Jizzax viloyat soliq boshqarmasi
5.46K subscribers
11.5K photos
1.49K videos
76 files
5.9K links
rasmiy kanali
Malumot uchun:[email protected]
Tel:72 226-34-70,72 222 -07 -00
Download Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#jonli_efir

Ayni daqiqalarda Xalqaro press klubning “Tadbirkorlar uchun yangi imkoniyat, yangi sharoit” mavzusidagi jonli efiri bo‘lib o‘tmoqda.

Jonli efirni “O‘zbekiston 24” telekanalida to‘g‘ridan-to‘g‘ri tomosha qilishingiz mumkin!

Mavzuga oid savol va takliflarni @xalqaropressklubbot orqali yuboring.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
TADBIRKORLIK SUB’EKTI TOMONIDAN ONLAYN-NKM YoKI VIRTUAL KASSA QO‘LLANIShI TARTIBI

Onlayn-NKM yoki virtual kassani qo‘llash jarayonida ma’lumotlarni operatorga real vaqt rejimida yetkazib berishning texnik imkoniyati mavjud bo‘lmagan taqdirda, shu jumladan, Internet tarmog‘idagi vaqtincha uzilishlar bo‘lganda xaridorlarga (mijozlarga) amalga oshirilgan xarid uchun cheklar offlayn rejimida berilishi mumkin.

Bunda birinchi offlayn rejimda shakllangan chekni 48 soat ichida, shuningdek, onlayn rejimiga o‘tgandan keyin 24 soat ichida operatorga uzatilishi ta’minlanishi zarur. (23.11.2019 yildagi 943-son VMQga 1-ilova, Nizomning 31-bandiga asosan)

🌐 Jizzax viloyat soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

Telegram | Facebook | Instagram
Soliq to‘lovchilarga 2023 yil 1 yanvardan keyin berilgan savdo cheklaridagi ba’zi xatolarni vaqt cheklovlarisiz tuzatishga ruxsat berildi

Unga ko‘ra istalgan vaqtda quyidagilarni tuzatish mumkin:
• QQS summasi va stavkasi (0 / 12 %);
• MHIK;
• komitentning STIRi;
• mahsulot miqdori;
• o‘lchov birligi;
• to‘lov usuli (naqd pul yoki bank kartasi orqali).

Ushbu ruxsat xarid qiymatiga taalluqli emas. Uni, avvalgidek, 23.11.2019 yildagi VMQ-943-sonli qarorga 1-ilovaning 38-1-bandiga muvofiq tuzatish mumkin:
• QQS to‘lovchilari uchun - hisobot davridan keyingi oyning 20-sanasidan kechiktirmay;
• aylanmadan olinadigan soliq to‘lovchilari uchun - hisobot davridan keyingi oyning 15-sanasidan kechiktirmay.

Yana bir yangilik: xatoni tuzatish uchun arizaga faqat bitta fayl ilova qilish kifoya, unda soliq to‘lovchi kiritilgan tuzatishning barcha oqibatlari uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olishini tasdiqlaydi.

Tabiiy, hamma yaxshi biladiki, chek summasi yoki QQSni o‘zgartirish "avtokameral" farqlarga salbiy munosabat bildirmasligi uchun o‘sha davr uchun hisobotni qayta topshirishga olib keladi.

Agar komitentning STIRi tuzatilgan bo‘lsa, komissioner ham, komitent ham hisobotlarni qayta topshirishiga to‘g‘ri keladi.

🌐 Jizzax viloyat soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

Telegram | Facebook | Instagram
#4_sektor
#Sayyor_Qabul

Ayni kunlarda Xalq qabulxonalari bilan kelishilgan reja jadvalga muvofiq viloyat sektor rahbarlari joylarda aholi bilan uchrashib, ular muammolarini sayyor tartibda o‘rganishmoqda. Kecha shunday sayyor qabul viloyat 4-sektori tomonidan Baxmal tumanida bo‘lib o‘tdi.


Jizzax viloyat soliq boshqarmasi boshlig‘i, 4-sektor rahbari Baxmal tumanidagi Navbahor MFYda o‘zining navbatdagi sayyor qabulini o‘tkazdi.

Tumanning ushbu hududi Samarqand viloyati bilan chegaradosh bo‘lib, aholisining asosiy mashg‘uloti chorvachilik va dehqonchilikdan iborat. Shuningdek, tadbirkorlik, xususan ayollar shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat turlariga ham ehtiyoj mavjud.

5300 nafardan ortiq aholi istiqomat qiladigan MFYda ichki yo‘llarni shag‘allashtirish, eski elektr simyog‘ochlarni yangisiga almashtirish, artezian suv qudug‘i o‘rnatish, tikuvchilik faoliyati uchun subsidiyalar ajratish, ijtimoiy nafaqa olishda ko‘maklashish, nogiron farzandiga nafaqa tayinlash, kredit rasmiylashtirishga oid qator muammolar mavjud.

4-sektor rahbari B.Tashpulatov boshchiligi hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish sho‘basi mas’ullari har bir murojaatni tegishli tartibda rasmiylashtirib, tegishliligi bo‘yicha mas’ul idoralarga yo‘naltirdilar.

Ijrosi muddat talab qiladigan murojaatlar esa nazoratga olinib, natijasi bo‘yicha mualliflarga ma’lum qilinadigan bo‘ldi.

Jizzax viloyat soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

🟦Telegram |👍 Facebook |❤️ Instagram|🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4-sektor rahbari Вaxmal tumanidagi 73-maktabda yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayoni bilan tanishdi

Tumandagi Navbahor mahallasi hududida joylashgan 73-maktab filialida rekonstruksiya jarayonlari ketmoqda. Ushbu binoni rekonstruksiya qilish uchun qariyb 552 million so‘m mablag‘ ajratilib, qurilish ishlari joriy yil 3 iyunda boshlangan.

3 oktyabrga qadar davom etadigan ta’mirlash ishlarini “Dilnoza Sanaqulova” MChJ quruvchilari amalga oshirmoqdalar.

Sektor rahbari qurilish ishlarini kuzatar ekan “Infratuzilmani rivojlantirish injiniring kompaniyasi” davlat muassasasi buyurtmachiligida amalga oshirilayotgan ishlarni jadallashtirish, qurilishni o‘z muddatida yakunlash bo‘yicha mas’ullarga topshiriqlar berdi.

Eslatib o‘tamiz, ayni paytda ushbu maktabda 600 nafarga yaqin o‘quvchilar ikki navbatda taxsil oladi.

Jizzax viloyat soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

🟦Telegram |👍 Facebook |❤️ Instagram|🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM