#IOI_2024
⚡️36-Xalqaro Informatika olimpiadasida ishtirok etgan O‘zbekiston terma jamoasi vakillari Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida tantanali tarzda kutib olindi.
Unda Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi, Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi hamda tizimdagi ta'lim muassasalari mas'ullari ishtirok etib, oʻquvchilarni samimiy tabriklashdi.
Eslatib oʻtamiz, Misrda 90 dan ziyod davlat vakillari ishtirokida oʻtkazilgan 36-Xalqaro Informatika Olimpiadasi (IOI 2024) da Oʻzbekiston terma jamoasi sovrinli oʻrinni egalladi.
Xususan, Agentligimiz tizimidagi Navoiy shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati bitiruvchisi, "Yangi Oʻzbekiston" universiteti talabasi Mardon Hazratov bronza medalini qoʻlga kiritdi.
Oʻzbekiston terma jamoasining yana bir aʼzosi, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab oʻquvchisi Asilbek Sunnatov o‘zining ajoyib bilimlarini namoyish etib, "honorable mention" (namunali ishtirok) mukofotiga sazovor boʻldi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube