Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi | Rasmiy sahifa
667 subscribers
4.82K photos
496 videos
18 files
1.63K links
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Xorijiy_tillar

"TIL EGALARI" UMUMTA'LIM MAKTABLARIDA: O'QITUVCHI VA O'QUVCHILAR NIMA DEYDI?

Avval xabar berilganidek, yurtimizda xorijiy tillarni o'qitishni yanada takomillashtirish maqsadida chet eldan "til egalari" bo‘lgan mutaxassislar yetib kelishgan.

⚡️ Ushbu loyiha doirasida Toshkentdagi maktablarda dars berayotgan fransiyalik Ravey Anne-Lise, misrlik Mahmoud Mohammed Helmy va myanmalik Thular Siram hamda o'quvchilar taаssurotlari bilan qiziqdik.

✔️ Mahmoud Mohammed Helmy, Bektemir tumanidagi 337-maktab:
"Mening yagona maqsadim o'zbek o'quvchilarining ingliz tilida o'z ona tilidagidek yaxshi gaplasha olishlariga erishishdan iborat".

✔️ Thular Siram, Yunusobod tumani 5-maktab:
"Men o'quvchilarimning o'qitish jarayonlariga faolroq qatnashishlarini ta'minlashga harakat qilaman"

✔️ Ravey Anne-Lise, Yunusobod tumani 51-maktab:
"Mazkur ta'lim maskanidagi quvnoq pedagogik jamoada ishlash menda katta taassurot qoldirdi".

___
Web | Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram
#Ibrat_maktabi
#xorijiy_tillar
#darslar

🔰 Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi 8-B sinf o‘quvchilariga I-chorakda fransuz tili fanidan “Les traditions culturelles francaises" mavzusida ochiq dars o‘tildi.

🇫🇷 Dars davomida o‘quvchilar Fransiya madaniyati va urf odatlari haqida bilimlarga ega bo‘lish bilan birgalikda fransuz tilidagi bilim va ko'nikmalarini mustahkamladilar.

👨‍🏫 O‘qitish shakli "Gibrid" (oflayn-onlayn) usulida, ta’lim vositalari — smart texnologiyalardan interaktiv doska (IQ board), axborot-kommunikatsion vositalari WiFi (internet tarmog'i), xalqaro Explore A1-2 darsliklari, tarqatma materillari, multimediya vositalari va onlayn platformasidan (educadhoc.fr) hamda yangi ped texnologiya va metodikalardan kichik guruhlarda ishlash, madaniy integratsiyalashuv, tarix va adabiyot fanlari bilan integratsiya metodlaridan foydalanib dars tashkil etildi.

👨‍💼 Ustoz: Valijon Mamadjonov
___
Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram