Jizzax radiosida barqarorlik reyting tadbirkorlarga o‘z hamkorlari to‘g‘risida ishonchli ma’lumot beruvchi himoya tizimiga aylanganligi borasida gapirib o‘tildi

Yaqinda Jizzax MTRKning Jizzax radio kanali FM 105.5 to‘lqinlari orqali eshittirish bo‘ldi.

Unda jurnalist Latofat Murodova muallifligidagi “Munozara maydoni” dasturida viloyat soliq boshqarmasi Axborot xizmati boshlig‘i X.Fozilov, bosh inspektor G.Urdushevalar ishtirokida “ Yuqori reyting ko‘rsatkichlariga ega bo‘lgan tadbirkorlik sub’ektlari uchun yaratilgan imkoniyat va berilgan imtiyozlar” mavzusida suhbat o‘tkazildi.


🌐 Jizzax viloyat soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

Telegram | Facebook | Instagram .