Jizzax viloyat soliq boshqarmasi
5.32K subscribers
11.7K photos
1.52K videos
78 files
6.01K links
rasmiy kanali
Malumot uchun:[email protected]
Tel:72 226-34-70,72 222 -07 -00
Download Telegram
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratiladi

Prezident tomonidan imzolangan Qonun (O‘RQ-979-son, 21.10.2024 y.) bilan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartirish kiritildi

Qonunga ko‘ra, tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan davlat organlariga taqdim etiladigan hisobot va statistika ma’lumotlarining yagona ro‘yxatiga kiritilmagan statistika, moliya, soliq hisobotini va boshqa hisobotni, shuningdek qonunchilikda nazarda tutilmagan o‘zga hujjatlarni, shu jumladan bank hisobvarag‘ini ochishda ortiqcha hujjatlarni tadbirkorlik sub’ektlaridan talab qilib olganlik, xuddi shuningdek mazkur yagona ro‘yxatga kiritilgan hisobotni taqdim etishning belgilangan muddatlari va tartibiga zid ravishda talab qilib olganlik uchun javobgarlik belgilanishini nazarda tutuvchi o‘zgartirish kiritilmoqda.

🌐 Jizzax viloyat soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

Telegram | Facebook | Instagram
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Ba'zi texnik jihozlar QQS va aksiz solig'idan ozod etilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Qonuni bilan Soliq kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi.
👉O‘RQ-992-son, 05.11.2024-yil

Hujjatga muvofiq:

🔹 Maxsus organ tomonidan olinadigan tezkor-qidiruv tadbirlari tizimining texnik vositalarini O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish QQSdan ozod qilinadi
Soliq kodeksining 246-moddasi

🔹shuningdek, ushbu texnik vositalar aksiz solig'iga tortilmaydi.
👉Soliq kodeksining 284-moddasi
________
#новое_в_законодательстве

Некоторые технические средства освобождаются от НДС и акцизного налога

Законом Республики Узбекистан в Налоговый кодекс внесены изменения и дополнения.
👉№ ЗРУ-992 от 05.11.2024 г.

В соответствии с ними:

🔹освобождается от НДС ввоз на территорию Республики Узбекистан технических средств системы оперативно-розыскных мероприятий, приобретаемых специально уполномоченным государственным органом;
ст.246 НК

🔹также эти технические средства не облагаются акцизным налогом.
👉ст.284 НК

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

2025 yil Soliq kodeksi: nimalar oʻzgaradi, nimalar avvalgicha qoladi
(1-qism)

2025 yilda Oʻzbekistonda soliq qonunchiligida muhim oʻzgarishlar rejalashtirilgan. Shu bilan birga, asosiy soliqlar boʻyicha bazaviy stavkalar oʻzgarishsiz qoladi.

Asosiy soliqlar stavkalari oʻzgarmaydi

QQS – 12%;
foyda soligʻining bazaviy stavkasi – 15%;
JShDS – 12%;
yuridik shaхslarning mol-mulk soligʻi – 1,5%;
qishloq хoʻjaligi yerlari uchun yer soligʻi – 0,95%;
ijtimoiy soliq – 12% (byudjet tashkilotlari uchun – 25%);
aylanmadan soliq – 4%.

Asosiy oʻzgarishlar

QQS


Eksportda QQSni qaytarish tartibi soddalashtiriladi: bojхona organlarining elektron ma’lumotlari asos boʻlib хizmat qiladi.

QQS boʻyicha ayrim imtiyozlar bekor qilinadi, jumladan:

nogironligi boʻlgan shaхslarning jamoat birlashmalari uchun;
yoʻlovchilarni yagona tariflar boʻyicha tashish uchun.
Davlat mulkini, shu jumladan mulk huquqida qishloq хoʻjaligiga moʻljallanmagan boʻsh yer uchastkalarini realizatsiya qilish aylanmasi QQSdan ozod qilinadi.

Aksiz soligʻi

Mobil aloqa хizmatlariga aksiz soligʻi bekor qilinadi (oʻzgartirishlar kiritilgunga qadar soliq stavkasi – 10%). Mahalliy ishlab chiqaruvchilar va import qiluvchilar uchun quyidagilarga aksiz soligʻi stavkalarini tenglashtirish koʻzda tutilgan:

🔴tamaki mahsulotlariga;
🔴etil spirtiga;
🔴alkogol mahsulotlariga.
🔴Neft mahsulotlariga aksiz soligʻi stavkalari 10%ga indeksatsiya qilinadi.

Eksport

Tovarlar (хizmatlar) eksportida foyda soligʻi boʻyicha nol stavka bekor qilinadi. Eksportdan tushgan daromadlar aylanmadan olinadigan soliq boʻyicha soliq bazasiga kiritiladi.

Elektron tijorat

Elektron tijorat sohasi uchun quyidagi stavkalar oʻrnatiladi:

🔴foyda soligʻi boʻyicha – 10%;
🔴aylanmadan soliq boʻyicha – 3%.

Aylanmadan olinadigan qat’iy soliq

Tovar aylanmasi boʻyicha quyidagicha oʻrnatiladi:

500 mln soʻmgacha – 30 mln soʻm;
500 mln soʻmdan yuqori – 40 mln soʻm.

Ushbu soliq solish rejimi 2026 yil 1 yanvargacha amal qiladi.

Mol-mulk soligʻi

Mol-mulk soligʻi boʻyicha soliq bazasini hisoblash uchun minimal qiymat oshiriladi:

🔹Toshkentda – 1 kv. m uchun 3,3 mln soʻm;
🔹Nukus va viloyat markazlarida – 1 kv. m uchun 2,2 mln soʻm;
🔹boshqa aholi punktlarida – 1 kv. m uchun 1,3 mln soʻm.
Jismoniy shaхslarning mol-mulk soligʻi stavkalari 10%ga indeksatsiya qilinadi.

Yuridik va jismoniy shaхslar uchun yer soligʻi

Soliq stavkalari oʻrtacha 10%ga indeksatsiya qilinadi.

IT-sektorni qoʻllab-quvvatlash

2028 yilgacha amal qiladigan IT-park rezidentlari uchun imtiyozlar 2040 yilgacha uzaytiriladi:

🔵eksport hajmi 50%dan yuqori boʻlgan yuridik shaхslar uchun;
🔵IT-ta’lim хizmatlari koʻrsatuvchi oʻquv markazlari uchun, ularning 18 yoshdan katta bitiruvchilarining 50%dan ortigʻi
🔵kalendar yil davomida eksportyor korхonalarda ishga joylashgan boʻlsa.
🔵Eksporti 50%dan yuqori boʻlgan norezident kompaniyalar ta’sischilari uchun dividendlar soligʻi stavkasi 5%gacha pasaytiriladi.

IT-park rezidentlariga хizmatlar koʻrsatuvchi norezidentlar uchun soliq imtiyozlari joriy qilinadi.

Ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash

Kam ta’minlangan oila a’zolaridan ish bilan ta’minlanganlar uchun 1% imtiyozli ijtimoiy soliq stavkasi oʻrnatiladi.

Maktab, kollej va teхnikum oʻquvchilari uchun JShDS va ijtimoiy soliqning pasaytirilgan stavkasi (1%) joriy etiladi.

Koʻchma savdo sohasidagi yosh tadbirkorlar uchun soliq ta’tillari taqdim etiladi.

Jizzax viloyat soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

🟦Telegram |👍 Facebook |❤️ Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

2025 yil Soliq kodeksi: nimalar oʻzgaradi, nimalar avvalgicha qoladi
(2-qism)

Tabiatdan foydalanish

Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari indeksatsiya qilinadi.

Suv tejovchi teхnologiyalarni joriy etish uchun ragʻbatlantiruvchi koeffitsiyentlar kiritiladi.

Yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliqning yangi stavkalari oʻrnatiladi.

Muhim protseduraviy oʻzgarish: 2025 yildan boshlab soliq stavkalari yoki imtiyozlardagi har qanday oʻzgarishlar faqat yil boshidan kiritilishi kerak.

Bu quyidagilarga yoʻnaltirilgan oʻzgarishlarga ham taalluqli:

⚡️soliq ma’muriyatchiligini raqamlashtirish;
⚡️IT-sektor rivojlanishini ragʻbatlantirish;
⚡️aholini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash;
⚡️tabiiy resurslardan oqilona foydalanish;
⚡️mahalliy ishlab chiqaruvchilar va import qiluvchilar uchun sharoitlarni tenglashtirish;
⚡️mahalliy byudjetlar barqarorligini ta’minlash.
Qonunchilikning yangi qoidalari 2025 yil davomida bosqichma-bosqich kuchga kiradi, bu biznes va soliq organlariga oʻzgarishlarga osoyishta rejimda moslashish imkonini beradi.

Qoʻshimcha muhim oʻzgarishlar:

1. 2025 yildan boshlab soliq stavkalari yoki imtiyozlardagi barcha oʻzgarishlar faqat keyingi yil boshidan joriy etilishi kerak.

2. Mahalliy hokimiyat organlariga hududlarning iqtisodiy rivojlanishini hisobga olgan holda ayrim soliq stavkalarini belgilash vakolati beriladi.

3. Suv tejovchi teхnologiyalar uchun ragʻbatlantiruvchi koeffitsiyentlar joriy etiladi.

4. Koʻchma savdo sohasidagi yosh tadbirkorlar uchun soliq ta’tillari oʻrnatiladi.

Jizzax viloyat soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

🟦Telegram |👍 Facebook |❤️ Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Joriy yilda xususiy bog‘cha va maktablar 113,5 mlrd so‘mlik imtiyozlardan foydalandi

Xususiy bog'cha va maktablar uchun soliq imtiyozlari muddati uzaytirildi.

2030-yil 1-yanvargacha:

🔹xususiy bolalar bog'chasi va maktablar barcha soliq va yig'imlardan ozod qilinadi (ijtimoiy soliq bundan mustasno);

🔹xususiy bog'cha va maktablarda faoliyat yuritayotgan xorijiy o'qituvchilar va mutaxassislar jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig'i va ijtimoiy soliqdan ozod qilinadi.

❗️Ushbu tartib Soliq kodeksiga tegishli oʻzgartirishlar kiritilgandan soʻng amaliyotga joriy etiladi.
👉Soliq kodeksi
2- va 75-moddalari

Ma'lumot uchun
: Imtiyoz dastlab 2021-yil 1-yanvargacha
berilgan edi, keyin 2025-yil 1-yanvarga qadar uzaytirildi.

Joriy yilning 9 oyi davomida 679 ta xususiy bog‘cha va maktablar 113,5 mlrd so‘mlik soliq imtiyozlaridan foydalandi.
__________
#новое_в_законодательстве

В этом году частные детсады и школы воспользовались льготами на сумму 113,5 млрд сумов

Продлен срок действия налоговых льгот для частных детских садов и школ.

До 1 января 2030 года:


🔹частные детсады и школы освобождены от всех видов налогов и сборов, кроме социального налога;

🔹зарубежные преподаватели и специалисты, осуществляющие деятельность в частных детских садах и школах, освобождены от налога на доходы физических лиц и социального налога.

❗️Данный порядок будет внедрен в практику после внесения соответствующих изменений в Налоговый кодекс.
👉
ст.2 и ст.75 НК

👉№ ПП-403 от 22.11.2024 г.

Для информации. Льготы сначала были предоставлены до 1 января 2021 года, затем продлены до 1 января 2025 года.

За 9 месяцев текущего года 679 частных детских садов и школ воспользовались налоговыми льготами на сумму 113,5 млрд сумов.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Endi ishlamagan* korxona hisobot topshirmagani uchun jarimaga tortilmaydi


Xususan, quyidagi mezonlar bo‘yicha korxonani moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirmayotgan deb hisoblash belgilanmoqda:

🔸davlat ro‘yxatidan o‘tgan sanadan boshlab 3 oy mobaynida bank hisobvaraqlari ochilmaganligi (amalda ushbu mezon mavjud emas);

🔸davlat ro‘yxatidan o‘tgan sanadan boshlab 3 oy mobaynida bank hisobvaraqlari ochilgan, lekin 6 oy mobaynida (amalda 9 oy):
▫️pul aylanmasi amalga oshirilmaganligi;
▫️EHF rasmiylashtirmaganligi, onlayn nazorat-kassa mashinalari, virtual kassa hamda marketpleys to‘lov tizimidan foydalanilmaganligi;
▫️tashqi savdo operatsiyalarini amalga oshirilmaganligi.

Bunda korxonalar:
▪️soliq organining taqdimnomasiga asosan ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ tomonidan 1 yil muddatga harakatsiz rejimga o‘tkazilishi;
▪️1 yil davomida (amalda 3 yil) faoliyati tiklanmasa, ular davlat reyestridan avtomatik chiqarilishi belgilanmoqda.

*davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan vaqtdan boshlab faoliyat yuritmagan va egaligida mulki bo‘lmagan tadbirkor

Hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasini baholashda reyting ko‘rsatkichlari tadbirkorlik subyektlari soniga nisbatan emas tovar aylanmasini amalga oshirgan tadbirkorlarning ulushiga nisbatan belgilanadi.

“BBB” va undan yuqori toifadagi tadbirkorlarga tovarlarni import qilishda va realizatsiya qilishda to‘lanadigan qo‘shilgan qiymat solig‘i summalarini o‘zaro hisobga olish tartibi joriy etiladi.
Amalda “A” va undan yuqori toifadagilarga tatbiq etilardi.

👉PF-214-son, 10.12.2024-y.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
Yangidan tashkil qilingan tadbirkorlar rivojlanishini baholash ko‘rsatkichlari maqbullashtiriladi

2024 yil 10 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ayrim hujjatlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Farmoni (PF-214-son) qabul qilindi. Ushbu farmonga ko‘ra, moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirmayotgan tadbirkorlarni belgilash mezonlari takomillashtiriladi va yangi tashkil qilingan tadbirkorlarning rivojlanishini baholash ko‘rsatkichlari maqbullashtiriladi.

Qo‘shimcha qilib, “BBB” toifadagi tadbirkorlar uchun tovarlarni import qilish va realizatsiya qilishda QQS summalarini o‘zaro hisobga olish tartibi joriy etildi. Shuningdek, mahalliy pivo mahsulotlarini realizatsiya qilish faoliyatini vakolatli organni xabardor qilish orqali amalga oshirish tartibi belgilandi.

Prezident farmoniga ko‘ra, moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirmayotgan korxonalarni tugatish jarayonida quyidagi choralar ko‘riladi:

• Moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirmayotgan korxonalar davlat soliq xizmati organining taqdimnomasiga asosan ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ tomonidan bir yil muddatga harakatsiz rejimga o‘tkaziladi.

• Harakatsiz rejimga o‘tkazilgan korxonalar faoliyati bir yil davomida tiklanmagan taqdirda, ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ ularni Tadbirkorlarning yagona davlat reestridan chiqaradi.

Shu orqali, yangi tadbirkorlar rivojlanishini baholash va moliya faoliyatiga oid amaldagi tartibni takomillashtirish orqali tadbirkorlik muhiti yanada yaxshilashga qaratilgan qadamlar amalga oshiriladi.

Jizzax viloyat soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

🟦Telegram |👍 Facebook |❤️ Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasi rivojlantiriladi


“2025–2027 yillarda O'zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Prezident qarori (454-son, 24.12.2024 y.) qabul qilindi

🔰 Qarorga ko'ra, 2025-yil 1-yanvardan, byudjet tizimining byudjetlari hisobidan obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va ta'mirlash ishlari bo'yicha o'tkazilgan davlat xaridlariga asosan qurilish muddati uch oydan kam bo'lgan obyektlarga birinchi oyda obyekt qiymatining 30 foizi miqdorida avans mablag'lari ajratiladi, keyingi to'lovlar belgilangan tartibda moliyalashtiriladi.

Jizzax viloyat soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

🟦Telegram |👍 Facebook |❤️ Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#soliq_siyosati_2025
#qonunchilikdagi_yangiliklar
#YTT

Yakka tartibdagi tadbirkorlarni soliqqa tortishdagi o‘zgarishlar

2025-yilda jismoniy shaxslardan olinadigan qat‘iy belgilangan daromad solig‘i stavkalari o‘zgardi.

Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahar xalq deputatlari Kengashlari tumanlar va shaharlarning iqtisodiy rivojlanish darajasidan kelib chiqib, YTTlar uchun qat’iy soliq stavkalarining eng kam va yuqori stavkalari doirasida qat’iy soliq stavkalarining miqdorini belgilaydi.
👉Soliq kodeksining 383-moddasi

YTTlarga (daromadi 100 mln so'mdan oshmaydigan) yollanma ishchilari daromadlaridan 12% o‘rniga qat'iy soliq stavkasining yarmini to‘lash huquqi berildi.
👉Soliq kodeksining 385-moddasi

Masalan, Xonqa tumanidagi dehqon bozorida qishloq xo'jaligi mahsulotlarini chakana sotuvchi YTT o‘zi uchun oyiga 65 ming so'm qat’iy soliq to'laydi. Avval yollanma xodimga 1 mln so'm ish haqi hisoblansa, undan 12% stavka bo'yicha, ya'ni 120 ming so'm daromad solig'i to'lanar edi. Bu yildan boshlab yakka tartibdagi tadbirkor o'z xodimi uchun qat'iy soliqning yarmini, ya'ni 32,5 ming so'm to‘lash huquqiga ega.

Endi savdo komplekslari va bozorlarda faoliyat yurituvchi yakka tartibdagi tadbirkorlarning yollanma xodimlari uchun ijtimoiy soliq yiliga kamida 1 BHM miqdorida to'lanadi.
Oldin oyiga 50% BHM edi
.

Yollanma xodimlar uchun ijtimoiy soliq 31-dekabrgacha to‘lanadi.
(avval 1-dekabrgacha)

👉Soliq kodeksining 408-moddasi

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads