Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi | Rasmiy sahifa
984 subscribers
6.88K photos
598 videos
18 files
2.16K links
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi
Download Telegram
#Milliy_gvardiya
#Chavondozlar_maktabi
#Ibrat_maktabi

HAMKORLIK

🏫 08.10.2024-yil kuni Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi 10 va 11- sinf o‘quvchilari tarbiyachi-pedagoglar M. Holmirzayeva hamda Y. Asqarov Y.H.V.R.T bo‘yicha direktor o‘rinbosari H.Mamatov rahbarligida "Chavandozlar maktabi"da o‘quv amaliy mashg’ulotlarda bo‘lishdi.

🐎 Chavandozlik bo‘yicha mutaxassislar o‘quvchilarga tushuntirish ishlarini olib borishdi. O‘quvchilar chavondozlik bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlarida ishtirok etishdi.

Bundan ko‘zlangan maqsad o‘quvchilarni Vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va harbiy sohaga oid bilimlarini amaliy bajarish orqali ko‘nikmalarini oshirib borish.

___
Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram
1
#Ibrat_maktabi
#Tarbiyachilar_faoliyatidan
#tugaraklar
#5_tashabbus

🏢 Is'hoqxon Ibrat  nomidagi ijod maktabi 11-"B" sinf o'quvchilarining bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida media mashg'uloti o'tkazildi.

🎦 Tarbiyachi-pedagog D.Toʻraboyeva hamda "Audio-Visual asarlarni yaratish va qayta ishlash" to'garagi rahbari B.Boybabayev bilan hamkorlikda 11-"B" sinfning mediaga qiziquvchi o'quvchilarga kitoblarni audio formatda saqlashni o'rgatishdi.

🎤 Mashg'ulot davomida 11-"B" sinf oʻquvchilari Saminjonova Jumagul o'qib bergan Abdulla Qahhorning "Dahshat" hikoyalar toʻplamidagi "Anor" hikoyasini audio kitob holatida raqamlashtirishdi.
___
Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram
👍31
Audio
#Audiohikoya

💿 Nomi: "Anor"
👤 Muallif: Abdulla Qahhor
🔢 Qismlar soni: 1 ta
⚙️ Janr: Hikoya
💾 Hajmi: 21,4 MB
Vaqti: 12 daqiqa
🎤 O‘qidi: 11-"B" sinf oq'uvchisi Saminjonova Jumagul

🎧 @ibratijodmaktabi
👍112
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#tanlov
#ixtirochilikka_qadam
#10_oktabr_20_oktabr

📣📣📣📣📣

⚙️ "IXTIROCHILIKKA QADAM" RESPUBLIKA TANLOVI

🗣"Ixtirochilikka qadam" respublika tanlovi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi umumiy o‘rta ta’lim muassasalari, Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktablar, davlat va nodavlat umumta’lim maktablarining 5-, 6-, 7-, 8-, 9-, 10-,11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkaziladi.

Tanlov 4 bosqichda tashkil etiladi:
Maktab bosqichi – oʻquv yilining 1-choragida;
Tuman (shahar) bosqichi – oʻquv yilining 2-choragida;
Viloyat bosqichi – oʻquv yilining 3-choragida;
Respublika bosqichi – oʻquv yilining 4-choragida boʻlib oʻtadi.

❗️Tanlov davomida o‘quvchilar ta’lim, axborot texnologiyalari, yashil energiya, ekologiya, iqlim o‘zgarishi va qishloq xo‘jaligi kabi yo‘nalishlarda yangi mahsulot yoki xizmat turini yaratishlari talab etiladi.


🟢Tanlovda individual yoki jamoa sifatida ishtirok etish mumkin. Bunda jamoa a’zolarining soni 3 nafardan oshmasligi kerak.

📆 Tanlovda qatnashish uchun joriy yilning 10-oktabridan 20-oktabriga qadar ixtirochi.piima.uz onlayn platformasida roʻyxatdan oʻtish lozim.

📞 Telefon: +998 (71) 207-20-17 ichki raqamlar 171, 172, 173, 174.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3
#Ibrat_maktabi
#Tarbiyachilar_faoliyatidan
#5_tashabbus

📚 Kitob zamonlar dengizida sayohat qilayotgan va o‘zining qimmatbaho yukini avlodlardan-avlodlarga tashiyotgan hikmat kemasidir.

💫Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Isʼhoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi o‘quvchilarini bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida tarbiyachi- pedagog G.Rahimova, adabiyot fani o‘qituvchisi M.Munavvarova hamda 8-"A" sinf o‘quvchilari jurnalist va publitsist Grigoriy Petrovni "Oq nilufarlar yurtida" asari tahlili bo‘lib o‘tdi.

📖Ushbu kitobda bir millat uyg‘onishiga guvoh bo‘lgan Grigoriy Petrovning kelajak haqida kuzatuvlari va kuzatgan voqealari mavjud, unda milliy uyg‘onishga olib boradigan yo‘l yuksak axloq, mehnatsevarlik va ishlab chiqarish orqali o‘tadi va bu faqat poydevori mustahkam bir taʼlim tizimi bilan qilinishi mumkinligi yuzasida yozilgan.

___
Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram
3
#Ibrat_maktabi
#Psixologik_trening
#Tarbiyachilar_faoliyatidan


🏛 09.10.2024-kuni Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi psixologi A. Abdullayev hamda tarbiyachi-pedagog M.Po‘latovlar tomonidan 9-sinf o‘quvchilariga “Iroda - baxt sharti” mavzusida psixologik trening o‘tkazildi.

🧘 Treningdan maqsad o‘quvchilar orzulari maqsadlarini amalga oshirish uchun o'zimizda fikrlarimizni tartibga solish orqali yaxshi niyatlarimizni amalga oshirishni o'rganish va maqsadimizni qayta qayta ongimizga yetkazish. o’qish hamda ish samaradorligini oshirish,shukronalik hissini paydo qilish .

___
Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram
👍2🕊1
#Namangan
#Ibrat_maktabi
#Vatan_tayanchi

📍 Namangan shahridagi “Uch favvora” xiyobonida Prezident, ijod hamda ixtisoslashtirilgan maktab oʻquvchilariga “Vatan tayanchi” ko‘krak nishoni va guvohnomalarini tantanali topshirish marosimi o‘tkazildi.

🔰 Unda Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi hamda Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi rahbariyati va xodimlari, Agentlik tizimidagi maktab jamoalari, harbiy xizmatchilar, mahalla faollari, faxriylar, ommaviy axborot vositalari vakillari, ota-onalar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

🌐 Tadbirda Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabining 20 nafar o'quvchilari ham “Vatan tayanchi” ko‘krak nishoni va guvohnomalari bilan taqdirlandilar.
___
Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram
👍6🕊1