Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi | Rasmiy sahifa
653 subscribers
4.91K photos
498 videos
18 files
1.64K links
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#bilib_oling

🔰"Yazna" so‘zining maʼnosini bilasizmi?

📺 "Bir so‘z taʼrifi"

Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
#bilib_oling

Kasb egasi va kasb nomi

Rus tilidan tarjima qilganda koʻpincha kasb egasi va kasb nomini adashtirib qoʻyadilar. Rasmga qaraydigan boʻlsak, SMM-menejer kasbi deyilgan, aslida bu kasb emas, kasb egasining nomidir.

Farqlab olish uchun sodda qilib tushuntiramiz:
• kasb nomi — jonsiz (kasb);
• kasb egasi — jonli (odam).

Aytaylik, siz novvoyxonada non yopasiz. Novvoy — bu sizning nomingiz, kasbingiz emas. Unda kasbingiz nima? Kasbingiz — novvoychilik.

Kasb nomlari odatda -lik (baʼzi hollarda -chilik) qoʻshimchasi yordamida hosil boʻladi.

SMM-menejer kasbi
SMM-menejerlik kasbi

Oʻqituvchi kasbi
Oʻqituvchilik kasbi

Zargar kasbi
Zargarlik kasbi

Arxitektor kasbi
Arxitektura kasbi
Meʼmorchilik kasbi

Dizayn kasbi
Dizayner kasbi
Dizaynerlik kasbi

@xatoliklar_lotin
​​#bilib_oling

Fan nomi qanday yoziladi?

Fan, fan yo‘nalishi yoki darslik va qo‘llanmalar nomini yozishda ko‘p xato va chalkashliklarga yo‘l qo‘yiladi.

To‘g‘ri, bu masalada bevosita ko‘rsatma yoki qoida yo‘q. Lekin o‘zbek tilining asosiy imlo qoidalari (https://lex.uz/docs/1625271)ga tayangan holda buni aniqlashtirib olish mumkin.

Fan nomi atoqli ot emas. U bosh harf bilan yoziluvchi so‘zlar qatoriga kiritilmagan. Shuning uchun fan yoki fan sohasi nomini kichik harflarda va qo‘shtirnoqsiz yozish kerak: fizika fani, matematika bo‘yicha tanlov, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, geologiya yangiliklari kabi.

Xo‘sh, shu fanlarning darsliklarini qanday yozish to‘g‘ri bo‘ladi? Imlo qoidalariga ko‘ra, adabiyot va sanʼat asarlariga qo‘yilgan nomlar bosh harfda va qo‘shtirnoq ichida yoziladi. Lekin bu qoida faqat adabiyot va sanʼat asarlariga tatbiq etilmaydi. Amalda ilmiy, tahliliy, publitsistik asarlar, gazeta-jurnallar nomi ham shu qoida asosida yoziladi.

Darslik va qo‘llanmalar ham ilmiy asar ekanini hisobga olsak, ularni ham bosh harf bilan qo‘shtirnoq ichida yozishimiz mantiqli bo‘ladi: “Algebra” darsligi, “Ona tili va adabiyoti fanini bitiruvchi sinflarda o‘qitish” metodik qo‘llanmasi, “Atrofimizdagi olam” darsligini qayta ishlash kabi.

📌 Demak,

1-sinf uchun “Matematika” darsligi, “Matematikani o‘qitish” qo‘llanmasi, matematika fani

1-sinf uchun Matematika darsligi, matematikani o‘qitish qo‘llanmasi, Matematika fani, “Matematika” fani

manba

Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook