Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi | Rasmiy sahifa
667 subscribers
4.82K photos
496 videos
18 files
1.63K links
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi
Download Telegram
#Ibrat_maktabi #seminar_trening

🏢 Ixtisoslashtirilgan Ta'lim Muassalari Agentligi tizimidagi Is'hoqxon Ibrat nomli ijod maktabida Namangan viloyati tizimidagi Ixtisoslashtirilgan maktab maslahatchilari (school counselors) uchun maslahatchilarning malakasini oshirish va faoliyatini samarali olib borish bo'yicha seminar-trening tashkil etildi.

📗 Seminar-trening Ishoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabida maslahatchi MCShuhrat tomonidan quyidagi DASTUR asosida o‘tkazildi:
Maslahatchining:
🔹 Mas’uliyatlari,majburiyatlari va vakolatlari;
🔹 Ota–onalar, o‘quvchilar va jamiyat bilan ishlash;
🔹Yillik ish taqsimoti va uni rivojlantirish;
🔹 Nufuzli Chet el OTMlariga kerakli hujjatlar va ularning yozilish;
🔹 Olimpiada hamda ko'rik-tanlovlar bilan habardor etish;
🔹 Zamonaviy kasblar va kasbiy ko‘nikmalarni o‘quvchilarda shakllantirish;
🔹Ekskursiya va sayyor darslar uyushtirish;
🔹OTM, O'quv markazlari va IT parklar bilan memorandum-shartnomalar tuzish;
__
Web | Telegram | Youtube | Google | Facebook
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#ijod_maktablari
#seminar_trening

⚡️Jizzax viloyatidagi Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabida Agentligimiz tizimidagi 9 ta ijod maktablarida faoliyat yuritayotgan rahbar va pedagog xodimlar uchun o‘quv-trening tashkil etildi.

Seminarning asosiy maqsadi, pedagoglarning kasbiy mahoratini rivojlantirish, yangi o‘quv yilida o‘quv jarayonlarini sifatli tashkil etish, ta’lim jarayoniga zamonaviy pedagogik texnologiyalarni joriy etishni jadallashtirish hamda takomillashtirilgan mahalliy fan dasturlari va qo‘llanmalaridan samarali foydalanishini ta’minlashdan iboratdir.

O‘quv-treningda Ijod maktabi o‘quvchilari uchun nashr etilgan yangi darslik mohiyati, mezonlarga asoslangan baholash, milliy sertifikatga o‘quvchilarni tayyorlash, til ko‘nikmalarini rivojlantirish, loyiha ishlari orqali o‘quvchilarning amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish – amaliyotdan nazariyaga kabi mavzular yuzasidan mutaxassislar tomonidan ma’ruzalar qilindi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Seminar_trening
#Angliya

O’ZBEKISTONLIK MAKTAB DIREKTORLARI ANGLIYADAGI MAKTABLARDA DIREKTOR BO’LISHADI

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan “Direktorlar uchun maktablarni rivojlantirish dasturi” tashkil etilgan bo’lib, g‘oliblar Angliyaning Portsmut universitetida malaka oshirish imkoniyatini
qo‘lga kiritishadi.

🔴 Bugun mazkur dasturning so‘nggi bosqichi sifatida seminar-trening jarayonlari bo’lib o’tmoqda.

❗️Trening Buyuk Britaniyaning Portsmut universiteti Ta’lim, tillar va lingvistika bo‘limi boshlig‘i, professor Stiven Korbett tomonidan o’tkazilmoqda.

⚡️ Ma’lumot uchun, Angliyaning Portsmut universiteti bilan hamkorlikdagi mazkur dastur 1-marta o’tkazilayotgan bo’lib, o‘z ichiga quyidagi 3 ta shartni qamrab oladi:
 
Hujjat topshirish. Nomzodlar ingliz tilini bilish darajasini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etishi lozim (kamida B2 daraja).
 
Yozma ish
 
Suhbat

Ushbu tanlovda g’olib bo’lgan 28 nafar direktor Angliyaning Portsmut shahriga 2 hafta davomida malaka oshirishga yuborilishi rejalashtirilmoqda.

❗️G’oliblar dastur doirasida Angliyadagi Portsmut universitetida treninglarda ishtirok etishadi va 2 kun davomida Angliyadagi maktablarda direktor sifatida ham amaliyot o’tashadi.

Ular keyinchalik Angliyada o’rgangan tajribalarini boshqa maktab direktorlari bilan bo’lishishlari ko’zda tutilgan.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Seminar_trening
#Ijod_maktablari

⚡️Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Ijod maktablarining ma’naviy-ma’rifiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosarlari, psixolog va tarbiyachi-pedagoglarning malakasini yanada oshirish maqsadida Nukus shahridagi Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabida amaliy seminar-trening tashkil etildi.

Dastlab mehmonlar uchun maktab boʻylab sayohat uyushtirildi. Bunda mehmonlar maktab hayoti, yaratilgan sharoitlar va uning milliy o'ziga xosligi, shuningdek, oʻquvchilar tomonidan ishlangan loyiha ishlari bilan tanishtirildi.

📝 Seminar davomida:
Ijod maktablari missiyasi, maqsadlari va ularga erishishda Xalqaro maktablar kengashi (CIS) faoliyati tajribasi;
Global fuqarolik va madaniyatlararo ta’lim;
Xavfsiz maktab va bolalarni himoya qilish;
Etika kodeksi, maktab qadriyatlari;
Xodimlar, ota-onalar va bolalar hamjihatligi kabi mavzularda taqdimotlar va treninglar boʻlib oʻtmoqda.

📆Ma'lumot uchun, mazkur seminar-trening ikki kun davom etadi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#seminar_trening

🗺Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabida Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tomonidan tashkil etilgan amaliy seminar-treningdan suratlar.

#birinchi_kun #jarayon #ijod_maktablari

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#seminar_trening

🗺Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabida Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tomonidan tashkil etilgan amaliy seminar-treningdan suratlar.

📆 Bugun amaliy mashgʻulotlardan soʻng Nukus shahrida boʻlib turgan Andijon, Namangan, Fargʻona, Toshkent, Qashqadaryo, Xorazm, Sirdaryo va Jizzax viloyatlaridagi ijod maktablarining ma’naviy-ma’rifiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosarlari, psixolog va tarbiyachi-pedagoglari uchun Qoraqalpogʻistondagi qadimiy qadamjolar, diqqatga sazovor maskanlarga, jumladan Igor Vitalyevich Savitskiy nomidagi Qoraqalpogʻiston davlat sanʼat muzeyi, Nazlimxan Suluv maqbarasiga sayohat uyushtirildi.

#ikkinchi_kun #jarayon #ijod_maktablari

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Seminar_trening

🔴 Ayni damda poytaxtimizda “Umumta’lim maktablarida tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish, tizimli muammolar va ularni bartaraf etish, istiqboldagi rejalar” mavzusida tashkil etilgan o‘quv seminari davom etmoqda.

Tadbirning ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi Xayriddin Sultonov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Ijtimoiy rivojlanish departamentining rahbari Odil Abdurahmonov, Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari Otabek Hasanov, ziyolilar, mamlakatimizning barcha tuman va shaharlaridan kelgan pedagoglar ishtirok etishdi.

Xayriddin Sultonov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi:


Yoshlarimizni ma'naviy tahdidlardan asrash, ularni kamolotga yetkazishda eng katta mas'uliyat aynan ustozlarimiz yelkasiga yuklanadi. Zero, ta'lim tarbiya bilan chambarchas bogliq jarayondir

Hilola Umarova, Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri:

Bugungi seminar orqali maktablardagi tarbiyaviy ishlarni zamonaviy metodlarda tashkil etish, bunga mas’ul rahbarlarning ish uslubi, malakasini oshirishni niyat qilganmiz.

❗️Shuningdek, tadbir davomida vazirlik tomonidan tayyorlangan “Ota-ona – murabbiy” kitobi taqdimoti ham tashkil etildi.

👉 Batafsil: https://uzedu.uz/y3/news/1576

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#seminar_trening
#ijod_maktablari

NATIJAGA ASOSLANGAN YONDASHUV: TAHLIL VA TAVSIYALAR

Joriy yilning 28-30-oktyabr kunlari Agentlik tizimidagi ijod maktablarida ona tili, adabiyot, tarix, ingliz tili va matematika fanlaridan ChSB sinovlari oʻtkazilgan edi.

ChSB sinovlari natijalarini tahlil qilish hamda metodik tavsiyalar berish maqsadida Agentlik tomonidan ijod maktablari pedagogik jamoalari ishtirokida "Natijaga asoslangan yondashuv: tahlil va tavsiyalar" nomli onlayn seminar-trening oʻtkazilmoqda.

Seminarda trener sifatida oʻquvchilari yuqori natija koʻrsatgan fan oʻqituvchilari biriktirilgan boʻlib, Agentlik masʼul xodimlari tomonidan ZOOM platformasi orqali olib borilmoqda.

Onlayn seminar-trening joriy yilning 9-noyabriga qadar davom etadi.

Maʼlumot oʻrnida, Agentlik tizimidagi ijod maktablari 2024/2025-oʻquv yilida oliy taʼlim muassasalariga kirish imtihonlari natijalari boʻyicha kuchli oʻntalikdan joy olgan.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#seminar_trening
#ijod_maktablari

NATIJAGA ASOSLANGAN YONDASHUV: TAHLIL VA TAVSIYALAR

Xabaringiz bor, ChSB sinovlari natijalarini tahlil qilish hamda metodik tavsiyalar berish maqsadida Agentlik tomonidan ijod maktablari pedagogik jamoalari ishtirokida "Natijaga asoslangan yondashuv: tahlil va tavsiyalar" nomli onlayn seminar-trening oʻtkazilmoqda.

🌐 Seminarda trener sifatida oʻquvchilari yuqori natija koʻrsatgan fan oʻqituvchilari biriktirilgan boʻlib, Agentlik masʼul xodimlari tomonidan ZOOM platformasi orqali olib borilmoqda.

🔤 Bugungi onlayn seminar-treningda maktabimiz oliy toifali ingliz tili fani o‘qituvchisi Negmatova Barnoxon trener sifatida “Why teach Phrasal verbs to ESL students?” mavzusida onlayn workshop o‘tib berdi. Treningda yangi pedagogik texnologiyalardan foydalangan holda ingliz tili darslari o’qitish metodikalari ko‘rib o‘tildi.
___
Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram
#seminar_trening
#ijod_maktablari

🤩 IJOD MAKTABLARI ROBOTOTEXNIKA FANI OʻQITUVCHILARI UCHUN SEMINAR-TRENING

Joriy yilning 14-15-noyabr kunlari Agentlik tizimidagi ijod maktablarining robototexnika fani oʻqituvchilari uchun "Natijaga asoslangan yondashuv: tahlil va tavsiyalar" nomli onlayn seminar-trening oʻtkazildi.

Unda trener sifatida Prezident maktablarining robototexnika fani oʻqituvchilari biriktirilib, Agentlik masʼul xodimlari tomonidan ZOOM platformasi orqali olib borildi.

Maʻlumot oʻrnida, Agentlik tizimidagi ijod maktablarining ona tili, adabiyot, ingliz tili, tarix, matematika, sanʼat fani oʻqituvchilari uchun ham metodik tavsiyalarni oʻz ichiga olgan onlayn-seminarlar tashkil etilgan edi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM