Forwarded from Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
#xalqaro_hamkorlik
Bugun Ixtisoslashtirilgan talim muassasalari agentligi direktori Alisher Ubbiyev va MM Educational Group Regional menejeri Nikita Klimenko oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Unda Agentlik tizimidagi Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab internatlarida Computer Science va ICT xalqaro dasturlarini yanada takomillashtirish boʻyicha hamkorlida ishlar olib borish masalalari koʻrib chiqildi.
Uchrashuv soʻngida Agentlik va MM Educational Group Regional tashkiloti oʻrtasida kelgusida oʻzaro hamkorlik faoliyatini yoʻlga qoʻyish boʻyicha Memorandum imzolash rejalashtirildi.
Maʼlumot uchun, mazkur tashkilot 1974-yili Angliyada tashkil qilingan boʻlib, bugungi kunda Xitoy, Gretsiya, Kipr, Polsha, Turkiya, Koreya kabi bir qancha rivojlangan davlatlarda faoliyat yuritadi.
Aytib oʻtish kerakki, mazkur uchrashuv shu yilning noyabr oyida Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida boʻlib oʻtgan “Global Educational Supplies & Solutions GESS Dubai-2023” koʻrgazmasi doirasida rejalashtirilgan edi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

#Xalqaro_hamkorlik
#Ibrat_maktabi
✍️ Avval xabar berilganidek agentlikning mas’ul xodimlari hamda tizimdagi maktablarning bir guruh o‘qituvchilari Pekin shahrida tajriba orttirish uchun jo‘nab ketishgan.
⚡️Shu yilning 19-24-fevral kunlari Xitoyning Pekin shahridagi Beijing International School maktabida o‘zbekistonlik va xitoylik o‘qituvchilari o‘rtasida tajriba almashish borasida trening tashkil etilmoqda.
✅Quvonarlisi ushbu treningda Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktai o‘qituvchisi Shuxratjon Ismoiljonov ham o‘z bilim va ko‘nikmalarini oshirmoqda.
___
Web | Telegram | Youtube | Google | Facebook | Instagram
#Ibrat_maktabi
✍️ Avval xabar berilganidek agentlikning mas’ul xodimlari hamda tizimdagi maktablarning bir guruh o‘qituvchilari Pekin shahrida tajriba orttirish uchun jo‘nab ketishgan.
⚡️Shu yilning 19-24-fevral kunlari Xitoyning Pekin shahridagi Beijing International School maktabida o‘zbekistonlik va xitoylik o‘qituvchilari o‘rtasida tajriba almashish borasida trening tashkil etilmoqda.
✅Quvonarlisi ushbu treningda Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktai o‘qituvchisi Shuxratjon Ismoiljonov ham o‘z bilim va ko‘nikmalarini oshirmoqda.
___
Web | Telegram | Youtube | Google | Facebook | Instagram
Forwarded from Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
#xalqaro_hamkorlik
Xabar berganimizdek, Agentlikning mas’ul xodimlari hamda tizimdagi maktablarning bir guruh o‘qituvchilari Pekin shahrida tajriba orttirish uchun bo‘lib turibdi.
Delegatsiya vakillari ayni paytda Pekin shahrida IB (International Bacallaureat) xalqaro dasturi joriy etilgan umumiy o‘rta ta’lim maktabi faoliyati bilan tanishib, o‘zaro tajriba almashishdi.
Xalqaro IB dasturi akkreditatsiyadan o‘tish bosqichlari va talablariga javob berish bo‘yicha tashkil etilgan ta’lim-tarbiya jarayonini muvofiqlashtirish, ota-onalar bilan ishlashni tashkil etish, milliy va ma’naviy muhitni shakllantirish yuzasidan Xitoy maktablari tajribasi o‘rganildi.

#Incheon_taʻlim_festivali
⚡️INCHEON TA'LIM FESTIVALINING YAKUNIY BOSQICHI BO‘LIB OʻTDI
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi va Koreya Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasi huzuridagi Koreya ta’lim markazi bilan hamkorlikda ilk bor o‘tkazilayotgan “Incheon ta’lim festivali”ning yakuniy bosqichi va yopilish marosimi boʻlib oʻtdi.
Unda Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi direktori Alisher Ubbiyev, Incheon shahar taʼlim boshqarmasi Xalqaro taʼlim markazi direktori Lee Mi Yeong va boshqalar ishtirok etdi.
Mazkur festival o‘quvchilarni zamonaviy kasblarga yo‘naltirgan holda ularning ixtisoslashgan xalqaro dasturlar, loyihalar va tanlovlarda ishtirok etishini har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ilg‘or, tashabbuskor va ijodkor o‘gʻil-qizlarni aniqlash, ularning qobiliyat, mahoratlarini ro‘yobga chiqarish va munosib ragʻbatlantirishni ko‘zda tutadi.
Yakuniy bosqich jarayonlaridan fotoreportaj.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal

NAMANGAN QIROL SEJONG KOREYS TILI MARKAZI BILAN HAMKORLIGI-MEMORANDUMI IMZOLANDI
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi va Namangan Qirol Sejong koreys tili markazi o‘rtasida sohadagi hamkorlikni rivojlantirish maqsadida memorandum imzolandi.
Mazkur hujjatning asosiy maqsadi o‘zaro tajriba almashish, kadrlar almashuvi tizimini yo‘lga qo‘yishdan iborat.
Agentlik tizimidagi 11 ta maktabda koreys tili ikkinchi til sifatida o’qitilmoqda. Ta’lim jarayoniga koreyalik malakali o’qituvchilar jalb qilingan. Iqtidorli o’quvchilarning Koreya Respublikasidagi nufuzli ta’lim muassasalariga safari ham tashkil etilmoqda.
Qirol Sejong koreys tili markazi rahbari Song InSung hamda maktab direktori v.v.b. Tajibayev Farxod ta’lim jarayoniga STEM va koreys tili fanidan xalqaro toifadagi o‘qituvchilarni jalb qilish, akademik tajriba va milliy-madaniy ma’lumotlar yuzasidan fikr va takliflar almashdi.

KOREYA TA’LIM MARKAZI BILAN HAMKORLIK MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligiga Koreya Respublikasi elchixonasi qoshidagi Koreya ta’lim markazi direktori Lee Young Woong tashrif buyurdi.
Tashrif doirasida tashkil etilgan uchrashuvda Agentlik direktori Alisher Ubbiyev Oʻzbekiston va Koreya Respublikasi oʻrtasida barcha sohalar kabi taʼlim yoʻnalishida ham hamkorlik aloqalari tobora rivojlanib borayotganligini alohida ta’kidladi.
Joriy yilda Agentlik va Koreya ta’lim markazi hamkorligida "Incheon ta’lim festivali", "Tabiiy fanlar festivali", koreys tili bo‘yicha Respublika olimpiadalari kabi qator loyihalar amalga oshirildi.
Shuningdek, Agentlik tizimidagi maktablar oʻqituvchilari va oʻquvchilari Koreya Respublikasida tashkil etilgan ta’lim festivallari, malaka oshirish dasturlarida ishtirok etdi. Xususan, 19-xalqaro standartlar olimpiadasida oʻquvchilarimiz ilk bor qatnashib 3 ta oltin va 3 ta kumush medallarni qoʻlga kiritishdi.
Uchrashuvda Agentlik tizimidagi maktablar ta’lim jarayoniga STEM va koreys tili fanidan xalqaro toifadagi oʻqituvchilarni jalb qilish, xalqaro olimpiadalarga oʻquvchilarni tayyorlash, akademik tajriba va milliy-madaniy ma’lumotlar almashishni koʻzda tutuvchi seminar-treninglarni tizimli tashkil etish kabi masalalar yuzasidan fikr va takliflar almashildi.
Tashrif doirasida mehmonlar Agentlik tizimidagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda ham boʻlib, bu yerda yaratilgan zamonaviy ta’lim sharoitlari bilan yaqindan tanishdi.