Jizzax viloyat soliq boshqarmasi
5.61K subscribers
11.4K photos
1.48K videos
74 files
5.85K links
rasmiy kanali
Malumot uchun:[email protected]
Tel:72 226-34-70,72 222 -07 -00
Download Telegram
#savol_javob #deklaratsiya

Telefon raqamimga deklaratsiya asosida daromad solig'idan qarzdorlik mavjudligi haqida SMS keldi. Men qanday daromadlarim uchun deklaratsiya taqdim etishim kerak?

Jismoniy shaxslar quyidagi manbalardan olingan daromadlari bo‘yicha jami yillik daromadlari to‘g‘risida deklaratsiya taqdim etishlari lozim.
🔹mol-mulkni ijaraga berishdan;
🔹egaligida bo‘lgan noturar obyektlarni sotishdan;
🔹36 kalendar oydan kam muddatda mulkida bo‘lgan turar joylarni sotishdan;
🔹yaqin qarindoshi bo‘lmagan shaxslardan moddiy naf tarzda olingan hadyadan.

Jami yillik daromadlari to‘g‘risidagi deklaratsiya hisobot yilidan keyingi yilning 1-aprelidan kechiktirmay taqdim etiladi va hisoblangan soliq summasi 1-iyundan kechiktirmay to‘lanadi.

👉Fuqarolar deklaratsiya asosida hisoblangan daromad solig‘i haqida SMS orqali ma'lumot olishmoqda

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter | Threads
#JShShIR
#savol_javob

- Yaqinda ishga kirdim. Ish beruvchi mendan STIR* so‘radi. Hozirgi kunda ishga kirganlardan STIR soʻralishi to‘g‘rimi?

- Oʻzbekistonda mahalliy fuqarolar, fuqaroligi boʻlmagan shaxslar va chet el fuqarolari ishga qabul qilinayotganda ish beruvchining STIR talab qilishi mumkin emas.

Soliq organlarida jismoniy shaxslarning hisobini yuritish JShShIR**dan foydalangan holda amalga oshiriladi.
👉 PF-6191-son 23.03.2021

Bunda, Oʻzbekiston fuqarolari soliq organlarida avtomat hisobga qo‘yiladi, chet el fuqarolari yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxslar JShShIR olgandan so‘ng, my3.soliq.uz sayti orqali soliq organlarida hisobga olinadi.

*soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami
**jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami
________
#ПИНФЛ
#вопрос_ответ

- Я недавно устроился на работу. Работодатель спрашивает у меня ИНН*. Требуется ли сейчас ИНН для тех, кто трудоустраивается?

- В Узбекистане при приеме на работу местных и иностранных граждан, а также лиц без гражданства работодатель не вправе требовать от них ИНН.

Учет физических лиц в налоговых органах ведется с использованием ПИНФЛ**
.
👉№ УП-6191 от 23.03.2021 г.

При этом постановка на учет в налоговых органах граждан Узбекистана осуществляется автоматически, а иностранные граждане или лица без гражданства после получения ПИНФЛ регистрируются в налоговых органах через сайт my3.soliq.uz.

*идентификационный номер налогоплательщика
**персональный идентификационный номер физического лица

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
#savol_javob

🟠Savol: - Loyihalashtirish tashkiloti uchun aylanmadan olinadigan soliq to`lash tartibi qanday yuzaga kеladi?

🟢
Javob: - Bosh loyihalashtiruvchi tashkilot korxonangiz tomonidan bajarilgan xizmatlar bo’yicha soliq to’lamaydi, faqat o’z kuchi bilan bajarilgan xizmatlar haqqidan aylanmadan olinadigan soliq to’laydi.

Jizzax viloyat soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

🟦Telegram |👍 Facebook |❤️ Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#savol_javob

🟠Savol: - Qat`iy bеlgilangan soliqqa o`tish uchun qanday murojaat qilish kеrak?

🟢
Javob: - my3.soliq.uz saytidagi shaxsiy kabinetda Barcha xizmatlar bo’limiga kiriladi, Yuridik shaxslar toifasi tanlanadi. Shaxsiy ma'lumot oynasida Aylanmadan olinadigan soliq to’lovchilar uchun qat’iy belgilangan summadagi soliq rejimiga o’tish bandi tanlanadi. Qat'iy belgilangan soliqni to'lashga o'tish sanasi belgilanadi va Yuborish tugmasi bosiladi.

Jizzax viloyat soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

🟦Telegram |👍 Facebook |❤️ Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#savol_javob

🟠Savol: - Korxonamiz baliq yetishtirish bilan shug`ullanadi. Ushbu faoliyatda foyda solig`i stavkasi 0 foiz ekan, bu foyda solig`ini to`lashdan ozod dеganimi yoki farqi bormi?

🟢
Javob: - Korxona tomonidan rеalizasiya qilingan qishloq ho`jaligi maxsulotlari hajmi jami rеalizasiya hajmidan kamida 90 foizdan ortiqni tashkil etsa, foyda solig`ining stavkasi 0 foizni tashkil etadi. Bu foyda solig`ini to`lashdan ozod qilingan dеgani emas.

Jizzax viloyat soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

🟦Telegram |👍 Facebook |❤️ Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#savol_javob #mulk_soligi

Nomimda 1 ta uy bor. Mahalla idorasi xodimi 2023-yilda bu uyim uchun 550 ming soʻm mulk soligʻi toʻlashim kerakligini aytdi. Lekin Soliq inspeksiyasiga qoʻngʻiroq qilganimda mulk solig‘i bo‘yicha 550 ming soʻm emas 280 ming soʻm qarzim borligini ma’lum qildi. Qaysi biri toʻgʻri, qanday aniqlasam boʻladi?

Fuqarolar Soliq mobil ilovasi orqali nomidagi obyektlar va ular uchun hisoblangan soliq summalari haqida toʻliq maʼlumot olishi mumkin. Ilovadagi maʼlumotlar real vaqt rejimida avtomatik shakllanadi.

Shunga muvofiq Soliq mobil ilovasi orqali haqiqatda toʻlanishi lozim boʻlgan yer va mol-mulk soligʻi summasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni aniqlash va soliq toʻlovlarini amalga oshirish maqsadga muvofiq.

👉 Soliqlarini Soliq mobil ilovasida to‘lashning qanday qulaylik va afzalliklari bor?


Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#savol_javob #mulk_soligi

Nomimda 1 ta uy bor. Mahalla idorasi xodimi 2023-yilda bu uyim uchun 550 ming soʻm mulk soligʻi toʻlashim kerakligini aytdi. Lekin Soliq inspeksiyasiga qoʻngʻiroq qilganimda mulk solig‘i bo‘yicha 550 ming soʻm emas 280 ming soʻm qarzim borligini ma’lum qildi. Qaysi biri toʻgʻri, qanday aniqlasam boʻladi?

Fuqarolar Soliq mobil ilovasi orqali nomidagi obyektlar va ular uchun hisoblangan soliq summalari haqida toʻliq maʼlumot olishi mumkin. Ilovadagi maʼlumotlar real vaqt rejimida avtomatik shakllanadi.

Shunga muvofiq Soliq mobil ilovasi orqali haqiqatda toʻlanishi lozim boʻlgan yer va mol-mulk soligʻi summasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni aniqlash va soliq toʻlovlarini amalga oshirish maqsadga muvofiq.

👉 Soliqlarini Soliq mobil ilovasida to‘lashning qanday qulaylik va afzalliklari bor?


Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#savol_javob

🔴 2022-yilda 1 kv.m uchun mulkni qayta baholash natijasi qachongacha amal qiladi? 2024 yilda mol-mulk solig‘ini ushbu baholash qiymati bo‘yicha to'lasa bo‘ladimi?

🔵 Mustaqil baholash natijalari, shu jumladan soliq to‘lovchi tomonidan o‘tgan 2 yilda (baholash o‘tkazilgan sanadan boshlab) o‘tkazilgan mustaqil baholash natijalari soliq bazasi sifatida eʼtirof etiladi.
👉 Soliq kodeksi 412-modda

Soliq kodeksi talablaridan kelib chiqib, 2022-yilda qayta baholash amalga oshirilgan obyektlarning qiymati asosida 2024-yilda ham mol-mulk solig‘i hisobotini taqdim etish mumkin.
____
#вопрос_ответ

🔴 Какой период действует переоценка имущества за 1 кв.м., сделанная в 2022 году? Можем ли мы платить по цене переоценки и в 2024 году ?

🔵 Налоговой базой признаются результаты независимой оценки, в том числе результаты независимой оценки, проведенной налогоплательщиком за последние два года (с даты проведения оценки).
👉 ст. 412 НК РУз

Следовательно, сдать отчет по налогу на имущество в 2024 году можно исходя из стоимости объектов, прошедших переоценку в 2022 году.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
#savol_javob

◾️ Korxona rahbari yoki hisobchisi o‘zgarganda nima qilish kerak

◽️Tashkilot (korxona) rahbari yoki hisobchisi o‘zgarganda ma'lumotlarni o'zgartirish uchun soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti orqali masofadan turib elektron shaklda ariza yuborish lozim.

Buning uchun:
▫️ soliq to'lovchining shaxsiy kabinetida "YuSh hisobga olish ma'lumotlari" bo‘limiga kiriladi;
▫️"Yuridik shaxslarning ro‘yxat ma'lumotlariga o'zgartirish kiritish" oynasi tanlanadi va ma'lumotlar yangilanadi (JShShIR, IFO, aloqa raqami).

🔎"Arizalar reyestri" oynasida o'zgarishlarni tekshirish mumkin.

Jizzax viloyat soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

🟦Telegram |👍 Facebook |❤️ Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#savol_javob

🟠
Savol: - Tovarlar bozor qiymatidan past narxlarda realizatsiya qilingan taqdirda QQS to`lanadimi?

🟢
Javob: - Soliq kodeksining 248-moddasiga asosan, tovarlar bozor qiymatidan past narxlarda realizatsiya qilinsa, baza sifatida bozor narxi olinadi, bozor qiymati va realizatsiya qiymati ortasidagi farqga nisbatan bir tomonlama elektron faktura beriladi.

Jizzax viloyat soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

🟦Telegram |👍 Facebook |❤️ Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#savol_javob
#AOS

2024-yil yanvar oyi uchun AOS hisobotini topshirish jarayonida “Onlayn nazorat kassa texnikasi orqali shakllangan daromadlar” qatorida 2% o‘rniga avtomatik ravishda 4% stavka qo‘llanilyapti. Buni qanday tuzatish mumkin

Stavka to‘g‘ri qo‘llanilishi uchun tadbirkorlik subyekti onlayn-NKTni Soliq kodeksining 467-moddasidagi faoliyat turi va joyidan kelib chiqqan holda ro‘yxatdan o‘tkazishi yoki qayta ro‘yxatdan o‘tkazishi lozim.

Misol uchun, tadbirkorlik subyekti chakana savdo bilan shug‘ullanadi, lekin onlayn-NKTni ro‘yxatdan o‘tkazishda faoliyat turini "umumiy ovqatlanish" deb ko‘rsatgan bo‘lsa uni "chakana savdo"ga o‘zgartirishi kerak.
_________________
#вопрос_ответ #налог_с_оборота

При сдаче отчетности налога с оборота за январь 2024 года к суммам в строке "Доходы от онлайн контрольно-кассовой машины" автоматически применяется ставка 4%, но должна быть ставка 2%. Как это исправить

Чтобы налоговая ставка применялась правильно, субъекту предпринимательства необходимо зарегистрировать онлайн-ККТ в соответствии со сферами деятельности и местом расположения согласно статье 467 Налогового кодекса либо зарегистрировать ее заново.

Например, если субъект предпринимательства занимается розничной торговлей, но при регистрации онлайн-ККТ была указана сфера деятельности «общепит», то данное несоответствие следует исправить.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#savol_javob

- Korxonamiz 76 (alkogol mahsulotlari savdosi huquqi uchun yig'imi) va 199 (SORJ ga undiriladigan 40% penya) kodlari bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshirdi. Lekin amalga oshirilgan to‘lov korxona shaxsiy hisobvarag‘ida ko‘rinmayapti. Nima qilish kerak?

Toʻlov topshiriqnomasini shakllantrishda “Toʻlov detallari” qatorida boshqa korxonaga tegishli STIR koʻrsatilganda shunday holat yuzaga kelishi mumkin.

Toʻlovlar shaxsiy hisobvaraqda toʻgʻri aks etishi uchun toʻlov topshiriqnomasini yaratishda “Toʻlov detallari” qatorida korxonanaga tegishli STIR koʻrsatilishi lozim.
___________
#вопрос_ответ

- Нашей организацией были произведены платежи по коду 76 (сбор за право реализации алкогольной продукции) и 199 (взыскиваемые в ФРНО 40% пени (СОРЖ). На данный момент в лицевых карточках произведенная оплата не отображается. Что делать?

Такая ситуация может возникнуть, если при формировании платежного поручения в строке "Детали платежа" указан ИНН не вашей организации.

Чтобы осуществляемые платежи корректно отображались в карточке лицевого счета, при формировании платежного поручения в строке "Детали платежа" укажите ИНН вашей организации.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Soliqlarni to‘lashni kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyati kimlarga beriladi?

Soliq kodeksining 100-moddasiga asosan, soliq to‘lashni kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyati manfaatdor shaxsga quyidagi asoslardan loaqal bittasi mavjud bo‘lgan taqdirda berilishi mumkin:

1) ushbu shaxsga tabiiy ofat, texnologik falokat yoki boshqa bartaraf etib bo‘lmaydigan holatlar natijasida zarar yetkazilganligi;

2) ushbu shaxsni budjetdan (davlat maqsadli jamg‘armalaridan) moliyalashtirish kechiktirilganligi yoki ushbu shaxs tomonidan bajarilgan davlat buyurtmasi, davlat ehtiyojlari yoki mahalliy davlat hokimiyati organlarining ehtiyojlari uchun bajarilgan ishlar va (yoki) ko‘rsatilgan xizmatlar haqini to‘lash kechiktirilganligi;

3) manfaatdor shaxs soliqni bir yo‘la to‘lashi oqibatida uning to‘lovga qobiliyatsizligi alomatlari paydo bo‘lishi xavfi yuzaga kelganligi;

3.1) manfaatdor shaxs faoliyatni 3 yildan ortiq vaqtdan buyon amalga oshirayotganligi hamda hisoblangan soliqlarni o‘z vaqtida to‘lab kelganligi, ammo moliyaviy ahvoliga ko‘ra soliq qarzini belgilangan muddatlarda to‘lash imkoniyatiga ega bo‘lmaganligi;

3.2) agar manfaatdor shaxs Soliq kodeksining 101-moddasi birinchi qismiga binoan soliq to‘lashni kechiktirish huquqi to‘g‘risidagi xabarnomani yer uchastkalari, binolar va inshootlarga bo‘lgan mulk huquqi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan e’tiboran 3 oy ichida soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti orqali yer uchastkalari, binolar va inshootlarga bo‘lgan mulk huquqi davlat ro‘yxatidan o‘tganligining qayd raqamini va sanasini ko‘rsatgan holda soliq organlariga yuborgan bo‘lsa;

3.3) agar o‘tgan yil yakunlari bo‘yicha jami daromadi 10 milliard so‘mdan oshmagan shaxs soliq qarzi yuzaga kelgan sanadan e’tiboran 1 oy ichida soliq organlariga soliqlarni bo‘lib-bo‘lib to‘lash huquqi to‘g‘risida xabarnoma yuborgan bo‘lsa. Mazkur tartib QQS va foyda solig‘i to‘lovchilariga nisbatan qo‘llaniladi (ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan ko‘proq bo‘lgan yuridik shaxslar, yer qa’ridan foydalanuvchilar va aksiz to‘lanadigan tovarlarni ishlab chiqaruvchilar bundan mustasno);

4) jismoniy shaxsning mulkiy holati (qonunchilikka muvofiq undiruv qaratilishi mumkin bo‘lmagan mol-mulk hisobga olinmaganda) soliqni bir yo‘la to‘lash imkoniyatini istisno etishi;

5) manfaatdor shaxs tomonidan tovarlar yoki xizmatlarni ishlab chiqarish va (yoki) realizatsiya qilish mavsumiy xususiyatga ega ekanligi;

6) O‘zbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali tovarlar olib o‘tilishi munosabati bilan bojxona to‘g‘risidagi qonunchilikda belgilangan to‘lanishi lozim bo‘lgan soliqlarni to‘lashni kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyatini berish uchun asoslar mavjud ekanligi;

7) Soliq kodeksining 97-moddasi o‘n uchinchi qismida nazarda tutilgan to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi ish bo‘yicha sud sanatsiyasi yoki tashqi boshqaruv tartib-taomili joriy etilgan bo‘lsa.

#savol_javob

Jizzax viloyat soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

🟦Telegram |👍 Facebook |❤️ Instagram|🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#savol_javob

🟠Savol: - Avtotransport vositasi ota-onadan sovg`a tariqasida olinganda daromad solig`i to`lanadimi?

🟢
Javob: - Yo'q, to'lanmaydi. Soliq kodeksining 378-moddasiga asosan, jismoniy shaxslardan meros yoki hadya tartibida, shuningdek tekinga olingan pul va natura shaklidagi daromadlar jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig'iga tortilmaydi.

Bundan yaqin qarindosh bo'lmagan shaxslar o'rtasidagi ko'chmas mulk, avtotransport vositalari, qimmatli qog'ozlar, yuridik shaxslarning ustav fondlaridagi ustav kapitallaridagi ulushlar mustasno.

Jizzax viloyat soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

🟦Telegram |👍 Facebook |❤️ Instagram|🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#savol_javob #QQS

🟠Savol: - Tovarlar bozor qiymatidan past narxlarda rеalizatsiya qilingan taqdirda QQS to`lanadimi?

🟢
Javob: - Soliq kodeksining 248-moddasiga asosan, tovarlar bozor qiymatidan past narxlarda realizatsiya qilinsa, baza sifatida bozor narxi olinadi, bozor qiymati va realizatsiya qiymati ortasidagi farqga nisbatan bir tomonlama elektron faktura beriladi.

Jizzax viloyat soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

🟦Telegram |👍 Facebook |❤️ Instagram|🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#savol_javob

🟠Savol: - Alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish huquqi uchun yig’im qachondan to`lanadi?

🟢
Javob: -Alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish huquqi uchun yig’im alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish boshlanganligi tog’risida xabarnoma yuborilgan kundan e’tiboran to’lanadi.

Bildirishnoma elektron litsenziyalash tizimi license.gov.uz orqali yuboriladi.

Jizzax viloyat soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

🟦Telegram |👍 Facebook |❤️ Instagram|🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#savol_javob

- Men “Yoshlar ittifoqidan” imtiyozli kredit asosida uy-joy olganman. Kredit olishda bankka toʻlangan boshlangʻich to‘lov uchun ham soliq imtiyozi bormi?

- Agar yosh oilalar tomonidan ipoteka krediti asosida uy-joy sotib olingan boʻlsa, ularning ushbu kredit va unga hisoblangan foizlarga yoʻnaltirilgan mablagʻlariga daromad soligʻi solinmaydi. 2023-yil 1-yanvardan kreditni soʻndirishga yoʻnaltirilgan summa miqdori yiliga MHTEKMning* 80 baravari (84 mln soʻm)gacha (2022-yilda 15 mln soʻm) etib belgilangan.
👉 Soliq kodeksi 378-modda 16-band

*mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdori – 1 050 000 soʻm.

Avval bunday imtiyoz budjetdan ajratilgan subsidiya asosida uy-joy sotib olinganda qo‘llanilgan. 2022-yil 1-yanvardan esa yosh oilalar uchun ushbu talab bekor qilindi.

Bunda soliq imtiyozi er-xotin yoki ulardan biri belgilangan yosh (30 yosh)ga toʻlguniga qadar qoʻllaniladi.

Ushbu soliq imtiyozi boshlangʻich toʻlov uchun yoʻnaltirilgan daromadlarga qoʻllanilmaydi.
__________
#вопрос_ответ

- Я получил жилье по льготному кредиту от "Союза молодежи". Есть ли налоговая льгота для первоначального взноса, который я уплатил в банк?

- Если молодая семья получает жилье в ипотечный кредит, то освобождаются от налога те доходы, которые она направляет на его погашение. С 1 января 2023 года сумма погашения кредита должна составлять до 80 МРОТ* (84 млн сумов) в год (в 2022 году эта сумма составляла 15 млн сумов).
👉п.16 ст.378 НК

* минимальный размер оплаты труда = 1 050 000 сумов

Ранее такая льгота предоставлялась только при условии, что жилье приобретено с учетом субсидии из бюджета, а с 1 января 2022 года это требование было отменено.

Налоговая льгота применяется до достижения супругами или одним из них установленного возраста (30 лет).

Данная налоговая льгота не распространяется на сумму первоначального взноса.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#mol_mulk_soligi #savol_javob

Yetim qolganim sababli menga Davlat hisobidan kvartira berildi. Lekin ushbu kvartira uchun soliq qarzi chiqyapti. Men kvartiram uchun soliq to‘lashim kerakmi?

Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarning mol-mulki mol-mulk solig‘idan ozod qilingan.
👉Soliq kodeksi 421-modda

Mazkur imtiyoz bunday bolalarga davlat tomonidan ajratiladigan uy-joy uchun ular 23 yoshga to‘lguniga qadar amal qiladi va mulkdorning tanloviga ko‘ra faqat bitta yashash uchun mo‘ljallangan ko‘chmas mulk obyektiga tatbiq etiladi.

Imtiyozdan foydalanish uchun siz ushbu turar-joy joylashgan joydagi soliq organlariga imtiyozga bo‘lgan huquqlarni tasdiqlovchi hujjatlarni mustaqil ravishda taqdim etishingiz lozim.

Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, agar siz 23 yoshga to‘lmagan bo‘lsangiz, u holda ushbu kvartira uchun mol-mulk solig‘idan ozod qilinasiz. Soliq organlariga imtiyoz olish huquqini tasdiqlovchi hujjatlarni mustaqil ravishda taqdim etish orqali imtiyozdan foydalanishingiz mumkin.
__________
#налог_на_имущество #вопрос_ответ

Мне выдали квартиру за счёт государства, так как я являюсь сиротой, но показывает, что у меня задолженность. Нужно ли мне платить налоги за квартиру?

Имущество, находящееся в собственности детей-сирот и детей, оставшихся без попечения родителей, освобождается от налога на имущество.
👉ст.421 НК

Данная льгота предоставляется на жилые помещения, выделяемые государством для таких детей, до достижения ими 23-летнего возраста и распространяется только на один объект недвижимого имущества жилого назначения по выбору собственника.

Чтобы воспользоваться льготой, Вам нужно самостоятельно представить в налоговые органы по месту расположения этого жилого объекта документы, подтверждающие право на получение льготы.

Исходя из вышеизложенного, если вы ещё не достигли 23 лет, то вы освобождаетесь от уплаты налога на эту квартиру и можете воспользоваться льготой, самостоятельно представив в налоговые органы документы, подтверждающие право на получение льготы.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
#Savol_javob

Kitobni chet elda nashr etish huquqini berish qanday soliq oqibatlariga olib keladi


«Biz nashriyotmiz, kitoblarimizni nashr etish huquqini Latviya nashriyotiga sotmoqchimiz. Biz va Latviya kompaniyasi uchun qanday soliq oqibatlari boʻladi?»

– Sizning nashriyotingiz uchun kitoblarni nashr etish huquqini taqdim etganlik uchun mukofot - bu royalti. (1998 yil 3 iyul O‘zbekiston Respublikasi Hukumati va Latviya Respublikasi Hukumati o‘rtasida daromad va kapitalga ikki tomonlama soliq solishning oldini olish va soliq to‘lashdan bo‘yin tovlashga yo‘l qo‘ymaslik to‘g‘risidagi Konvensiyaning 12-m. 3-b..)

Oʻzbekiston va Latviya oʻrtasidagi ikki tomonlama soliq solishning oldini olish toʻgʻrisidagi Konvensiyaga muvofiq, Latviya kompaniyasidan Oʻzbekiston korхonasiga bunday daromad toʻlanganda soliq ham Oʻzbekistonda, ham Latviyada ushlab qolinishi mumkin. (03.07.1998 yildagi ikki tomonlama soliq solishning oldini olish to‘g‘risidagi Konvensiyaning 12-m. 1-2-q.. Soliq stavkasi 10 foizdan oshmasligi kerak 03.07.1998 yildagi ikki tomonlama soliq solishning oldini olish to‘g‘risidagi Konvensiyaning 12-m. 2-q..)

Oʻzbekistonda foyda soligʻini hisoblashda Latviyada toʻlangan soliq summasi Soliq kodeksining 342-moddasida belgilangan tartibga muvofiq hisobga olinadi.

Oʻzbekistonda royaltiga QQS toʻlanmaydi, chunki хizmatlar koʻrsatish joyi Oʻzbekiston deb tan olinmaydi.

Jizzax viloyat soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

🟦Telegram |👍 Facebook |❤️ Instagram|🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM