Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi | Rasmiy sahifa
644 subscribers
5.09K photos
506 videos
18 files
1.67K links
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi
Download Telegram
#sayyor_qabul
#Qoraqalpogʻiston

🤩 QORAQALPOGʻISTONDA AGENTLIK DIREKTORI ALISHER UBBIYEVNING SAYYOR QABULI OʻTKAZILDI

Aholining ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari yoʻnalishidagi murojaatlari, taklif va shikoyatlarini oʻrganish maqsadida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining Nukus filialida tashkil etilgan sayyor qabulda shahar va tumanlardan fuqarolar qatnashib, oʻzlarini qiynab kelayotgan masalalar yuzasidan Agentlik rahbariyatiga murojaat qildi.

Qabul davomida kelib tushgan murojaatlarning aksariyati joyida hal qilingan boʻlsa, ayrim murojaatlarning o‘rganilishi vaqt talab etganligi bois tegishli tartibda nazoratga olindi.

Shuningdek, Agentlik direktori Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining Nukus filiali oʻquvchilari bilan muloqot qilib, ularning talim maskanidagi oʻquv jarayonlari haqidagi fikrlari bilan qiziqdi.

Oʻgʻil-qizlarga yanada kuchli bilim olish, bir nechta xorijiy tillar, axborot texnologiyalarini mukammal egallash lozimligini taʼkidladi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube