Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi | Rasmiy sahifa
653 subscribers
4.91K photos
499 videos
18 files
1.64K links
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi
Download Telegram
#yil_sarhisobi
#tanqidiy_tahlil

IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLAR FAOLIYAT SAMARADORLIGI TAHLIL QILINDI

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligida tizimdagi ixtisoslashtirilgan maktablarning 2024-yildagi faoliyat samaradorligi, Agentlik ishchi guruhi tomonidan olib borilgan oʻrganishlar tahlili hamda 2025-yildagi dolzarb vazifalarga bagʻishlangan yigʻilish boʻlib oʻtdi.

ZOOM platformasi orqali oʻtkazilgan mazkur yigʻilishda Agentlikning Jizzax, Sirdaryo, Surxondaryo hamda Qashqadaryo viloyatlarida joylashgan ixtisoslashtirilgan maktablarning rahbar xodimlari ishtirok etdi.

Yigʻilishda taʼlim samaradorligi, bitiruvchilarni oliy ta’lim muassasalari, milliy va xalqaro sertifikatlar imtihonlariga tayyorlash, o‘quvchilarni kasbga yo‘naltirish, ota-onalar bilan hamkorlikni kuchaytirish, fuqaro murojaatlari bilan ishlash singari qator masalalarga alohida eʼtibor qaratildi.

Oʻquv jarayonida sun’iy intellektga asoslangan raqamli ta’lim platformasi (Cerebry) dan foydalanish masalasi ham yigʻilish kun tartibidan o‘rin olib, ayni yo‘nalishda monitoring yuritib borish va o‘quvchilarning bilimlari natijalaridan kelib chiqib qoʻshimcha kurslar va toʻgaraklar tashkil etish yuzasidan chora-tadbirlar belgilandi.

Shuningdek, ixtisoslashtirilgan maktablarda boʻsh ish oʻrinlariga xodimlarni ishga qabul qilayotganda malaka talablariga rioya qilish, manfaatlar toʻqnashuviga yoʻl qo‘ymasdan belgilangan tartibga muvofiq mehnat munosabatlarini oʻrnatish taʼkidlandi.

Qolaversa, ijro intizomi, shaxsiy tarkibga oid hujjatlarni rasmiylashtirishda amaldagi qonunchilikka qat’iy rioya qilish, davlat xaridini tashkil qilishning huquqiy va tashkiliy asoslari, moliyaviy mablagʻlardan oqilona foydalanish, ochiqlik va shaffoflik, korrupsiyaga yoʻl qoʻymaslik masalalariga jiddiy e’tibor qaratish lozimligi qayd etildi.

Agentlikning 2025-yildagi (KPI) eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlari loyihasi ishlab chiqilgan bo‘lib, unda belgilangan vazifalardan kelib chiqib, ixtisoslashtirilgan maktablarning eng muhim samaradorlik koʻrsatkichlarini belgilab olish hamda shu asosida tegishli ishlarni amalga oshirish kerakligi koʻrsatib oʻtildi.

Yig‘ilishda Agentlik direktori tomonidan tegishli mas’ullarga ixtisoslashtirilgan maktablarning faoliyat samaradorligini yanada oshirish yuzasidan zarur koʻrsatma va topshiriqlar berildi.

Ixtisoslashtirilgan maktablar faoliyat samaradorligi tahliliga bagʻishlangan yigʻilishlar boshqa hududlar kesimida ham boʻlib oʻtadi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#yil_sarhisobi
#ijod_maktablari

🤩 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tomonidan ijod maktablari yoʻnalishida 2024-yilda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan infografika

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#yil_sarhisobi
#iyul_2024

⚡️2024-YIL IYUL OYIDA AGENTLIK HAYOTIDAGI MUHIM VOQEA-HODISALAR DAYJESTI

Agentlik tizimidagi “Yangi O‘zbekiston” universiteti hamda barcha maktablarga 2024/2025-oʻquv yili uchun kirish imtihonlari oʻtkazildi.

Agentlik direktori Alisher Ubbiyev Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Navoiy viloyatida boʻlib, tizimdagi taʼlim muassasalarida yaqindan oʻrganish olib bordi.

Kembrij xalqaro taʼlim tashkiloti vakillari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

"Yangi Oʼzbekiston" universitetida ilk marotaba Iqtisodiyot va Matematika yozgi ilmiy maktablari oʻz faoliyatini boshladi.

Agentlik direktori Alisher Ubbiyev Nukus shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktabida sayyor qabul o‘tkazdi.

Oʻquvchilarimiz 65-Xalqaro matematika olimpiadasi, 54-Xalqaro fizika olimpiadasi, 56-Xalqaro kimyo olimpiadasi, Xalqaro iqtisodiyot olimpiadasi, Xalqaro matematika musobaqasi, “Ikkinchi Xalqaro matematika yozgi oromgohi-2024”da gʻolib va sovrindorlar safidan joy oldi.

Agentlik tizimidagi maktablarning fransuz tili oʻqituvchilarining bilim va malakalari oshirildi.

“Renessans” sog‘lomlashtirish oromgohida iqtidorli o‘quvchilar uchun kuchaytirilgan o‘quv-mashg‘ulotlari o‘tkazildi.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturiga bagʻishlangan tadbir boʻlib oʻtdi.

Nukus shahridagi Prezident maktabi oʻquvchilari IELTSdan yuqori natija koʻrsatdi.

Ijod maktablari oʻquvchilarining ijod namunalari toʻplami nashr etildi.

"Yangi Oʻzbekiston" universiteti, Prezident (1-bosqich), ijod, tayanch, ixtisoslashtirilgan maktablarga kirish imtihonlari natijalari eʼlon qilindi.

Ijod maktablari 2024/2025-oʻquv yilida oliy taʼlim muassasalariga kirish imtihonlari natijalari boʻyicha kuchli oʻntalikka kirdi.

Prezident maktablari imtihonlarining ikkinchi bosqichi boʻlib oʻtdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM