Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi | Rasmiy sahifa
667 subscribers
4.82K photos
496 videos
18 files
1.63K links
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi
Download Telegram
#Uquvchilar_ijodidan
#Ibrat_maktabi

TASHRIF

Erta tongda ochsam ko‘zimni,
Quyosh zarnur sochib turibdi .
Subhi sabo silar yuzimni,
Sharpa qilmay bahor yuribdi.

Tabiatga kiradi chiroy,
Boshlanadi qushlar parvozi.
Bog‘imizni kezar Navro‘zoy,
Yangrar yana bulbul ovozi.

Har bir gulning bor tarovati,
Bir-biridan qolishmas sira.
Oshiq dilning yo‘q halovati
Bahor madhin shoirdan so‘ra.

Goho shovqin soladi osmon,
Daydib-daydib yig‘laydi bulut.
Jilmayadi yagona posbon,
Bari-bari bo‘ladi unut.

Erta tongda ochsam ko‘zimni
Quyosh zarnur sochib turibdi...

Ifora Olimjonova Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi 9-sinf o‘quvchisi

~~~~~~~~~~~~~~~~
🌐 Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz:
——————————
|Web|Telegram|Youtube|Google|Facebook
#Uquvchilar_ijodidan
#Ibrat_maktabi

BAHOR KELDI

Bugun yangi tongdir, yangi sarguzasht,
Yangi kun, aslida, yangi bir hayot.
Oxorli tabiat : bog‘-rog‘, dala-dasht,
Ilohiy ne'matli borliq barhayot.

Olamga uyg‘onish - go‘zallik qaytar,
Quyoshni olqishlar zamin turfa rang.
Osmon elchilari chug‘urlab aytar :
Yana bahor keldi, qarangiz, qarang!

Gullar husn-u ko‘rkin tinmay ko‘z-ko‘zlar
Quvnab uchayotgan sho‘x kapalakka.
Hamma ham o‘ziga keragin izlar,
Yellar iforlarni eltar falakka.

Har yilgi har bahor behad maftunkor,
Jilva-jilolari o‘zgarmaydi hech.
Suvlarga limmo-lim soylar-u anhor,
Hayot qo‘shig‘ini kuylar erta-kech.

Bugun yangi tongdir, yangi sarguzasht...

Ifora Olimjonova Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi 9-sinf o‘quvchisi

~~~~~~~~~~~~~~~~
🌐 Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz:
——————————
|Web|Telegram|Youtube|Google|Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Uquvchilar_ijodidan
#Ibrat_maktabi

💐Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi tarbiyachi-pedagogi Dilnoza Umarova hamda 8-A sinf oʻquvchilari 21-mart Navroʻz bayrami munosabati bilan tayyorlagan video roligi.

_______________________________________
Web | Telegram | Youtube | Google | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ibrat_maktabi
#Navruz
#Uquvchilar_ijodidan

💐 GUL TUTGUL AZIZIM

🏢 Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi oʻquvchilarining 21-mart Navroʻz bayramiga tayyorlagan ijodiy ishlaridan (+video).

Youtube kanalimizda »

🌺 Honanda: 9-A sinf oʻquvchisi Xusnida Rahimjonova;
🌺 Loyiha muallifi: tarbiyachi-pedagog Madina Abduhamidova;
🌺 Bastakor: Musiqa to'garagi rahbari Karimjon Nurmatov
;
🌺 Operator va montaj: Media to'garagi rahbari Botirali Boybabayev.

___
Web | Telegram | Youtube | Google | Facebook
#Ibrat_maktabi
#Uquvchilar_ijodidan

Vatanimning konstitutsiyasi

Bir yuz yigirma sakkiz - tomirdagi qon,
Tinchlik, farovonlik har sahifasi.
Yurt uchun, xalq uchun bo'lmoqda qalqon,
Ulug' Vatanimning konstitutsiyasi!

Manfaat bobida millatga qondosh,
Istiqbolli kelajak intizomi bor.
Amalli harakat shiori bo'lgan,
Yurtimda doimo qonun ustuvor!

Aniq rejalar-u ulkan maqsadlar,
Uchinchi renessans oliy talabi.
Ta'limga katta kuch, yoshlarga imkon
Bugungi prezident, ijod maktabi!

Har soha satrida bo'lgan mujassam,
Bag'rikeng o'zbekning shonli g'ururi.
Shu sabab rivojin topmoqda Vatan,
Xalqimiz posboni - Oliy huquqim!

To‘ychiyeva Gulyora Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi 11-sinf o‘quvchisi

🌐 Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz:
|Web|Telegram|Youtube|Google|Facebook
#Ibrat_maktabi
#Uquvchilar_ijodidan

Qomusim - faxrim

Har jabhada qo‘llagandir yoshlarni,
Bepul ta’lim olar yurtning farzandi,
Keksalarni e’zozlagan qomus bu,
Konstitutsiyamiz hurlik kuychisi.

Prezident maktabi elning qanoti,
Ijod ta’limgohi madh etar yurtni.
Ixtisos maktablar ilmga ilhaq,
Bular kelajakning yorqin mujdasi.

Lojuvard samolar musaffo har dam,
Mehnatsevar kishin qo‘llaydi millat.
Elliginchi modda tasdiqlar buni,
O‘zbegimga mehnat qo‘shadi savlat.

Yangi O‘zbekiston yashnagin abad,
Chiroyinga chiroy qo‘shar keksa- yosh.
Har sohada ilg‘or bo‘lurmiz albat,
Buyuk qomusimiz bunda bo‘lar bosh!

Qurvonaliyeva Muhayyo Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabining 10-sinf o'quvchisi

🌐 Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz:
|Web|Telegram|Youtube|Google|Facebook
#Ibrat_maktabi
#Uquvchilar_ijodidan

CHUST DO‘PPIM

Chustimning go‘zal ramzi -
Ko’hna do’ppim - Chust do‘ppim.
Kelar senga havasi
Har millat, el, xalq, do‘ppim!

Chaman kabi betakror
Oq guling, hilol oying.
Faxrim, g‘ururim do‘ppim,
Tengi yo‘q bu chiroying.

O‘zbekligim timsoli
Misolisan, Chust do‘ppim.
Mag‘rur tutgan har boshning
O‘zing ko‘rkisan, do‘ppim!

Ming tasanno chevarga,
Vatan, diyorsevarga,
O‘zligini saqlagan,
O‘zbek do‘ppiparvarga.

Olimjonova Ifora Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabining 9-sinf o'quvchisi

🌐 Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz:
|Web|Telegram|Youtube|Google|Facebook
#Ibrat_maktabi
#Uquvchilar_ijodidan

✍️Keniyaning "The MT. KENYA TIMES" gazetasining 2023-yil 27-noyabrdagi sonida Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabining 9-A sinf oʻquvchisi Shaxzoda Abdullayevaning "Summary" (Sarhisob) nomli maqolasi ingliz tilida nashrdan chiqdi.

📖 The MT. KENYA TIMES-Afrika va dunyoning yagona ko`rinishini ta`minlovchi bosma gazeta hisoblanadi.

📝 Ushbu maqolada o'quvchi yil davomida nimalarga erishgani va yana qanday g‘oyalar ustida bosh qotirishi kerak ekanligi ifoda etgan.

👏 Ijodkor o'quvchimizning o'qish va ijodiga yangi marralar tilaymiz!


___
Web | Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram
#Ibrat_maktabi
#Uquvchilar_ijodidan

✍️Keniyaning "The MT. KENYA TIMES" gazetasining 2023-yil 25-26 noyabrdagi sonida Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabining 9-B sinf oʻquvchisi Muxtasar Abrashidovaning "Easy and effective memory of foreign words" (Xorijiy so'zlarni oson va samarali yodlash) nomli maqolasi ingliz tilida nashrdan chiqdi.

📖 The MT. KENYA TIMES-Afrika va dunyoning yagona korinishini taminlovchi bosma gazeta hisoblanadi.

📝 Ushbu maqolada o'quvchi xorijiy tillarni tez va samarali o'rganish va hayotda tadbiq qilish haqida ifoda etgan.

👏 Ijodkor o'quvchimizning o'qish va ijodiga yangi marralar tilaymiz!

___
Web | Telegram | Youtube | Google  | Facebook | InstagramB
#Ibrat_maktabi
#Uquvchilar_ijodidan

✍️Ozarbayjon Respublikasining "O'zbekistonning iste'dodli qizlari" deb nomlangan xalqaro Antologiyasining 2024-yil 256-sonida Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabining 9-B sinf oʻquvchisi Muxtasar Abrashidovaning "Xorijiy so'zlarni oson va samarali yodlash" nomli maqolasi nashrdan chiqdi.

📝 Ushbu maqolada o'quvchi xorijiy tillarni tez va samarali o'rganish va hayotda tadbiq qilish haqida ifoda etgan.

👏 Ijodkor o'quvchimizning o'qish va ijodiga yangi marralar tilaymiz!


___
Web | Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram
#Ibrat_maktabi
#Uquvchilar_ijodidan

ONA TILIM

Tilim tarixidan quvonay nechun,
Kamsitish, tahqirlash ko‘p ko‘rdi axir.
Baribir ko‘rsatdi boyligin, kuchin,
O‘zbegim faxriga aylandi oxir.

Shukrlar aytaman, takror va takror
O‘zligim, erkligim, o‘z tilim bordir.
Navoiy "Xamsa"sin o‘qiyman bot-bot
Har yurgan yo’limda baxt, iqbol yordir.

Alla bo‘lib qulog‘imga jaranglagan,
Alisherning so‘zidagi yoqut, durim.
She’riyatga meni asta yetaklagan,
Ona tilim, o‘zbek tilim, jon tilim.

Odina RUSTAMJONOVA,
Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabining 10-sinf o‘quvchisi


___
Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram
#Ibrat_maktabi
#Uquvchilar_ijodidan

IKKINCHI QUYOSHIM

Ona tilim xo‘b go‘zal,
Lol etuvchi sehr yor.
Barcha tillardan afzal
Deyishga chin haqim bor.

Udir so‘zlar bulog‘i
Xalqimga, Vatanimga.
Ko‘nglimning do‘st-o‘rtog‘i,
Kerakdir har onimga.

Ma’nolarning dengizi,
Bag‘ri to‘ladir durga.
Busiz yasholmas o‘zi,
Shuning-chun doim birga.

Boringga shukur, tilim,
Onamdek yo‘q qiyosing.
Faxr-la ravshan dilim,
Sen ikkinchi quyoshim!


Maftuna MAHMUDJONOVA,
Is’hoqxon Ibrat nomli ijod
maktabining 8-sinf o'quvchisi


___
Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram
#Ibrat_maktabi
#Uquvchilar_ijodidan

ONAMDEK SUYUK


O‘zbek tilim, o‘z tilim,
Onamdek suyuk tanho.
Ma’noga boy so‘z, tilim
Ko‘hna durdek bebaho.

Har tovushi, ohanggi
Yoqimlidir dilimga.
Tinmas sira jaranggi
Xizmat qilib elimga.

Davlat tili maqomi
Tik ko‘tardi qaddini.
Jahonda yangrab nomi
Yuksaltirdi qadrini.

Tilimga yetmas zavol,
Birga-birga yashaymiz.
Topamiz doim kamol,
Olg’a qadam tashlaymiz.


Mohinur Baxtiyorova,
Is’hoqxon Ibrat nomli ijod maktabining 8-sinf o‘quvchisi


___
Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Ibrat_maktabi
#Uquvchilar_ijodidan

KECH KUZ

Kech kuzakda boqsam, dala-bog‘larga
Hayrat uyg‘otadi fasl jilosi.
Rangdoshga aylangan zar yaproqlarga
Olma-yu, nok, behi, hatto xurmosi.

Kunma - kun yuqotib issiq taftini
Quyosh ham yondirmas, yaltirar faqat.
Ko‘raman havoning sovuq aftini,
Osmonni qiladi bulutlar diqqat.

Ustu boshimizda qalinlar kiyim,
Shamollab qolmaslik kerakku inson.
Qushlar issiq istab ketishi tayin,
Ko‘klamgacha kutar hur O‘zbekiston.

Ko‘nglimiz ko‘tarar chumchuq, musicha,
“Chirq-chirq” va “ku-ku” lar yangrar qishda ham.
Go‘yo uqtirishar tinmay o‘zicha
-Vatan tuyg’usi bor, biling qushda ham!..


Mushtariybonu RAHIMJONOVA
Is’hoqxon Ibrat nomli ijod maktabining 8-sinf o‘quvchisi.


___
Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram
#Ibrat_maktabi
#Uquvchilar_ijodidan

YOMG'IR

Osmonni nogahon qopladi bulut,
To‘xtamasdan yomg‘ir yog‘a boshladi.
O‘yladim Allohim berayapti qut,
Uni farishtalar yerga tashladi.

Yuragim dupurlab urdi shu zamon,
O‘yladim kamalak bo‘y cho‘zarmikan.
Olamni yog‘duga to‘ldirib shu on,
Barchaga quvonch-baxt ulasharmikan.


Odina RUSTAMJONOVA
Is’hoqxon Ibrat nomli ijod maktabining 10-sinf o‘quvchisi.


___
Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram
#Ibrat_maktabi
#Uquvchilar_ijodidan

VATANIMNING TIMSOLI

Bayrog'imiz rang-barang,
Jiloga boy bir qarang.

To'q moviyu, oq, yashil
O'lkamning ramzi asil.

Yulduzlaru hamda oy
Ko'kka bag'ishlar chiroy.

Har rangida ma'no bor,
Tuyamiz zo'r iftixor.

Vatanimning timsoli
Go'yo yurak misoli.

O'zbegimning jonidir,
Faxru g'urur konidir.

Hurligimiz bildirar,
Yuksaklarda hilpirar!

Farzona ABDUSAMATOVA,
Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabining 8-"A" sinf o'quvchisi

___
Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram
#Ibrat_maktabi
#Uquvchilar_ijodidan

Konstitutsiyam - faxrim

Azaldan hech qo'rqmas o'zbegim siri,
Ta'lim islohotning asl foydasi.
Insonlar e'tiborda qomusim sabab,
Kitobingda mujassam inson qasidasi.

Ijod maktablari-bilim onasi,
She'riyat gulshanining ul durdonasi.
Har viloyat, shaharning gul-u ravshani,
Haqiqiy jasur o'g'lon, qiz mardonasi.

Himoya mujassam qomusimizda,
Ta'lim ulug'langay marralar sari.
Barcha islohotlar xalqimiz hamda,
Biz uchun berilgan imkondir bari.

Zarlardan bezalgan qonunlar bilan,
Qomusimiz sabab xalq farovondir.
Vatan madhin har dam kuylagan dilda,
Hayotimiz ajib go'zal va farovondir.


Rahimjonova Husnida Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabining 11-"A"sinf o'quvchisi

___
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
#Ibrat_maktabi
#Uquvchilar_ijodidan

Konstitutsiya

Yangi O'zbekiston, sensan ona yurt,
Quchog'ingda mamnun yashaymiz har dam.
Yuragimda ilm ishqi, baxtim tòkis but,
Yuksak orzularga yetamiz shaxdam.

Konstitutsiyam-faxrli kitob,
Oltindek bebaho har bitta modda.
Istiqlol in'omi-misoli oftob,
Har sòzi ma'nodor, lònda va sodda.

Uchinchi renessans-maqsad manzili,
Berilgan yoshlarga cheksiz imkonlar.
Qomusimda huquq, burchlar jo-bajo,
Shundayin Vatanga fidodir jonlar.

Ana, chopqilaydi jajji bolajon,
Kulgulari tutar yer-u samoni.
Kònglimda betugal quvonch, hayajon.
Ushaladi xalqim orzu-armoni.

Yurtboshim har ishda oqil,rahnamo,
Yuksak ishonchlari bizga kuch-quvvat.
Olqish aytajakdur hali yer-samo,
Bu yurt olam kòzida uyģotar hayrat

Abdumalikova Shoira Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabining 11-"A"sinf o'quvchisi
___
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM