Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi | Rasmiy sahifa
639 subscribers
4.99K photos
504 videos
18 files
1.66K links
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi
Download Telegram
#Ibrat_maktabi
#robocoding_olimpiadasi

⚡️Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabida "Robo-coding" olimpiadasining maktab bosqichi o'tkazildi
.

🏆 Olimpiada uch topshiriq bo'yicha 2 nafardan iborat jamoalar o'rtasida olib borildi,:
1-Robot loyihalash — Lego to'plami orqali chiziqdan yurish (tayyorlash, kodlash videolavhasi bilan);
2-Muhandislik ishi — Planer (Glider) uchirish (chizish, tayyorlash videolavhasi bilan);
3-Dasturlash — robocontest.uz platformasida masala yechish (qiyinlik darajasi har xil dasturlarni topshirish).

Olimpiadaning asosiy maqsadi Agentlik tizimidagi maktablarda ta'lim olayotgan o'quvchilarni sun'iy intellekt va robototexnika yo'nalishlari bo'yicha qiziqishlarini yanada kuchaytirish, ushbu yo'nalishda iqtidorli o'quvchilarni aniqlash, ularni munosib rag'batlantirish va iqtidorlarini ro'yobga chiqarish uchun shart-sharoit yaratishdan iborat.
___
Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram
#xalqaro_hamkorlik

KOREYA TA’LIM MARKAZI BILAN HAMKORLIK MASALALARI MUHOKAMA QILINDI

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligiga Koreya Respublikasi elchixonasi qoshidagi Koreya ta’lim markazi direktori Lee Young Woong tashrif buyurdi.

Tashrif doirasida tashkil etilgan uchrashuvda Agentlik direktori Alisher Ubbiyev Oʻzbekiston va Koreya Respublikasi oʻrtasida barcha sohalar kabi taʼlim yoʻnalishida ham hamkorlik aloqalari tobora rivojlanib borayotganligini alohida ta’kidladi.

Joriy yilda Agentlik va Koreya ta’lim markazi hamkorligida "Incheon ta’lim festivali", "Tabiiy fanlar festivali", koreys tili bo‘yicha Respublika olimpiadalari kabi qator loyihalar amalga oshirildi.

Shuningdek, Agentlik tizimidagi maktablar oʻqituvchilari va oʻquvchilari Koreya Respublikasida tashkil etilgan ta’lim festivallari, malaka oshirish dasturlarida ishtirok etdi. Xususan, 19-xalqaro standartlar olimpiadasida oʻquvchilarimiz ilk bor qatnashib 3 ta oltin va 3 ta kumush medallarni qoʻlga kiritishdi.

Uchrashuvda Agentlik tizimidagi maktablar ta’lim jarayoniga STEM va koreys tili fanidan xalqaro toifadagi oʻqituvchilarni jalb qilish, xalqaro olimpiadalarga oʻquvchilarni tayyorlash, akademik tajriba va milliy-madaniy ma’lumotlar almashishni koʻzda tutuvchi seminar-treninglarni tizimli tashkil etish kabi masalalar yuzasidan fikr va takliflar almashildi.

Tashrif doirasida mehmonlar Agentlik tizimidagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda ham boʻlib, bu yerda yaratilgan zamonaviy ta’lim sharoitlari bilan yaqindan tanishdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Korea
#trening

🇰🇷 Koreya Respublikasi Ta'liin markazi tashabbusi bilan 2024-yil 17-noyabrdan 24-noyabrgacha Janubiy Koreyaning Seul shahrida “2024 MDH mintaqalarida koreys tili o'qituvchilari uchun salohiyatni oshirish treningi” bo‘lib o‘tmoqda.

👩‍🏫 Treningda bizning ijod maktabi o‘qituvchisi Xo'janazarova Nazira ham qatnashmoqda.

📕 Tadbir maqsadi: MDH mintaqalarida mahalliy koreys tili o'qituvchilarining tajribasi va imkoniyatlarini oshirish va almashish imkoniyatlarini yaratish, davlatlar hamda maktablararo til va madaniyat almashinuvi.
___
Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram
Forwarded from Fan olimpiadalari markazi (FOM) (U.R)
📣📣📣📣📣

😄Asosiy olimpiadaning III (viloyat) bosqichiga start berildi.

Bugun Respublikamizning barcha 14 ta hududida 1-guruh fanlaridan (matematika, fizika, kimyo, biologiya, informatika) asosiy olimpiadaning III (viloyat) bosqichiga start berildi.

Viloyat bosqichi 17 ta fandan tashkil qilinib, 4-dekabr kunigacha davom etadi, bunda 33 ming nafarga yaqin 9-10-11-sinf o’quvchilarining ishtiroki kutilmoqda.

✔️Amaldagi tartib bo'yicha asosiy olimpiadaning III bosqichida g'olib bo‘lgan o'quvchilar

🔝1-o'rin uchun BHMning 6 baravari;
🔝2-o'rin uchun BHMning 4 baravari;
🔝3-o'rin uchun BHMning 3 baravari miqdoridagi pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

✔️ Mazkur bosqichda 1-2-3 o'rinni qo'lga kiritgan 11-sinf o'quvchilari olimpiadaning Respublika bosqichida, shuningdek, 1-guruh fanlaridan har bir sinf bo’yicha eng yaxshi natija qayd etgan dastlabki 5 nafar ishtirokchi xalqaro olimpiadalarda ishtirok etadigan O’zbekiston terma jamoasiga saralashning 1-bosqichida ishtirok etish imkoniyatini qo‘lga kiritadi.

Barcha ishtirokchilarga omad tilab qolamiz!

🌐 👉 olympiad.uzedu.uz
Telegram | 📹Youtube | Facebook | 🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM