Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi | Rasmiy sahifa
655 subscribers
4.91K photos
499 videos
18 files
1.64K links
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi
Download Telegram
📣 Vazirlik tizimida Fan olimpiadalari markazi tashkil etilmoqda

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Iqtidorli yoshlar bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi.

👉 Qarorga asosan, Maktabgacha va maktab taʻlimi vazirligining Ixtisoslashtirilgan taʻlim muassasalari agentligi huzurida davlat muassasasi shaklida Fan olimpiadalari markazi tashkil etiladi.

Markazning asosiy faoliyat yoʻnalishlari quyidagilardan iborat:

iqtidorli hamda fanlarni chuqur oʻrganishga qiziqadigan oʻquvchilarni aniqlash va seleksiya qilish, ulardagi isteʻdodni yanada rivojlantirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish;

xalqaro va respublika miqyosida maktab fanlari boʻyicha oʻtkaziladigan olimpiada, musobaqa va tanlovlarni tashkil qilish va muvofiqlashtirish;

olimpiadalar oʻtkazish boʻyicha xalqaro hamkorlik aloqalarini kengaytirish, ushbu sohadagi ilgʻor xorijiy tajribalarni respublika miqyosida ommalashtirish.


2025-yil 1-oktabrga qadar:

Markazda fanlar boʻyicha amaliy topshiriqlarni oʻtkazish uchun zamonaviy asbob-uskunalar va xomashyo materiallari bilan toʻliq jihozlangan laboratoriya tashkil qilinadi.

2025-yildan boshlab:

5–8-sinf oʻquvchilari oʻrtasida oʻtkaziladigan olimpiadalarda yuqori natijalarni qayd etgan iqtidorli oʻquvchilar bazasi shakllantiriladi va ularni xalqaro olimpiadalarga maqsadli tayyorlash yoʻlga qoʻyiladi;

asosiy fan olimpiadalarining hududiy bosqichida muvaffaqiyatli ishtirok etgan iqtidorli yoshlar uchun “Intellektual oromgohlar” tashkil etiladi.

2025-yil 1-yanvardan boshlab:

nufuzli xalqaro olimpiadalarda ishtirok etadigan terma jamoalar rahbarini jamoaning natijasiga qarab ragʻbatlantirish tartibi joriy etiladi;

terma jamoalar rahbari nufuzli xalqaro olimpiadalarda erishilgan har bir oltin, kumush, bronza medallari uchun tegishlicha bazaviy hisoblash miqdorining 35, 25, 15 baravari miqdorida bir martalik pul mukofoti bilan taqdirlanadi;

asosiy olimpiadalarning hududiy va respublika bosqichlarida hamda xalqaro olimpiadalarda gʻoliblikni qoʻlga kiritgan oʻquvchilar, ularning oʻqituvchilari va terma jamoa rahbarlariga toʻlanadigan pul mukofotlari va beriladigan sovgʻalar daromad soligʻidan ozod etiladi;

xalqaro olimpiadalarda qatnashish uchun jalb etiladigan nomzodlar oʻquv yigʻinlari davrida Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan bepul oziq-ovqat va yotoqxona bilan taʼminlanadi.

2025-yil 1-mayga qadar:

asosiy olimpiadalarning respublika bosqichi gʻoliblariga medal berish tizimi joriy etiladi.

Shuningdek, ushbu qarorga muvofiq:

millatlararo totuvlik va bagʻrikenglik hissini shakllantirish, madaniy-maʼrifiy aloqalarni mustahkamlash yoʻnalishida — Buyuk Sharq Renessansi xalqaro olimpiadasi;
matematika va informatika yoʻnalishida — Al Xorazmiy nomidagi yoshlar turkiy olimpiadasi;
kimyo yoʻnalishida — Abu Rayhon Beruniy nomidagi Xalqaro kimyo olimpiadasi;
fizika yoʻnalishida — Ahmad al-Fargʻoniy nomidagi Xalqaro fizika olimpiadasi;
biologiya yoʻnalishida — Abu Ali Ibn Sino nomidagi Xalqaro biologiya olimpiadasi oʻtkazib borilishi belgilandi.
#Ibrat_maktabi
#tugaraklar_faoliyatidan
#5_tashabbus

🏢 Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabida besh tashabbus doirasida "Milliy musiqa"  ijodiy to'garagi 8"B"- sinf o‘quvchilari ishtirokida musiqa to‘garagi rahbari S. Topildiyeva va tarbiyachi-pedagog Sh.Azizmuhamedova boshchiligida o'tkazildi.

🎼 To‘garakda o‘quvchilar musiqa asboblarini qanday chalishni o‘rganib o‘z mahoratlarini oshirishdi. Jumladan:
🎹 fortepianoda — "Tulpor-tulpor";
🎻 scripkada — "Ferede";
🪠 dutorda — "Yallama yorim"
kuylarini ijro etishni o'rganishdi.

___
Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram
#Ibrat_maktabi
#Tarbiyachilar_faoliyatidan
#5_tashabbus

🏢 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Isʼhoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi o‘quvchilarini bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida o‘zbek va dunyo kinematografiyasining 100 ta eng yaxshi namunasi bo‘lgan kinolar namoyishi tashkil etilmoqda

💫 04.10.2024-yil kuni tarbiyachi- pedagog G. Rahimova tomonidan 8-"A" sinf o‘quvchilariga Milliy uyg'onish davrining yetuk namoyandalaridan biri, Vatan va xalq istiqloli uchun jonini fido qilgan shoir, tarjimon, tarixchi va tilshunos olim, shariat va din peshvosi, 20 yildan ortiq xalq qozisi lavozimida faoliyat ko‘rsatgan jamoat arbobi bo‘lgan “Is’hoqxon Ibrat” filmi namoyish etildi. Unda Is’hoqxon Ibratning mashaqqatlari, voqealarga boy hayot yo‘li tasvirlanishi ko‘zda tutilgan...

___
Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram
#Ibrat_maktabi
#Tarbiyachilar_faoliyatidan
#5_tashabbus

📚Xalqimiz tilida kitob o‘qib bilim va munosib tarbiya olish, kasb-hunar o‘rganishning ahamiyatiga doir maqollar juda ko‘p. Jumladan, “Kitobsiz aql – qanotsiz qush”, “Bilim – aql chirog‘i”, “Go‘zallik – ilmu ma’rifatda”.

📖 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Isʼhoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbus doirasida tarbiyachi- pedagog M. Po‘latov 9- sinf o‘quvchilari bilan o‘zbek va dunyo adabiyotining eng sara 100 nomdagi kitoblaridan mutoalalar tashkil etilmoqda. Unda o‘quvchilar o‘zlari yoqtirgan asarlarini o‘qib voqeliklarni sharhlab berishdi.

___
Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram
#Ibrat_maktabi
#Tarbiyachilar_faoliyatidan
#5_tashabbus

TA’LIM TIZIMIDAGI ZAMONAVIYLIK

💻 Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabida besh tashabbus doirasida tarbiyachi-pedagog B. Sobirjonov rahbarligida 10-“B”sinf o‘quvchilari bilan kompyuter savodxonligi hamda internet tarmog‘idan samarali foydalanish yuzasidan amaliy dars tashkil etildi.

👩‍💻👨‍💻 Maqsad: O‘quvchilarni zamonaviy kasb- hunarlarga, xususan ATK (IT) bo’lgan qiziqishlarini yanada oshirish, boshlang'ich bilim va ko'nikmalarni egallashdan iborat.

___
Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram