Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi | Rasmiy sahifa
653 subscribers
4.91K photos
499 videos
18 files
1.64K links
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Ibrat_maktabi
#back_to_school

🗓 Ertaga yurtimizning barcha maktablarda, shu jumladan bizning maktabizimda ham II-chorakning birinchi o‘qish kuni boshlanadi.

🔰 Maktab o‘quvchilari uchun kuzgi ta’til 6 kalendar kun, ya’ni 9-noyabrgacha davom etadi, II-chorak esa 10-noyabr (juma) kunidan boshlanadi. II-chorak darslari esa 27-dekabr kuniga qadar davom etadi, qishki ta’til esa 28-dekabrdan boshlanib, 14 kalendar kun davom etadi.

👋 O‘quvchilarimizga yangi bilim va ko‘nikmalarni egalashlarida bardam bo‘lishlarini tilaymiz!
___
Web | Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Diqqat

10-noyabr kuni respublika bo‘ylab “Biz bir bo‘lsak — yagona xalqmiz, birlashsak Vatanmiz” shiori ostida Ma’naviyat marafoni o‘tkaziladi.

Marafon doirasida “Baxtli bolalik”, “Kitob - bilim bulog‘i”, “Mahorat darsi”, “Kasb-hunar olimpiadasi”, “Kasbim - faxrim”, “Yashil kelajak”, futbol bo‘yicha “Ma’naviyat va ma’rifat markazi kubogi”, “Inson qadri”, “Yetakchi ekspress”, “Sport - tinchlik elchisi” kabi mavzularda 11 ta aksiya, ko‘rgazmali tanlovlar, kitob yarmarkalari, badiiy- adabiy kechalar, sport musobaqalari hamda konsert dasturlari o‘tkaziladi.

Loyihaning asosiy maqsadi bugungi globallashuv davrida yoshlarning ta’lim-tarbiyasini tizimli yo‘lga qo‘yishga yo‘naltirilgan madaniy hordiq dasturlarini joriy etish orqali bolalar va yoshlar tarbiyasiga salbiy ta’sir etuvchi g'oyaviy tahdidlarga qarshi immunitet shakllantirish hamda ilm-fan va ma’rifatga qiziqtirishdan iborat.

Farzandlar tarbiyasi, jamiyat istiqboli hamda yurt taqdiriga befarq bo‘lmagan yurtdoshlarimizni marafonda kutib qolamiz!

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#marafon

10-noyabr kuni respublika bo‘ylab “Biz bir bo‘lsak — yagona xalqmiz, birlashsak Vatanmiz” shiori ostida Ma’naviyat marafoni o‘tkaziladi.

Yurt taqdiri, farzandlar tarbiyasi, jamiyat istiqboliga befarq bo‘lmagan yurtdoshlarimizni marafonda kutib qolamiz!

Marafon davomida kitobxonlik tadbirlari, sport musobaqalari, badiiy kechalar va turli loyihalarda ishtirok etishingiz mumkin.

Web | Telegram | Youtube | Google
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#WeAreCentralAsia
#TogetherWeBuildTheSustainableWorldWeDreamOf


🗺Toshkentda bolalarni ekota’limga jalb qilish bo‘yicha mintaqaviy strategiya tasdiqlandi

📝Strategiya ekologik muammolar va ularning yechimi haqida yoshlar va bolalarning xabardorligini oshirishni ko‘zda tutadi. Bundan tashqari, strategiya maktabgacha va maktab ta’limi siyosatining barqaror rivojlanish maqsadlariga muvofiqligini ta’minlashga qaratilgan.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Sertifikat
#CEFR
#oquvchilar_yutuqlaridan

O‘QUVCHILARIMIZ XALQARO VA MILLIY DARAJADAGI IMTIHONLARDAN YUQORI NATIJALARNI QAYD ETMOQDALAR!

💫 10-sinf o‘quvchilari ingliz tilidan chet tilini bilish darajasi to‘g‘risida "CEFR" sertifikatini birin-ketin qo‘lga kiritishmoqda, jumladan,

Shu kundagi natijalar:

🔹Komiljonova Safura — C1;

🔹Polotov Abdulloxon — B2;

🔹Saminjonova Jumagul — B2;

🔹Abdamutova Shahina — B2;

🔹Olimjonova Iforabonu — B2;

🔹Azizova Habibaxon — B2;

🔹Bahodirova Dinarabonu — B2.

🔹...

🧑‍🎓👩‍🎓 O'quvchilarmiz natijalari hali davom etadi...

👏 O'quvchilarimizni yutuqlari bardavom bo'lsin!

___
Web | Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ibrat_maktabi

Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi kasaba uyushmasi faoliyatidan taqdimot

___
Web | Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram
#Sertifikat
#IELTS
#oquvchilar_yutuqlaridan

O‘QUVCHILARIMIZ XALQARO VA MILLIY DARAJADAGI IMTIHONLARDAN YUQORI NATIJALARNI QAYD ETMOQDALAR!

💫 10-sinf o‘quvchilari ingliz tilidan chet tilini bilish darajasi to‘g‘risida "IELTS" sertifikatini ham birin-ketin qo‘lga kiritishmoqda, jumladan,

Shu kundagi natijalar:

♦️Mahammatqobulov Humoyun — 7,0;

♦️Abdurazoqov Maqsadbek — 7,0;

♦️Umurzoqov Muhammadyor — 6,5;

♦️Rahimjonova Xusnida — 6,5;

♦️Ahmadjonova Madina — 6,5.

♦️...

🧑‍🎓👩‍🎓 O'quvchilarmiz natijalari hali hamon davom etadi...

👏 O'quvchilarimizni yutuqlari bardavom bo'lsin!


___
Web | Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram
"Yosh kitobxon" tanlovining hududiy bosqichlari qachon va qayerda boʻlib oʻtishini bilishni istaysizmi?!
Unda marhamat:

15- noyabr soat 10.00 da
- Qoraqalpogʻiston Respublikasi Nukus shahrida joylashgan "Yoshlar texnopark"ida va
- Jizzax viloyatining "Yoshlar markazi"da

17-noyabr soat 10.00 da
- Xorazm viloyati "Yoshlar markazi"da hamda
- Sirdaryo viloyati "Yoshlar markazi"da

20- noyabr soat 10.00 da
- Buxoro viloyati "Yoshlar markazi" hamda
- Namangan viloyati "Yoshlar ziyo maskani"da

21-noyabr soat 10.00 da
- Navoiy viloyati "Yoshlar markazi" hamda
- Andijon viloyati Marhamat tumani "Kelajak nuri" kutubxonasida

23-noyabr soat 10.00 da
- Samarqand viloyati "Yoshlar markazi" hamda
- Fargʻona viloyati Fargʻona davlat universiteti hududidagi "Book cafe" da

25-noyabr soat 10.00 da
- Surxondaryo viloyati "Yoshlar markazi" hamda
- Toshkent viloyati "Yoshlar markazi"da

27-noyabr soat 10.00 da
- Qashqadaryo viloyati "Yoshlar markazi" hamda
- Toshkent shahri Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston milliy kutubxonasida
tanlovning hududiy bosqichlari boʻlib oʻtadi, bilimni sinash, saralash va uddalash vaqti keldi! Barcha kitobxonlarga OMAD tilaymiz!
⚡️ "Yosh kitobxon" tanlovining hududiy bosqichlari qachon bo‘lib o‘tadi?

🗓 Tanlov o‘tkaziladigan sanalari bilan yuqoridagi jadvalda hududlar kesimida tanishing.

Ma'lumot o‘rnida: Tanlovning hududiy (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar) bosqichi quyidagi 2 ta shart asosida o‘tkaziladi:

1️⃣ “Badiiy asarlar bilimdoni” sharti.

2️⃣ “Tezkor savol-javob” sharti.

📚 @yoshkitobxonuz
#Ibrat_maktabi
#Maqolalar

🏢Oktabr oyini 16-21 kunlari Isʼhoqxon Ibrat nomidagi hamda Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktablari oʻquvchilari o‘rtasida "Exchange programme" “O‘quvchi almashish dasturi” tashkil etilgan edi.

📝 Ushbu dastur bo‘yicha olib borilgan ishlar 9- A sinf tarbiyachi-pedagogi D.Umarovaning maqolasi viloyatning “Murabbiy”, To‘raqo‘rg‘on tumanining “Davr” gazetalarida yoritildi hamda shu sinfning o‘quvchisi N.Tursunboyevaning maqolasi “Qaldirg‘och” jurnalida chop etildi.

Web | Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram
Ilmli, o‘ziga ishongan, munosib avlodni tarbiyalashni maqsad qilgan ekanmiz, bizga ikkita narsa: ona tilimizga muhabbat va xorijiy tillarni puxta o‘rganish kerak.

Chet tilini bilish – dunyo sarhadlari, global axborot eshiklarini ochish, yangi bilimlarni egallash kalitidir.

Bugun xorijiy mamlakatlardan taklif etilgan pedagoglar bilan uchrashib, hamkorlik bo‘yicha yo‘l xaritasini ishlab chiqdik. Bu ingliz, nemis, fransuz va boshqa tillarni o‘rgatuvchi besh yuzdan ziyod malakali o‘qituvchilar demakdir.

Bolalarimiz eng yaxshi ustozlardan saboq olish, o‘qituvchilarimiz zarur mahorat darslarida o‘z bilimini oshirish imkoniga ega bo‘ladilar, mamlakatimizda esa hech qanday chegara bilmaydigan bilimli avlod yetishib chiqadi.

Yoshlar ta’limiga sarmoya – yanada yaxshiroq kelajak uchun sarmoyadir!

Saida Mirziyoyeva,
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yordamchisi