Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi | Rasmiy sahifa
666 subscribers
4.82K photos
495 videos
18 files
1.63K links
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi
Download Telegram
#Ibrat_maktabi
#Mahorat_darsi

📚 26.11.2024-yil kuni Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabida o'quvchi-yoshlarga navbatdagi "Mahorat darsi" tashkil etildi.

✍️ "Mahorat darsi" O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zolari Sodiq Sayhun va Dilorom Ergashevalar tomonidan olib borildi.

📘 “Badiiy obraz va ifoda” mavzusida olib borilgan mahorat darsida 7-10 - sinflar va ijodkor o‘quvchilar qatnashdilar. Mahorat darsida badiiy obrazning o'zbek adabiyotshunoslikdagi o'rni, o'zbek adabiyotshunos olimlarining obraz bo'yicha qarashlari va badiiy adabiyotda obrazning o'ziga xosligi “obraz” atamasi kengroq tushuntirildi va o‘ziga xos xususiyatlari kabi masalalari o‘rganildi. Mahorat darsi davomida o‘quvchilar o‘zlarini ijodlari bilan o‘rtoqlashdilar.

___
Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram
#Ibrat_maktabi
#Yubiley

IKKI ADIBNING YUBILEY KECHASI

To‘raqo‘rg‘on Axsikatiy, Bobur, Shavqiy, Hayrat To‘raqo‘rg‘oniy, Is’hoqxon Ibrat kabi buyuk allomalarga beshik bo‘lgan yurt. Ularning safiga Isoqjon Nishonov hamda Sodiq Sayhunlar ham munosib.

Is’hoqxon Ibrat nomli ijod maktabida ikki serqirra adiblarning 70 yillik yubileylari munosabati bilan ijodiy kecha o‘tkazildi.

Tadbirni tuman hokimi Sherali Qosimov tabrik so‘zi bilan boshlab berdi va yubiley sohiblarining mehnatlarini e’tirof etib qutladi, sovg‘alar taqdim etdi. Tadbirda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi viloyat boshqarmasi boshlig‘i M. Oppoqov, Yozuvchilar uyushmasi viloyat bo‘limi rahbari Z. Mansurovlar adiblarga viloyat hokimining Tabriknoma hamda sovg‘alarini topshirishdi.

Isoqjon Nishonov hamda Sodiq Sayhunlarning hamkasblari, namanganlik va andijonlik do‘stlari, ijod maktabi o‘quvchilari ularning ijodiy yo‘llari hamda muvaffaqiyatlarini ta’riflab, samimiy tilaklarini izhor etdilar.


___
Telegram | Youtube | Google  |