Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi | Rasmiy sahifa
665 subscribers
4.81K photos
495 videos
18 files
1.63K links
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi
Download Telegram
#Zakovat #Vatanparvarlik_oyligi
#milliy_gvardiya #harbiy_qism
#Ibrat_maktabi

🏢 Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabida Vatanparvarlik oyligi munosabati bilan yoshlarda sadoqat va vatanparvarlik tuyg’ularini shakllantish maqsadida "Zakovat" intellektual o‘yinining navbatdan tashqari turnirining “Kim yurtiga sodiq bo’lsa — mendurman o’shal” shiori ostida intellektual o‘yin bo‘lib o‘tdi.

👨‍🎨 O‘zbekiston Respublikasi Milliy Gvardiyasi Namangan viloyati Milliy Gvardiyasi boshqarmasi tarbiyaviy ishlar bo‘yicha batalion komandiri mayor Abduraxmatov hamda
👮 O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Namangan viloyati 7254-harbiy qism vakili leytenant Zokirovlar so‘zga chiqib vatan himoyasi buyuk ma’suliyat ekanligini hamda o‘quvchilarning shunday namunali intellektual o‘yinlarida bevosita qatnashganliklari uchun tashkilotchilarga rahmat aytishdi.

🏆 Intellektual o‘yinda 4 ta jamoa ishtirok etdilar:

🔹 "Intellegent" Namangan viloyati Milliy Gvardiyasi jamoasi;
🔹 “Lochinlar” 7254-harbiy qism jamoasi
🔹 "Zukkolar" – ijod maktabi quyi sinflar jamoasi;
🔹 "Ibrat" – ijod maktabi yuqori sinflar jamoasi;

🎲 O‘yin natijasiga ko‘ra:

🥇1-o‘rin “Lochinlar” jamoasiga;
🥈2-o‘rin “Ibrat” jamoasiga;
🥉3-o‘rin “Intellegent” jamoasiga nasib etdi.

Tadbir so‘ngida jamoalar taqdirlandilar hamda esdalik foto suratlarga tushishdi.

📚"Zakovat" intellektual o'yinlari mavsumiy hamda navbatdan tashqari tashkiliy o'tkazilishi rejalashtirilgan. Jamoalarga omad tilaymiz!
____
| Web | Telegram | Youtube | Google | Facebook |
Forwarded from Valijon Mamadjonov
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Milliy_gvardiya_qoriqlash_boshqarmasi
#Ibrat_maktabi

HAMKORLIK

🏫 Ixtisoslashtitrilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi va Milliy gvardiya Qo’riqlash bosh boshqarmasi bilan hamkorlikda 31.03.2023-yil kuni Yo.H.V.R.T bo'yicha direktor o‘rinbosari H. Mamatov rahbarligida o‘quvchilar "Chavondozlar maktabi"da o‘quv amaliy mashg’ulotlarda bo’lishdi.

👉🏻Telegram
Forwarded from Valijon Mamadjonov
#Milliy_gvardiya_qoriqlash_boshqarmasi
#Ibrat_maktabi

HAMKORLIK

🏫 Ixtisoslashtitrilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi va Milliy gvardiya Qo’riqlash bosh boshqarmasi bilan hamkorlikda 31.03.2023-yil kuni Yo.H.V.R.T bo'yicha direktor o‘rinbosari H. Mamatov rahbarligida o‘quvchilar "Chavondozlar maktabi"da o‘quv amaliy mashg’ulotlarda bo’lishdi.

🐎Chavandozlik bo'yicha mutaxassislar o'quvchilarga tushuntirish ishlarini olib borishdi. O’quvchilar chavondozlik hamda kamonbozlik bo’yicha amaliy o’quv mashg’ulotlarida ko’nikmalarini mustahkamlashdi.

🏹Bundan ko’zlangan maqsad, chavondozlik va kamondan o'qotish ko’nikmalarni mustaxkamlash, harbiy sohaga oid bilimlarini amaliy bajarish orqali ko’nikmalarini oshirib borish.

_______________________________________
Web | Telegram | Youtube | Google | Facebook
#Ibrat_muzeyi
#milliy_gvardiya

IS`HOQXON IBRAT IZDOSHLARI

🛡 Namangan viloyati Qoʻriqlash boshqarmasi xodimlari hamda Is'hoqxon Ibrat ijod maktabi pedagog-tarbiyachi O.Boqixonova boshchiligida 16-sentabr kuni 7-sinf o'quvchilari bilan Is'hoqxon Ibrat muzeyiga sayohat uyushtirildi.

👨‍👨‍👧‍👦 O'quvchilar Is'hoqxon Ibrat bobomiz xotiralarini yana bir bor yodga olishdi.

O'quvchilar bog'da sayyor dars olib, kayfiyatlari ko'tarildi va shunday buyuk shaxs izdoshlari ekanliklaridan faxr hissini tuyishdi.
____
Web | Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram
#Milliy_gvardiya
#Ibrat_maktabi

👨‍✈️ 09.10.2023 yil kuni "Harbiy vatanparvarlik " doirasida Milliy gvardiya Namangan viloyati bo‘yicha boshqarmasida Isʼhoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi hamda hududiy maktab o‘quvchilari uchun ochiq eshiklar kuni tashkil etildi.

O‘tkazilgan tadbirdan ko‘zlangan maqsad yoshlarda milliy armiyamiz bilan faxrlanish, davlat xavfsizligini himoya qilish uchun masʼuliyat tuyg‘ularini yana-da mustahkamlash, jamiyatda o‘z o‘rinini topishlarida ko‘maklashishdan iborat.

🔰 Tadbirda o‘quvchilar tibbiyot dori darmonlari, xizmatchilar kiyimi, qurol aslahalar hamda harbiy texnikalar bilan tanishishdilar va kamondan otish bo‘yicha darslarda qatnashishdi.

___
Web | Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram
#Milliy_gvardiya
#Chavondozlar_maktabi
#Ibrat_maktabi

HAMKORLIK

🏫 23.10.2023-yil kuni Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi 10-‘’B’’ sinf o’quvchilari tarbiyachi-pedagog D. To’raboyeva hamda
Yo.H.V.R.T bo'yicha direktor o‘rinbosari H. Mamatov rahbarligida "Chavandozlar maktabi"da o‘quv amaliy mashg’ulotlarda bo’lishdi.

🐎U yerda chavandozlik bo'yicha mutaxassislar o'quvchilarga tushuntirish ishlarini olib borishdi. O’quvchilar chavondozlik hamda kamonbozlik bo’yicha amaliy o’quv mashg’ulotlarida ko’nikmalarini mustahkamlashdi.

🏹Bundan ko'zlangan maqsad o'quvchilarni Vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va harbiy sohaga oid bilimlarini amaliy bajarish orqali ko’nikmalarini oshirib borish.

__
Web | Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Milliy_gvardiya
#Qòriqlash_boshqarmasi
#Ibrat_maktabi

👨‍✈️ "Harbiy vatanparvarlik " doirasida Milliy gvardiya Namangan viloyati Qo'riqlash  boshqarmasi tomonidan Isʼhoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi  o‘quvchilari uchun Tòraqo'rg'on tuman "Qo'riqlash bo'limi" binosida ochiq eshiklar kuni tashkil etildi.

   Dastlab bo'lim ma'rifat xonasida òquvchilar bilan kitob va uning inson xayotida tutgan òrni va "harbiy vatanparvarlik" mavzusida davra suxbati òtkazildi.

  🔰 Tadbirda o‘quvchilar bòlimda xodimlarning kasbiy va jismoniy tayyorgarliklarini oshirishlari uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdilar va kamondan otish bo‘yicha darslarda qatnashishdi.


___
Web | Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram
#Ibrat_maktabi
#Milliy_gvardiya
#Turon_yolbarslari

🇺🇿 Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligining 05.02.2024-yildagi 12-sonli buyrug'ini ijrosini ta'minlash maqsadida Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi, Namangan viloyati Milliy Gvardiya bosh boshqarmasi, Namangan viloyati Qo‘riqlash bosh boshqarmasi, №7254-harbiy qism, «Vatanparvar» O‘STK o'zaro hamkorlikda "Turon yo'lbarslari" harbiy-sport musobaqasining maktab bosqichini o'tkazdilar.

Musobaqada jamoalar quyidagi shartlar bo'yicha bellashdilar:

🔹 safda yurish va saf elementlarini bajarish, saf qo‘shig‘ini ijro etish;
🔹 Ak-74 avtomatini yoyish va yig‘ish;
🔹 “Mohir mergan”;
🔹 kamondan o‘q otish;
🔹 birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish;
🔹 30 metr masofaga arqondan o‘tish;
🔹 umum qo‘shin himoya vositalarini kiyish;
🔹 turnikda tortilish;
🔹 “Temur tuzuklari bilimdoni”.

🏆 Hakamlar hayati qatnashchilarga baho berishdi, g‘oliblar va tashkilotchilar munosib taqdirlandi.
___
Web | Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram
#Milliy_gvardiya
#Chavondozlar_maktabi
#Ibrat_maktabi

HAMKORLIK

🏫 08.10.2024-yil kuni Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi 10 va 11- sinf o‘quvchilari tarbiyachi-pedagoglar M. Holmirzayeva hamda Y. Asqarov Y.H.V.R.T bo‘yicha direktor o‘rinbosari H.Mamatov rahbarligida "Chavandozlar maktabi"da o‘quv amaliy mashg’ulotlarda bo‘lishdi.

🐎 Chavandozlik bo‘yicha mutaxassislar o‘quvchilarga tushuntirish ishlarini olib borishdi. O‘quvchilar chavondozlik bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlarida ishtirok etishdi.

Bundan ko‘zlangan maqsad o‘quvchilarni Vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va harbiy sohaga oid bilimlarini amaliy bajarish orqali ko‘nikmalarini oshirib borish.

___
Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram
#Milliy_gvardiya
#Ibrat_maktabi

🔰 Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Isʼhoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi o‘quvchilari Milliy gvardiya Qo‘riqlash boshqarmasining maxsus o‘quv mashg‘ulot klubida bo‘lishdi.

🪖 O‘quvchilarda vatanga bo‘lgan muhabbat, sodiqlik hamda harbiy sohalarga oid bilimlarini amaliy bajarish orqali ko‘nikmalarini oshirish maqsadida Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi o‘quvchilari Namangan viloyati Qo‘riqlash boshqarmasida tashkil etilgan virtual mashg‘ulot xonalari bilan tanishishdi.

🥽 Tashkil etilgan maxsus o‘quv mashg‘ulotlar klubida Milliy gvardiya Qo‘riqlash boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘quvchilarga maxsus virtual o‘quv jihozlari haqida tushunchalar berildi hamda yoshlar virtual mashqlarni amalda bajarishdi.

🗓 Milliy gvardiya tashkil etgan bu kabi mashg‘ulotlar doimiy o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
___
Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram
#Milliy_gvardiya
#ochiq_eshiklar_kuni
#Ibrat_maktabi

👨‍✈️ 29.11.2024 yil kuni "Harbiy vatanparvarlik " doirasida Milliy gvardiya Namangan viloyati bo‘yicha boshqarmasida Isʼhoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi hamda hududiy maktab o‘quvchilari uchun ochiq eshiklar kuni tashkil etildi.

O‘tkazilgan tadbirdan ko‘zlangan maqsad yoshlarda milliy armiyamiz bilan faxrlanish, davlat xavfsizligini himoya qilish uchun masʼuliyat tuyg‘ularini yana-da mustahkamlash, jamiyatda o‘z o‘rinini topishlarida ko‘maklashishdan iborat.

🔰 Tadbirda o‘quvchilar tibbiyot dori darmonlari, xizmatchilar kiyimi, qurol aslahalar, harboy chavondozlar va harbiy texnikalar bilan tanishishdilar hamda kamondan otish bo‘yicha darslarda qatnashishdi.
___
Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram