Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi | Rasmiy sahifa
658 subscribers
4.9K photos
497 videos
18 files
1.64K links
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi
Download Telegram
📅 Rejalaringiz qatoriga qo'shib qo'ying

Ertaga - 30.03 Shanba
1. "E-books are better than paper books" mavzusida debat [12:30]
👉 https://t.iss.one/eventgouz/4432

2. UzGeeks March2024 Project Management Day Meetup [14:00]
👉 https://t.iss.one/eventgouz/4418

3. “PI ARENA” matematik o‘yini [14:00]
👉 https://t.iss.one/eventgouz/4428

4. "Dasturlash sohasida karyera yo'li" mavzusida suhbat [14:30]
👉 https://t.iss.one/eventgouz/4425

5. Logo marafon [15:00]
👉 https://t.iss.one/eventgouz/4430

6. Cozy IT Meetup #2024.1 [17:00]
👉 https://t.iss.one/eventgouz/4423

7. Dolce Vita: Italiyada ta'lim sirlari! [17:00]
👉 https://t.iss.one/eventgouz/4422

@eventgouz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Al_xorazmiy_maktabi
#raqamlli_avlod_qizlari_2024

👩‍💻 Bu yilgi “Raqamli avlod qizlari” IT-tadbirida 3000 dan ortiq qizlar qatnashib, o'z ishlarini taqdim etishdi.

💫 Ushbu IT-loyiha qizlarning professional intilishlarini to'g'ri yo'naltirishga, ularga nafaqat foydalanuvchi, balki raqamli yechimlar muallifi sifatida o'zlarini namoyon qilishga yordam beradi.

▶️ 00:06 Eslatib o'tamiz, bizning maktabimiz o'quvchilari ham ushbu lohida faol qatnashishdi.
___
Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram
#Ibrat_maktabi
#robototexnika

🏢 Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabida texnologiya yo'nalishidagi "Robototexnika va sun'iy intellekt" fani darslari hamda to'garagi tashkil etilgan.

🔰 O'quvchilar informatika, fizika, matematik, chet tili fanlaridan olgan bilimlarini amalda LAT yo'nalishi hamda ta'limda 4K metodi asosida sinab ko'radilar. Dasturlash, til bilish hamda ijodiy (kreativ) qobiliyatlari namoyon bo'ladi.

📸 Foto lavhalarda dars hamda fan to'garagi.

⚛️ STEM (hamda STEAM) fanlarining "technology" va "engineering" yo'nalishlari uchun asos bo'ladi.

▶️ Youtube video lavha»
___
Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram
Breakthrough Junior Challenge: 13-18 yoshli oʻquvchi va talabalar uchun mukofoti 400 ming dollar boʻlgan tanlov!

Tanlovda 13-18 yoshli maktab, litsey, kollej oʻquvchilari va OTM talabalari qatnashishi mumkin.

Ishtirokchilar fizika, matematika yoki hayot haqidagi fanlar (biologiya, botanika, biokimyo va h.k.) boʻyicha 2 daqiqadan oshmaydigan qisqa video (ingliz tilida) topshirishi kerak.

Tanlov mukofoti:
– Gʻolibning universitetda oʻqishi uchun 250 ming AQSH dollari mablagʻ;
– Gʻolibning oʻqiydigan taʼlim muassasasida ilmiy laboratoriya tashkil qilish yoki laboratoriyani jihozlash uchun 100 ming AQSH dollarigacha mablagʻ;
– Gʻolibning oʻqituvchisiga 50 ming AQSH dollari mablagʻ.

Arizalar 2024-yil 25-iyungacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/aqsh-breakthrough-junior-challenge-tanlovi/

@grantlar
📖 2-aprel — Xalqaro bolalar kitoblari kuni

📚 Jahonning ko‘pgina mamlakatlari 2-aprel sanasini Xalqaro bolalar kitoblari kuni sifatida nishonlashadi. Bu sananing ham o‘ziga xos tarixi bor albatta. 1967-yilda Xalqaro bolalar kitoblari kengashi 2-aprel sanasini bolalar kitoblari kuni deb nishonlash to‘g‘risida qaror qabul qildi. Chunki shu kuni mashhur bolalar yozuvchisi Hans Kristian Andersen (1805-1875) tavallud topgan.

P.S: #Kitob Bugun farzandlar, ukalar, jiyanlarni olib, kitob doʻkonlariga sayr qiladigan kun. Bu narsa bolalarni kitobga muhabbat qoʻyishlariga sababchi boʻladi. Har oy maoshingizdan farzandingizga kitob olib bering. U ham ʼKatta boʻlsam men ham shunday qilamanʼ deb orzumand boʻladi.
___
Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram
#Muhammad_Yusuf_70_yoshda

DIQQAT TANLOV

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarining 7-11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida O‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tavalludining 70 yilligi munosabati bilan Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi hamda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Andijon viloyati bo‘limi “Ulug‘imsan, Vatanim” mavzusidagi ijodiy ishlar tanlovini e’lon qiladi.

Tanlov uch yo‘nalishda tashkil etiladi:
- “Vatanni Najmiddin Kubrodek seving” mavzusida shoir she’rlariga nazira bogʻlash;
- videorolik tayyorlash;
- shoir sheʼrlaridan tahliliy va publitsistik maqolalar, esse yozish.

Hakamlar tomonidan gʻolib deb topilgan eng sara ijodiy ishlar shoir tavalludining 70 yilligi munosabati bilan oʻtkaziladigan Andijon viloyati tadbiri arafasida taqdirlanadi.

Ijodiy ishlar joriy yilning 15-aprel kuniga qadar @Durdona_Abdukarimxodjayeva telegram manziliga yuborishingiz so‘raladi.

Telegram | Instagram | Facebook| You tube
#Ibrat_maktabi
#Mahorat_darsi

📚 02.04.2024 yil kuni Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabida o'quvchi-yoshlarga navbatdagi "Mahorat darsi" tashkil etildi.

✍️ "Mahorat darsi" O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Namangan bo‘limi rahbari, shoir Ziyovuddin Mansur hamda shoir va publitsist Sodiq Sayhun tomonidan olib borildi.

📘 “Yozuvchining badiiy mahorati” mavzusida olib borilgan mahorat darsida 7-10 sinflar va ijodkor o'quvchilari qatnashdilar.

Mahorat darsi davomida badiiy ijod olami, iste’dod va mahorat, san’atkor uslubi borasidagi mulohazalar ilgari suriladi. Matnni o‘qish, uqish jarayonida kitobxon qabul qiluvchi, o‘zlashtiruvchiga aylanadi. Adabiy jarayonda ijodkor shaxsiyati va iste’dod tabiati, so‘z san’atining mohiyati bashariy qadriyat maqomida o‘rganiladi. Kitobxon voqealar silsilasini kuzatishi, adabiy qahramon qiyofasi, portretini tasavvur qilishi, ruhiyat iqlimini his etib borishi haqida suhbatlashildi.

___
Web | Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram
#Ibrat_maktabi
#bizning_shunday_uquvchilarimiz_bor

Ko‘rik-tanlov g‘oliblari aniqlandi...

✍🏻 Muhammadsharif So’fizoda nomidagi viloyat bolalar kutubxonasi tomonidan o‘quvchi-yoshlarni bahorgi ta’til vaqtini mazmunli o‘tkazish maqsadida viloyatdagi barcha ta’lim muassasalarining 7-11- sinflari o‘rtasida “Bahor sog’inchi” nomli, yosh havaskor shoiralarning onlayn videorolik tanlovini e’lon qilingan edi.

Joriy yilning 27-mart kuni g‘oliblar e’lon qilindi. Ushbu o‘tkazilgan ko‘rik-tanlovda Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi 7-sinf o‘quvchisi Madaminova Dilnoza 🥉3-o‘rinni egalladi hamda Muhammadsharif So’fizoda nomidagi viloyat bolalar kutubxonasi tomonidan "2-aprel - Xalqaro bolalar kitoblari kuni" munosabati bilan o‘tkazilgan tadbirda diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Dilnozani erishgan yutuqlari bilan O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Namangan bo‘limi rahbari, shoir Ziyovuddin Mansur ham muborakbod etdi

👉 Telegram
#Ibrat_maktabi
#gazalxonlik_kechasi

“Nabixon Chustiy tavalludining 120 yilligi”

📚 Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabida yoshlarga g‘azalxonlik kechasi tashkil etildi.

✍️ G‘azalxonlik kechasi va mahorat saboqlari O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Namangan bo‘limi rahbari, shoir Ziyovuddin Mansur hamda shoir va publitsist Sodiq Sayhun tomonidan olib borildi.

Nabixon Chustiy ijodiga bag‘ishlangan g‘azalxonlik kechasi va mahorat saboqlarida taniqli shoirning ijodiy faoliyati, shoirning ijod namunalari “Gul mavsumi”, “Gʻazallar” toʻplamlari va “Hayotnoma”, “Sadoqat gullari”, “Koʻngil tilagi” devonlari. Turli yillarda yaratilgan “Tirik jannatga kirgan kampir”, “Kiyiknoma”, “Bogi Eram” dostonlari. Vatanparvarlik va qahramonlik mavzularidagi “Shamshir”, “Lolazor”, “Hayot zavqi” sheʼriy toʻplamlari, “Zafarnoma” dostoni hamda yaratgan turli sahna asarlari yuzasidan mushoira olib borildi.
___
Web | Telegram | Youtube | Google  | Facebook |