Jizzax viloyat soliq boshqarmasi
5.56K subscribers
11.4K photos
1.49K videos
75 files
5.86K links
rasmiy kanali
Malumot uchun:[email protected]
Tel:72 226-34-70,72 222 -07 -00
Download Telegram
#4sektor
#Mirzachul
#murojaatlar

Bugun Jizzax viloyat 4-sektor rahbari, B.Tashpulatov Mirzacho'l tumanidagi Toshkent QFYda bo'ldi. QFY raisi va DSI boshlig'i bilan birgalikda hududdagi 6-sonli maktabning issiqlik tizimi bilan tanishdi.

Ayni paytda mahallada bir nechta ko'p qavatli uylar mavjud bo'lib, ularning ham isitish tizimi, atrof-muhit tozaligi, ichimlik suvi muammolarini o'rgandi. Aniqlangan kamchiliklarni tegishliligi bo'yicha bartaraf etish yuzasidan ko'rsatma berdi.

Telegram | Facebook
#Sayyor_qabul
#Mirzachul_tumani

Viloyatimiz hududlari bo‘ylab Jizzax viloyat soliq boshqarmasi boshlig‘i, 4-sektor rahbari tomonidan aholi muammolarini o‘rganish yuzasidan sayyor qabullar bo‘lib o‘tmoqda.


Xususan, Mirzacho‘l tumani "Gulzor” MFYda 4-sektor rahbari Bekzod Tashpulatov hamda mutasaddi tashkilotlar rahbarlari ishtirokida hududda yashovchi aholi, xususan xotin-qizlarning murojaatlarini ko‘rib chiqish uchun navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi.

Qabul davomida aholi tomonidan davolanish uchun moddiy yordam, shifoxonaga bepul yo‘llanma, kadastr, yo‘llarni sozlash, tijorat krediti olishda ko‘maklashish, uy-joy ta’miri uchun mablag‘ olish hamda o‘zini-o‘zi band qilish istagida bo‘lgan fuqarolar murojaatlari ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, fuqarolarni qiynab kelayotgan boshqa bir qator muammolar atroflicha o‘rganildi.

Barcha murojaatlar qonun doirasida o‘rganib chiqilib, 2 nafar murojaatchining muammolari joyida hal qilindi. Qolgan murojaatlar yuzasidan soha mutaxassislariga tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Jizzax viloyat soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

🟦Telegram |👍 Facebook |❤️ Instagram|🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Sayyor_qabul
#Mirzachul_tumani

Viloyat 4-sektori rahbari B.Tashpulatov sayyor qabullar davomida hududlarda amalga oshirilayotgan ishlar, aholining yashash tarzi va muammolarini ham o‘rganmoqda.


Bugun Mirzacho‘l tumanining olis “Gulzor” MFYda bo‘lib, u yerda qurilayotgan 120 o‘rinli maktabgacha ta’lim tashkiloti qurilishi jarayoni bilan tanishdi.

Ayni paytda ushbu MTTni qurish ishlari avvalgi sayyor qabullarda tushgan murojaatlarning yechimi natijasi deyish mumkin. 1200 nafardan ortiq aholi istiqomat qilayotgan mazkur qishloq ahlining asosiy faoliyati qishloq xo‘jaligining muhim tarmoqlari bo‘lgan dehqonchilik, chorvachilik hamda baliqchilikdan iborat.

O‘tgan davr mobaynida ushbu qishloqda murojaatlar asosida MFYning binosini rekonstruksiya qilish, sun’iy futbol maydoni qurish ishlarida ko‘maklashish ishlari amalga oshirilgan.

Endi esa zamoanviy va barcha talablarga javob beradigan davlat MTT qurib bitkazilmoqda. Qurilish ishlari Infratuzilmani rivojlantirish injiniring kompaniyasi davlat muassasasi buyurtmachiligida "Sangzor ta’minot invest" korxonasi tomonidan bunyod etilmoqda. Loyihani amalga oshirish uchun 3 mlrd 544 mln so‘m mablag‘ ajratildi.

Sektor rahbari qurilish ishlarini yanada jonlantirish maqsadida pudratchi tashkilot rahbariga tegishli ko‘rsatmalarni berdi va belgilangan muddatda qurilish ishlarini tugatish yuzasidan kerakli yordam ko‘rsatilishini ma’lum qildi.

Jizzax viloyat soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

🟦Telegram |👍 Facebook |❤️ Instagram|🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM