Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi | Rasmiy sahifa
666 subscribers
4.81K photos
495 videos
18 files
1.63K links
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi
Download Telegram
#Ibrat_maktabi
#Tanlov

⚡️Qoraqalpoq klassik shoiri Ajiniyoz Qo‘siboy o‘g‘li tavalludining 200 yillik yubileyini keng nishonlash maqsadida 26.11.2024-yil kuni Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabi hamda hamkor tashkilotlar tomonidan "Ajiniyoz shoir asarlarini o‘rganamiz" mavzusida online insholar tanlovi tashkil yetildi.

Ushbu tanlovda ijod maktablari qatori Is’hoqxon Ibrat nomlidagi ijod maktabi o‘quvchilari ham shoir ijodi bilan yaqindan tanishtirish, uning asarlarining ma’nosini chuqur anglash vа bugungi kundagi ahamiyatini tushuntirish, оnа tilida xatosiz yozish vа o‘z fikrini bayon qilish ko‘nikmalarini yanada takomillashtirish maqsadida ishtirok etishdi.

___
Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram
#Milliy_gvardiya
#Ibrat_maktabi

🔰 Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Isʼhoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi o‘quvchilari Milliy gvardiya Qo‘riqlash boshqarmasining maxsus o‘quv mashg‘ulot klubida bo‘lishdi.

🪖 O‘quvchilarda vatanga bo‘lgan muhabbat, sodiqlik hamda harbiy sohalarga oid bilimlarini amaliy bajarish orqali ko‘nikmalarini oshirish maqsadida Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi o‘quvchilari Namangan viloyati Qo‘riqlash boshqarmasida tashkil etilgan virtual mashg‘ulot xonalari bilan tanishishdi.

🥽 Tashkil etilgan maxsus o‘quv mashg‘ulotlar klubida Milliy gvardiya Qo‘riqlash boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘quvchilarga maxsus virtual o‘quv jihozlari haqida tushunchalar berildi hamda yoshlar virtual mashqlarni amalda bajarishdi.

🗓 Milliy gvardiya tashkil etgan bu kabi mashg‘ulotlar doimiy o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
___
Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram
#Ibrat_maktabi
#ona_tilim_faxrim

🌙 Mumtoz adabiyot ma'naviy  keng targʻib qilish va oʻquvchilarni g'azalxonlikka qiziqtirish orqali oʻquvchilarda vatanparvarlik koʻnikmasini shakllantirish maqsadida Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabida  adabiyot fanidan 8-sinflar o'rtasida "Mumtoz so'z sehri" bellashuvi tashkil qilindi.

Oʻquvchilar sinflar kesimida "50 ta test", "Mumtoz adabiyot atamalari mavzusidan 50 ta savol", "Krossvord", "Men g'azal shaydosiman"  shartlari boʻyicha bellashdilar.

👩‍🎓 8-"B" sinf o'quvchilari 81 ball bilan gʻoliblikni qoʻlga kiritishdi.

🏆  Tadbir  soʻngida ishtirokchilarga  esdalik sovgʻalari  topshirildi.

___
Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram