Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi | Rasmiy sahifa
642 subscribers
5.05K photos
506 videos
18 files
1.67K links
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi
Download Telegram
#Ibrat_maktabi
#Kitobxonlik

KITOBXON BOLAJONLARGA TUHFA

⚡️O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi hamda Alisher Navoiy nomidagi Milliy kutubxona bilan hamkorlikda “Kitobxon bolajonlarga tuhfa” loyihasini amalga oshirmoqda.

📚Namangan shahridagi Nodirabegim viloyat axborot kutubxona markazida bo‘lib o‘tgan taqdimot ham kitoblar tuhfasiga bag‘ishlandi . O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi viloyat bo‘limi rahbari Nosirjon Dehqonov taqdimotni ochar ekan, bugungi globallashuv sharoitida, ayniqsa, axborot xurujlari ortib borayotgan sharoitda millatni, xususan, farzandlarimizni g‘oyaviy illatlardan kitob va kitob mutolaasi asrab qolishi mumkinligini ta’kidladi. O‘n turdagi o‘zbek va jahon adabiyoti durdonalari jamlangan kitoblar viloyatdagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar kutubxona fondiga tuhfa etildi.

___
Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram
#Ibrat_maktabi
#Mahorat_darsi

📚 26.11.2024-yil kuni Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabida o'quvchi-yoshlarga navbatdagi "Mahorat darsi" tashkil etildi.

✍️ "Mahorat darsi" O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zolari Sodiq Sayhun va Dilorom Ergashevalar tomonidan olib borildi.

📘 “Badiiy obraz va ifoda” mavzusida olib borilgan mahorat darsida 7-10 - sinflar va ijodkor o‘quvchilar qatnashdilar. Mahorat darsida badiiy obrazning o'zbek adabiyotshunoslikdagi o'rni, o'zbek adabiyotshunos olimlarining obraz bo'yicha qarashlari va badiiy adabiyotda obrazning o'ziga xosligi “obraz” atamasi kengroq tushuntirildi va o‘ziga xos xususiyatlari kabi masalalari o‘rganildi. Mahorat darsi davomida o‘quvchilar o‘zlarini ijodlari bilan o‘rtoqlashdilar.

___
Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram