Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi | Rasmiy sahifa
652 subscribers
4.91K photos
499 videos
18 files
1.64K links
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi
Download Telegram
Abdulla Avloniy nomidagi institut pedagoglarda kasb mahoratini oshirishga mas’ul bo‘lishi belgilandi.

Institutning 12 ta hududiy markazini zamonaviy qiyofaga keltirish va jihozlash uchun yaqin 3-yilda byudjetdan har yili 50 milliard so‘m ajratiladi.

Hokimlarga joylardagi barcha malaka oshirish markazlarini zamonaviy qiyofaga keltirish topshirildi.

Malaka oshirishda vazirlik, malaka oshirish markazi, maktab va bog‘chani bog‘laydigan vertikal tizim yo‘lga qo‘yiladi.

Bundan tashqari, joylarda 1 ming 300 ta tayanch maktab va 200 ta bog‘cha tanlab olinib, ulardagi yetakchi o‘qituvchilar yosh pedagoglar uchun “Kasbiy rivojlanish kuni” va “Kasbiy rivojlanish soati”ni tashkil etadi.

Buning uchun yetakchi o‘qituvchilarning ish haqiga 20 foiz ustama qo‘shiladi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Muallimlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning mehnatini munosib rag‘batlantirish albatta davom ettirilishi ta’kidlandi.

Kelgusi o‘quv yilidan xalqaro standartlar asosida malaka sertifikatini berish yo‘lga qo‘yiladi.

Sinovlarda 86 va undan yuqori ball olgan pedagoglar qo‘shimcha 70 foiz ustama oladi.

Misol uchun, oliy toifali biologiya o‘qituvchisi o‘z fani bo‘yicha xalqaro sertifikati bo‘lsa – 50 foiz, direktor jamg‘armasidan 40 foizgacha va yangi talabga javob bersa, yana 70 foiz ustama oladi.

Shu tariqa uning umumiy oylik maoshi 4 million 500 ming so‘mdan 12 million so‘mga yetadi.

O‘qituvchilar uchun 1 ming dollar maosh bugun real hodisaga aylanib borayotganini shu misolda yaqqol ko‘rish mumkin.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashi har yili sog‘lig‘ini tiklash uchun sanatoriy va dam olish maskanlariga yuboriladigan o‘qituvchilar sonini 2 barobar oshirsa, maqsadga muvofiq bo‘lishi qayd etildi.

Rektorlar ham oliygohlarni rivojlantirish jamg‘armasi hisobidan professor-o‘qituvchilar uchun sihatgoh yo‘llanmalari sonini 50 foizga oshirishlari lozimligi ko‘rsatib o‘tildi.

Bir yil oldin maktab direktorlarini o‘qitish tizimi joriy etilgan edi. Bugungi kunda ulardan 1 ming 206 nafari menejerlik sertifikatiga ega bo‘ldi. Hozir ana shu direktorlarga ustama berilmoqda.

Endi bu amaliyot 2025-yil 1-sentyabrdan bog‘cha mudiralariga ham tatbiq etiladi va ularga har oyda 30 foizgacha qo‘shimcha ustama to‘lanadi.

Maktab direktori, uning boshqaruvchilik mahorati haqida muhim qo‘llanma bo‘ladigan kitoblar yo‘qligi qayd etilib, tegishli mutaxassislarni jalb etgan holda maktab direktorlari haqida ana shunday kitob tayyorlansa, ayni muddao bo‘lishi ta’kidlandi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Aholi o‘sishi tufayli yiliga maktablarda – 120 mingta, bog‘chalarda – 30 mingta qo‘shimcha o‘ringa talab yuzaga kelmoqda.

Kelgusi yili byudjetdan ajratiladigan 3 trillion 200 milliard so‘m hisobidan 375 ta maktab va 97 ta bog‘cha rekonstruksiya qilinadi va yangilari barpo etiladi.

Bundan tashqari, Islom taraqqiyot banki va OPEK jamg‘armasining 50 million dollar mablag‘i doirasida kelgusi 4-yilda 200 ta xususiy bog‘cha qurilib, yangi 30 mingta o‘rin yaratiladi.

Yangi yildan boshlab xususiy sektorda o‘quvchi o‘rinlarini ko‘paytirish uchun maktab ochadigan tadbirkorlarga 20 milliard so‘mgacha kredit ajratiladi. Kredit foizining asosiy stavkadan 1,5 barobar oshgan qismi byudjetdan qoplanadi.

Shuningdek, yangi quriladigan xususiy maktab binolari uchun kommunal xarajatlarning 50 foizi 5-yil muddatgacha byudjetdan to‘lab beriladi.

Tadbirkorlar o‘z hisobidan maktab qursa, unga ketgan xarajatlar foyda solig‘idan ikki yil davomida teng ulushlarda chegirib tashlanadi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Ta’limda sifat va raqobatni ta’minlash uchun raqamlashtirish darajasi oshiriladi.

O‘tgan 5 yilda 13 ming 500 dan ortiq kompyuter sinf xonalari 200 mingta zamonaviy kompyuter bilan ta’minlandi. Kelgusi yil yana 2 mingdan ziyod kompyuter sinflari yangilanadi, bunga byudjetdan 400 milliard so‘m beriladi.

Ana shu kompyuterlarga elektron ta’lim kontentlari yuklanib, bolalar uchun mustaqil ta’lim olish imkoniyati oshadi.

O‘quvchilar murakkab konsepsiyalarni oson o‘zlashtirishi uchun aniq va tabiiy fanlar bo‘yicha virtual laboratoriyalar tashkil etiladi. Yangi o‘quv yilidan boshlab bunday laboratoriyalar har bir viloyatda 10 tadan maktabda tashkil etiladi.

Shuningdek, maktab tizimida o‘qituvchi o‘z imkoniyati va yutuqlarini, yangi ishlanmalarini e’lon qilishi uchun yagona onlayn platforma yaratiladi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Xususiy bog‘chalar kabi 6 ming 800 ta davlat bog‘chalarida ham davomat, to‘lovlar, oziq-ovqat xarajatlarini shakllantirish to‘liq raqamlashtiriladi.

Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, shu tariqa yiliga 10 foiz mablag‘ tejaladi.

Iqtisod qilingan pullar “Ta’limni rivojlantirish” jamg‘armasiga yo‘naltirilib, maktablarning moddiy-texnik bazasini yaxshilash va mahoratli o‘qituvchilarni rag‘batlantirishga sarflanadi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Prezident maktablari va ixtisoslashgan maktablar tajribasi ommalashtiriladi.

Ushbu yo‘nalishda yana 1 mingta umumta’lim muassasasida Prezident maktablari va ixtisoslashgan maktablardagi baholash tizimini joriy etish boshlandi.

Lekin, ularning 300 tasida moddiy-texnik baza talabga mutlaqo javob bermaydi.

Tuman va shahar hokimlariga har haftada maktablardan xabar olish, kamchiliklarni bartaraf etish, muallimlar bilan yaqindan suhbat qurib, mavjud muammolarni hal etish ishlarini kuchaytirish topshirildi.

Viloyat, tuman va shahar hokimlari oldiga yangi baholash tizimi tatbiq qilinayotgan, lekin ta’mirga muhtoj 300 ta maktabni joriy ta’mirlash va jihozlash ishlarini olti oy muddatda yakunlash vazifasi qo‘yildi.

Bundan buyon hududlarning birinchi rahbarlari faoliyatiga baho berishda ta’limning sifati, maktablardagi sharoit, o‘qituvchilarning qadr-qimmati asosiy mezonlardan biri bo‘lishi belgilandi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta-maxsus, oliy ta’lim va malaka oshirish tizimida yagona uzviy zanjirni yo‘lga qo‘yish uchun pedagogik ta’lim klasterlari tashkil etiladi.

Klaster tajriba-sinov tariqasida dastlab Andijon va Buxoro shaharlaridagi pedagogika kollejlarida barpo etiladi va hududlardagi pedagogika institutlari boshqaruvida bo‘ladi.

Andijon va Buxoro pedagogika institutlari bunga byudjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan 25 milliard so‘mdan ajratadi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Iqtidorli yoshlarni seleksiya qilish tizimi yangi bosqichga olib chiqiladi. Buning uchun xalqaro darajada fan olimpiadalariga tayyorlash markazi tashkil etiladi.

Rag‘batlantiriladigan xalqaro fan olimpiadalari soni 18 tadan 22 taga yetkaziladi.

Bunda nufuzli xalqaro olimpiadada oltin medal olgan o‘quvchiga – 170 million so‘m, kumush medalga – 102 million so‘m, bronza medal uchun – 68 million so‘m mukofot puli beriladi.

Shu bilan birga, ana shu o‘quvchilarning o‘qituvchilari 50 milliondan 150 million so‘mgacha mukofotlanib, ularga bir yilda 100 foizlik ustama olish imkoni yaratiladi.

Ilk bor xalqaro fan olimpiadalarida g‘olib bo‘lgan o‘quvchilar jamoasi rahbarlarini ham rag‘batlantirish tizimi yo‘lga qo‘yiladi.

Xalqaro fan olimpiadalarida g‘olib bo‘lgan farzandlarimizni tantanali kutib olib, ularni ham qahramonlar sifatida e’zozlab, xalqimizga tanitish zarurligi ta’kidlandi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Bu yil 14 ta maktabda pedagog kasbiga qiziqqan 10-11-sinf o‘quvchilari uchun alohida sinflar tashkil etildi.

Kelgusi o‘quv yilidan yana 60 ta maktabda, jumladan, 10 ta ixtisoslashgan maktabda bu tajriba joriy qilinadi.

Kelajakda ushbu sinflarni tamomlagan o‘quvchilar shu yo‘nalishdagi oliygohlarga kirsa, ularga 2-kursdan maktabga borib kasbiy mahoratini oshirishi uchun imkoniyat yaratiladi. Alohida qobiliyatga ega talabalarga dars o‘tgani uchun oylik ham to‘lanadi.

Prezidentimiz pedagogika yo‘nalishidagi oliygohlarda tahsil olayotgan iqtidorli talabalar uchun Abdulla Avloniy nomidagi stipendiyani tashkil etishni taklif qildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Sifatli ta’limning ajralmas qismi bo‘lgan tarbiya va odob-axloq jarayonlari zamonaviy yondashuv asosida yo‘lga qo‘yiladi.

Shu maqsadda Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti yangidan tashkil etildi.

Ushbu institutning tarbiya sohasidagi milliy an’analarni o‘rganish, tiklash va zamonaviy ma’naviy-axloqiy tarbiya tizimini joriy qilish yo‘nalishidagi faoliyatini yanada kuchaytirish zarurligi qayd etildi.

Yoshlarimizda g‘oyaviy immunitetni shakllantirishda kattalar ham ijtimoiy tarmoqlarda faol bo‘lishi, bolalarimizga ijobiy ta’sir ko‘rsatishlari kerakligi ta’kidlandi.

Mutasaddilarga ota-onalar, o‘qituvchilar va o‘quvchilar uchun tarbiyaga oid raqamli kontent yaratish topshirildi.

Ushbu kontent “Milliy tarbiya” elektron platformasiga va yetakchi ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirilib, doimo yangilab boriladi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Yoshlarni milliy ruhda tarbiyalashda madaniyat va san’at beqiyos ahamiyatga ega.

Madaniyat va san’at bilan oshno bo‘lgan o‘quvchilar ezgulikning kuchini chuqur his etadi, ularda o‘ziga ishonch paydo bo‘ladi.

Shu munosabat bilan musiqa o‘qituvchilarining kasbiy mahorati va ko‘nikmasini oshirish, madaniyat va san’at tizimidagi oliygohlarda umumta’lim maktablari uchun musiqa o‘qituvchilarini tayyorlash zarurligi ta’kidlandi.

“Turon” teatrining ijobiy tajribasi asosida maktablarda “Iqtidor” havaskorlar badiiy jamoalarini tashkil qilish muhimligi aytildi.

Bu jamoalarga musiqa o‘qituvchilari rahbarlik qiladi. Musiqa maktablari esa joylarda tayanch maktabi sifatida ish olib boradi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Davlatimiz rahbari o‘quvchilarning kitobxonlik madaniyati doimo e’tibor markazida bo‘lishini ta’kidladi.

O‘quvchilarda kitobga bo‘lgan qiziqishni oshirish, ularga kitobxonlik madaniyatini singdirish uchun alohida tanlov o‘tkazib, g‘olib bo‘lgan yoshlarga avtomobil sovg‘a qilish yo‘lga qo‘yilgan.

Mutasaddilarga bu ishlarni yanada ommalashtirish va kerak bo‘lsa, eng olis qishloqdagi maktablarga ham yetkazish topshirildi.

Buning uchun maktablardagi ma’naviyat xonasi va kutubxonasi zarur texnika va optik tolali Internet tarmog‘i bilan ta’minlanadi, barcha maktablarning Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi elektron portalidan foydalanishi tashkil etiladi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Prezident yurtimizdagi barcha ota-onalar, ustoz va murabbiylarga murojaat qildi:

“Bizning dunyodagi eng aziz va mo‘tabar xazinamiz – bu umrimiz guli va mevasi bo‘lgan farzand va nabiralarimizdir.

Hech shubhasiz, barchamiz ularning kelajakda baxtli va saodatli insonlar bo‘lib yashashini istaymiz. Lekin bunga erishish oson emas.

Ayniqsa, bugungi tahlikali davrda ezgu maqsadlarga yetish uchun insonga hushyorlik va ogohlik, qat’iy iroda, yuksak bilim va keng dunyoqarash, zamonaviy kasb-hunarlar har qachongidan ham zarur.

Ta’lim va tarbiya – butun jamiyatning muqaddas ishidir! Barchamizdan doimo hamjihatlik, faollik va fidoyilikni talab etadigan hayot-mamot masalasidir.

Ezgulik, bilim va ma’rifatni qurol qilib, jaholat va yovuzlik yo‘lini to‘saylik!

Farzandlarimizning baxti, yorug‘ kelajagi uchun, jonajon Vatanimiz istiqboli uchun mustahkam poydevor yarataylik!”

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Yoshlar qalbida vatanparvarlik tuyg‘usini kuchaytirishda sportchi murabbiylarimiz va harbiylarimiz ham faol bo‘lishlari zarurligi ta’kidlandi.

Bugun zamonning o‘zi har birimizdan ona yurt himoyachisi, vatanparvar bo‘lishni talab etmoqda.

Bunda ayniqsa mard va jasur serjant va ofitserlar, harbiy chaqiriqqa tayyorlash fani o‘qituvchilari o‘rnak bo‘lishlari kerak.

Hozir maktablarda qariyb 10 ming nafar ana shunday o‘qituvchilar faoliyat ko‘rsatmoqda. Afsuski, ularning aksariyatida harbiy sohadagi zamonaviy bilim va ko‘nikmalar, ular uchun ish sharoiti talab darajasida emasligi qayd etildi.

Endi mana shu o‘qituvchilar Mudofaa vaziri tomonidan zaxiradagi harbiy xizmatchilar tarkibi orasidan tayinlanishi belgilandi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Tarbiya borasida milliy sportimiz fidoyilari, xususan, jismoniy tarbiya o‘qituvchilariga ko‘p narsa bog‘liqligi ta’kidlandi.

Afsuski, maktablardagi 33 ming nafar jismoniy tarbiya o‘qituvchisining kasbiy va jismoniy mahorati yetarli emas.

Mutasaddilarga bu o‘qituvchilar tarkibini faol va chempion sportchilar orasidan tanlov asosida to‘ldirish, ularning kasbiy mahorati va malakasini Jismoniy tarbiya institutida oshirib borishni yo‘lga qo‘yish topshirildi.

Maktablarda yoshlarni aqliy rivojlantirishda muhim o‘rin tutadigan shaxmatni ommalashtirish uchun alohida qaror loyihasi ishlab chiqiladigan bo‘ldi. Yoshlarimiz o‘rtasida bu sport turi yanada rivojlantiriladi.

Shundagina sport bo‘yicha yaxlit tizim paydo bo‘lib, maktablarda jismoniy tarbiya darslarining sifati oshadi, mahallarda ommaviy sport rivojlanadi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Prezident Shavkat Mirziyoyev Abdulla Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutiga tashrif buyurib, yangilangan sharoitlar bilan tanishdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube