Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ajdodlar_merosi
#Jadidchilik, #jadidlar
XIX asr oxiri – XX asr boshlarida “jadid”, “usuli jadid”, “ziyoli”, “taraqqiy” degan so‘z va iboralar qo‘llana boshladi.
Amaliy jihatdan favqulodda ijobiy natijalar bergan bu usul asr boshida Turkistonning barcha shahar va qishloqlariga kirib borayotgan edi. Bu usul targ‘ibotchilari ana shu munosabat bilan “jadidlar” nomini oldi, ularning maktablar islohoti bilan boshlanib, asta-sekin jamiyatning madaniy-ma’naviy hayotini, keyinroq ijtimoiy-siyosiy sohalarini qamrab olgan harakati uchun esa “jadidchilik harakati”, davrni esa “jadidchilik davri”, deb atash ham XX asr 20-yillarda taomilga kirgan edi.
Bu davrni o‘z vaqtida ayrim mutaxassislar “Turkistonning milliy uyg‘onish tarixi”, deya nomlab salmoqli tadqiqotlar ham yaratganlar.
200 ga yaqin jadidlardan biri — Is’hoqxon Junaydullaxo‘ja o‘g‘li Ibrat 1862-1937 yillarda yashagan olim, tilshunos, tarixchi va noshirlik bilan shug‘ullangan jadidchi muallim.
___
Telegram | Youtube | Google | Facebook | Instagram