Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi | Rasmiy sahifa
653 subscribers
4.91K photos
499 videos
18 files
1.64K links
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi
Download Telegram
#Ibrat_maktabi
#Onatilim_faxrim_mening

⚡️Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabida 21-oktyabr — O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kunning 35 yilligini yuqori saviyada o‘tkazish maqsadida o‘quvchi, o‘qituvchi hamda ishchi hodimlari tomonidan "Ona tilim - faxrim mening" shiori ostida targ‘ibot tadbirlari bo‘lib o‘tmoqda.

Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram
#Ibrat_maktabi
#Uquvchilar_ijodidan

IKKINCHI QUYOSHIM

Ona tilim xo‘b go‘zal,
Lol etuvchi sehr yor.
Barcha tillardan afzal
Deyishga chin haqim bor.

Udir so‘zlar bulog‘i
Xalqimga, Vatanimga.
Ko‘nglimning do‘st-o‘rtog‘i,
Kerakdir har onimga.

Ma’nolarning dengizi,
Bag‘ri to‘ladir durga.
Busiz yasholmas o‘zi,
Shuning-chun doim birga.

Boringga shukur, tilim,
Onamdek yo‘q qiyosing.
Faxr-la ravshan dilim,
Sen ikkinchi quyoshim!


Maftuna MAHMUDJONOVA,
Is’hoqxon Ibrat nomli ijod
maktabining 8-sinf o'quvchisi


___
Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram
#Ibrat_maktabi
#Uquvchilar_ijodidan

ONAMDEK SUYUK


O‘zbek tilim, o‘z tilim,
Onamdek suyuk tanho.
Ma’noga boy so‘z, tilim
Ko‘hna durdek bebaho.

Har tovushi, ohanggi
Yoqimlidir dilimga.
Tinmas sira jaranggi
Xizmat qilib elimga.

Davlat tili maqomi
Tik ko‘tardi qaddini.
Jahonda yangrab nomi
Yuksaltirdi qadrini.

Tilimga yetmas zavol,
Birga-birga yashaymiz.
Topamiz doim kamol,
Olg’a qadam tashlaymiz.


Mohinur Baxtiyorova,
Is’hoqxon Ibrat nomli ijod maktabining 8-sinf o‘quvchisi


___
Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram
#Ibrat_maktabi
#Ustozlar_ijodidan

SEN MENING TILIMSAN

Ulugʻ Navoiydan merossan menga,
Yurt sogʻinchin malhamisan Boburga,
Buyuk Amir Temur so'ylagan senda,
Sigʻinganim, topinganim, ona tilimsan.

"Qutadgʻu bilig"day gavharlaring bor,
"Devoni lugʻati at-turk"day durdonang bisyor,
Axir qancha xalqlar ona tilga zor,
Buyuklardan buyugimsan, ona tilimsan.

Qancha talotumlar oʼtdi boshingdan,
Gʻanimlar suyundi qonli yoshingdan,
Jonim sadqa bo'lsin, koʼz-u qoshingdan,
Bagʻri tilim-tilim boʼlgan tilimsan.

Fidoyi insonlar bordir bu elda,
Shukur yillar oʼtmas doim bir xilda,
Xayriyat, erishdik biz istiqlolga,
Hurlik sari yoʼl ochgan ona tilimsan.

Davlat tili boʼldi maqomning,
Dunyo uzra tanildi noming,
Yoshlar uchun kengdir imkoning,
Tenglar ichra tengim tilimsan,
Ona tilimsan!


Roxila VOXIDOVA
Isʼhoqxon Ibrat ijod maktabining ona tili va adabiyot fani oʻqituvchisi, Xalq taʼlimi aʼlochisi

___
Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram
#Ibrat_maktabi
#Zakovat
#5tashabbus

🏢 Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabida 18.10.2024-yil kuni o‘quvchilar o'rtasida o'tkazilgan "Zakovat" intellektual o‘yinining navbatdagi turniridan fotolavhalar

Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram
#Ibrat_maktabi
#Psixologik_trening

“O‘QUVCHI YOSHLAR HALOLLIK TARAFDORI”

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabida “O‘quvchi yoshlar halollik tarafdori” 10 kunligi tadbirlarini tashkil qilish bo‘yicha 11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida “Halollik va axloqning kasb tanlashdagi ahamiyati” mavzusida maktab psixologi ishtirokida trening tashkil etildi.

___
Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram
#Ibrat_maktabi
#Tanlov

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabida 21-oktyabr — O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kunning 35 yilligini yuqori saviyada o‘tkazish maqsadida maktabning ijodkor o‘quvchilari o‘rtasida “Eng yaxshi she’rxon” tanlovi tashkil etildi.

⚡️Tanlov maktabning ona tili va adabiyot fani ustozlari tomonidan tashkil etildi. Unda ijodkor o‘quvchilar tomonidan yozilgan o‘zbek tilini ulug‘lovchi she’rlarini ifodali o‘qish hamda tahlil etish bo‘yicha tashkil etildi.

___
Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram