Jizzax viloyat soliq boshqarmasi
5.55K subscribers
11.4K photos
1.49K videos
75 files
5.87K links
rasmiy kanali
Malumot uchun:[email protected]
Tel:72 226-34-70,72 222 -07 -00
Download Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#soliq_siyosati_2025
#qonunchilikdagi_yangiliklar
#YTT

Yakka tartibdagi tadbirkorlarni soliqqa tortishdagi o‘zgarishlar

2025-yilda jismoniy shaxslardan olinadigan qat‘iy belgilangan daromad solig‘i stavkalari o‘zgardi.

Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahar xalq deputatlari Kengashlari tumanlar va shaharlarning iqtisodiy rivojlanish darajasidan kelib chiqib, YTTlar uchun qat’iy soliq stavkalarining eng kam va yuqori stavkalari doirasida qat’iy soliq stavkalarining miqdorini belgilaydi.
👉Soliq kodeksining 383-moddasi

YTTlarga (daromadi 100 mln so'mdan oshmaydigan) yollanma ishchilari daromadlaridan 12% o‘rniga qat'iy soliq stavkasining yarmini to‘lash huquqi berildi.
👉Soliq kodeksining 385-moddasi

Masalan, Xonqa tumanidagi dehqon bozorida qishloq xo'jaligi mahsulotlarini chakana sotuvchi YTT o‘zi uchun oyiga 65 ming so'm qat’iy soliq to'laydi. Avval yollanma xodimga 1 mln so'm ish haqi hisoblansa, undan 12% stavka bo'yicha, ya'ni 120 ming so'm daromad solig'i to'lanar edi. Bu yildan boshlab yakka tartibdagi tadbirkor o'z xodimi uchun qat'iy soliqning yarmini, ya'ni 32,5 ming so'm to‘lash huquqiga ega.

Endi savdo komplekslari va bozorlarda faoliyat yurituvchi yakka tartibdagi tadbirkorlarning yollanma xodimlari uchun ijtimoiy soliq yiliga kamida 1 BHM miqdorida to'lanadi.
Oldin oyiga 50% BHM edi
.

Yollanma xodimlar uchun ijtimoiy soliq 31-dekabrgacha to‘lanadi.
(avval 1-dekabrgacha)

👉Soliq kodeksining 408-moddasi

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
#soliq_siyosati_2025
#qonunchilikdagi_yangiliklar #mol_mulk_soligi

Yuridik shaxslarning mol-mulk solig‘i bo‘yicha o‘zgarishlar

Yuridik shaxslarning mol-mulk solig‘i stavkasi 1,5% miqdorida saqlanib qolindi.

Yuridik shaxslarning mol-mulk solig'ini hisoblash uchun soliq bazasi 1 м² uchun mutlaq miqdorda belgilangan minimal qiymatdan past bo'lishi mumkin emas:
📍Toshkent shahrida — 3,3 mln so'm;
📍Nukus shahri va viloyat markazlarida — 2,2 mln so'm;
📍Boshqa shaharlarda va qishloq joylarida — 1,3 mln so'm.
👉 2024-yilda 1 metr kvadrat uchun minimal qiymat

Mol-mulk solig'idan quyidagi qayta tiklanadigan energiya manbalari qurilmalari ozod etiladi:

📉 100 kVtgacha bo‘lgan – qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalari ishga topshirilgan oydan e'tiboran 3 yil muddatga, quyosh panellarining quvvatiga nisbatan 25%dan kam bo‘lmagan quvvatga ega elektr energiyasini to‘plash tizimi bilan quyosh panellari o‘rnatilganda esa – ushbu panellar foydalanishga topshirilgan oydan e’tiboran 10 yil muddatga;

📈 100 kVt va undan ortiq bo‘lgan – ular foydalanishga topshirilgan oydan boshlab 10 yil muddatga.

Yangi qurilgan ko'p qavatli ishlab chiqarish binolari bo‘yicha soliq to'lovchilar hisoblangan soliq summasini belgilangan pasaytiruvchi koeffitsientlar bilan to‘laydilar:
0,9 - uch qavatli binoga nisbatan,
0,8 - to'rt qavatli binoga nisbatan,
0,7 - besh qavatli binoga nisbatan,
0,6 - olti qavatli binoga nisbatan,
0,5 - yetti va undan ortiq qavatli bino uchun.
Ushbu binolar uchun foydalanishga topshirilgan oydan e’tiboran 3 yildan ko‘p bo‘lmagan muddatda to‘laydi.

Pasaytiruvchi koeffitsient quyidagi hollarda qo‘llaniladi:
🔸mahsulot ishlab chiqarish bo‘yicha faoliyatni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan yordamchi xonalarni, xususan, ofis uchun va o'zi ishlab chiqargan mahsulotlarni realizatsiya qilish uchun xonalarni, tegishli kasbni egallash uchun tashkil etilgan o'quv-ishlab chiqarish xonalarini, agar ularning maydoni yangi qurilgan ko'p qavatli ishlab chiqarish binosi umumiy maydonining 20%idan oshmasa;
🔸agar binodan bir nechta xo'jalik yurituvchi subyekt ishlab chiqarish maqsadlarida birgalikda foydalanayotgan bo‘lsa, binoning har bir mulkdori tomonidan qo‘llaniladi.
❗️Bundan respublika shaharlarida, shuningdek Toshkent viloyatining Zangiota, Qibray va Toshkent tumanlarida joylashgan binolar mustasno.

👉Soliq kodeksi 414-moddasi

Umumiy foydalanishdagi temir yo‘llar, magistral quvurlar, aloqa va elektr uzatish liniyalari, shuningdek, mazkur obyektlarning ajralmas texnologik qismi bo‘lgan inshootlar, ko‘chmas mulk va tugallanmagan qurilish obyektlari uchun soliq stavkasi 0,65% miqdorida belgilandi (avval 0,6% edi).
👉Soliq kodeksi 415-moddasi

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#soliq_siyosati_2025
#qonunchilikdagi_yangiliklar
#foyda_soligi

Foyda solig‘idagi o‘zgarishlar

Tovar (ish, xizmat)larning elektron savdosini amalga oshiruvchi soliq to‘lovchilar uchun foyda solig‘i stavkasi - 10% etib belgilandi (oldin 7,5%).

Tovar (ish)larni eksportga realizatsiya qilishdan olingan foyda uchun 0% stavkadagi soliq bekor qilindi.

Umumiy quvvati 100 kVt gacha bo‘lgan qayta tiklanuvchi energiya manbalari (QTEM) qurilmalaridan foydalangan holda umumiy tarmoqqa elektr energiyasini realizatsiya qilishdan olingan foyda 0% stavkada soliqqa tortiladi.

Stavka QTEM qurilmalari ishga tushirilgan oydan boshlab 3 yil davomida qo‘llaniladi. Quyosh panellari quvvatining kamida 25% miqdorida elektr energiyasini to‘plash tizimi bilan quyosh panellari o‘rnatilganda – bu panellar ishga tushirilgan oydan boshlab 10 yil davomida qo‘llaniladi.

👉Soliq kodeksining 337-moddasi

Vaqtinchalik soliq imtiyozlari

2025-yil 1-yanvardan 2029-yil 1-yanvargacha nashriyot-matbaa faoliyati bilan shug‘ullanuvchilar olingan daromadlaridan foyda solig'ini to'lashdan ozod qilinadi (foiz ko'rinishidagi daromadlar bundan mustasno). Buning uchun ushbu faoliyat turidan olingan daromadlar hisobot (soliq) davri yakunlari bo'yicha jami daromadining kamida 90%ini tashkil etishi kerak.

2025-yil 1-fevraldan 2030-yil 1-yanvargacha O'zbekiston Respublikasi norezidentlari bo'lgan yuridik shaxslar eksport xizmatlari hajmi kalendar yil davomida 10 mln AQSh dollaridan oshgan Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki rezidentlariga axborot texnologiyalari sohasidagi xizmatlarni ko'rsatishdan olgan daromadlari qismida (shu jumladan, royalti to'lanadigan) foyda solig'ini to‘lashdan ozod qilinadi.
❗️Istisno - O'zbekiston Respublikasi bilan ikki yoqlama soliq solishning oldini olish to'g'risida bitim tuzgan davlatlarning soliq rezidentlari mustasno.

2025-yil 1-yanvardan 2030-yil 1-yanvargacha tadbirkorlik subyektlari foyda solig'ini hisoblashda o‘z mablag‘lari hisobidan nodavlat umumiy o'rta ta'lim tashkilotlari binolarining qurish bilan bog'liq xarajatlarni 2 yil davomida teng ulushlarda ushbu binolar qiymatining amortizatsiya tarzida chegirib tashlanadigan xarajatlarga kiritish haqli.
Bunda ular ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning farzandlarini bepul qabul qilish bo'yicha litsenziya talablarini bajarishlari shart, aks holda bu amortizatsiya chegirmalari
Soliq kodeksining 306-moddasida nazarda tutilgan amortizatsiya normarlarini qo'llash hisobidan bekor qilinadi.

👉Soliq kodeksining 483-moddasi

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#soliq_siyosati_2025 #qonunchilikdagi_yangiliklar #yer_soligi

Yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i boʻyicha kiritilgan o‘zgarishlar

Qishloq xo'jaligiga mo'ljallanmagan yerlar bo‘yicha bazaviy soliq stavkalari 2024-yilga nisbatan indeksatsiya qilindi.

Ma'lumot uchun❗️Soliq stavkalarining aniq miqdori Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar, shuningdek tuman va shaharlar xalq deputatlari Kengashlari tomonidan kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsientlardan foydalangan holda belgilanadi.

Qishloq xo'jaligi korxonalari balansida bo'lgan, qishloq xo'jaligi mahsulotlarini yetishtirish va saqlash, shuningdek ipak qurti yetishtirishda foydalaniladigan bino va inshootlar joylashgan yerlar uchun soliq xalq deputatlari tuman va shahar Kengashlari tomonidan belgilangan soliq stavkalariga nisbatan 0,2 koeffitsientini qo'llanilgan holda to'lanadi.
❗️Ijara huquqi asosida foydalaniladigan yer uchastkalarida joylashgan va imtiyozlar tatbiq etiladigan obyektlar bundan mustasno.

Shahar va shaharchalar chegaralarida joylashgan qishloq xo'jaligi yerlari uchun yer solig‘i 1 baravar miqdorida to'lanadi.
Avval 2 barobar miqdorda to‘lanar edi.
👉 Soliq kodeksi 429-modda

Yangi barpo etilgan bog'lar, tokzorlar, tutzorlar egallagan yer uchastkalari (daraxtlarning qator oralaridan qishloq xo‘jaligi ekinlarini ekish uchun foydalanishidan qat'i nazar) 5 yil muddatga 50% kamaytirilgan stavkalar bo'yicha soliq to'lanadi. Vakolatli organ tomonidan bog' va tokzorlarni iqtisodiy jihatdan samarasiz va past hosildorligi deb topish to'g'risida xulosa berilgan kundan e'tiboran 12 oy ichida yangi bog' va tokzorlar barpo etilmagan yer uchastkalariga nisbatan soliq stavkasi 3 barobar oshirilgan holda belgilanadi.

Yangi ko'chatlar ekish uchun soliq imtiyozini hisoblash muddati:
🍁kuzda ekilgan – keyingi yilning 1-yanvaridan;
☘️bahorda ekilgan – joriy soliq davrining 1-yanvaridan.
❗️Avval bunday yerlar soliqqa tortilmas edi.

Qayta tiklanuvchi energiya manbalari (QTEM) o‘rnatish uchun soliq imtiyozlari

QTEMlarning umumiy quvvati quyidagicha bo‘lgan alohida turuvchi qurilmalari bilan band bo‘lgan yer uchastkalari soliqqa tortilmaydi:

📉 100 kVt gacha - qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini foydalanishga topshirilgan oydan boshlab 3 yil muddatga;

☀️quyosh panellari quvvatining 25%dan kam bo‘lmagan quvvatga ega elektr energiyasini to'plash tizimi mavjud bo‘lgan quyosh panellari o'rnatilganda – ushbu panellar foydalanishga topshirilgan oydan boshlab 10 yil muddatga;

📈 100 kVt va undan ko‘proq – foydalanishga topshirilgan oydan boshlab 10 yil muddatga.

👉 Soliq kodeksi 428-modda

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter | Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM