Jizzax viloyat soliq boshqarmasi
5.46K subscribers
11.5K photos
1.49K videos
76 files
5.91K links
rasmiy kanali
Malumot uchun:[email protected]
Tel:72 226-34-70,72 222 -07 -00
Download Telegram
#4_sektor
#Murojaat
#Sayyor_qabul

Сайёр қабулдаги мурожаатга асосан тикув машиналари топширилди

Жорий йил Жиззах вилоят давлат солиқ бошқармаси бошлиғи, 4-сектор раҳбари томонидан вилоятнинг бир қанча ҳудудларида сайёр қабуллар ташкил этилди. Унда аҳолининг ижтимоий ҳимояга муҳтож қатламининг мурожаатлари қабул қилиниб, тегишли ташкилотлар кўмагида уларнинг муаммоларига ечим топилмоқда. Жумладан, кам таъминланган, боқувчисини йўқотган хотин-қизларнинг бандлигини таъминлаш мақсадида сектор томонидан тикув машиналари ва бошқа маиший техника воситалари тақдим этилмоқда.

Куни кеча июнь ойида Фориш тумани Қизилқум МФЙда, август ойида Зафаробод тумани, Лолазор ҚФЙда бўлиб ўтган сайёр қабулларда тушган мурожаатлар асосан 2 нафар аёлларга замонавий тикув машиналари топширилди.

- Ўзбекистон Республикаси Мустақиллигининг 31 йиллиги арафасида топширилган мазкур тикув машиналари бизга муносиб туҳфа бўлди, - дейди Қизилқум МФЙда яшовчи фуқаро Фотима Ғаниева.

Telegram | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#maxsus_reportaj
#4_sektor
#ayollar_daftari

Ҳаёт тасодифларга тўла. Кечагина ҳаётнинг ҳар бир лаҳзасидан порлаб юрган инсон, бирор бахтсиз ходиса туфайли ижтимоий оғир ҳолатга тушиб қолиши ҳам мумкин. Бунга салгина эҳтиётсизлик, тасодиф ёки кимнингдир арзимаган хатоси туфайли уларнинг ҳаёт тарзи бутунлай ўзгариб кетади.

Жиззах вилоятида “Аёллар дафтари”да 21 723 нафар аёллар рўйхатга олинган. Уларнинг 4 902 нафари Жиззах вилоят Давлат солиқ бошқармаси масъул бўлган 4-сектор ҳудудида истиқомат қилишади. Шундан, 1 299 нафари ижтимоий ҳимояга муҳтож ишсиз хотин-қизлар ҳисобланади. 456 нафари эса тадбиркорлик қилиш истагида бўлган хотин-қизлардир. 1 521 нафари боқувчиси бўлмаган эҳтиёжманд аёллар, 959 нафари эҳтиёжманд 1-ва 2-гуруҳ ногиронлиги бор хотин-қизлар, 119 нафари уй-жойга эҳтиёжи мавжуд бўлганлар ва 548 нафари қарамоғида ногирон фарзандлари бор оилалар ҳисобланади.

Айни пайтда вилоят 4-сектори томонидан мазкур 6 та тоифадаги аёлларга имкон қадар кўмак кўрсатиб келинмоқда.

Telegram | Facebook
#4_sektor

Аҳоли ва иқтисодиёт объектларини энергия ресурсларига бўлган талабини аниқлаш мақсадида Жиззах вилоят Давлат солиқ бошқармаси масъул бўлган 4-сектор ҳудудида ўрганиш ишлари давом этмоқда.

Бугун бошқарма бошлиғи, 4-сектор раҳбари Бекзод Тошпўлатов Шароф Рашидов тумани 4-сектор ҳудудидаги 43- ва 56-мактабларни масъуллар иштирокида кўздан кечирди. Айни пайтда мазкур таълим муассасаларининг иситиш тизими кўмир ёқилғисига боғлиқ. Куз-қиш мавсумига тайёргарлик кўриш даврида иккала таълим муассасаси ушбу ёқилғи тури билан етарлича таъминланган. Ўрганиш давомида 43-мактабнинг иситиш қозонида носозлик мавжудлиги аниқланди.

4-сектор кўмаги билан мазкур мактабга яқин кунлар ичида янги иситиш қозони ўрнатиб бериладиган бўлди.

Telegram | Facebook
#Arnasoy
#4_sektor
#Jizzax

4-sektor: Arnasoyda ko‘prik qurilishi yakunlanmoqda, endi aholiga ichimlik va oqova suv ham keltirib beriladi

Murojaatlar bilan ishlash borasida bugun Jizzax viloyat soliq boshqarmasi mas’ul bo‘lgan 4-sektorda o‘ziga xos tajriba to‘plangan. Ushbu tajribalar samarasi tufayli sektor rahbariyati muammolarni bosqichma-bosqich hal etish choralarini ko‘rmoqda.

Arnasoy tumanidagi “Baxtli” mahallasidagi aholi tomonidan o‘rnatilgan ko‘prik ayanchli holatga kelib qolgan edi. Mahallaning ushbu qismida 60 ta xonadon bo‘lib, 300 dan ortiq aholisi mavjud.

Viloyat soliq boshqarmasi boshlig‘i, 4-sektor rahbari Bekzod Toshpo‘latov arnasoyliklar ishtirokida o‘tkazgan sayyor qabulida fuqarolardan ko‘prikni ta’mirlash borasida murojaat tushgan edi. Ushbu murojaatga asosan, o‘tgan yilning 1-dekabr kuni eski ko‘prikni ta’mirlash boshlandi. Mustahkamlik darajasini oshirish maqsadida beton plitalar yotqizilib, ko‘prik suv sathidan balandlatildi. Shundan so‘ng, ko‘prikning xavfsizligini ta’minlash maqsadida ikki yoniga to‘siqlar o‘rnatildi.

Kuni kecha esa so‘nggi ta’mirlash ishlariga kirishildi. Ko‘prikning yon tomonlariga beton quyilib, mustahkamlik darajasi yana ham oshirildi. Piyodalarga qulay bo‘lishi uchun esa yo‘laklar ham to‘liq betonlashtirildi.

Telegram | Facebook
#4_sektor
#Arnasoy
#Jizzax

“Baxtli” MFY jami xonadonlar soni bugungi kunda 242 tani tashkil etadi. 316 ta oilada 1180 nafardan ortiq aholi istiqomat qiladi. Ayni paytda har bir xonadonning o‘z tomorqasi, ekin maydoni mavjud bo‘lsada, yozning issiq mavsumida ulardan unumli foydalanishning imkoni yo‘q edi.

Sektor rahbariyatining sayyor qabulida aholi xonadonlaridagi tomorqani sug‘orish uchun “Oqbuloq” kanalidan oqova suv chiqarish bo‘yicha murojaat tushgan edi. Ushbu murojaatga ham yechim topilib, bugungi kunda “Verbud” MChJ tomonidan quvur orqali oqova suv keltirish choralari ko‘rilmoqda.

Mazkur ishlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022-2023 yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 408-conli qaroriga muvofiq amalga oshirilmoqda.

Joriy yilning mart oyi yakuniga qadar “Baxtli” va “Zarafshon” MFY aholisi ehtiyoji uchun zarur oqovasuv loyihasi yakunlanadi.

Shuningdek, 4-sektor hududida joylashgan Bo‘ston mahallasigacha 14 km, Do‘stlik tumani Mamajon Dadajonov suv iste’molchilar uyushmasiga qadar yana 4 km, jami 18 km uzunlikdagi ichimlik suvi loyihasi ham aholi manfaatlarini ko‘zlab amalga oshirilayotgan loyihalardan sanaladi. Bo‘ston mahallasiga boradigan 14 kmlik suv quvuri tarmog‘i bosimi pastligi va quvurlarning eskirganligi tufayli uni rekonstruksiya qilishga ehtiyoj yuzaga kelgan edi. Hozirda “Qurilish ta’minoti” korxonasi tomonidan qiymati 18 milliard 618 million so‘mlik qurilish-montaj ishlari amalga oshirilmoqda. Ushbu loyiha joriy yilning dekabr oyida yakunlanishi rejalashtirilgan.

Telegram | Facebook
#4_sektor
#kuz_qishga_tayyorgarlik

Sovuq kunlar kelishiga ham oz muddat qoldi. Shu bois ayni kunlardagi dolzarb masalalardan biri kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik hisoblanadi. Qishloqlardagi uy-joylarni qo‘lbola pechlarda isitish mumkindir, ammo ko‘p qavatli uylarda buning iloji yo‘q.


Xo‘sh, shahar va tuman markazlaridagi ko‘p-qavatli uylar kuz-qish mavsumiga tayyormi? Jizzax shahridagi Zargarlik mahallasiga borgan har qanday inson bugun 4-sektor tashabbusi bilan hududda talay ishlar qilinayotganligining guvohi bo’ladi.

Bugungi kunga qadar ajratilgan mablag’ hisobiga isistish qozonlari, qozonxona devori va poydevor qismlari, dudburon quvurlarini ta’mirlash ishlari yakunlandi. Uylarning kirish yo’laklari va eshiklari to’liq ta’mirdan chiqarilib, suv quvurlari yangilanmoqda.

Mas’ullar tomonidan hududni obodonlashtirish, chiqindilarni o’z vaqtida olib chiqish ishlari ham muntazam olib borilmoqda. Elektr tarmog’I simlari esa yangisiga almashtirilmoqda.

Jizzax viloyat soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

🟦Telegram |👍 Facebook |❤️ Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#4_sektor

Jizzax shahar 4-sektor rahbari J. Axbo'tayev hududdagi Toshloq MFYda bo‘lib, "Mahalla yettiligi" bilan yuzma-yuz muloqot qildi. Ularning muammo va takliflarini o‘rgandi.

Sektor rahbari mahalla yettiligi faoliyati bilan tanishar ekan hududda aholi muammolarini o‘rganish va hal etish, moliyalashtirish masalalari, aholi orasida tadbirkorlikni keng rivojlantirish, migratsiya masalalari, aholi bandligini ta’minlash, oilalarni mustahkamlash, ma’naviy va ma’rifiy, yoshlar tarbiyasi kabi yo‘nalishlarda amalga oshiriladigan ishlar atroflicha muhokama qilindi.

Jizzax viloyat soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

🟦Telegram |👍 Facebook |❤️ Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Sayyor_Qabul
#4_sektor

Sayyor qabullar - xalq bilan muloqotning samarali yechimi. Xalq bilan muloqot qilish yo‘nalishida sektorlarning o‘ziga xos tajribasi mavjud.

Ayniqsa bu muloqot sayyor qabul shaklida sektor rahbari tomonidan aholi yashash manzillarida o‘tkazilayotgani bilan ahamiyatlidir.

O‘tgan haftada viloyat soliq boshqarmasi boshlig‘i, 4-sektor rahbari Bekzod Tashpulatovning G‘allaorol va Forish tumanlarida sayyor qabullari o‘tkazildi.

Jizzax viloyat soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

🟦Telegram |👍 Facebook |❤️ Instagram|🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Brifing
#4_sektor

Viloyat soliq boshqarmasi 4-sektorida joriy yil birinchi choragida amalga oshirilgan ishlar hamda “Obod xonadon – obod ko‘cha – obod mahalla” tamoyili doirasidagi tadbirlar yuzasidan axborot

Jizzax viloyat soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

🟦Telegram |👍 Facebook |❤️ Instagram|🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#4_sektor
#Sayyor_Qabul

Ayni kunlarda Xalq qabulxonalari bilan kelishilgan reja jadvalga muvofiq viloyat
sektor rahbarlari joylarda aholi bilan uchrashib, ular muammolarini sayyor tartibda o‘rganishmoqda. Kecha shunday sayyor qabul viloyat 4-sektori tomonidan Baxmal tumanida bo‘lib o‘tdi.

Jizzax viloyat soliq boshqarmasi boshlig‘i, 4-sektor rahbari Baxmal tumanidagi Navbahor MFYda o‘zining navbatdagi sayyor qabulini o‘tkazdi.

Tumanning ushbu hududi Samarqand viloyati bilan chegaradosh bo‘lib, aholisining asosiy mashg‘uloti chorvachilik va dehqonchilikdan iborat. Shuningdek, tadbirkorlik, xususan ayollar shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat turlariga ham ehtiyoj mavjud.

5300 nafardan ortiq aholi istiqomat qiladigan MFYda ichki yo‘llarni shag‘allashtirish, eski elektr simyog‘ochlarni yangisiga almashtirish, artezian suv qudug‘i o‘rnatish, tikuvchilik faoliyati uchun subsidiyalar ajratish, ijtimoiy nafaqa olishda ko‘maklashish, nogiron farzandiga nafaqa tayinlash, kredit rasmiylashtirishga oid qator muammolar mavjud.

4-sektor rahbari B.Tashpulatov boshchiligi hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish sho‘basi mas’ullari har bir murojaatni tegishli tartibda rasmiylashtirib, tegishliligi bo‘yicha mas’ul idoralarga yo‘naltirdilar.

Ijrosi muddat talab qiladigan murojaatlar esa nazoratga olinib, natijasi bo‘yicha mualliflarga ma’lum qilinadigan bo‘ldi.

Jizzax viloyat soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

🟦Telegram |👍 Facebook |❤️ Instagram|🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM