Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi | Rasmiy sahifa
666 subscribers
4.82K photos
495 videos
18 files
1.63K links
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi
Download Telegram
#Hamkorlik
#24_BMSM
#Ibrat_maktabi

QALBLARDAN JOY OLGAN KUYLAR

✍️Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi hamda Namangan shahar 24-sonli “Bolalar musiqa va san’at” maktabi hamkorligida musiqiy konsert dasturi tashkil etildi.

🎻O‘quvchilarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida o‘tkazilgan konsert dasturida, 24-sonli bolalar musiqa va san’at maktabi, turli cholg‘ular bo‘limi xodimi Qosimov Azimjon boshchiligidagi “LEGENDARY VIOLINISTS” ansambli yosh iqtidorli sozandalar hamda xonandalar ijrosida turli kuy va qo‘shiqlar yangradi. Konsert dasturi yakunida ijod maktabi direktori, tarbiyachilar, pedagoglar jamoasi hamda barcha o‘quvchilar tomonidan tashkilotchilarga minnatdorchilik bildirildi.

___
Web | Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram
#Insholar_tanlovi
#Ibrat_maktabi

TARIX QA’RIDAGI IKKI YULDUZ

✍️ Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi o‘quvchilari o‘rtasida buyuk shoir va mutafakkir, atoqli davlat va jamoat arboblari tavalludi munosabati bilan “Tarix qa’ridagi ikki yulduz’’ mavzusida insholar tanlovi o‘tkazildi

⚡️O‘quvchilarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Boburning boy va serqirra ijodiy meroslarini har tomonlama chuqur o‘rganish, ijodkor va iste’dodli o‘quvchilarni aniqlash, ularni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish maqsadida tashkil etilgan tanlovning ijod maktabi bosqichida barcha o‘quvchilari ishtirok etdi. G‘olib bo‘lgan o‘quvchilarni keyingi bosqichga tavsiya etildi.

___
Web | Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram
#Ibrat_maktabi
#Mahorat_darsi

📚 08.02.2024 yil kuni Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabida o'quvchi-yoshlarga navbatdagi "Mahorat darsi" tashkil etildi

✍️ "Mahorat darsi" O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir Azizbek Hakimov hamda shoir va publitsist Sodiq Sayhun tomonidan olib borildi

📘 “She’riy asarda shaklning o‘ziga xosligi” mavzusida olib borilgan mahorat darsida 8-9 sinflar va ijodkor o'quvchilari qatnashdilar. Mahorat darsi davomida buyuk shoir va mutafakkir, atoqli davlat va jamoat arbobi Alisher Navoiy tavalludining 583 yilligi yuzasidan ham suhbat olib borildi, hamda uning ijodidagi g‘azallar, ruboiylar va tuyuqlar tahlil qilindi

___
Web | Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram
#Ibrat_maktabi
#Navoiy_583_yilligi

NAVOIY VORISLARI

✍️ 9-fevral ulug‘ mutafakkir Mir Alisher Navoiy hazratlari tavallud topgan kun

Shu munosabat bilan Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabida To'raqo'rg'on tuman 9-sonli “Bolalar musiqa va san’at” maktabi bilan hamkorlikda buyuk shoir tavalludining 583 yilligi munosabati bilan madaniy-ma’rifiy tadbirlar bo‘lib o‘tdi. Tadbir davomida shoir hayot yo‘li, ijodiy faoliyatiga alohida to‘xtalib o‘tildi, o‘quvchilar buyuk mutafakkirning g‘azallarini chet tillarida yod olib, ijro etdilar. Tadbir sahna ko'rinishlari, Navoiy g‘azallari kuyga solingan qo‘shiq va raqslar ijro etildi.

🌐 Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz:
|Web|Telegram|Youtube|Google|Facebook
#Ibrat_maktabi
#togaraklar

🧑‍🎨 Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi "Veb-dizayn" to'garagi a'zosi Xasanboyeva Mumtozbegimning Alisher Navoiyning 583 yilligia bag'ishlab tayyorlagan ijodiy ishi.

✍️ Alisher Navoiy haqida qisqacha ma'lumot hamda uning g'azalidan tarjima.

___
Web | Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram