Jizzax viloyat soliq boshqarmasi
988 subscribers
12.5K photos
1.6K videos
81 files
6.5K links
rasmiy kanali
Malumot uchun:[email protected]
Tel:72 226-34-70,72 222 -07 -00
Download Telegram
Sayyor qabul: Murojaatlarni joyiga borib o‘rganish va ijobiy hal etish yo‘lida

Bugun Jizzax viloyat soliq boshqarmasi boshlig‘i B.Tashpo‘latov olis va chekka, aholi zich yashaydigan hududlardan bo‘lgan Arnasoy tuman “Baxtli” mahalla binosida sayyor qabul o‘tkazdi.

Unda fuqarolarning murojaatlari, masalalarini ko‘rib chiqish va hal etish uchun tuman hokimliklari mutasaddilari, sektor, idora va tashkilot rahbarlari, Xalq qabulxonasi vakillari jalb etilgan.

Sayyor qabulda aholini ko‘pdan buyon qiynab kelayotgan muammolar, xususan, yo‘l, qishloq vrachlik punkti, maktabgacha ta’lim muassasasi qurilishi, elektr energiya ta’minotini yaxshilash bilan bog‘liq masalalar yuzasidan murojaatlar qabul qilindi.

Muloqot davomida fuqarolardan tushgan murojaatlarning aksariyati joyida hal etildi. Muddat talab etadigan murojaatlar nazoratga olinib, unda ko‘tarilgan masalalarning ijobiy yechimi bo‘yicha chora-tadbirlar belgilandi.

Mahallaning faol xotin-qizlarini 4-sektor homiyligida Samarqand shahriga ziyoratini tashkil etish bo'yicha amaliy yordam berilishi ma'lum qilindi.

Jizzax viloyat soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

🟦Telegram |👍 Facebook |❤️ Instagram|🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi yig‘ilish o‘tkazildi

Yaqinda Jizzax viloyat soliq boshqarmasida aholi o‘rtasida diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurash hamda diniy mutaassiblikka barham berish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar samaradorligini oshirish yuzasidan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda viloyat soliq boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i, xuquqni muhofaza qiluvchi organdan vakil va boshqarmaning shaxsiy tarkibi hamda onlayn tarzda hududiy soliq inspeksiyalari rahbar va xodimlari ishtirok etdi.

Yig‘ilishda so‘zga chiqqanlar «Diniy ekstremizm va korrupsiyaga qarshi kurashish» o‘ta dolzarb masalalardan ekanligi haqida gapirib o‘tdi. Shuningdek, unga olib boruvchi yo‘l va omillar haqida ham to‘xtalib, har bir soliq xodimidan ogohlik, xushyorlik va e’tiborlik bo‘lishlarini ta’kidladi.

🌐 Jizzax viloyat soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

Telegram | Facebook | Instagram .
#Barqarorlik_reytingi
#Arnasoy_tumani

Prezidentimiz tashabbusi bilan joriy etilgan “Korxonabay” va “Mahallabay” institutlari tadbirkorlarning barqarorlik reytingi koʻtarilishiga ham ijobiy taʼsir etmoqda. Soliq inspektorlarining har bir soliq toʻlovchi bilan individual ishlashi natijasida yashirin iqtisodiyot ulushi qisqarishiga, shu jumladan, ish haqi hisoblash, soliq hisobotlarida xodimlar soni va aylanma mablagʻlarning toʻliq koʻrsatilishida sezilarli oʻzgarishlar kuzatilmoqda.


Xususan, mamlakatimizda joriy yilning I-yarmida 2023-yilning mos davriga nisbatan 107,5 mingta tadbirkorlik subyektining ishchilar soni 774,5 ming nafarga ortgan boʻlsa, 185,7 mingta subyektda esa ish haqi fondi 13,9 trln soʻmga koʻpaygan.

Shuningdek, 129,1 mingta korxonada oʻtgan yilga nisbatan 604,4 ming nafar ishchi xodimiga mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori (MHTEKM)dan ortiq ish haqi hisoblangan.

Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingida yuqori toifaga chiqishlariga ko‘maklashish maqsadida Arnasoy tumani soliq xizmati mas'ul xodimlari tomonidan joylarda soliq to‘lovchilar bilan yuzma-yuz muloqotlar davom etmoqda.

“Ismoil Begali Muhiddin” xususiy korxonasidagi uchrashuv ham samarali bo‘ldi. Ayni paytda korxona reytingning o‘rta toifasida faoliyat yuritmoqda.


Korxona ish yurituvchisi bilan uchrashuvda reytingni o‘rta toifadan yuqori toifaga o‘tkazish hamda belgilangan mezonlar asosida kamchiliklarni bartaraf etish kerakligi tushuntirilib, korxonaga biriktirilgan soliq xodimi tomonidan amaliy ko‘maklar berilishi ma’lum qilindi.

Jizzax viloyati soliq boshqarmasi Axborot xizmati

Jizzax viloyat soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

🟦Telegram |👍 Facebook |❤️ Instagram|🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#ozini_ozi_band_qilish

🔴 Nima uchun ba'zi taksi xizmatlari uchun cheklarga keshbek beriladi, ba'zilariga esa rad etiladi?

🔵 O'zini o'zi band qilgan shaxslar tomonidan berilgan cheklarga keshbek hisoblanmaydi.
👉PQ-5252 04.10.2021y.

Demak, agar siz foydalangan taksi haydovchisi o'zini o'zi band qilgan shaxs sifatida ro'yxatdan o'tgan bo'lsa, keshbek hisoblash avtomatik ravishda rad etiladi,
Agar xizmat yuridik shaxs tomonidan ko'rsatilgan bo'lsa, keshbek hisoblanadi.
______________
#самозанятость

🔴 Почему по одним чекам за услуги такси кешбэк дают, а по некоторым отказывают?

🔵 Кешбэк не начисляется по чекам, выданным самозанятыми лицами.
👉ПП-5252 от 04.10.2021г.

Следовательно, если водитель такси, услугами которого вы воспользовались, оформлен в качестве самозанятого лица - в начислении кешбэка будет отказано автоматически.
В случае, когда услуги оказаны юридическим лицом, кешбэк будет начислен.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X|Threads