Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi | Rasmiy sahifa
652 subscribers
4.91K photos
499 videos
18 files
1.64K links
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi
Download Telegram
#Ibrat_maktabi
#Uquvchilar_ijodidan

ONA TILIM

Tilim tarixidan quvonay nechun,
Kamsitish, tahqirlash ko‘p ko‘rdi axir.
Baribir ko‘rsatdi boyligin, kuchin,
O‘zbegim faxriga aylandi oxir.

Shukrlar aytaman, takror va takror
O‘zligim, erkligim, o‘z tilim bordir.
Navoiy "Xamsa"sin o‘qiyman bot-bot
Har yurgan yo’limda baxt, iqbol yordir.

Alla bo‘lib qulog‘imga jaranglagan,
Alisherning so‘zidagi yoqut, durim.
She’riyatga meni asta yetaklagan,
Ona tilim, o‘zbek tilim, jon tilim.

Odina RUSTAMJONOVA,
Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabining 10-sinf o‘quvchisi


___
Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram
#Ibrat_maktabi
#tugaraklar
#oʻquvchilar_ijodidan

🏢 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi "Veb-dizayn" to'garagi a'zosi Parizodaning "Maktabimda yomg'irli kun" nomli kompozitsiyalari.

🍁☔️ Quyidagi fotorasmlar Ibrat majmuasi atrofidagi yomg'irli kuz fasli.

#Photography_Contests » 💦
___
Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram
#Ibrat_maktabi
#Insho

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabida 21-oktyabr — O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kunning 35 yilligini yuqori saviyada o‘tkazish maqsadida “Ona tilim — mening faxrim!” mavzusida 7-sinf o‘quvchilari o‘rtasida insholar tanlovi tashkil etildi.

Natijalarga ko‘ra

Mamadaliyeva Kumush 1-o‘rin
Najmiddinova Diyora 2- o‘rin
Tojimamatova Ruxsora 3-o‘rinni qo‘lga kiritishdi


Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram