📢"Bir million dasturchi" loyihasining ikkinchi bosqichida ham kompyuter olish uchun foizsiz kredit berish an'anasi davom etadi
🌐 Loyihaning yangi bosqichida bir qator yangi imkoniyatlar yaratilgan – endilikda uzbekcoders.uz platformasi orqali "Coursera" onlayn kurslarida ta'lim olib, sertifikatlarni qo'lga kiritish mumkin;
💳 Imtiyozli kreditlarni olish istagidagilarmy.gov.uz (kompensatsiya) orqali formani to'ldiradilar va sertifikatni yuklaydilar;
🚩 Yoshlar ishlari agentligi tomonidan verifikatsiyadan o'tgan, tasdiqlangan sertifikat egalariga imtiyozli kredit ajratiladi (8.2 mln so'mgacha);
➕ Bunda, kredit foizlari Yoshlar ishlari agentligi tomonidan qoplab beriladi. Imtiyozli kreditlarni esa AT “Xalq banki”, “Mikrokreditbank” ATB hamda AT “Aloqabank” lardan olish mumkin.