Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi | Rasmiy sahifa
653 subscribers
4.91K photos
499 videos
18 files
1.64K links
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi
Download Telegram
#oʻquv_trening

⚡️Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarning rahbar kadrlari uchun "Liderlikdan yuksalish sari" nomli o‘quv-treningga start berildi.

🗺Toshkent shahar Shayxontohur tuman ixtisoslashtirilgan maktabida tashkil etilgan mazkur tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi Ijod hamda Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarining direktor va o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari hamda mas’ullar ishtirok etmoqda.

Tadbir avvalida Agentlik direktori Alisher Ubbiyev so‘zga chiqib, davlatimiz rahbari tomonidan maktabgacha va maktab ta’limi rivojiga qaratilgan yuksak e’tibor natijasida sohada amalga oshirilayotgan tub islohotlar, oldimizda turgan muhim maqsad va vazifalar haqida so‘z yuritdi.

Kunning ikkinchi yarmi va ertaga ishtirokchilar uchun sho‘balarga bo‘lingan holda o‘quv-treninglar bo‘lib o‘tadi.

#ijod_maktablari
#ixtisoslashtirilgan_maktablar

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#oʻquv_trening

⚡️Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarning rahbar kadrlari uchun "Liderlikdan yuksalish sari" nomli o‘quv-trening bo‘lib o‘tmoqda.

Kunning ikkinchi yarmidan boshlab trening ishtirokchilari shoʻbalarga boʻlingan holda oʻquv-treninglarda qatnashmoqda.

📝Mazkur shoʻbalarda mutaxassislar tomonidan:
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalarda joriy etilgan baholash tizimi, BSB hamda ChSB tahlillari;
Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlar faoliyatini samarali tashkil etish;
Oʻquv rejalari va tarifikatsiya roʻyxatini shakllantirish;
Elektron jurnal yuritilish;
Byudjet intizomi;
Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarda xoʻjalik faoliyati;
Fuqaro murojaatlari bilan ishlash, ijro intizomi va pochtadan samarali foydalanish kabi mavzularda oʻquv-treninglari olib borilmoqda.

📆Ma'lumot uchun, mazkur oʻquv-trening ikki kun davom etadi.

#ijod_maktablari
#ixtisoslashtirilgan_maktablar

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#tabriklaymiz
#xushxabar

Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova uzbekistanofficial.uz sayti rasmiy telegram kanalida o‘tkazilgan so‘rovnoma yakunlariga ko‘ra “Eng namunali faoliyat yuritgan vazir” deb topildi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
#oʻquv_trening

⚡️Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarning rahbar kadrlari uchun "Liderlikdan yuksalish sari" nomli o‘quv-treningning birinchi kuni bo‘lib o‘tdi.

O‘quv-treningda ko'plab rahbarlar qatorida maktabizimiz direktori Zafarbek Shovrikov ham erishilayotgan yutuqlar hamda takliflar bilan taqdimot qildi.

#ijod_maktablari
#ixtisoslashtirilgan_maktablar
___
Web | Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram
#Namangan
#Manaviyat_marafoni

MA’NAVIYAT MARAFONI

Namanganda 2023 yilning 10 noyabr kuni “Biz bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – vatanmiz!” shiori ostida “Ma’naviyat marafoni” o‘tkaziladi.

Barchani ushbu marafonda faol ishtirok etishga chaqirib qolamiz!

___
Web | Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#oʻquv_trening

⚡️Shu yilning 6-7-noyabr kunlari Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarning rahbar kadrlari uchun "Liderlikdan yuksalish sari" nomli o‘quv-trening bo‘lib o‘tdi.

Tadbirning yopilish marosimida Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova hamda Agentlik direktori Alisher Ubbiyev ishtirok etdi.

📝Vazir mamlakatimizda maktabgacha va maktab ta’limi sohasida amalga oshirilishi dolzarb bo‘lgan ustuvor vazifalar, oldimizda turgan muhim masalalar haqida to‘xtalib, Prezidentimiz bu borada barcha shart-sharoitlarni yaratib berayotganligini ta’kidlab o‘tdi.

🗣Tadbir so‘ngida vazir bilan “Ochiq muloqot” tashkil etildi. Unda rahbar kadrlar vazirga o‘zlarini qiziqtirgan savollar, sohaga oid fikr-mulohazalari, taklif va tashabbuslari bilan murojaat etishdi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ushbu iqtidorli maktab o'quvchilaridan barcha tengdoshlari, maqsad qo'yib natijaga erishish borasida o'rnak olishsa arziydi!

Maktabdan yoshidan boshlab IT sohasida bilim va ko'nikmalarni egallab, ham daromad topib ham jamiyatga foydasi tegayotgan iqtidorli o‘quvchilarning yutuqlarini ko'rib quvonadi inson.

"ICTWEEK Uzbekistan - 2023" haftaligi doirasida o‘tkazilgan maktab veb-saytini yaratish bo‘yicha o‘tkazilgan xakatonda 249-maktab o'quvchilaridan iborat jamoa Olmazor tumani maktablari orasida 1-o‘rinni egalladi.

G‘oliblik ortidan ular Olmazor tuman hokimligi saytini yaratish bo‘yicha ham buyurtma olishga ulgurishgan.

Yosh bo'lishiga qaramay Koreyada o‘qiyotgan o‘zbekistonlik talabalarga dars bergan, IT sohasida daromad topishga ham ulgurgan o‘quvchilar bilan istak va maqsadlari haqida video interview olishibti.


Videodagi qahramonlar 249-maktabning o'quvchilari Fozil, Odina hamda Abdulloh.

Ushbu yoshlarga kelajakda omad va muvaffaqiyatlar tilaymiz 💻👏🇺🇿 !
Forwarded from Zamin Foundation
Toshkentda "Bolalar va yoshlar harakatda — Markaziy Osiyoda iqlim o‘zgarishi" xalqaro forumi bo‘lib o‘tdi.

Forum ochilishida "Zamin" fondi Vasiylik kengashi raisi Ziroat Mirziyoyeva yosh ekofaollarga murojaat qilar ekan, shunday dedi:
“Forumning bosh ishtirokchilari — sizlar. Bugun bu yerda sizlarning toza, sog‘lom va barqaror muhit uchun kurashdagi yetakchiligingizni e’tirof etish maqsadida yig‘ildik. Qo‘shnilarimiz bilan birgalikda Samarqand ekologik oromgohi yakunlari bo‘yicha ishlab chiqilgan Barqaror rivojlanish madaniyatini ilgari surish hamda yoshlar va bolalarni iqlim kun tartibiga jalb qilish bo‘yicha mintaqaviy strategiyaning imzolanishi yangi kelajak sari tashlangan muhim qadam bo‘ladi”.

Uzluksiz "yashil" ta’lim va ekologik madaniyatni shakllantirish orqali yoshlar salohiyatini mustahkamlash masalasi YUNEP ijrochi direktori Inger Andersen so‘zining muhim mavzusi bo‘ldi:
“Ekologik ta’lim ulkan ahamiyatga ega. U kelajak avlodlarga shunchaki norozilik vakillari bo‘lish emas, balki o‘zgarishlarning drayveriga aylanish uchun zarur ko‘nikma va bilimlarni beradi. Niyatimiz — keyingi avlodlar sayyora bilan uyg‘un hayot kechirishning yangi va yaxshiroq usullarini orzu qiladigan dadil hukumat yetakchilari, olim va novatorlar bo‘lsin”.

YUNISEFning Yevropa va Markaziy Osiyo mamlakatlari bo‘yicha mintaqaviy direktori Regina De Dominitsis shunday dedi: «Iqlim o‘zgarishi va ekologik ta’lim masalalarining maktab dasturlariga kiritilishi bolalar va yoshlarning o‘zgarib borayotgan iqlimga moslashish ko‘nikmalaridan xabardorligini oshirishda muhim qadamdir».

Forum ishtirokchilari ekota’lim mavzusini muhokama qilar ekanlar, o‘quv jarayonida yangi axborot texnologiyalaridan foydalanish muhim ekanini qayd etdi. Markaziy Osiyo ekofaollari iqlim o‘zgarishiga qarshi kurash bo‘yicha siyosat va dasturlarni ishlab chiqishda, ko‘rilayotgan choralarni monitoring qilish va ularning borishini baholashda bolalarning ham ishtirok etish huquqi borligini alohida ta’kidladilar.

Zamin | Facebook | Instagram | YouTube