Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi | Rasmiy sahifa
643 subscribers
5.04K photos
506 videos
18 files
1.67K links
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
"Jadidlar izidan" tanlovining hududiy bosqichlari boshlandi

muxbir: Gulnora Rasulova

#Namangan viloyati

12:00 14.11.2024

#Jadidlarizidan

@hududtv
#ishchi_guruh

ABDULLA QODIRIY NOMIDAGI IJOD MAKTABI FAOLIYATI OʻRGANILDI

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori Alisher Ubbiyev boshchiligidagi ishchi guruh Toshkent shahridagi Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Xususan, Agentlik tizimidagi mazkur maktabda o‘quvchilarning sifatli taʼlim-tarbiya olishlari uchun yaratilgan sharoitlar oʻrganilib, dars jarayonlari kuzatildi. Maktab hududida qurilayotgan oʻquvchilar turar joyi binosi koʻzdan kechirildi.

Bitiruvchi o‘quvchilar bilan bo‘lgan suhbatda Agentlik direktori yoshlarga zamonaviy kasblarni tanlash borasida tavsiyalar berib, yetuk mutaxassis boʻlish uchun oʻz sohasi boʻyicha puxta malakaga ega boʻlish bilan birga, bir nechta xorijiy tillarni bilish, axborot texnologiyalarini mukammal oʻzlashtirish, siyosiy, madaniy bilimlarni ham bilishi lozimligini taʼkidladi.

Oʻrganish davomida ta’lim maskani erishib kelayotgan yutuqlar, hozirgi vaqtda mavjud shart-sharoitlar tahlil qilindi. Aniqlangan kamchiliklarni tezkorlik bilan bartaraf etish boʻyicha masʼullarga tegishli koʻrsatmalar berib oʻtildi.

Shuningdek, Agentlik direktori maktab oʻquv jarayonida qoʻllanilishi muhim boʻlgan bir qator topshiriq va takliflarini berdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#seminar_trening
#ijod_maktablari

🤩 IJOD MAKTABLARI ROBOTOTEXNIKA FANI OʻQITUVCHILARI UCHUN SEMINAR-TRENING

Joriy yilning 14-15-noyabr kunlari Agentlik tizimidagi ijod maktablarining robototexnika fani oʻqituvchilari uchun "Natijaga asoslangan yondashuv: tahlil va tavsiyalar" nomli onlayn seminar-trening oʻtkazildi.

Unda trener sifatida Prezident maktablarining robototexnika fani oʻqituvchilari biriktirilib, Agentlik masʼul xodimlari tomonidan ZOOM platformasi orqali olib borildi.

Maʻlumot oʻrnida, Agentlik tizimidagi ijod maktablarining ona tili, adabiyot, ingliz tili, tarix, matematika, sanʼat fani oʻqituvchilari uchun ham metodik tavsiyalarni oʻz ichiga olgan onlayn-seminarlar tashkil etilgan edi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Ibrat_maktabi
#Sport #Shahmat

AQL GIMNASTIKASI

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabida 15.11.2024-yil kuni o‘quvchilarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish hamda mantiqiy va kreativ fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish maqsadida sportning shahmat turi bo'yicha musobaqa tashkil etildi.
___
Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ibrat_maktabi
#robocoding_olimpiada

🧑‍💻 Is'hoqxon Ibrat nomidagai ijod maktabida o‘quvchilarni sun’iy intellekt va robototexnika yo‘nalishlari bo‘yicha qiziqishlarini yanada kuchaytirish, ushbu yo‘nalishda iqtidorli o‘quvchilarni aniqlash, ularni munosib rag‘batlantirish va iqtidorlarini ro‘yobga chiqarish uchun shart-sharoit yaratish maqsadida “Robo-Coding” olimpiadasi tashkil etilmoqda.

🛠 Ishtirokchilarimiz robotlarini yaratish (yig'ish, dasturlash, test) jarayonini hujjatlashtiruvchi maxsus videorolik tayyorlashdi.

🎞 Quyidagi videorolik 8-sinf o'quvchilari Shodiyor va Shohjahon jamoasidan:
___
Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram
#sayyor_qabul
#Qoraqalpogʻiston

🤩 QORAQALPOGʻISTONDA AGENTLIK DIREKTORI ALISHER UBBIYEVNING SAYYOR QABULI OʻTKAZILDI

Aholining ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari yoʻnalishidagi murojaatlari, taklif va shikoyatlarini oʻrganish maqsadida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining Nukus filialida tashkil etilgan sayyor qabulda shahar va tumanlardan fuqarolar qatnashib, oʻzlarini qiynab kelayotgan masalalar yuzasidan Agentlik rahbariyatiga murojaat qildi.

Qabul davomida kelib tushgan murojaatlarning aksariyati joyida hal qilingan boʻlsa, ayrim murojaatlarning o‘rganilishi vaqt talab etganligi bois tegishli tartibda nazoratga olindi.

Shuningdek, Agentlik direktori Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining Nukus filiali oʻquvchilari bilan muloqot qilib, ularning talim maskanidagi oʻquv jarayonlari haqidagi fikrlari bilan qiziqdi.

Oʻgʻil-qizlarga yanada kuchli bilim olish, bir nechta xorijiy tillar, axborot texnologiyalarini mukammal egallash lozimligini taʼkidladi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube