Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi | Rasmiy sahifa
637 subscribers
5.46K photos
524 videos
18 files
1.77K links
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi
Download Telegram
#Insholar_tanlovi
#brat_maktabi

✍️Davlat bayrog‘iga bag‘ishlab o‘tkazilgan Respublika insholar tanlovi sovrindori taqdirlandi

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabining 9-sinf o‘quvchisi Shaxzodaxon Abdullayeva “O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilinganligining 32 yilligi” munosabati bilan O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi hamda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi hamkorligida o‘tkazilgan insholar tanlovida ishtirok etib, faxrli 🥉uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. 01.12.2023-kuni Namangan viloyati Davlatobod tumanidagi 92-sonli umumta’lim maktabida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Namangan viloyat bo‘limi rahbari Musoxon Appaqov tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

___
Web | Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram
#Insholar_tanlovi
#Ibrat_maktabi

TARIX QA’RIDAGI IKKI YULDUZ

✍️ Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi o‘quvchilari o‘rtasida buyuk shoir va mutafakkir, atoqli davlat va jamoat arboblari tavalludi munosabati bilan “Tarix qa’ridagi ikki yulduz’’ mavzusida insholar tanlovi o‘tkazildi

⚡️O‘quvchilarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Boburning boy va serqirra ijodiy meroslarini har tomonlama chuqur o‘rganish, ijodkor va iste’dodli o‘quvchilarni aniqlash, ularni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish maqsadida tashkil etilgan tanlovning ijod maktabi bosqichida barcha o‘quvchilari ishtirok etdi. G‘olib bo‘lgan o‘quvchilarni keyingi bosqichga tavsiya etildi.

___
Web | Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram