Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi | Rasmiy sahifa
666 subscribers
4.82K photos
496 videos
18 files
1.63K links
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi
Download Telegram
#Ibrat_maktabi
#Ustozlar_kuni_tadbiri

"Ustozlari ulug'langan yurt kelajagi doimo buyukdir"

💫 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabida 1-oktabr — "O'qituvchi va murabbiylar kuni" munosabati bilan tantanali bayram tadbiri o'tkazildi.

💐 O'quvchilar o'z badiiy chiqishlari bilan Ustoz va murabbiylarini ulug' bayram bilan tabriklashdi.

🌺 Barcha o'qituvchi va murabbiylarni kasb bayramlari bilan muborakbod etamiz.
___
Web | Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram
Бугун Президент Шавкат Мирзиёев Ўқитувчи ва мураббийлар куни муносабати билан давлат мукофотларини топширади ҳамда соҳа вакиллари билан таълимда амалга оширилаётган ишлар ва келгусидаги устувор вазифалар юзасидан мулоқот ўтказади.

Шунингдек, давлатимиз раҳбари янгидан ташкил этилган Абдулла Авлоний номидаги Педагогик маҳорат миллий институтида яратилган шароитлар билан танишади.

Сегодня Президент Шавкат Мирзиёев вручит государственные награды в связи с Днем учителей и наставников, а также проведет диалог с представителями сферы о проводимой работе и дальнейших приоритетных задачах в образовании.

Глава государства также ознакомится с созданными условиями в новом Национальном институте педагогического мастерства имени Абдуллы Авлони.

Facebook|Instagram|X
Prezident Shavkat Mirziyoyevning ta’lim-tarbiya sohasi vakillari bilan muloqoti boshlandi.

Avvalo, alohida o‘rnak ko‘rsatgan ta’lim sohasi xodimlarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Prezident mamlakatimizning barcha ta’lim-tarbiya xodimlarini O‘qituvchi va murabbiylar kuni bilan samimiy muborakbod etib, davlat mukofotlarini o‘z egalariga tantanali ravishda topshirdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Davlatimiz rahbari sohada amalga oshirilayotgan katta ishlar borasida ba’zi misollarni keltirdi.

O‘tgan 7-yilda ta’limni rivojlantirishga jami 216 trillion so‘m mablag‘ yo‘naltirildi. Moddiy-texnik bazani mustahkamlash uchun byudjetdan 19,5 trillion so‘m sarflanib, 6 mingta davlat maktabi va 3,5 mingta bog‘cha rekonstruksiya qilindi va yangidan qurildi.

Xususiy ta’limga keng imkoniyatlar yaratilayotgani tufayli xususiy maktablar soni 27 tadan 500 taga yetdi, nodavlat bog‘chalar 250 tadan 30 mingtaga ko‘paydi.

Bu moddiy resurslar birinchi navbatda intellektual-ma’naviy resurslar bilan to‘ldirilishi kerakligi, shundagina ta’limda sifat, samara bo‘lishi ta’kidlandi.

Intellektual-ma’naviy resurslar – bu avvalo o‘qituvchining bilim va tajribasi, mahorati, uning madaniy darajasi, ma’naviy saviyasi deganidir.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
O‘tgan davrda ilgari e’tibordan chetda qolgan yo‘nalishlar, xususan, pedagogik ta’limga, uning ilmiy, nazariy va amaliy asoslariga e’tibor kuchaytirildi.

Kadrlar yetishmovchiligini bartaraf etish uchun oliygohlarda sirtqi ta’lim shakli tiklandi.

O‘qituvchilarga mahorati va erishgan yutuqlariga qarab to‘lanadigan ustamalar soni 3 tadan 17 taga oshirildi.

O‘z ustida astoydil ishlagan, xorijiy sertifikat olgan 6 ming o‘qituvchi 10 million so‘mdan ziyod maosh olmoqda. 2020-yilda bunday o‘qituvchilar 102 nafar bo‘lgan.

Albatta, bu hali yetarli emasligi, lekin ushbu raqam keyingi ikki yilda 5,3 barobar oshgani ta’kidlandi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
O‘tgan 5-yilda maktab ta’limida, ta’bir joiz bo‘lsa, lokomotiv vazifasini bajaradigan 14 ta Prezident maktabi, 9 ta ijod maktabi faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

Ana shu maktablar dasturlari asosida tabiiy va aniq fanlar bo‘yicha zamonaviy darsliklar yaratilmoqda.

Eng muhimi, bu maktablar aniq samara bera boshladi. Ushbu maktablarni bitirgan 100 nafar yigit-qiz dunyoning TOP-100 oliygohlarida tahsil olmoqda.

Prezident maktablaridagi baholash tizimi hozir 500 ta umumta’lim maktabida qo‘llanmoqda. Baholashni samarali yo‘lga qo‘ygan 66 ta maktab jamoasiga 40 foizgacha ustama to‘lanmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Mamlakatimizda iqtidorli yoshlarni seleksiya yo‘li bilan tanlab olish bo‘yicha ilgari bo‘lmagan yangi tizim yo‘lga qo‘yildi.

Natijada bu yilning o‘zida xalqaro fan olimpiadalarida o‘quvchilarimiz 122 ta medalni qo‘lga kiritdi.

Maktab bitiruvchilarini oliy ta’limga qamrab olish darajasi so‘nggi 7-yilda 4 karra oshdi.

Bu yil 310 ming nafar o‘g‘il-qizlarimiz oliygoh talabalari bo‘ldi. Ana shu yoshlarning qariyb yarmi qizlardir.

Bunday natija ilgari hech qachon bo‘lmagan.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube