Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi | Rasmiy sahifa
655 subscribers
4.91K photos
499 videos
18 files
1.64K links
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi
Download Telegram
#Ibrat_maktabi
#Tarbiyachilar_faoliyatidan
#5_tashabbus

TA’LIM TIZIMIDAGI ZAMONAVIYLIK

💻 Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabida besh tashabbus doirasida tarbiyachi-pedagog B. Sobirjonov rahbarligida 10-“B”sinf o‘quvchilari bilan kompyuter savodxonligi hamda internet tarmog‘idan samarali foydalanish yuzasidan amaliy dars tashkil etildi.

👩‍💻👨‍💻 Maqsad: O‘quvchilarni zamonaviy kasb- hunarlarga, xususan ATK (IT) bo’lgan qiziqishlarini yanada oshirish, boshlang'ich bilim va ko'nikmalarni egallashdan iborat.

___
Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram
#Ibrat_maktabi
#Tarbiyachilar_faoliyatidan
#5_tashabbus

MUZEYGA SAYOHAT

🏢 Isʼhoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi oʻquvchilarini mamlakatimizning qadimiy va boy tarixini o‘rganish, yoshlar orasida keng targ‘ib etish, shuningdek, ularda milliy g‘urur va iftixor tuyg‘usini mustahkamlash maqsadida oʻlkamizdagi muzeylarga sayohat uyushtirilmoqda.

🏞 Navbatdagi sayohat tarbiyachi-pedagog D. Umarova boshchiligida 7- sinf oʻquvchilari “Is’hoqxon To‘ra Ibrat” nomidagi muzeyi bilan tanishdilar . Muzey rahbari tomonidan Ibrat ijodi va shaxsiy hayotiga doir ma’lumotlar berildi.

___
Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram
#Ibrat_maktabi
#Tarbiyachilar_faoliyatidan
#5_tashabbus

SPORT BILAN HAMNAFAS

🎯 O‘quvchilarni bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda yoshlar o‘rtasida sportni keng targ‘ib qilish maqsadida "Sog‘ tanda, sog‘lom aql" shiori ostida sport mashg‘ulotlari tashkil etilmoqda.

🏐⚽️🏀2024-yil 04-oktabr kuni Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabining tarbiyachi-pedagog Y. Asqarov rahbarligida yoshlarni jismonan sog‘lom bo‘lishi, qon aylanish sistemasi va ish faoliyatini samaradorligini oshirish hamda tezkorlik, chidamlilik, chaqqonlik kabi sifatlarni rivojlantirish maqsadida 10 -"A" sinf o‘quvchilari bilan sport tadbirlari tashkil etildi. Ushbu tadbirda o‘quvchilar qobiliyatlariga ko‘ra gimnastika mashg‘ulotlari bilan shug‘ullandilar.

___
Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram
#Ibrat_maktabi
#Tarbiyachilar_faoliyatidan
#5_tashabbus

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Isʼhoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi o‘quvchilarini kasbga yo‘naltirish maqsadida Namangan davlat chet tillar institutiga tashrif buyurishdi.

💫 Tarbiyachi-pedagog M. Holmirzayeva tomonidan 11- sinf oʻquvchilarini OTM larga to‘g‘ri yoʻnaltirish, ijodiy faoliyatini yanada rivojlantirishga keng imkoniyatlar yaratish va amalga oshirilishi lozim bo‘lgan istiqbolli rejalarni koʻrib chiqish maqsadida Namangan davlat chet tillar institutiga sayohat tashkil etildi. O‘quvchilar institutning o‘quv binolari, xonalar, sport zal va o‘quvchilar turar joylari bilan yaqindan tanishdilar.

___
Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram
#Ibrat_maktabi
#Tarbiyachilar_faoliyatidan
#5_tashabbus

🏢 Is'hoqxon Ibrat  nomidagi ijod maktabi 8"B" sinf o'quvchilarining bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida aql mashg'uloti o'tkazildi.

💠 Unda tarbiyachi-pedagok Sh.Azizmuhamedova hamda jismoniy tarbiya o'qituvchisi I.Ismoilov bilan shaxmat va shahka sporti o'yinlari qoidalari, shartlari va texnikalari mavzusida mashg'ulot bo'lib o'tdi.
___
Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram
#Ibrat_maktabi
#Tarbiyachilar_faoliyatidan
#tugaraklar
#5_tashabbus

🏢 Is'hoqxon Ibrat  nomidagi ijod maktabi 11-"B" sinf o'quvchilarining bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida media mashg'uloti o'tkazildi.

🎦 Tarbiyachi-pedagog D.Toʻraboyeva hamda "Audio-Visual asarlarni yaratish va qayta ishlash" to'garagi rahbari B.Boybabayev bilan hamkorlikda 11-"B" sinfning mediaga qiziquvchi o'quvchilarga kitoblarni audio formatda saqlashni o'rgatishdi.

🎤 Mashg'ulot davomida 11-"B" sinf oʻquvchilari Saminjonova Jumagul o'qib bergan Abdulla Qahhorning "Dahshat" hikoyalar toʻplamidagi "Anor" hikoyasini audio kitob holatida raqamlashtirishdi.
___
Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram
#Ibrat_maktabi
#Tarbiyachilar_faoliyatidan
#5_tashabbus

📚 Kitob zamonlar dengizida sayohat qilayotgan va o‘zining qimmatbaho yukini avlodlardan-avlodlarga tashiyotgan hikmat kemasidir.

💫Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Isʼhoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi o‘quvchilarini bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida tarbiyachi- pedagog G.Rahimova, adabiyot fani o‘qituvchisi M.Munavvarova hamda 8-"A" sinf o‘quvchilari jurnalist va publitsist Grigoriy Petrovni "Oq nilufarlar yurtida" asari tahlili bo‘lib o‘tdi.

📖Ushbu kitobda bir millat uyg‘onishiga guvoh bo‘lgan Grigoriy Petrovning kelajak haqida kuzatuvlari va kuzatgan voqealari mavjud, unda milliy uyg‘onishga olib boradigan yo‘l yuksak axloq, mehnatsevarlik va ishlab chiqarish orqali o‘tadi va bu faqat poydevori mustahkam bir taʼlim tizimi bilan qilinishi mumkinligi yuzasida yozilgan.

___
Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram
#Ibrat_maktabi
#Psixologik_trening
#Tarbiyachilar_faoliyatidan


🏛 09.10.2024-kuni Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi psixologi A. Abdullayev hamda tarbiyachi-pedagog M.Po‘latovlar tomonidan 9-sinf o‘quvchilariga “Iroda - baxt sharti” mavzusida psixologik trening o‘tkazildi.

🧘 Treningdan maqsad o‘quvchilar orzulari maqsadlarini amalga oshirish uchun o'zimizda fikrlarimizni tartibga solish orqali yaxshi niyatlarimizni amalga oshirishni o'rganish va maqsadimizni qayta qayta ongimizga yetkazish. o’qish hamda ish samaradorligini oshirish,shukronalik hissini paydo qilish .

___
Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram
#Ibrat_maktabi
#Tarbiyachilar_faoliyatidan
#5_tashabbus

🎨 Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbus doirasida tarbiyachi-pedagog Y. Asqarov rahbarligida 10-“B”sinf o‘quvchilari maktabda tashkil qilingan "Tasviriy va raqamli san’at " to‘garagida o‘quvchilar raqamli texnologiyalar orqali rassomlik saboqlarini o‘rganyaptilar.

📷Jarayondan fotolavhalar

___
Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram
#Ibrat_maktabi
#Tarbiyachilar_faoliyatidan
#5_tashabbus

Ustozlar va ularning mashaqqatli mehnatiga bag‘ishlangan filmlar. Ustozlarning nafaqat o‘zi, balki ular haqidagi yaxshi film ham tarbiyalashi, o‘rgatishi mumkin.

💫 10.10.2024-yil kuni Isʼhoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi tarbiyachi- pedagogi D. Umarova tomonidan 7- sinf o‘quvchilariga Hindistonda suratga olingan “Yerdagi yulduzchalar” filmi namoyish etildi.

🎞 Unda 8 yoshli Ishan Avasti tug'ilishdan boshlab boshqa bolalardan bir oz farq qilishi. Ishani uchinchi marta maktab imtihonlaridan o'ta olmaganida, otasi bolani jazo sifatida maktab-internatga berishi. Ishanning hayotida vaqtinchalik san'at o'qituvchisi Ram Nikum paydo bo'lishi - bu bolani tushunadigan yagona odam sifatida o'z oldiga bolaning hayoti va unga bo'lgan munosabatini o'zgartirishni maqsad qilib qo'yishi to'g'risida lavhalar aks etgan.

___
Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram