Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi | Rasmiy sahifa
666 subscribers
4.82K photos
496 videos
18 files
1.63K links
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Uchinchi_Renessans #Jadidlar
#Qatagon_qurbonlari #Isxoqxon_Ibrat

Jadidlar: Is'hoqxon To‘ra Ibrat (+video)

📺 O'zbekiston MTRK "Madaniyat va ma'rifat" kanali dasturida 2023-yil 17-yanvar kuni "Qatag'on qurbonlari" Davlat muzeyi bilan hamkorlikda yaratilgan "Jadidlar" turkumidagi hujjatli filmning navbatdagi soni namoyish etildi.

Bu son o‘zbek ilm ma’rifatparvari, taraqqiyparvar ziyoli, litograf, tilshunos olim Is`hoqxon To‘ra Ibrat Junaydullaxo‘ja o‘g‘li (1861-1937) hayoti va ijodi haqida.

Web | Telegram | Youtube | Google | Facebook
Is'hoqxon_To'ra_Ibrat_o'quv_metodik_ko'rsatma.pdf
1.1 MB
#Uchinchi_Renessans #Jadidlar
#Qatagon_qurbonlari #Isxoqxon_Ibrat

Qahhorjon Yo‘lchiyev "Is`hoqxon to’ra Ibrat" o‘quv-metodik ko‘rsatmasi elektron kitobi (+ e-book:pdf)
_________
Web | Telegram | Youtube | Google | Facebook
Ishoqxon-Tora.pdf
8.7 MB
#Ajdodlar_merosi
#Motivatsiya

#JADIDLAR.
Is'hoqxon To'ra Ibrat

🔡 Alifbosi: Lotin
📑 Betlar soni: 180
📙 Kitob tili: O'zbekcha
📚 Kitob turlari: Elektron resurs, Risola
✍️ Muallif: Dolimov U.
📅 Yili: 2022

Pedagogika fanlari doktori, professor Ulug’bek Dolimovning mazkur risolasida Is’hoqxon Ibratning hayot yo’li, tarixnavis, tilshunos va shoir sifatidagi ijodiy faoliyati yoritiladi. Shu bilan birga, risoladan Ibratning noshirligi, jamoat arbobi sifatidagi faoliyati haqida e’tiroflar hamda uning hikmatli so’zlari o’rin olgan.
____
Web | Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram
#Ibrat_maktabi
#Jadidlar

JADIDLAR

📚 Jadidchilik madaniyat sohasidagi harakat sifatida faoliyat yuritgan, taraqqiyot uchun kurashish, turkiy tillarni rivojlantirish, shu tillardagi adabiyotni boyitish, dunyoviy ilmlarni oʻrganish, fan yutuqlaridan foydalanish hamda ayollar va erkaklar tengligi uchun kurashishga chaqirishgan.

✍🏻 Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabida Jadidlar burchagi tashkil etildi. “Ilm-fan, ta’lim va tarbiya, ma’naviyat ustuvor masala” ekanligini maqsad qilib olingan ushbu jadidlar burchagi, direktorning ma’naviy va ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari A. Mo‘minov g‘oyasi bilan san’at fani o‘qituvchisi B. G‘ofurov tomonidan tasviriy san’atning “Grafika” turi asosida chizildi.

___
Web | Telegram | Youtube | Google  | Facebook |
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ajdodlar_merosi
#Jadidchilik, #jadidlar

XIX asr oxiri – XX asr boshlarida “jadid”, “usuli jadid”, “ziyoli”, “taraqqiy” degan so‘z va iboralar qo‘llana boshladi.

Amaliy jihatdan favqulodda ijobiy natijalar bergan bu usul asr boshida Turkistonning barcha shahar va qishloqlariga kirib borayotgan edi. Bu usul targ‘ibotchilari ana shu munosabat bilan “jadidlar” nomini oldi, ularning maktablar islohoti bilan boshlanib, asta-sekin jamiyatning madaniy-ma’naviy hayotini, keyinroq ijtimoiy-siyosiy sohalarini qamrab olgan harakati uchun esa “jadidchilik harakati”, davrni esa “jadidchilik davri”, deb atash ham XX asr 20-yillarda taomilga kirgan edi.

Bu davrni o‘z vaqtida ayrim mutaxassislar “Turkistonning milliy uyg‘onish tarixi”, deya nomlab salmoqli tadqiqotlar ham yaratganlar.

200 ga yaqin jadidlardan biri — Is’hoqxon Junaydullaxo‘ja o‘g‘li Ibrat 1862-1937 yillarda yashagan olim, tilshunos, tarixchi va noshirlik bilan shug‘ullangan jadidchi muallim.
___
Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram
#Ajdodlar_merosi
#JADIDLAR
#Motivatsiya

"Umuman, biz jadidchilik harakati, ma'rifatparvar bobolarimiz merosini chuqur o‘rganishimiz kerak. Bu ma'naviy xazinani qancha ko‘p o‘rgansak, bugungi kunda ham bizni tashvishga solayotgan juda ko‘p savollarga to‘g‘ri javob topamiz. Bu bebaho boylikni qancha faol targ‘ib etsak, xalqimiz, ayniqsa, yoshlarimiz bugungi tinch va erkin hayotning qadrini anglab yetadi".

Shavkat Mirziyoyev

*
Ishoqxon-Tora.pdf
8.7 MB
#Ajdodlar_merosi
#Motivatsiya

#JADIDLAR.
Is'hoqxon To'ra Ibrat

🔡 Alifbosi: Lotin
📑 Betlar soni: 180
📙 Kitob tili: O'zbekcha
📚 Kitob turlari: Elektron resurs, Risola
✍️ Muallif: Dolimov U.
📅 Yili: 2022

Pedagogika fanlari doktori, professor Ulug’bek Dolimovning mazkur risolasida Is’hoqxon Ibratning hayot yo’li, tarixnavis, tilshunos va shoir sifatidagi ijodiy faoliyati yoritiladi. Shu bilan birga, risoladan Ibratning noshirligi, jamoat arbobi sifatidagi faoliyati haqida e’tiroflar hamda uning hikmatli so’zlari o’rin olgan.
____
Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram
Forwarded from Hilola Umarova
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Jadidlar_izidan
#Respublika_tanlovi

✔️ Jadidlar izidan” respublika tanlovining hududiy bosqichlari o‘tadigan sanalar maʼlum bo‘ldi!

🟢 Ilk marotaba o‘tkazilayotgan tanlovda 364 906 nafar o‘quvchilar ishtirok etish istagini bildirdi. Sektor, tuman-shahar bosqichlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan 416 nafar ishtirokchi hududiy bosqichga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

12-noyabr Namangan viloyatidagi Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabida;
14-noyabr Surxondaryo viloyati Termiz shahridagi 26-umumta’lim maktabi hamda Farg‘ona viloyatidagi Erkin Vohidov nomidagi ijod maktablarida;
16-noyabr Andijon viloyatidagi Muhammad Yusuf hamda Qashqadaryo viloyatidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktablarida;
18-noyabr Jizzax viloyatidagi Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi hamda Samarqand shahridagi Mahmudxo‘ja Behbudiy uy muzeyida;
19-noyabr Navoiy viloyati Navoiy shahridagi 22-umumta’lim maktabi hamda Sirdaryo viloyatidagi Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabida;
20-noyabr Buxoro viloyatidagi Fayzulla Xo‘jayev uy muzeyida;
21-noyabr kuni Toshkent shahridagi Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabida;
22-noyabr Toshkent viloyati “Turon” axborot-kutubxona markazida hamda Xorazm viloyatidagi Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi ijod maktabida;
23-noyabr Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabida hududiy bosqichlar bo‘lib o‘tadi.

❗️Eslatib o‘tamiz, respublika bosqichi yakunlariga ko‘ra har bir sinf toifasi bo‘yicha eng yuqori ball to‘plagan 7 nafardan jami 14 nafar ishtirokchilar xorijiy davlatga ta’lim sayohatiga yuboriladi.

Batafsil ma’lumotlar Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining ijtimoiy tarmoqlaridagi sahifalarida berib boriladi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Ibrat_maktabi
#Jadidlar
#Tanlov

JADIDLAR IZIDAN”

O‘quvchilarga buyuk jadid allomalarni boy ma’naviy merosini keng targ‘ib qilish orqali kitobxonlikka jalb etish, ma’naviy dunyosini boyitish, ularda mustaqil va tanqidiy fikrlash hamda vatanparvarlik ko‘nikmasini shakllantirish maqsadida Jadidlar izidan” Respublika tanlovini umumiy o‘rta ta’lim maktablarida ta’lim olayotgan 6-10-sinf o‘quvchilari o‘rtasida bo‘lib o‘tmoqda.

💫 Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabida “Jadidlar izidan” Respublika tanlovi Namangan viloyat bosqichi ochilish marosimida maktabgacha va maktab ta’lim vaziri o‘rinbosari Farhod Esanovich va tuman hokimi Sherali Abdukaxarovichlar ishtirok etib tadbirni ochib berishdi hamda yoshlarni puxta bilim olib, Vatanning asl farzandlari bo‘lishga chaqirishdi.

Tadbir davomida ijodkor o‘quvchilar talqinida millat baxti uchun kurashgan jadid bobolar siymolari gavdalantirildi.


👉
Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ibrat_maktabi
#Jadidlar

Jadidlar izidan” tanlovining Namangan viloyat bosqichi Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktbabida o‘tkazildi.
___
Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Jadidlar

“Jadid” gazetasining 46-soni bilan tanishing:

📰 Elektron gazeta

Oqil SALIMOV:
“Sharafli zamondosh”
Ahmadjon MELIBOEV:
“Turkiy dunyo rivojida yangi bosqich”
Muhayyo PIRNAFASOVA:
“Saodat darvozasi”
Shuhrat SIROJIDDINOV, Zulxumor XOLMANOVA:
“Ahli fazl va ahli hunarga yuksak ehtirom”
Xusrav HAMIDOV:
“Bahramandlik baxti”
Akmal SAIDOV:
“Ishonch va iymon bilan”
Muhammad ALI:
“Qulf ursin mangulik hayotning guli” (she’rlar)
Bahodir KARIM:
“Olimga yondashsang, ochilar ko‘zing...”
B.NURMUHAMMAD:
“So‘kong‘ichning duosi”
Ro‘zimboy HASAN:
“Bozor talabimi yoki sun’iy hosila?”
Shahriyor ShAVKAT:
“To‘raqo‘rg‘on to‘rasi to‘g‘risinda”
Ruxshona BOBONAZAROVA:
“Allomani tanish”
Mulla XUNOB:
“Dardi bedavo”
Eshqobil ShUKUR:
“Quyosh va gunesh”
Bahoroy DO‘SMATOVA:
“Ostonasi tillo uy”
___
Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram
#Ibrat_maktabi
#Jadidlar

📚 Buyuk jadid bobolarimizning boy ma'naviy merosini keng targʻib qilish va oʻquvchilarni kitobxonlikka qiziqtirish orqali oʻquvchilarda vatanparvarlik koʻnikmasini shakllantirish maqsadida Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabida ona tili va adabiyot fani oʻqituvchisi Voxidova Roxila va kutubxonachi Rahmonova Hurriyat hamkorligida "Jadidlar izidan" koʻrik-tanlovi tashkil qilindi.

Oʻquvchilar "25 savolli test"," Krossvord"," Jadidlar faoliyati" shartlari boʻyicha bellashdilar.
👩‍🎓 7-8- sinflar kesimida 86 ball bilan 8-"A"sinf oʻquvchisi Baxtiyorova Mohinur;
👩‍🎓 9-10 -sinflar kesimida 10-"B"sinf oʻquvchisi Abdunabiyeva Dilnuralar
gʻoliblikni qoʻlga kiritdilar.

🏆 Tadbir soʻngida ishtirokchilarga "Faxriy yorliq" va esdalik sovgʻalari topshirildi.

___
Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram
#Live
#Jadidlar_izidan

"
Jadidlar izidan” respublika tanlovi gʻoliblari Germaniyaga ta'lim sayohatini qo'lga kiritishdi

Avval xabar qilinganidek, hozirda poytaxtimizda boʻlib oʻtayotgan “
Jadidlar izidan” respublika tanlovi gʻoliblarini taqdirlash marosimi qizgʻin davom etmoqda.

⚡️
Tadbirda har bir sinf toifasi boʻyicha eng yuqori ball toʻplagan 7 nafardan (6-, 7-, 8-sinflar va 9-10-sinflarlar o'rtasida) jami 14 nafar quyidagi oʻquvchilar gʻolib, deb topildi.

👉
6-7-8-sinf o'quvchilari o'rtasida

Yoʻldoshaliyeva Farzonabonu Erkinboy qizi (Fargʻona viloyati)

Boxodirov Shoxjahon Kamoliddin oʻgʻli (Toshkent viloyati)

Boboxonov Akbar Sardor oʻg'li (Xorazm viloyati)

Sharapova Madinabonu Farruxovna (Buxoro viloyati)

Musulmanova Diyora Baxrom qizi (Toshkent shahar)

Abdumutalifova Sugʻdiyona Xushnudjon qizi (Namangan viloyati)

Komilova Zilola Faxriddin qizi (Navoiy viloyati)

👉
9-10-sinf o'quvchilari o'rtasida

Azimova Jasmina Toʻlqin qizi (Qashqadaryo viloyati)

Qodirov Bobur Dilshod oʻgʻli (Sirdaryo viloyati)

Rohataliyeva Dilnura Alisher qizi (Farg'ona viloyati)

Qoʻchqarova Ziyoda Mansurjon qizi (Namangan viloyati)

Ergasheva Farangiz Bahriddin qizi (Navoiy viloyati)

Raxmatjonova Shodiyobonu Xabibulla qizi (Andijon viloyati)

Yunusova Roʻzixon Burxon qizi (Toshkent viloyati)

❗️
Eslatib oʻtamiz: tanlov Nizomiga koʻra, mazkur gʻolib oʻquvchilar Germaniya davlatiga taʼlim sayohatiga yuboriladi hamda u yerda jadid bobolarimiz taʼlim olgan oliygoh faoliyati bilan tanishadi.

👉 Shuningdek, maʼrifatparvar
jadidlar hayotiga doir koʻplab tarixiy maskanlarga sayohat qilishadi, mavzuga doir turli tadbirlar, jonli muloqot va uchrashuvlarda qatnashadi.

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM