Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi | Rasmiy sahifa
993 subscribers
6.87K photos
596 videos
18 files
2.15K links
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi
Download Telegram
#imtihon_2023
#tayanch_ixtisoslashtirilgan_maktablar

📣 AGENTLIK TIZIMIDAGI TAYANCH IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLARGA ARIZA TOPSHIRGAN TALABGORLAR DIQQATIGA!

❗️Tayanch ixtisoslashtirilgan maktablarining imtihonlari joriy yilning 25-26-iyul kunlari bo‘lib o‘tadi.

Imtihon ruxsatnomasini yuklab olish uchun talabgorning ariza.piima.uz saytiga kiritilgan telefon raqamlariga sms-xabarnoma yuboriladi.

⬇️SMS-xabarnoma borgandan so‘ng, ruxsatnomani yuklab olish uchun talabgor ariza.piima.uz saytiga kirib, “Shaxsiy kabinet” iga o’z ID raqamini kiritishi kerak.

🔹 Kirish imtihonlari bir bosqichda yo'nalishlar bo'yicha quyidagi tartibda o'tkaziladi:

Aniq fanlar yo'nalishi uchun:
-matematika fanidan 30 ta topshiriq (test shaklida)
-ingliz tili fanidan 15 ta topshiriq (test shaklida)

Tabiiy fanlar yo'nalishi uchun:
-tabiiy (sceince) fanlaridan 30 ta topshiriq (test shaklida)
-ingliz tili fanidan 15 ta topshiriq (test shaklida)

Talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun 90 daqiqa vaqt beriladi.

2023-2024-o‘quv yilida Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi 3 ta Tayanch ixtisoslashtirilgan maktablari:
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining – aniq fanlar yo‘nalishi bo‘yicha 5-sinfiga;
Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining – aniq fanlar yo‘nalishi bo‘yicha 7-sinfiga;
Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining – tabiiy fanlar yo‘nalishi bo‘yicha 7-sinfiga qabul qilinadi.

🔹 Imtihon natijalari Agentlikning rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
👍10
#imtihon_2024
#tayanch_ixtisoslashtirilgan_maktablar

🔔 AGENTLIK TIZIMIDAGI TAYANCH IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLARIGA KIRISH IMTIHONLARI BIR BOSQICHDA QUYIDAGI TARTIBDA O‘TKAZILADI:

📍Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabiga:
5-sinflar uchun matematikadan 30 ta topshiriq (shundan 10 tasi mantiqiy fikrlashga yo‘naltirilgan), ingliz tilidan 15 ta topshiriq, jami 45 ta topshiriq test shaklida o‘tkaziladi.

📍Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabiga:
7-sinflar uchun tabiiy (science) fandan 30 ta topshiriq va ingliz tilidan 15 ta topshiriq, jami 45 ta topshiriq test shaklida o‘tkaziladi.

📍Mirzo Ulugʻbek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabiga:
7-sinflar uchun matematikadan 30 ta topshiriq (shundan 10 tasi mantiqiy fikrlashga yo‘naltirilgan), ingliz tilidan 15 ta topshiriq, jami 45 ta topshiriq test shaklida o‘tkaziladi.

Eslatma, talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun 90 daqiqa vaqt beriladi.

❗️DIQQAT, talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun belgilangan vaqtdan (90 daqiqa) tashqari, kirish imtihonining javoblar varag‘ini belgilash uchun qo‘shimcha vaqt berilmaydi.


🔔 TAYANCH IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLARNING KIRISH IMTIHONLARI 9-, 10-IYUL KUNI BO‘LIB O‘TADI.

Bu yil har yilgidan farqli ravishda hududlardan hujjat topshirgan talabgorlar uchun kirish imtihonlari o’z hududlarida – Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida bo’lib o’tadi.

‼️ Yaʼni hududlardan mazkur maktablarga hujjat topshirgan oʻquvchilarning imtihonda qatnashishi uchun Toshkent shahriga kelishlari talab etilmaydi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7