Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi | Rasmiy sahifa
654 subscribers
4.91K photos
499 videos
18 files
1.64K links
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi
Download Telegram
#5_tashabbus
#Ibrat_maktabi

"IJODIY TANLOV"

⚡️Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabida o‘quvchi-yoshlarni bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida nemis tili fan to‘garagi doirasida ijodiy tanlov tashkil etildi.

21-noyabr 2022-yil kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 5 tashabbusini amalda bajarish hamda to‘garaklar faoliyatini yanada takomillashtirish maqsadida oliy toifali nemis tili fani o‘qituvchisi D. Isoqova rahbarligida 9-sinf o‘quvchilari o‘rtasida ijodiy tanlov tashkil etildi. Sinflar Fast Food va Bio Oziq ovqat mavzusiga prezentatsiya qilish, grammatik savol-javob hamda berilgan mavzularga erkin muloqot shartlari bo‘yicha bellashdilar. Tanlovda faol ishtirokchilariga maktab ma’muriyati tomonidan esdalik sovg‘alari berildi.

~~~~~~~~~~~~~~~~
🌐 Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz:
——————————
| Web | Telegram | Youtube | Google | Facebook |
#5_tashabbus
#Ibrat_maktabi

24-noyabr kuni Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Isʼhoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabida o‘quvchilarni bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 5 tashabbusini amalda bajarish maqsadida "World television day" Shiori ostida ko‘ngilochar tadbir bo‘lib o‘tdi.Tadbirda o'quvchilar tomonidan tayyorlangan sahna “Gari Poter”, “Kavkaz asirasi”, “Abdullajon”, “Smurklar”, “Uch bahodir” va boshqa kino va multfilmlardan parchalar qo‘yishdi.

🎫 © Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi matbuot xizmati, 2022.
—————————--
🌐 Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz:
—————————--
| Web | Telegram | Youtube | Google | Facebook |
#Ibrat_memorial_majmuasi
#Kitob_taqdimoti
#5_tashabbus

🗓 10-oktabr kuni kutubxonachi X.Rahmonjonova va tarbiyachi-pedagog G.Rahimova hamkorligida 7-"A" sinf o'quvchilari uchun
📙 "Oʼzbek tilining izohli lugʻati" kitobining taqdimoti bo'lib o'tdi.

Bundan koʻzlangan maqsad oʼquvchilarni oʼzbek tili qanchalik boy til ekanligiga, undagi har bir soʼz boshqa tillardan oʼzgachaligi, betakrorligi bilan ajralib turishini anglab yetishlari hamda oʻz tiliga mehr uygʻotish hisoblanadi.

🧑‍🎓 Har bir oʻquvchi katta qiziqish bilan qarshi olishdi hamda oʻzbek tilida kengroq maʼlumotlarga ega boʻlishdi.

📚 Reja bo'yicha kelgusida yanada koʻplab taqdimotlar tashkillab, keng o'quvchi ommasiga maʼlumotlar ulashish maqsad qilingan.
___
Web | Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram
#Ibrat_maktabi
#Kitob_taqdimoti
#5_tashabbus

🔰 Barcha bilimlarning boshlanishi ham yakunlanishi ham kitob bilan ekanligini har zamonda ta'kid etilgan.

📚 Bugun maktab kutubxonamizga yangi keltirilgan kitoblar taqdimoti boʻlib oʻtdi.

👤 Darhaqiqat, kitob o'qish insonni kamolotga yetaklaydi, uni yuksaltiradi, fikrlar aniq va ravon boʻladi.

📙 Yangi nashdagi "Gʻaznai Namangon ensiklopediyasi", "Ma'naviyat asoslar lugʻati" kabi kitoblar toʻgʻrisida oʻquvchilarga tushuncha berildi.

🧑‍🎓👩‍🎓 Oʻquvchilar bilimlarini oshirish uchun shunday kitoblarni mutolaa qilish alohida ta'kidlandi.

📚 Reja bo'yicha kelgusida yanada koʻplab taqdimotlar tashkillab, keng o'quvchi ommasiga maʼlumotlar ulashish maqsad qilingan.
___
Web | Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram
#5_tashabbus
#Ibrat_maktabi

🌍Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbus doirasida “J’aime le francais” (fransuz tili kechasi) nomli ko‘ngilochar tadbir tashkil etildi.

🎷Oliy toifali fransuz tili fani o‘qituvchisi Valijon Mamajonov tomonidan yoshlarning musiqa, teatr va san’atning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirish maqsadida tashkil etilgan hisobot tadbirda Fransiyalik mehmon Rim Dahmani xonim hamda Namangan shahar 11-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi fransuz tili fani o‘qituvchisi Sh. Rahmatullayevalar ishtirok etdilar. Tadbirda fransuz tili o‘qitiladigan sinf o‘quvchilari tomonidan ashula va raqs, sahna ko‘rinishlari, savol-javoblar va intellektual o‘yinlar fransuz tilida namoyish etildi.

⚡️Tadbir yakunida faol ishtirok etgan o‘quvchilarga maktabi direktori tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari berildi.

👉🏼 Telegram
#Ibrat_maktabi
#tugaraklar_faoliyatidan
#5_tashabbus

🏫 Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi 7-"A" sinf o‘quvchilari darslardan so‘ng ixtisoslashtirilgan ijodiy to‘garaklarga jalb qilingan.

🎨 Pedagog-tarbiyachi G.Rahimova hamda “Tasviriy va raqamli san’at to‘garagi” rahbari B.Mamajonov hamkorligida o‘quvchilarga reja asosida vatanimizni, ajdodlarimizni, milliyligimizni aks etgan tasviriy rasmlar chizish o‘rgatib borilmoqda.
____
Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram
#Ibrat_maktabi
#tugaraklar_faoliyatidan
#5_tashabbus

MOHIR QO'LLAR

🏢 Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi 7-"A" o'quvchilari pedagog-tarbiyachi G.Rahimova boshchiligidagi "Mohir qo'llar" to'garak faoliyatidan foto lavhalar.

🔰 To'garak maqsadi 5 muhim tashabbus doirasida o'quvchi-yoshlarni bo'sh vaqtlarida kasb-hunarlarni o'rgatib borishdir.
___
Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram
#Ibrat_maktabi
#5_tashabbus
#taqdimot

YANGI ADABIYOTLAR TAQDIMOTI

📚 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Is’hoqxon Ibrat ijod maktabi kutubxonasida yangi adabiyotlar taqdimoti oʻtkazildi.

🔰 Jumladan, 8-sinf oʻquvchilari ishtirokida Ilxom Qosimov tomonidan toʻplangan va tarjima qilingan "Xitoy donishmadlari" kitobining taqdimoti boʻlib oʻtdi.

📇 Taqdimot maktab kutubxona mudirasi X.Raxmonjonova tomonidan ushbu adabiyot boʻyicha batafsil maʼlumotlar berildi.
___
Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram
#Ibrat_maktabi
#tugaraklar_faoliyatidan
#5_tashabbus

🏢 Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabida besh tashabbus doirasida "Milliy musiqa"  ijodiy to'garagi 8"B"- sinf o‘quvchilari ishtirokida musiqa to‘garagi rahbari S. Topildiyeva va tarbiyachi-pedagog Sh.Azizmuhamedova boshchiligida o'tkazildi.

🎼 To‘garakda o‘quvchilar musiqa asboblarini qanday chalishni o‘rganib o‘z mahoratlarini oshirishdi. Jumladan:
🎹 fortepianoda — "Tulpor-tulpor";
🎻 scripkada — "Ferede";
🪠 dutorda — "Yallama yorim"
kuylarini ijro etishni o'rganishdi.

___
Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram
#Ibrat_maktabi
#Tarbiyachilar_faoliyatidan
#5_tashabbus

🏢 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Isʼhoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi o‘quvchilarini bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida o‘zbek va dunyo kinematografiyasining 100 ta eng yaxshi namunasi bo‘lgan kinolar namoyishi tashkil etilmoqda

💫 04.10.2024-yil kuni tarbiyachi- pedagog G. Rahimova tomonidan 8-"A" sinf o‘quvchilariga Milliy uyg'onish davrining yetuk namoyandalaridan biri, Vatan va xalq istiqloli uchun jonini fido qilgan shoir, tarjimon, tarixchi va tilshunos olim, shariat va din peshvosi, 20 yildan ortiq xalq qozisi lavozimida faoliyat ko‘rsatgan jamoat arbobi bo‘lgan “Is’hoqxon Ibrat” filmi namoyish etildi. Unda Is’hoqxon Ibratning mashaqqatlari, voqealarga boy hayot yo‘li tasvirlanishi ko‘zda tutilgan...

___
Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram
#Ibrat_maktabi
#Tarbiyachilar_faoliyatidan
#5_tashabbus

📚Xalqimiz tilida kitob o‘qib bilim va munosib tarbiya olish, kasb-hunar o‘rganishning ahamiyatiga doir maqollar juda ko‘p. Jumladan, “Kitobsiz aql – qanotsiz qush”, “Bilim – aql chirog‘i”, “Go‘zallik – ilmu ma’rifatda”.

📖 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Isʼhoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbus doirasida tarbiyachi- pedagog M. Po‘latov 9- sinf o‘quvchilari bilan o‘zbek va dunyo adabiyotining eng sara 100 nomdagi kitoblaridan mutoalalar tashkil etilmoqda. Unda o‘quvchilar o‘zlari yoqtirgan asarlarini o‘qib voqeliklarni sharhlab berishdi.

___
Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram
#Ibrat_maktabi
#Tarbiyachilar_faoliyatidan
#5_tashabbus

TA’LIM TIZIMIDAGI ZAMONAVIYLIK

💻 Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabida besh tashabbus doirasida tarbiyachi-pedagog B. Sobirjonov rahbarligida 10-“B”sinf o‘quvchilari bilan kompyuter savodxonligi hamda internet tarmog‘idan samarali foydalanish yuzasidan amaliy dars tashkil etildi.

👩‍💻👨‍💻 Maqsad: O‘quvchilarni zamonaviy kasb- hunarlarga, xususan ATK (IT) bo’lgan qiziqishlarini yanada oshirish, boshlang'ich bilim va ko'nikmalarni egallashdan iborat.

___
Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram
#Ibrat_maktabi
#Tarbiyachilar_faoliyatidan
#5_tashabbus

MUZEYGA SAYOHAT

🏢 Isʼhoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi oʻquvchilarini mamlakatimizning qadimiy va boy tarixini o‘rganish, yoshlar orasida keng targ‘ib etish, shuningdek, ularda milliy g‘urur va iftixor tuyg‘usini mustahkamlash maqsadida oʻlkamizdagi muzeylarga sayohat uyushtirilmoqda.

🏞 Navbatdagi sayohat tarbiyachi-pedagog D. Umarova boshchiligida 7- sinf oʻquvchilari “Is’hoqxon To‘ra Ibrat” nomidagi muzeyi bilan tanishdilar . Muzey rahbari tomonidan Ibrat ijodi va shaxsiy hayotiga doir ma’lumotlar berildi.

___
Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram
#Ibrat_maktabi
#Tarbiyachilar_faoliyatidan
#5_tashabbus

SPORT BILAN HAMNAFAS

🎯 O‘quvchilarni bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda yoshlar o‘rtasida sportni keng targ‘ib qilish maqsadida "Sog‘ tanda, sog‘lom aql" shiori ostida sport mashg‘ulotlari tashkil etilmoqda.

🏐⚽️🏀2024-yil 04-oktabr kuni Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabining tarbiyachi-pedagog Y. Asqarov rahbarligida yoshlarni jismonan sog‘lom bo‘lishi, qon aylanish sistemasi va ish faoliyatini samaradorligini oshirish hamda tezkorlik, chidamlilik, chaqqonlik kabi sifatlarni rivojlantirish maqsadida 10 -"A" sinf o‘quvchilari bilan sport tadbirlari tashkil etildi. Ushbu tadbirda o‘quvchilar qobiliyatlariga ko‘ra gimnastika mashg‘ulotlari bilan shug‘ullandilar.

___
Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram
#Ibrat_maktabi
#Tarbiyachilar_faoliyatidan
#5_tashabbus

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Isʼhoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi o‘quvchilarini kasbga yo‘naltirish maqsadida Namangan davlat chet tillar institutiga tashrif buyurishdi.

💫 Tarbiyachi-pedagog M. Holmirzayeva tomonidan 11- sinf oʻquvchilarini OTM larga to‘g‘ri yoʻnaltirish, ijodiy faoliyatini yanada rivojlantirishga keng imkoniyatlar yaratish va amalga oshirilishi lozim bo‘lgan istiqbolli rejalarni koʻrib chiqish maqsadida Namangan davlat chet tillar institutiga sayohat tashkil etildi. O‘quvchilar institutning o‘quv binolari, xonalar, sport zal va o‘quvchilar turar joylari bilan yaqindan tanishdilar.

___
Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram
#Ibrat_maktabi
#Tarbiyachilar_faoliyatidan
#5_tashabbus

🏢 Is'hoqxon Ibrat  nomidagi ijod maktabi 8"B" sinf o'quvchilarining bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida aql mashg'uloti o'tkazildi.

💠 Unda tarbiyachi-pedagok Sh.Azizmuhamedova hamda jismoniy tarbiya o'qituvchisi I.Ismoilov bilan shaxmat va shahka sporti o'yinlari qoidalari, shartlari va texnikalari mavzusida mashg'ulot bo'lib o'tdi.
___
Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram
#Ibrat_maktabi
#Tarbiyachilar_faoliyatidan
#tugaraklar
#5_tashabbus

🏢 Is'hoqxon Ibrat  nomidagi ijod maktabi 11-"B" sinf o'quvchilarining bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida media mashg'uloti o'tkazildi.

🎦 Tarbiyachi-pedagog D.Toʻraboyeva hamda "Audio-Visual asarlarni yaratish va qayta ishlash" to'garagi rahbari B.Boybabayev bilan hamkorlikda 11-"B" sinfning mediaga qiziquvchi o'quvchilarga kitoblarni audio formatda saqlashni o'rgatishdi.

🎤 Mashg'ulot davomida 11-"B" sinf oʻquvchilari Saminjonova Jumagul o'qib bergan Abdulla Qahhorning "Dahshat" hikoyalar toʻplamidagi "Anor" hikoyasini audio kitob holatida raqamlashtirishdi.
___
Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram
#Ibrat_maktabi
#Tarbiyachilar_faoliyatidan
#5_tashabbus

📚 Kitob zamonlar dengizida sayohat qilayotgan va o‘zining qimmatbaho yukini avlodlardan-avlodlarga tashiyotgan hikmat kemasidir.

💫Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Isʼhoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi o‘quvchilarini bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida tarbiyachi- pedagog G.Rahimova, adabiyot fani o‘qituvchisi M.Munavvarova hamda 8-"A" sinf o‘quvchilari jurnalist va publitsist Grigoriy Petrovni "Oq nilufarlar yurtida" asari tahlili bo‘lib o‘tdi.

📖Ushbu kitobda bir millat uyg‘onishiga guvoh bo‘lgan Grigoriy Petrovning kelajak haqida kuzatuvlari va kuzatgan voqealari mavjud, unda milliy uyg‘onishga olib boradigan yo‘l yuksak axloq, mehnatsevarlik va ishlab chiqarish orqali o‘tadi va bu faqat poydevori mustahkam bir taʼlim tizimi bilan qilinishi mumkinligi yuzasida yozilgan.

___
Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram
#Ibrat_maktabi
#Tarbiyachilar_faoliyatidan
#5_tashabbus

🎨 Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbus doirasida tarbiyachi-pedagog Y. Asqarov rahbarligida 10-“B”sinf o‘quvchilari maktabda tashkil qilingan "Tasviriy va raqamli san’at " to‘garagida o‘quvchilar raqamli texnologiyalar orqali rassomlik saboqlarini o‘rganyaptilar.

📷Jarayondan fotolavhalar

___
Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram
#Ibrat_maktabi
#Tarbiyachilar_faoliyatidan
#5_tashabbus

Ustozlar va ularning mashaqqatli mehnatiga bag‘ishlangan filmlar. Ustozlarning nafaqat o‘zi, balki ular haqidagi yaxshi film ham tarbiyalashi, o‘rgatishi mumkin.

💫 10.10.2024-yil kuni Isʼhoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi tarbiyachi- pedagogi D. Umarova tomonidan 7- sinf o‘quvchilariga Hindistonda suratga olingan “Yerdagi yulduzchalar” filmi namoyish etildi.

🎞 Unda 8 yoshli Ishan Avasti tug'ilishdan boshlab boshqa bolalardan bir oz farq qilishi. Ishani uchinchi marta maktab imtihonlaridan o'ta olmaganida, otasi bolani jazo sifatida maktab-internatga berishi. Ishanning hayotida vaqtinchalik san'at o'qituvchisi Ram Nikum paydo bo'lishi - bu bolani tushunadigan yagona odam sifatida o'z oldiga bolaning hayoti va unga bo'lgan munosabatini o'zgartirishni maqsad qilib qo'yishi to'g'risida lavhalar aks etgan.

___
Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram